21.06.2024 yildagi PQ-229-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida elektron tijorat va raqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali tergov qilish maxsus raqamli usul va vositalardan foydalanishni, raqamli dalillar bilan ishlash texnikasini ishlab chiqishni, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda bu borada tizimli ilmiy-tadqiqot bazasini yaratishni taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda jinoyatlarni o‘z vaqtida va to‘la fosh etish, javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini so‘zsiz amalga oshirishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan, shaxsning aybini ilmiy-texnik jihatdan asoslangan ishonchli dalillar bilan isbotlash jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi ma’lumotlar (“Big Data”), sun’iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo‘yish, saqlash va tadqiq qilish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o‘tkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatlarni tergov qilish doirasida raqamli ma’lumotlarni izlaydigan, to‘playdigan va tahlil qiladigan, shuningdek, kripto-aktivlar, “bulutli texnologiyalar” va boshqalardan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar va vositalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega malakali kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalarini o‘tkazish metodikalarini ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli texnologiyalar yordamida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va ularni tergov qilish amaliyotidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Akademiya zimmasiga yuklangan qo‘shimcha vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut Akademiya tuzilmasiga kiradi va yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut tarkibida Ixtisoslashtirilgan raqamli tadqiqot markazi, Raqamli tergovga ko‘maklashish bo‘limi, Uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi va Raqamli kriminalistika laboratoriyasi kabi bo‘linmalar faoliyat olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish maqsadida qo‘shimcha 10 ta shtat birligi ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut faoliyatini budjet hisobidan saqlash bilan bog‘liq xarajatlar 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Bosh prokuraturaga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2024-yil 1-avgustdan Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo‘yish, saqlash va tadqiq qilish hamda o‘rganilgan ma’lumotlar bo‘yicha xulosalar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli kriminalistika sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni zamonaviy raqamli kriminalistika ekspertiza turlari bo‘yicha masofaviy va an’anaviy tarzda o‘qitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli kriminalistika faoliyatini amalga oshirish hamda maxsus kriminalistika laboratoriyalari ishini samarali tashkil etish uchun shartnoma asosida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari doirasida hamda texnik vosita va butlovchi ehtiyot qism sifatida foydalanish uchun Ichki ishlar vazirligida yuritiladigan raqamli axborot tashuvchi qurilmalar (mobil telefon, smartfon, planshet, kompyuter texnikasi, videoregistrator, qattiq disk, flesh xotira va tashqi jamlagichlar) kolleksiyasidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish uchun zarur bo‘lgan statistik va boshqa axborotni vazirliklar va idoralardan bepul asosda so‘rab olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Institut:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024-yil yakuniga qadar katta hajmdagi ma’lumotlar (“Big Data”) ekspertizasi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘ysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa davlat sud-ekspertiza muassasalari bilan birgalikda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sodir etiladigan jinoyatlar bo‘yicha raqamli dalillarni tadqiq qilish yuzasidan ekspertiza turlarini yaratish choralarini ko‘rib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab oluvchi “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) sinov versiyasini 2025-yil 1-martga qadar, 2025-yil 1-avgustga qadar to‘liq versiyasini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatlarni fosh etish, tergov samaradorligini oshirish, uyushgan jinoiy guruhlarni tezkorlik bilan aniqlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tushayotgan jinoiy ishlar bo‘yicha davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lmagan materiallarni yig‘ish, hisobga olish, saqlash va tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sirlariga oid bo‘lmagan fotosuratlar, video, audio yozuvlar, elektron hamyonlar, kripto-aktivlar manzillari, IP-manzillar, Internet manzillar (domen), hisobga olish yozuvi (akkaunt), raqamli dalillarning aniqlangan joyi, vaqti va boshqa muhim belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli dalillar bazasida davlat sirlariga oid bo‘lmagan axborotni saqlash, qayta ishlash va himoya qilish mexanizmlari, axborot infratuzilmasi ishonchliligi, ma’lumotlar bazalarining zaxiralarini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrni ishlab chiqish va zarur uskunalarni xarid qilish surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli dalillarni Reyestrga kiritish prokuratura, ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining surishtiruvchi va tergovchilari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari, davlat organlarining ekspertiza bo‘linmalari ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr Akademiya serverlarida saqlanadi hamda uning uzluksiz ishlashi, axborot xavfsizligi ta’minlanishi uchun Akademiya mas’ul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bosh prokuratura:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Akademiyaning xarajatlar smetalari va shtat jadvaliga mazkur qarorga muvofiq o‘zgartishlar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Institutni malakali, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni yuksak professional darajada bajarishga qodir kadrlar, birinchi navbatda, axborot texnologiyalari va huquq sohasidagi mutaxassislar bilan to‘ldirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut, uning bo‘linmalari va xodimlarini mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, raqamli kriminalistika yo‘nalishidagi maxsus apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalar bilan ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyada tergov, surishtiruv xodimlari va tergov sohasida nazoratni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan prokurorlar, shu jumladan, prokuror-kriminalistlar uchun raqamli dalillarni aniqlash, saqlash va tahlil qilishga oid qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yo‘ldoshev belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 21-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-229-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-229-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Institut boshlig‘i

