davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash hamda aniqlangan xavflarni bartaraf etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoniga
1-ILOVA
Lavozimi boʻyicha | — | Hisob palatasi raisi, Hayʼat raisi | |
2. | M.R. Abdullayev | — | Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari |
3. | A.V. Allaberganov | — | Hisob palatasi raisi oʻrinbosari |
4. | S.A. Mirzayev | — | Hisob palatasi raisi oʻrinbosari |
5. | Q.B. Erimetov | — | Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashqi audit metodologiyasi shoʻbasi mudiri |
6. | U.M. Aripov | — | Mudofaa majmui va huquq-tartibot organlari xarajatlarini audit qilish shoʻbasi mudiri |
7. | J.M. Bekmurodov | — | Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni audit qilish shoʻbasi mudiri |
8. | N.Q. Imonqulov | — | Respublika budjetining shakllantirilishi va xarajatlarining ijrosini audit qilish shoʻbasi mudiri |
9. | A.S. Soliyev | — | Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlarining idoralararo masofaviy nazorat markazi rahbari |
10. | S.I. Xasanov | — | Huquqiy taʼminot va xalqaro aloqalar shoʻbasi mudiri |
11. | J.J. Qurbonov | — | Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil shoʻbasi mudiri, Hayʼat kotibi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoniga
2-ILOVA
Davlat budjetining ijrosi ustidan moliyaviy nazoratni yanada kuchaytirish boʻyicha
T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼullar |
I. Davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyatini tartibga solish | |||||
1. | Hisob palatasi va ichki audit faoliyatining samaradorligini oshirish. | 1. Masofaviy nazorat markazi taqdim etgan xavf tahlillariga asosan nazorat tadbirlari oʻtkazish tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat | 2024-yil oktabr | Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Davlat moliyaviy nazorati organlari, ichki audit xizmatlari nazorat tadbirlarining yillik rejalarini Hisob palatasi bilan kelishishni toʻliq “Davlat auditi” dasturiy kompleksi bilan qamrab olish. | Tashkiliy-chora-tadbirlar | 2024-yil avgust | Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
3. “KPI” reyting tizimi orqali xodimlar faoliyati samaradorligini baholash amaliyotini ichki audit xizmatlari xodimlari uchun tatbiq etish. Bunda reyting natijalari boʻyicha xodimlarning budjet qonunchiligi buzilishining oldini olish koʻrsatkichlari asosida tegishli vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirishga tavsiyalar berib borish. Masofaviy nazorat oʻtkazishda samaradorligi yuqori boʻlgan ichki audit xizmatlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, egallab turgan lavozimini oshirish yoki yuqori turuvchi nazorat organiga ishga oʻtish masalalarini koʻrib chiqish mexanizmini joriy etish. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2024-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
4. Hisob palatasi tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari jarayonida nazorat obyektining ichki audit xizmati tomonidan oʻtkazilgan audit tadbirlari sifatini baholash tartibini ishlab chiqish. | Hisob palatasi raisining buyrugʻi | 2024-yil sentabr | Hisob palatasi | ||
2. | Ichki audit va ichki nazorat boʻyicha huquqiy asoslarni yaratish. | Davlat sektorida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2025-yil fevral | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | “Davlat auditi” dasturiy kompleksini yanada takomillashtirish. | Hisob palatasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, ichki audit xizmatlari faoliyati ehtiyojlaridan kelib chiqib, “Davlat auditi” dasturiy kompleksini yanada takomillashtirib borish. Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibini belgilash. | Texnik topshiriq va yechimlar | Doimiy | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Masofaviy nazorat markazining faoliyatini samarali tashkil etish. | 1. Masofaviy nazorat markazining faoliyatini tashkil etish uchun zaruriy dasturiy taʼminotlarni yaratish, dasturlarni takomillashtirish va axborot xavfsizligini taʼminlash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2024-yil sentabr | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Masofaviy nazorat markazida dasturiy taʼminotlarni yaratish, ular bilan ishlash va takomillashtirib borish hamda katta hajmdagi maʼlumotlar bazalari bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish. Bunda masofaviy nazorat dasturiy taʼminotlarini yaratish hamda takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil oktabr | |||
5. | Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish. | 1. Moliya organlari va budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarining malaka oshirish kurslariga sohaning malakali va amaliyotchi mutaxassislarini jalb qilish. | Tashkiliy-chora-tadbirlar | Doimiy | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari hamda qoʻllanmalarni milliy qonunchilik va xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda takomillashtirish. | Tashkiliy-chora-tadbirlar | 2025-yil yanvar | |||
3. Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. | Har ikki yilda kamida bir marotaba | ||||
4. Mahalliy, xorijiy va xalqaro ekspert va mutaxassislar ishtirokida davlat moliyaviy nazorati va ichki audit tadbirlari doirasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar oʻtkazish. Bunda davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarining moliyaviy va boshqa xavf (risk)larni aniqlash, baholash hamda boshqarish boʻyicha savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish. | Doimiy | ||||
5. Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarini qayta tayyorlash maqsadida ilgʻor xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun yuborish. | Tashkiliy-chora-tadbirlar | Doimiy | |||
6. | Hisob palatasining tegishli shoʻba hamda markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Shoʻbalar va markazlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash. Bunda Masofaviy nazorat markazi va Tadqiqot markazining rahbarlari hamda xodimlari mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Hisob palatasining shoʻba mudiri va tegishli xodimlariga tenglashtiriladi. | Idoraviy hujjat | 2024-yil Avgust | Hisob palatasi |
2. Shoʻbalar va markazlarni malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yilning III choragi | Hisob palatasi | ||
3. Shoʻbalar va markazlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va zamonaviy kompyuter texnikalari bilan taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2024-yil avgust | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
4. Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari idoralararo masofaviy nazorat dasturiy taʼminotlarini yaratish. Shu jumladan: katta hajmdagi maʼlumotlar bazalari bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlgan malakali mutaxassislar va dastur yaratuvchilarni jalb etish; | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | ||
“Masofaviy audit” AATning davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazalarini oʻzaro solishtirish orqali qonun buzilish holatlarini aniqlash modullarini takomillashtirish. | Qoʻshimcha texnik topshiriq | ||||
5. Masofaviy nazorat markazining davlat organlari va tashkilotlari bilan axborot almashish tartibini ishlab chiqish. | Kelishuv boʻyicha idoraviy hujjat | 2024-yil sentabr | Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
7. | Hisob palatasining Hayʼati faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslarni yaratish. | Hisob palatasining Hayʼati maqomini belgilash, uni tuzish, faoliyatini tashkil etish va vazifalarini qonun darajasida belgilash. | Qonun loyihasi | 2025-yil sentabr | Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. | Hisob palatasiga ishga qabul qilishda buxgalter hamda (yoki) auditorlik yoxud huquq boʻyicha milliy va (yoki) xalqaro malaka sertifikatlariga ega boʻlgan shaxslarga ustuvorlik berish tartibini joriy etish. | Hisob palatasining shoʻba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari va inspektorlari lavozimlariga ishga qabul qilishda buxgalter hamda (yoki) auditor yoxud yurist milliy va (yoki) xalqaro malaka sertifikatlariga ega boʻlgan shaxslarga ustuvorlik berishni qonunchilikda belgilash. | Qonun loyihasi | 2025-yil iyun | Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
II. Davlat moliyaviy nazorati boʻyicha yangi mexanizmlarni joriy etish | |||||
9. | Strategik audit va axborot texnologiyalari auditi standartlarini ishlab chiqib, tasdiqlash. | Hisob palatasi davlat tashqi auditining xalqaro standartlari asosida strategik audit va axborot texnologiyalari auditini oʻtkazish boʻyicha tartib-taomillarni tasdiqlash. | Hisob palatasi raisining buyrugʻi | 2024-yil dekabr | Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
10. | Hisob palatasining Masofaviy nazorat markazi tomonidan aniqlangan xavflarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish. | Aniqlangan xavflarni bartaraf etish va yangi mavjud xavflarni aniqlash boʻyicha takliflar berib borish maqsadida Hisob palatasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki audit tuzilmalarida ishchi guruhlar tashkil etish. Ishchi guruhlarni shakllantirish, ularning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash. | Qoʻshma buyruq loyihasi | Doimiy | Hisob palatasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
11. | Markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan qurilish loyihalarini tahlil qilish imkoniyatlarini oshirish. | Hisob palatasining “Masofaviy audit” AATga “Kapital qoʻyilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimini integratsiya qilish. | Qoʻshimcha texnik topshiriq | 2024-yil avgust | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, Soliq qoʻmitasi |
