1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.03 (Кучини йукотган) Litseylar, kollejlar / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3528]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. TASHKULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 10-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 25-iyun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-iyuldagi 15-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda TDYU deb yuritiladi) huzuridagi akademik litseylarda (bundan buyon matnda akademik litseylar deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiyasi — oʻquvchilarning bilim, malaka va ulardan foydalanish koʻnikmasi darajasini davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash orqali oʻquvchilarga akademik litseyni tugatganligi toʻgʻrisida diplomni berish masalasini hal etuvchi taʼlim sifatini nazorat qilishning turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) — tegishli mutaxassisliklar boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish uchun akademik litsey xodimlari hamda TDYU vakillaridan iborat komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiya sinovlari (bundan buyon matnda attestatsiya sinovlari deb yuritiladi) — akademik litsey oʻquv rejasidagi tegishli fanlar majmui.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar yakuniy davlat attestatsiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning tegishli fanlar boʻyicha bilim va ulardan foydalanish koʻnikmasi darajasini davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya sinovlari yakuni boʻyicha akademik litseyni tugatganligi toʻgʻrisida oʻquvchiga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) berish masalasini hal etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Komissiyani shakllantirish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya aʼzolari tarkibi kamida 7 kishidan iborat boʻlib, uning uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda komissiya vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiya sinovlarini topshirishga tavsiya etilgan har bir fan boʻyicha alohida komissiya tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzolari tarkibining kamida oʻttiz foizini TDYU professor-oʻqituvchilari tashkil etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TDYU prorektori — akademik litsey direktori (bundan buyon matnda direktor deb yuritiladi) komissiya tarkibini shakllantirish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Komissiya raisi yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida bir oy oldin TDYU rektorining, komissiya aʼzolari esa direktor buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Komissiya raisi akademik litseyda ishlamaydigan mutaxassis boʻlishi lozim. Bir shaxs ketma-ket akademik litseyda ikki martadan ortiq komissiya raisi boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzosi akademik litsey oʻquvchilariga oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda-anda boʻlgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari), basharti ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻlishiga bogʻliq boʻlsa, shuningdek manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur Nizom va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda taʼlim mazmuniga qoʻyilgan davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlariga tayangan holda olib boradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-martdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yakuniy davlat attestatsiyasida fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Komissiya har yili yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish davridan boshlab keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar faoliyat koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ijrochi direktor va direktor oʻrinbosarlari yakuniy davlat attestatsiyasini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazishga hamda komissiyaning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini toʻliq tugatgan va oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Attestatsiya sinovlarini topshirishga tavsiya etiladigan fanlar roʻyxati va oʻtkazish shakllari TDYU Kengashi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddatlari oʻquv rejada belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jadvali ijrochi direktor tomonidan yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Attestatsiya sinovlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning davlat taʼlim standartiga muvofiq oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Attestatsiya sinovlarini oʻtkazish shakli toʻgʻrisidagi maʼlumot yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan 6 oy oldin oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet tili (ingliz tili) fani boʻyicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat ega boʻlgan oʻquvchilar attestatsiya sinovlarini topshirishda tegishli fandan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Attestatsiya sinovlarining savollari oʻquv dasturlar mazmunini toʻliq qamrab olgan holda akademik litseyning oʻqituvchilari tomonidan shakllantiriladi. Savollar attestatsiya sinovlaridan 6 oy oldin ekspertizadan oʻtkazish uchun TDYUga taqdim etiladi. TDYU tomonidan savollar ular taqdim etilgan kundan eʼtiboran 20 ish kuni davomida ekspertizadan oʻtkaziladi va tegishli ekspertiza xulosalari akademik litseyga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Attestatsiya sinovlarining savollari oʻquv dasturlari doirasida tuzilishi hamda attestatsiya sinovlari boshlanishidan kamida 1 oy oldin oʻquvchilarning eʼtiboriga yetkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari oʻquvchilar