1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
1. | 18 yoshdan katta shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) baholashning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: oilaviy shifokorlar tomonidan fuqarolarning tibbiy hujjatlarini tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yoʻllash tartibi; “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlari tomonidan 18 yoshdan katta shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) suhbat oʻtkazish orqali baholashdan oʻtkazish tartibi; 18 yoshdan katta shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini), shuningdek sogʻligʻining holatini aniqlash natijalari 2025-yil 1-sentabrga qadar nogironlik belgilash uchun asos hisoblanmasligi. 2. Loyihani oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil avgust | Mablagʻ talab qilinmaydi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2. | Shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) baholash jarayonini tahlil qilish va natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash. | 1. Shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) baholash natijalarini xorijiy ekspertlar bilan birgalikda umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek nogironlikni belgilashning amaldagi tartibi bilan taqqoslagan holda hisobot tayyorlash. | 2025-yil mart | Mablagʻ talab qilinmaydi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2. Baholash natijalaridan kelib chiqib, kelgusida ushbu amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif tayyorlash. | 2025-yil aprel | ||||
3. | Shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini), shuningdek sogʻligʻining holatini aniqlash natijalaridan kelib chiqib nogironlikni belgilash boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlari, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari mutaxassislari, shuningdek oilaviy shifokorlarning malakasini oshirish. | 1. Toshkent shahri va Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlarini shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) aniqlash boʻyicha, oilaviy shifokorlarni esa tibbiy hujjatlarni shakllantirish va TIEKga yoʻllash tartibi boʻyicha qisqa muddatli oʻqitish. | 2024-yil avgust | Mablagʻ talab qilinmaydi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida: | Sogʻliqni saqlash vazirligi | ||||
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining vrach ekspertlarini reabilitolog mutaxassisligi boʻyicha bepul qayta tayyorlash; | 2025-yil aprel — may | ||||
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari mutaxassislari va oilaviy shifokorlar malakasini bepul oshirib borish. | 2025-yil sentabr, keyinchalik doimiy | ||||
3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) aniqlash boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlari malakasini oshirib borish. | 2025-yil sentabr, keyinchalik doimiy | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | |||
4. | Fuqarolarga nogironlik belgilash jarayonida oilaviy shifokorlar tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari koʻrigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish tizimini yoʻlga qoʻyish va ularning masʼuliyatini oshirish. | 1. Fuqarolarga nogironlik belgilash uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yuboriladigan yoʻllanma (088/u) shaklini qayta koʻrib chiqish orqali maʼlumotlarni toʻliq aks ettirish imkonini yaratish. | 2024-yil avgust | Sogʻliqni saqlash vazirligining rivojlantirish dasturlariga ajratilgan mablagʻlar, Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari (Hisob-kitoblarga koʻra) | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2. Toshkent shahri va Navoiy viloyatidagi oilaviy shifokorlarni zarur axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash. | 2024-yil avgust | ||||
3. Fuqarolarning tibbiy hujjatlari oʻz vaqtida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yuborilishini oilaviy shifokorlar faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlaridan biri etib belgilash orqali ularni ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil mart | ||||
5. | Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish. | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari xodimlarini ular faoliyati samaradorligining eng muhim koʻrsatkichlari (KPI) bajarilishidan kelib chiqib, ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2024-yil sentabr | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan (Hisob-kitoblarga koʻra) | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
6. | Tibbiy ijtimoiy ekspertiza xizmatini standartlashtirish hamda nogironlikni belgilash yoʻnalishidagi axborot almashinuvini raqamlashtirish. | 1. Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining koʻrigidan oʻtishi uchun yoʻllashdan oldin davolanish lozim boʻlgan muddatlarni kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib belgilash. | 2025-yil mart | Sogʻliqni saqlash vazirligining rivojlantirish dasturlariga ajratilgan mablagʻlar, Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari (Hisob-kitoblarga koʻra) | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2. Nogironlikni belgilashda inobatga olinadigan tibbiy mezonlarni qayta koʻrib chiqib, nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, shuningdek protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligini belgilash jarayonini Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, keyinchalik respublikaning qolgan hududlarida raqamlashtirish. | 2025-yil iyun — sentabr | ||||
3. Ambulator va statsionar tibbiyot muassasalari hamda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish, shuningdek, tibbiyot muassasalarining tegishli axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish. | 2025-yil sentabr | ||||
7. | Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda: tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash; ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining faoliyatini tugatish; tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazishni yigirma kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirish; tumanlararo, tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalarining roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish. | 2024-yil oktabr | Mablagʻ talab qilinmaydi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. | Nogironlikni belgilashning biopsixoijtimoiy modeliga oʻtgan davlatlar tajribasini oʻrganish. | Nogironlikni belgilashning biopsixoijtimoiy modeliga oʻtgan davlatlar tajribasini oʻrganish maqsadida rivojlangan xorijiy mamlakatlarga (Portugaliya, Shveysariya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Tayvan, Latviya) xizmat safarlarini tashkil etish. | 2024-yil sentabr — dekabr | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari (Hisob-kitoblarga koʻra) | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
9. | Infarkt, insult va jarrohlik amaliyotidan soʻng tibbiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish. | Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda infarkt, insult va jarrohlik amaliyotidan soʻng koʻrsatiladigan tibbiy reabilitatsiya xizmatlari tizimini joriy etish boʻyicha amaliy choralar koʻrish. | 2025-yil dekabr | Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
10. | Nogironligi boʻlgan shaxslarni taʼlim va kasbga yoʻnaltirish hamda sportga jalb etishning mezonlarini ishlab chiqish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularni tarbiya va taʼlimga yoʻnaltirish tartibi; nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularni kasbga tayyorlash va yoʻnaltirish tartibi; nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularning bandligini taʼminlash tartibi; nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularni ommaviy sport va parasportga yoʻnaltirish tartibi; vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilash tartibi. | 2025-yil fevral | Mablagʻ talab qilinmaydi | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
2. Takliflarni umumlashtirish va yagona normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil mart | ||||
11. | Tibbiyot yoʻnalishidagi davlat oliy taʼlim muassasalarida oʻquv dasturlariga tibbiy-ijtimoiy ekspertiza yoʻnalishi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini kiritish. | 2025/2026-yil oʻquv yilidan boshlab tibbiyot yoʻnalishidagi davlat oliy taʼlim muassasalarida bakalavr, klinik ordinatura va magistratura yoʻnalishlarining oʻquv dasturlariga shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) hamda shaxsning salomatligi holatini baholashdan oʻtkazish orqali nogironlikni aniqlash, shuningdek reabilitologiya asoslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini kiritish. | 2025-yil sentabr | Davlat budjeti mablagʻlari (Hisob-kitoblarga koʻra) | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
12. | Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari moddiy texnik-bazasini yanada mustahkamlash hamda aholiga oʻz vaqtida sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlash. | Ijtimoiy himoya milliy agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, shuningdek Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalarini avtotransport vositalari bilan taʼminlash. | 2024-yil dekabr | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari (Hisob-kitoblarga koʻra) | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2-ILOVA