12. | Moliyaviy va boshqa xavf (risk)larning barvaqt oldi olinishini taʼminlash. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar faoliyatidagi moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi; Xavflarni boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisida namunaviy nizom; Xavflarni boshqarish qoʻmitalari aʼzolarining xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish boʻyicha malakasini oshirish ishlarini tashkil etish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2024-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralar, shu jumladan, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq tashkilotlarning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda ishlaydigan Xavflarni boshqarish qoʻmitalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil mart | Xavflarni boshqarish qoʻmitalari tashkil etilishi belgilanayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar | ||
13. | Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining tarkibiga kiruvchi barcha manbalarni tashqi auditdan oʻtkazishni taʼminlash. | 1. Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Hisob palatasiga tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun taqdim etish shakllari belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish uchun taqdim etish muddatini hisobot yilidan keyingi yilning 5-mart sanasigacha qadar etib belgilash yuzasidan qonunchilikka oʻzgartirish kiritish. | Qonun loyihasi | 2025-yil yanvar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
III. Gʻaznachilik boʻlinmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining sarflanishi ustidan joriy nazoratni kuchaytirish | |||||
14. | Gʻaznachilikning vakolatlari, funksiya va vazifalarini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan tizim xodimlarining vakolatini kengaytirish va javobgarligini oshirish. | Gʻaznachilik faoliyati boʻyicha amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, xususan: gʻaznachilik boʻyicha amaldagi barcha meʼyoriy hujjatlarni jamlash va tizimlashtirish; gʻaznachilik boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish; gʻaznachilikning aniq maqsad va vazifalari, dastlabki va joriy nazorat hamda Davlat budjetining gʻazna ijrosi sohasidagi vakolat va javobgarligini belgilash; gʻaznachilik boʻlinmalarining joriy nazorat boʻyicha vakolatlarini kengaytirish orqali qonunbuzilish holatlarining oldini olish tizimini tatbiq qilish; bevosita respublika idoralari budjetlari orqali moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha xarajatlarni bosqichma-bosqich tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmalari orqali qamrab olish orqali joriy nazoratni kuchaytirish boʻyicha taklif ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2024-yil oktabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi |
15. | Gʻaznachilik boʻlinmalarining joriy nazorat tizimini yanada kuchaytirish. | Gʻaznachilik tizimiga yuklatilgan vazifalar ijrosini oʻrganish, uning masʼuliyati hamda javobgarligini yanada oshirish. Bunda: | |||
1) davlat xaridlari doirasidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishda xavflarni oʻrganish va bunday xavflar oʻz tasdigʻini topgan holatlarda ularning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish; zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda Hisob palatasi va Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi orqali aniqlangan xavflarni elektron shaklda yuborish va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida javob olish tizimini yoʻlga qoʻyish; | Qoʻshma qaror | 2024-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi | ||
2) rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur tahlil qilgan holda Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning boʻlinmalariga davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish holatlari yuzasidan maʼmuriy bayonnoma tuzish huquqini berish masalasini koʻrib chiqish; | Tahliliy axborot | 2024-yil oktabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
3) Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning boʻlinmalari tomonidan: davlat xaridlari sohasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda toʻlovlarni vaqtincha toʻxtatish (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, shuningdek, qonunchilikda belgilangan kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlar bundan mustasno), shartnomani roʻyxatdan oʻtkazmasdan qaytarish, uni bekor qilish va qonunbuzilish holatlari mavjudligi toʻgʻrisida davlat buyurtmachisiga hamda davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlariga xabarnoma yuborish; moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonlari boʻyicha shubhali holatlar toʻgʻrisida moliyaviy nazorat organlarini uch ish kuni mobaynida xabardor qilish; jamoatchilik nazorati subyektlari yoki boshqa vakolatli organlardan qonunbuzilish holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushganda yoki mustaqil ravishda xavf (risk)lar aniqlanganda, vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar toʻlovlarni toʻxtatib turish (qonunchilikda belgilangan kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlar bundan mustasno); roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar boʻyicha muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklar hisobini yuritish hamda har chorak yakuni boʻyicha chorakdan keyingi oyning 10 sanasiga qadar Hisob palatasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etib borish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2024-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