sonidan kelib chiqib attestatsiya sinovlarining savollari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Attestatsiya sinovlarini oʻtkazish jarayoni videotasvirga olish orqali amalga oshiriladi. Attestatsiya sinovlarining yuqori darajada ochiqlik va shaffofligini taʼminlash maqsadida ushbu jarayon videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan oʻquvchilarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borish imkoni yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Attestatsiya sinovlariga mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitoblar, lugʻat, shpargalkalar va boshqa materiallar olib kirgan, attestatsiya sinovlari jarayonida ulardan foydalangan oʻquvchilar attestatsiya sinovlari oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan tartibni buzgan oʻquvchilar attestatsiya sinovlaridan chetlashtiriladi hamda komissiya aʼzolari tomonidan yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirish boʻyicha ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Attestatsiya sinovlari natijalari ballar qoʻyish yoʻli bilan 100 ballik tizimda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tomonidan attestatsiya sinovlari natijalariga koʻra topshiriqlarning 86 — 100 foizi toʻgʻri bajarilgan boʻlsa “aʼlo”, 71 — 85 foizi toʻgʻri bajarilsa “yaxshi”, 56 — 70 foizi toʻgʻri bajarilsa “qoniqarli” baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiya sinovlari natijalari boʻyicha oʻquvchi 55 va undan kam ball toʻplagan hollarda “qoniqarsiz” baholangan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, yigʻilishda ishtirok etuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan holda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Attestatsiya sinovlari natijalari shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi va komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan, Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻquvchi attestatsiya sinovlarining barchasidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga akademik litseyni tugatganligi toʻgʻrisida davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 4/5 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan kam boʻlmagan), shuningdek attestatsiya sinovlarining har biri boʻyicha kamida 86 ball oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan oʻquvchilarga “imtiyozli” diplom beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Attestatsiya sinovlarining biridan “qoniqarsiz” baholangan yoki uzrli sabablarga (kasalligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlishi sababli) koʻra attestatsiya sinovlarida ishtirok etmagan oʻquvchi boshqa attestatsiya sinovlarini topshirish huquqidan mahrum etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Uzrli sabablarga koʻra attestatsiya sinovlarida qatnasha olmagan oʻquvchilar direktor buyrugʻi bilan komissiya ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan attestatsiya sinovlariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Akademik litseyning davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki unda “qoniqarsiz” baholangan oʻquvchilar oʻqish muddati tugagandan soʻng, 3 yil ichida arizasiga muvofiq tegishli sinovni qayta topshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, direktor shaxsni yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirishga qoʻyish haqida buyruq chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli harbiy xizmatda boʻlgan vaqt, 3 yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun beriladigan taʼtil vaqti mazkur uch yillik muddatga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Attestatsiya sinovlarini qayta topshirish muddatida attestatsiya sinovlaridan 3 yil ichida ham oʻta olmagan yoki attestatsiya sinovlarini qayta topshirish uchun murojaat qilmagan shaxsga akademik maʼlumotnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Attestatsiya sinovlari natijalarini apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Oʻquvchilarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun direktor buyrugʻi bilan kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiya sinovlarini oʻtkazishga masʼul boʻlgan shaxslarning Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Attestatsiya sinovlarining qaroridan norozi boʻlgan oʻquvchilar attestatsiya natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh kun ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan oʻquvchini shikoyat koʻrib chiqilishidan 2 kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab 3 kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Bunda, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan oʻquvchi mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya sinovlari jarayonida oʻquvchining bergan javoblarini ular aks etgan videotasvirlarni koʻrish orqali tekshiruvdan oʻtkazadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida oʻquvchiga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya sinovlarining natijalariga oʻzgartirish kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya shikoyatini koʻrishda oʻquvchining attestatsiya sinovlari natijasida olgan ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan oʻquvchiga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Apellyatsiya komissiyasining attestatsiya natijalariga oʻzgartirish kiritish va oʻquvchini attestatsiya sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan deb topish toʻgʻrisidagi qarori asosida oʻquvchiga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan oʻquvchi yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirish haqidagi
DALOLATNOMA
______________sh.
“___” _________20___ yil
Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, oʻquvchi