1-ILOVA
|
T/r |
Litsenziyaning nomi |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari |
Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar |
|
1. |
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya |
Maktabgacha taʼlim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno) |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
Umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari | |||
|
Oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | ||
|
Professional taʼlim xizmatlari | |||
|
Oliy taʼlim xizmatlari | |||
|
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari | |||
|
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash |
Ichki ishlar vazirligi | ||
|
2. |
Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya |
Bank faoliyati |
Markaziy banki |
|
3. |
Kredit byurolari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
Kredit byurolari faoliyati |
Markaziy banki |
|
4. |
Tibbiy faoliyat uchun litsenziya |
Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
5. |
Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya |
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno) |
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
2-ILOVA
|
T/r |
Hududlar nomi |
Koʻchalar nomi |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Nukus shahri, T. Qaipbergenov koʻchasi |
|
2. |
Andijon viloyati |
Andijon shahri, Choʻlpon koʻchasi |
|
3. |
Buxoro viloyati |
Buxoro shahri, Hofiz Tanish Buxoriy koʻchasi |
|
4. |
Jizzax viloyati |
Jizzax shahri, Sh. Rashidov koʻchasi |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
Qarshi shahri, Mustaqillik shox koʻchasi |
|
6. |
Navoiy viloyati |
Navoiy shahri, A.Temur koʻchasi |
|
7. |
Namangan viloyati |
Namangan shahri, B. Mashrab koʻchasi |
|
8. |
Samarqand viloyati |
Samarqand shahri, Rudakiy koʻchasi |
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
Termiz shahri, A. Navoiy koʻchasi |
|
10. |
Sirdaryo viloyati |
Guliston shahri, A. Navoiy koʻchasi |
|
11. |
Toshkent viloyati |
Nurafshon shahri, Bobur koʻchasi |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
Fargʻona shahri, Yuksalish koʻchasi |
|
13. |
Xorazm viloyati |
Urganch shahri, Tinchlik koʻchasi |
|
14. |
Toshkent shahri |
Toshkent shahri, Furqat va Bobur koʻchalari |
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbasi | Masʼul ijrochilar |
1. | Davlat dasturlari doirasida rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashga tushgan koʻp kvartirali uylarni nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun moslashtirish. | Koʻp kvartirali uylarni ularning asosiy kirish yoʻlaklaridan liftgacha boʻlgan qismida nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun belgilangan talablar asosida pandus bilan taʼminlash. | 2024-yil 10-avgustdan boshlab doimiy ravishda | Davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablagʻlar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. | Monomarkazlarda imo-ishora muloqoti va surdotarjimonlik koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish va oʻqitish grafigini tasdiqlash. | 1. Monomarkazlarda vazirlik va idoralar xodimlari uchun imo-ishora muloqoti va surdotarjimonlik koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish. 2. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda oʻquv kurslarini oʻtkazish grafigini tasdiqlash. | 2024-yil sentabr-oktabr | Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Karlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha normativ-texnik bazani tizimlashtirish orqali mustahkamlash. | 1. Jahon banki mablagʻlarini jalb qilgan holda ilgʻor xorijiy tajriba asosida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha universal loyihalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2027-yil 1-oktabr | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, Jahon banki granti | Ijtimoiy inspeksiya, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Universal loyihalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish. | 2028-yil 1-yanvar | ||||
4. | Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish uchun Jahon banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalari mablagʻlarini jalb qilish. | 1. Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalar faoliyatini oʻrganish. | 2024-yil 20-noyabr | - | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil 1-iyun | ||||
3. Xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalardan mablagʻlar jalb qilish choralarini koʻrish. | 2025-yil mart — dekabr | ||||
5. | Nogironligi boʻlgan shaxslar imkoniyatlari va yutuqlarini keng targʻib qilish hamda kinofilmlar ssenariylarida ularning muntazam ishtirokini taʼminlash. | 1. Nogironligi boʻlgan shaxslar imkoniyatlari, ular erishgan yutuqlar toʻgʻrisida videorolik va targʻibot materiallarini tayyorlab, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish. 2. Kino mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun davlat buyurtmalari boʻyicha eʼlonlar talablariga ssenariyda majburiy ravishda nogironligi boʻlgan shaxs ishtirokidagi epizodlar mavjud boʻlishi bilan bogʻliq talab kiritish va tanlovlarda inobatga olish. | 2024-yil 1-avgustdan boshlab doimiy ravishda | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida | Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston nogironlar uyushmasi |
6. | Shahar yoʻlovchi transportidan bepul foydalanuvchi shaxslar toifasini qayta koʻrib chiqish. | “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 15-oktabr | - | Transport vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
7. | Davlat organlari va tashkilotlariga qarashli binolarga kirish va chiqish, fuqarolarni qabul qilish joylari hamda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini (hojatxonalarni) nogironligi boʻlgan shaxslarning erkin foydalanishi uchun moslashtirish. | 1. Davlat organlari va tashkilotlariga qarashli binolarga kirish va chiqish, fuqarolarni qabul qilish joylari hamda sanitariya-gigiyena shoxobchalaridan (hojatxonalarni) nogironligi boʻlgan shaxslarning erkin foydalanishi uchun SHNQ talablari asosida: | Davlat budjeti, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari | |
vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning markaziy apparatida; | 2025-yil 1-yanvarga qadar | ||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari va boshqa tizim tashkilotlarida; | 2025-yil 1-iyunga qadar | ||||
tuman (shahar) boʻlimlarida sharoit yaratish. | 2026-yil 1-yanvarga qadar | ||||
2. Nogironligi boʻlgan shaxslarning sanitariya-gigiyena shoxobchalaridan (hojatxonalardan) toʻsiqsiz foydalanishlari uchun jihozlash dasturi boʻyicha tegishli xarajatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish boʻyicha takliflar kiritish. 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududidagi 100 tadan, xususan 2024-yil yakuniga qadar 40 tadan va 2026-yil yakuniga qadar 60 tadan umumfoydalanishdagi hojatxonalarni nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz foydalanishlari uchun jihozlash. | 2024 — 2026-yillar | Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | ||
8. | Zaif eshituvchi shaxslar uchun teatr spektakllarini tashkil etish. | 1. “TIEK” axborot tizimi orqali zaif eshituvchi shaxslar roʻyxatini shakllantirish. 2. Har yili zaif eshituvchi shaxslar va ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim oluvchi oʻquvchilar uchun moʻljallangan bitta spektakl sahnalashtirish. 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida zaif eshituvchi shaxslar uchun sahnalashtirilgan spektakl bepul namoyish etilishini tashkil qilish. | 2025-yil 1-yanvardan boshlab har yili bir marta | Ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
9. | Nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat oliy taʼlim muassasalarida toʻsiqsiz harakatlanish va taʼlim olish imkoniyatini yaratish. | 1. Davlat oliy taʼlim muassasalari bino-inshootlarini nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi va taʼlim olish imkoniyati mavjudligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazish. | 2024-yil 1-oktabr | Davlat oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, davlat oliy taʼlim muassasalari, Ijtimoiy inspeksiya |
2. Xatlov natijalariga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalarining bino-inshootlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash choralarini koʻrish. | 2026-yil 1-iyun | ||||
10. | Barcha monomarkazlarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz muhit yaratish. | Monomarkazlarni nogironligi boʻlgan shaxslar toʻsiqsiz harakatlanishi va oʻqitilishi uchun moslashtirish. | 2025-yil 1-mart | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
11. | Davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlaridan nogironligi boʻlgan shaxslar erkin foydalana olishi uchun imkoniyat yaratish. | 1. Davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rasmiy veb-saytlarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kontrastni qoʻshish, shriftni kattalashtirish, ovoz joʻrligi boʻlgan asosiy funksiyalarning mavjudligini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijasi boʻyicha mazkur veb-saytlarda ushbu funksiyalarni ishga tushirish choralarini koʻrish. 3. Veb-saytlarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kontrastni qoʻshish, shriftni kattalashtirish, ovoz joʻrligi boʻlgan asosiy funksiyalarini ishga tushirish. | 2025-yil 1-yanvar | Ijrochilar mablagʻlari | Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
12. | “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” (SHNQ 2.07.02-22)shaharsozlik norma va qoidalari boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish hamda vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga yetkazilishini taʼminlash. | 1. “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” (SHNQ 2.07.02-22) shaharsozlik norma va qoidalari boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish. | 2024-yil 1-dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ijtimoiy inspeksiya |
2. Ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanmani amaliyotda foydalanish uchun vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga yetkazish. | 2025-yil 1-yanvar | ||||
13. | Bosh loyiha institutlarini jalb qilgan holda ijtimoiy soha obyektlari (taʼlim, sogʻliqni saqlash va davlat idoralari) boʻyicha amaldagi shaharsozlik norma va qoidalari hamda xorijiy standartlar asosida imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz va qulay muhitni taʼminlashga oid namunaviy loyiha qismini ishlab chiqish. | 1. Imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz va qulay muhitni taʼminlashga oid namunaviy loyiha qismini ishlab chiqish uchun bosh loyiha institutlarini jalb qilish. 2. Imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz va qulay muhitni taʼminlashga oid namunaviy loyiha qismini ishlab chiqish va amaliyotda foydalanish uchun tarqatish. | 2024-yil 1-dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi |
14. | Nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz harakatlanish uchun sharoit yaratishning normativ-texnik bazasini takomillashtirish. | 1. Metro, aeroport va vokzallarni nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz harakatlanish uchun sharoit yaratish boʻyicha texnik jihatdan tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish. 2. Jamoat transporti hamda bino-inshootlarda, yoʻl va yoʻl infratuzilmasi obyektlarida audiovizual vositalar bilan jihozlash boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Jahon talablarini oʻrgangan holda taktil qoplamalarini va chaqiruv tugmalarini oʻrnatish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-yanvar | Mablagʻ talab etilmaydi | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy inspeksiya |
15. | Jahon talablarini oʻrgangan holda taktil qoplamalarini ishlab chiqish va foydalanish boʻyicha standartlarni ishlab chiqish. | 1. Taktil qoplamalarni ishlab chiqish va foydalanish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. 2. Taktil qoplamalarini ishlab chiqish va foydalanish boʻyicha standartlarni ishlab chiqish. | 2025-yil 1-yanvar | Mablagʻ talab etilmaydi | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ijtimoiy inspeksiya |
4-ILOVA
5-ILOVA
|
“ |
||
|
5. |
Obyektlar loyihalarining zilzilabardoshlik, nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratilganligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha berilgan ekspertiza xulosalari*** |
ish hajmi (m2) dan BHM 2 % |
|
ish hajmi (m3) dan BHM 1,5 % |
||
|
ish hajmi (pm) dan BHM 1 % |
||
|
”. |