IV. Davlat xaridlarini amalga oshirishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish | |||||
16. | Davlat xaridlari natijalariga doir hujjatlarni Maxsus axborot portalida aks ettirish. | 1. Davlat buyurtmachilari, shu jumladan korporativ buyurtmachilar tomonidan tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Soliq qoʻmitasiga yuborish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil oktabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
2. Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda real vaqt rejimida davlat buyurtmachilari, shu jumladan korporativ buyurtmachilar tomonidan tuzilgan shartnomalar ijrosi boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi dalolatnomalar va hisob-faktura toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus axborot portaliga maʼlumot almashinuvi orqali taqdim etish. | 2024-yil noyabr | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi | |||
3. Maxsus axborot portalida tuzilgan shartnomalar boʻyicha bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnomalar va hisob-faktura toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish imkoniyatini yaratish. | 2024-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi | |||
4. Soliq organlarida hisobi yuritiladigan elektron hisob-fakturalardagi realizatsiya hajmlarini budjet buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlar bilan oʻzaro muvofiqligini onlayn solishtirish tizimini joriy qilish. | 2025-yil yanvar | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |||
17. | Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlarni ekspertiza qilish boʻyicha maʼlumot almashinuvini avtomatlashtirish. | Quyidagi hollarda cheklovlar oʻrnatish: Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasidan ekspertizadan oʻtkazilmagan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar yuzasidan qonunchilikka muvofiq xarid qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi eʼlonlarni joylashtirishga; Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasidan ekspertizadan oʻtkazilmagan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va ularga qoʻshimcha kelishuvlarni gʻaznachilik organlarida roʻyxatdan oʻtkazishga. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil avgust | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
18. | Davlat xaridlarining elektron tizimi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida davlat xaridlarini toʻliq elektronlashtirish. | Toshkent shahrining Yakkasaroy va Yunusobod tumanlarida joylashgan davlat buyurtmachilari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni sinov tariqasida elektron tarzda (elektron raqamli imzodan foydalangan holda) tuzish imkoniyatini yaratish (import shartnomalari bundan mustasno). Keyinchalik mazkur amaliyotni barcha davlat buyurtmachilarida joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil oktabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, “Xt-Xarid texnologiyalari” AJ, “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ |
19. | Davlat xaridlari boʻyicha mavjud axborot tizimlarini takomillashtirish. | 1. Davlat xaridlari elektron doʻkoni, boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkazilgan auksionlar boʻyicha tuzilgan shartnomalardagi tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berish muddati 90 kunga kechiktirilgan taqdirda davlat xaridlari elektron tizimining operatorlari tomonidan buyurtmachining hisob raqamidan avtomatik tarzda undirilgan mablagʻlarni ushbu buyurtmachining hisob raqamlariga (oʻtgan moliya yilida avtomatik tarzda undirilgan budjet mablagʻlarini tegishli budjet daromadiga) qaytarish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Soliq qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Taʼminotchilar va budjet buyurtmachilari oʻrtasidagi dastlab tasdiqlangan elektron hisob-fakturalarga oʻzgartirish kiritishni “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi”da kelishilgandan keyin amalga oshirish tartibini joriy qilish. 3. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarining elektron tizimlariga kiritiladigan maʼlumotlarni elektron shaklda shakllanishini taʼminlash maqsadida, davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarining elektron soʻroviga asosan maxsus axborot portali orqali vazirlik va idoralarning axborot tizimlari (maʼlumotlar bazalari) bilan axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||||
V. Davlat budjeti mablagʻlarini rejalashtirish, ulardan oqilona foydalanish hamda shaffoflikni taʼminlash orqali nazorat mexanizmlarini kuchaytirish | |||||
