27.06.2024 yildagi PQ-239-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ilmli va maʼrifatli yoshlarni kamol toptirish, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, xorijiy tillarga oʻqitishni yanada ommalashtirish, shuningdek, bunday faoliyat bilan shugʻullanuvchi subyektlarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori boʻlgan chet tillarini mukammal oʻzlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tillarni oʻqitish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — xususiy oʻquv markazlari), ushbu yoʻnalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy oʻquv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori oʻrinni egallaganlarni ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishni targʻib qilish, ushbu yoʻnalishdagi ijtimoiy loyihalar, koʻrik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida S1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qoʻshimcha ravishda Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik moddiy ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-sentabrdan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari boʻyicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan ballning (sertifikat darajasining) minimal koʻrsatkichi bir pogʻona pasaytiriladi hamda mazkur xarajatlar Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining sinf xonalarini taʼlim jarayonidan boʻsh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy oʻquv markazlariga berishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tegishli umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, shuningdek, tekin foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma balansda saqlovchi va xususiy oʻquv markazi oʻrtasida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2024-yilda kamida 1 mingta umumiy oʻrta taʼlim muassasasining sinf xonalarini xususiy oʻquv markazlariga kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini amalga oshirish uchun tekin foydalanishga bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda sinf xonalarini ijaraga olgan xususiy oʻquv markazlari tomonidan tegishli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqiyotgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari boʻlgan yuqori sinf oʻquvchilari, biroq oʻquv kurslarida tahsil oluvchilar umumiy sonining 20 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda bepul oʻqitiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy oʻquv markazlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyting natijalariga koʻra olis va chekka hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi eng yuqori koʻrsatkichga ega 100 ta xususiy oʻquv markazining taʼlim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara toʻlovi xarajatlarining bir qismi Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2024 — 2026-yillarda oliy taʼlim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida S1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida oʻqituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrga qadar mazkur qarorning 5-bandi “a” kichik bandida koʻzda tutilgan choralarni amalga oshirish maqsadida olis va chekka hududlar roʻyxatini tasdiqlasin hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi 2024-yil 1-oktabrga qadar nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari boʻyicha tan olinadigan xalqaro imtihon tizimlari va ular tomonidan beriladigan sertifikatlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onalar va oʻquvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida amaldagi tayanch oʻquv rejasidagi soatlar doirasida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini oʻqitishni yoʻlga qoʻysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarida ingliz tilidan tashqari boshqa xorijiy tillar boʻyicha ham bosqichma-bosqich pedagoglarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Yoshlar ishlari agentligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-yanvarga qadar ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni oʻrgatish boʻyicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ularning xalqaro taʼlim standartlariga mos taʼlim dasturlarini “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-dekabrga qadar nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini bilish darajasini baholovchi nufuzli xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazsin hamda Oʻzbekistonda, birinchi navbatda, hududlarda ularning qoʻshimcha 5 ta markazi (filiali) ochilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yoshlar ishlari agentligi 2024-yil yakuniga qadar ingliz, nemis, fransuz, ispan, koreys, xitoy va yapon tillarini B2 darajasida biladigan yoshlar sonini 100 ming nafarga yetkazish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlar agentligi 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasalarining chet tili fani boʻyicha darslarida videomahsulotlardan, shu jumladan “Ibrat farzandlari” platformasidan keng foydalanishni yoʻlga qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yoshlar ishlari agentligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralar hamda davlat ishtirokidagi korxonalarda yosh, tashabbuskor xodimni yoshlar bilan ishlash uchun masʼul etib belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar bilan ishlash uchun masʼul xodimlar faoliyatini Yoshlar ishlari agentligi tomonidan uslubiy va amaliy jihatdan muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda xorijdagi koʻmakka muhtoj boʻlgan yoshlar muammolarini hal etish, ularni Vatanga qaytarish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish hamda bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bolalarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ota-ona, oila va kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda tabiatni asrab-avaylash tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan asarlarni yaratish, ularni chop etish va ommalashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yoshlar ishlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 27-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-239-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2024-y., 07/24/239/0453-son)