31.07.2024 yildagi 466-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-maydagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-maydagi PF-71-son Farmoni bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzuridagi To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 14-martdagi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan uyushmalarning Davlat budjeti mablag‘lari, bojxona boji, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlardan shakllanadigan mablag‘larini ularning manbalari va foydalanish yo‘nalishlarini saqlab qolgan holda, qoldiq mablag‘lari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida hisobvarag‘i yuritiladigan Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va mablag‘larini shakllantirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshiriladigan to‘lovlar uchun talab etiladigan hujjatlar, ularni ko‘rib chiqish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot yuritish, mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va javobgarlik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Hunarmand” uyushmasi mablag‘larining, shu jumladan, a’zolik badallari hamda xayriya mablag‘lari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 31-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
466-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qullab-quvvatlash jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Savdo-sanoat palatasi (keyingi o‘rinlarda — Palata) huzuridagi Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari hisobi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan yagona shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi hamda qonunchilikda belgilangan maqsad va yo‘nalishlarga sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 14-martdagi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan uyushmalarning Davlat budjeti mablag‘lari, bojxona boji, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlardan shakllanadigan mablag‘lari, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/729/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/729/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/729/1059-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan ajratiladigan mablag‘lar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarmoq uyushmalarining a’zolik badallari va boshqa manbalardan shakllanadigan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan bir yo‘la ajratmalar. Bunda ajratmalar Jamg‘armada taqchillikni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda Palata raisi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Nizomning 3-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan yig‘imning Vazirlar Mahkamasining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalarni to‘lash uchun yo‘naltiriladigan qismining alohida hisobi yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu mablag‘lar hisobidan subsidiyalar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) buyurtmanomalari asosida ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamg‘arma mablag‘laridan Savdo-sanoat palatasi tomonidan har chorak yakuni bilan kelgusi chorak uchun tasdiqlanadigan Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tarmoq uyushmalari taqdim etadigan talabnomaga asosan mablag‘lar Jamg‘armaning ijro etuvchi organi tomonidan talabnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga to‘lov topshiriqnomasi taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tarmoq uyushmalari Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasida ko‘zda tutilmagan mablag‘larni ajratish uchun talabnoma taqdim etilgan taqdirda, Jamg‘arma ijro etuvchi organi tomonidan talabnoma rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Talabnoma rad etilgan taqdirda, bu haqda shu kunning o‘zida tegishli tarmoq uyushmasiga asoslangan xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi tomonidan ijrochi organning taqdim qilgan to‘lov topshiriqnomasiga asosan Jamg‘armaning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan tegishli tarmoq uyushmasi hisobvarag‘iga belgilangan muddatda mablag‘ o‘tkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tarmoq uyushmalariga kelib tushgan mablag‘lar belgilangan maqsad va yo‘nalishlarga sarflangandan so‘ng ortiqcha mablag‘lar Jamg‘armaga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlarga ishlab chiqarish, eksport va brendlar, tajribali mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, biznes missiyalar va ko‘rgazmalarda ishtirokini tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy brendlar savdosini rivojlantirish, xalqaro tadbirlarni o‘tkazish hamda ularda qatnashish uchun grant va subsidiya ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash tadbirlarini moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, biroq bitta holat bo‘yicha 10 ming AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jumladan, xorijiy ta’lim muassasa va tashkilotlarida stajirovka va malaka oshirishlarini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy vakolatxonalarni saqlash va xorijiy maslahatchilarni jalb etish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachilarning ijro apparatiga xalqaro tashkilotlar, xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlarda xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlarni chet el bozorlari talablariga muvofiq sertifikatlash tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, biroq bitta holat bo‘yicha 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
startap-loyihalarni moliyalashtirish, elektrotexnika sanoati tarmog‘ida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining ustav fondlarini (kapitallarini) shakllantirishda ishtirok etish, maxsus injiniring markazlari va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda ixtisoslashtirilgan industrial texnoparklar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlarga tender savdolarida ishtirok etish uchun qisqa muddatga moliyaviy kafilliklar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi bozorlarda mahsulotlar ommabopligini oshirish bo‘yicha marketing ishlarini amalga oshirish, loyihaoldi hujjatlarni (biznes-reja, texnik-iqtisodiy asoslar va boshqalar) ishlab chiqish, shuningdek, jahon bozorini o‘rganish va marketing ishlarini amalga oshirish uchun xalqaro ma’lumotlar bazalariga (axborot resurslariga) ulanish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foiz miqdorida qoplash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektrotexnika va elektro maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarda hamda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tavsiya etgan to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini raqamlashtirish (ERP, MES, PLM tizimlarini hamda sun’iy intellekt asosidagi tizimlarni, shu jumladan IT-park rezidentlarining sun’iy intellekt yechimlarini joriy qilish) bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin bitta tadbirkorlik subyektiga ko‘pi bilan 20 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdorini qoplash;
(12-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yarim tayyor charmdan — tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish sikliga ixtisoslashadigan tashkilotlarni keyinchalik qaytarish sharti bilan mablag‘ ajratish orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarining charm-poyabzal, charm-attorlik, mo‘yna, qorako‘l mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan kreditlari bo‘yicha kafilliklar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 25 foizi, trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 100 foizi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ajratadigan mablag‘lar hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan tashkilotlarga mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foizi hisobidan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61-63) eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda hisobot oyida tushgan mablag‘lar hisobidan subsidiya ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachilarning joriy xarajatlarni moliyalashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijro etuvchi apparat xodimlarini saqlash va moddiy rag‘batlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa maqsadlar uchun sarflanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Palata Jamg‘armaning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Palata:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozini ko‘rib chiqqan holda, smetani tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasiga zaruratdan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirishlar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamg‘arma daromadlarining shakllanishini va mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot, nazorat va javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari hisobi Palata tomonidan alohida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kompaniya va uyushmalar tomonidan xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlar har oyda keyingi oyning 10-sanasiga qadar Ijro etuvchi organga kiritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tarmoq uyushmalarining Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari manbalaridan shakllanadigan daromad va xarajatlarining hisobi elektron tizim asosida yuritiladi va Palataning axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Jamg‘arma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi yoki qayta tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishda kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Buyurtmachilar

Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish uchun Ijro etuvchi organga buyurtma beradi.

Zaruratga asosan

2-bosqich

Ijro etuvchi organ

Taqdim etilgan buyurtmani ko‘rib chiqadi hamda buyurtma Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiqligini o‘rganadi.

Buyurtma olingan kundan boshlab

2 ish kuni ichida

3-bosqich

Ijro etuvchi organ

O‘rganish natijasidan kelib chiqib, buyurtmani qabul qilish yoki rad etish bo‘yicha xulosa beradi.

Xulosaga ko‘ra buyurtma rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda buyurtmachiga xabarnoma yuboradi.

Buyurtmachilar buyurtmani ko‘rib chiqishning rad etilishiga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan holda qaytadan murojaat qilishi mumkin.

Buyurtmani ko‘rib chiqish rad etilgan taqdirda, takroran kiritilgan buyurtma ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda va belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.

Buyurtma olingan kundan boshlab

1 ish kuni ichida

4-bosqich

Ijro etuvchi organ

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — G‘aznachilik qo‘mitasi) Jamg‘armaning G‘aznachilik qo‘mitasida ochilgan yagona shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan buyurtmachi hisobvarag‘iga belgilangan muddatlarda mablag‘ o‘tkazish yuzasidan to‘lov topshiriqnomasini yuboradi.

Buyurtma bo‘yicha ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab

3 ish kuni muddatda

5-bosqich

G‘aznachilik qo‘mitasi

Ijro etuvchi organ taqdim qilgan to‘lov topshiriqnomasiga asosan Jamg‘armaning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan mablag‘ni tegishli tarmoq uyushmasi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Buyurtmachilar

Mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida Ijro etuvchi organga hisobot taqdim etadi.

Har oyda keyingi oyning

10-sanasiga kadar

7-bosqich

Ijro etuvchi organ

Jamg‘arma mablag‘larining shakllanishi va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘rganib chiqqan holda:

a) Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozini ko‘rib chiqqan holda, kelgusi chorak smetasini tasdiqlaydi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga axborot uchun taqdim etadi.