20. | Budjet mablagʻlari hisobiga Hukumatning tegishli qarorlari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirilayotgan kapital qurilishda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini tartibga solish. | Hukumatning tegishli qarorlariga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirilayotgan kapital qurilishda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini respublikada qurilish ishlariga belgilangan oʻrtacha miqdordan oshirib yubormaslik tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat | 2024-yil dekabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi |
21. | Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan davlat budjetiga dividendlarni hisoblash hamda undirish masalalarini tartibga solish. | Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar (shu jumladan, ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar) tomonidan oʻz sof foydasining 50 foizi miqdorida ajratmalar va davlat ulushi boʻyicha dividendlarni hisoblash, tegishli darajadagi budjetlarga oʻtkazish boʻyicha aniq muddatlarni, undirish mexanizmini hamda masʼul organlarni belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat | 2024-yil dekabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
22. | Davlat budjeti mablagʻlarining sarflanishi boʻyicha shaffoflikni kuchaytirish hamda mahalliy xalq deputatlari Kengashlari masʼuliyatini oshirish. | 1. 2025-yildan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari tomonidan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan hududlar, tuman (shahar)larga taqsimlangan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlarni tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etib borish. Bunda mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining hududlarga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan ajratilayotgan mablagʻlar boʻyicha soʻrovi va nazorati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash natijalari, shuningdek, kelgusi yil uchun tuzilgan budjet loyihasi boʻyicha Hisob palatasining xulosalarini tegishli xalq deputatlari Kengashlarining majlislarida Hisob palatasi masʼullari ishtirokida muhokama qilish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2024-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi |
23. | Budjet tizimi budjetlari xarajatlari shaffofligini yanada oshirish. Bunda vazirlik va idoralarning rivojlantirish jamgʻarmalari hamda qurilish-montaj ishlari xarajatlarining jamoatchilikka ochiqligini oshirish. | Budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan xarajatlar smetasi, sarflangan mablagʻlar, shartnomalar (mol yetkazib beruvchilar) hamda qabul qilingan tovarlar va xizmatlarni vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish tizimini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2025-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
24. | Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni takomillashtirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni qonunchilikda belgilash: 1. Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot turlarini kengaytirish; 2. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish muddatlarini qayta koʻrib chiqish; 3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har olti oy (yarim yillik va yillik) davomida kiritish; 4. Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi oylik hisobotlarni “Ochiq budjet” portaliga joylashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi | 2024-yil avgust | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
VI. Davlat moliyaviy nazorati sohasida maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish, davlat moliyaviy nazorat organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi | |||||
25. | Davlat moliyaviy nazorat sohasida taʼsir choralarini kuchaytirish. | 1. Quyidagi holatlar uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash: davlat moliyaviy nazorati tadbirlarini “Davlat auditi” dasturiy kompleksida roʻyxatdan oʻtkazmasdan amalga oshirganlik, ularning natijalarini mazkur dasturiy kompleksga oʻz muddatida yoki toʻliq ikki va undan ortiq marta kiritmaganlik; vazirlik va idoralar maʼlumotlar bazalarini Hisob palatasi axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilinishini va taqdim etilayotgan maʼlumotlar haqqoniyligini taʼminlamaganlik; Hisob palatasining soʻrovida koʻrsatilgan hujjatlarni, nazorat materiallarini va boshqa maʼlumotlarni taqdim etishni, nazorat tadbirlariga mutaxassis ajratishni rad etganlik va nazorat tadbirlarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari toʻgʻrisida tushuntirish berishdan boʻyin tovlaganlik; korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralarni amalga oshirmaganlik. 2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga va samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganlik holatida taqdimnoma kiritish. | Qonun loyihasi | 2024-yil dekabr | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Hisob palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi | |||||
26. | Davlat moliyaviy nazorati organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining hamkorligini yanada mustahkamlash. | Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining oʻzaro hamkorlikdagi audit oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish, audit natijasini ushbu organlarning qoʻshma majlislarida muhokama qilib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Hisob palatasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, manfaatdor vazirliklar |
VII. Korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalar mustaqilligini taʼminlash | |||||
27. | Vazirlik va idoralar, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimlari ularning tuzilmalari va faoliyat koʻlamiga mosligini, rahbar va xodimlarning funksional majburiyatlari aniq va toʻgʻri taqsimlanganligini qayta koʻrib chiqish. | 1. Vazirlik va idoralar, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarida mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlinmalarini mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etish. 2. Vazirlik va idoralar, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish, ularning mavqeyi va mustaqilligini oshirishga oid alohida tizim joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2024-yil oktabr | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga maʼlumotlar bazasidan va axborot tizimlaridan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan hamda Hisob palatasining elektron soʻroviga muvofiq maʼlumotlar taqdim etadigan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va tashkilotlarning
8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
19. Tashqi ishlar vazirligi
29. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
37. Majburiy ijro byurosi
44. “Oʻztransgaz” AJ
62. “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DUK
76. “Oʻzagrosugʻurta” AJ
83. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hisob palatasiga davlat xaridlarining elektron tizimi operatorlarining maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyati yaratilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoniga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali taqdim etilgan xavf (risk) tahlillarni boshqarish
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Hisob palatasi | Aniqlangan risk-tahlillarni “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali tegishlicha vazirlik va idoralarga yuborish | Uch kun muddatda | |||
2-bosqich | Vazirlik va idoralar | “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali yuborilgan risk-tahlillarni qabul qilib olish va oʻrganish yuzasidan ijroga qaratish | Uch kun muddatda | |||
3-bosqich | Vazirlik va idoralar | Risk-tahlillarni oʻrganish natijalari yuzasidan “Masofaviy audit” axborot tizimiga va oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Davlat auditi” dasturiy kompleksiga yuklash va Hisob palatasiga yuborish | Oʻn kun muddatda | |||
4-bosqich | Hisob palatasi | Vazirlik va idoralar tomonidan yuborilgan risk-tahlillar boʻyicha oʻrganish natijalarini koʻrib chiqish (qabul qilish yoki qayta ishlashga yuborish) | Bir hafta muddatda | |||
5-bosqich | Vazirlik va idoralarning “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari | Risk-tahlillar yuzasidan barcha tarkibiy tuzilmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni qoʻmitalar yigʻilishlarida muhokama qilish va Hisob palatasiga axborot berish | Har chorakda |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoniga
5-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-son Farmoniga
3-ILOVA
Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
|
1. |
A.M. Boboyev |
— |
Hisob palatasi raisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi |
|
2. |
J.A. Qoʻchqorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari |
|
3. |
O.A. Xakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari |
|
4. |
A.B. Samadov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari |
|
5. |
A.D. Tashkulov |
— |
adliya vaziri |
|
6. |
A.E. Burxanov |
— |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori |
|
7. |
S.I. Samadov |
— |
Bosh prokuror oʻrinbosari |
|
8. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Bosh prokuror oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi |
|
9. |
M.M. Tulaxodjayeva |
— |
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi raisi |
|
10. |
N.F. Karimov |
— |
Oʻzbekiston auditorlar palatasi raisi |
|
11. |
M.R. Abdullayev |
— |
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
12. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Hisob palatasi raisi oʻrinbosari |
|
13. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Hisob palatasi raisi oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi |
“istisno tariqasida, Markaziy bank va tijorat banklaridan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjet va davlat qarzi mablagʻlarining harakatiga doir maʼlumotlarini markazlashgan tartibda soʻrab olish”;