a) Har chorak so‘nggi oyining

20-sanasiga qadar

b) Har chorakda keyingi oyning

15-sanasiga qadar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 26-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-maydagi PF-71-son Farmoni bilan To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 14-martdagi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan uyushmalarning Davlat budjeti mablag‘lari, bojxona boji, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlardan shakllanadigan mablag‘larini ularning manbalari va foydalanish yo‘nalishlarini saqlab qolgan holda, qoldiq mablag‘lari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida hisobvarag‘i yuritiladigan Tarmoqlarni ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 5-maydagi PF-5989-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSH dollari, 2022-yil 1-yanvardan — 0,05 AQSH dollari, 2023-yil 1-noyabrdan — 0,01 AQSH dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSH dollari miqdorida yig‘im undiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm trikotaj mato (bo‘yalgan trikotaj mato bundan mustasno) uchun 0,05 AQSH dollari, 2024-yil 1-yanvardan — 0,1 AQSH dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSH dollari miqdorida yig‘im undirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-banddagi “To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Subsidiya loyihalarni amalga oshirgan tashkilotlarga loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar import qiymatining (Bojxona yuk deklaratsiyasining 42-grafasi) 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur loyihalar doirasida yangi uskunalar xarid qilingan bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi mavjud bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarida amalga oshirilgan bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uskuna loyihani amalga oshirgan korxona tomonidan import subsidiya oluvchi korxona “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi a’zo bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalar 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda amalga oshirilgan bo‘lishi lozim (Bunda uskunalar 2022-yil 1-fevraldan oldin “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi mumkin, biroq uskunalar 2022-yil 1-fevraldan keyin foydalanishga topshirilgan bo‘lishi lozim)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Subsidiya olish uchun subsidiya oluvchilar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq to‘ldirilgan ariza va anketa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid shartnomalari va (yoki) vositachilik shartnomalari hamda ular bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuk xatlari va (yoki) bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uskunalar yangiligini tasdiqlovchi hujjatlar (uskuna pasporti, muvofiqlik/kelib chiqish sertifikatlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi nusxasi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7 — 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Subsidiya oluvchi tomonidan subsidiya olish uchun ariza va tegishli hujjatlar Kompaniyaning elektron platformasi orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida subsidiya oluvchi elektron shaklda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Arizada subsidiya oluvchining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida elektron platforma orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tegishli hujjatlar Kompaniyaga subsidiya oluvchi tomonidan elektron platforma orqali elektron shaklda taqdim etilgandan keyin ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq emasligi aniqlangan taqdirda, Kompaniya uch ish kuni ichida eksport qiluvchi tashkilotga yetishmagan hujjatlar bilan birga qayta murojaat qilishi haqida elektron shaklda xabar yuboradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-banddagi “Agentlik tomonidan 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga” so‘zlari “Kompaniya tomonidan 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilib, Savdo-sanoat palatasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-banddagi “Agentlik tomonidan 1 ish kuni mobaynida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” so‘zlari “Kompaniya tomonidan 1 ish kuni mobaynida Savdo-sanoat palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“12. Kompaniya tomonidan 1 ish kuni mobaynida subsidiya oluvchilarga qabul qilingan qaror to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda subsidiya oluvchining arizasini ko‘rib chiqib ijobiy qaror qabul qilingan arizalar bo‘yicha Kompaniya tomonidan bazaviy hisoblashning 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiya oluvchi tomonidan 30 ish kuni mobaynida Kompaniyaning bank hisobvarag‘iga to‘lov to‘lanmagan taqdirda, subsidiya ajratish bo‘yicha qabul qilingan ijobiy qaror ijrosiz qoldiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-banddagi “Agentlikka” so‘zi “Kompaniyaga” so‘zi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17 va 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“17. Kompaniya subsidiya ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan kundan keyin 1 ish kuni ichida subsidiya ajratish bo‘yicha Savdo-sanoat palatasiga buyurtmanoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Savdo-sanoat palatasi Kompaniyaning buyurtmanomasiga asosan Jamg‘armaga shu maqsad uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida subsidiya oluvchining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19, 20 va 23-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Subsidiya oluvchi

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) subsidiya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilgan holda murojaat qiladi:

ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq to‘ldirilgan ariza va anketa;

xarid shartnomalari va (yoki) vositachilik shartnomalari hamda ular bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

yuk xatlari va (yoki) bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;

uskunalar yangiligini tasdiqlovchi hujjatlar (uskuna pasporti, muvofiqlik/kelib chiqish sertifikatlari);

loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi nusxasi.

Loyiha ishga tushgandan keyin subsidiya oluvchining ixtiyoriga ko‘ra

2-bosqich

Kompaniya

Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.

5 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Kompaniya

Ko‘rib chiqilgan hujjatlarni Savdo-sanoat palatasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga yuboradi hamda ularning subsidiya ajratish yuzasidan tegishli xulosasini oladi.

7 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Kompaniya

Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining xulosasi asosida subsidiya ajratish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Kompaniya

Subsidiya oluvchilarga qabul qilingan qaror to‘g‘risida bildirishnoma yuboradi.

Subsidiya ajratish bo‘yicha Savdo-sanoat palatasiga buyurtmanoma kiritadi.

1 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Savdo-sanoat palatasi

Subsidiya oluvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga tegishli subsidiyani o‘tkazib beradi.

Buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab

3 ish kuni mobaynida

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga” so‘zlari “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son; 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son; 19.11.2025-y., 09/25/729/1059-son)