Raqamli tergovga ko‘maklashish bo‘limi

4

Ixtisoslashtirilgan raqamli tadqiqot markazi

4

Uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi

2

Raqamli kriminalistika laboratoriyasi

3

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 14 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-229-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil avgust

-

Bosh prokuratura

(S. Samadov)

2.

Institutni kompyuter, raqamli kriminalistika qurilmalari va maxsus apparat dasturiy ta’minoti bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2024-yil avgust

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

3.

Institutda tadqiqot laboratoriyalarini (kiberlaboratoriyalarni) tashkil etish va jihozlash.

O‘quv faoliyatini tashkillashtirish uchun kiberpoligonlar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2025-yil mart

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

4.

Institut uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlarni (dronlarni) o‘rnatilgan tartibda xarid qilish, ulardan belgilangan tartibda foydalanish va saqlashga ruxsat berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil oktyabr

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Institut tomonidan raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini belgilash va ushbu amaliyotni yo‘lga qo‘yish.

Idoraviy hujjat

2024-yil oktyabr

-

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

6.

Institutga raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, jinoyatlarni fosh etish va tergovni olib borishda amaliy yordam ko‘rsatish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kriminalistika hisobotlari va axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar d�sturi

2024-yil noyabr

-

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

7.

Institutni maxsus o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash hamda ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga sharoit yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2025-yil fevral

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Bosh prokuratura

(S. Samadov)

8.

Yetakchi xorijiy va mahalliy innovatsion va ilmiy-texnologik tuzilmalar (IT-parklar, texnoparklar, innovatsion markazlar va boshqalar) bilan tajriba almashish, ekspert maslahatlarini olish, sheriklik asosida ilg‘or ishlanmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

9.

Kibermakonda sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish hamda zamonaviy raqamli kriminalistika faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan tadqiq etishga yo‘naltirilgan xalqaro va davlat grantlarida Institutning ishtirokini tashkil etish choralarini ko‘rish.

Chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan grantlar, xalqaro grantlar

Bosh prokuratura

(S. Samadov),

Oliy ta’lim, fan

va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

10.

1. “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va yuritish bo‘yicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil sentyabr

Surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va zarur uskunalarni xarid qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2024-yil noyabr

3. “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasini ishga tushirish.

Tashkiliy tadbirlar

2025-yil mart

4. Sinov natijalariga ko‘ra “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda uning to‘liq versiyasini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2025-yil avgust

11.

Institut tomonidan sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish hamda zamonaviy fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini mamlakatimizda qo‘llash amaliyotini joriy etish maqsadida katta hajmdagi ma’lumotlar (“Big Data”) ekspertizasi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2024-yil dekabr

-

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Raqamli kriminalistika sohasida tajriba almashish maqsadida:

raqamli kriminalistika va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash sohasida yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar va laboratoriyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

Institut xodimlari va Akademiya professor-o‘qituvchilarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi turdosh idora, markaz va oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy raqamli kriminalistika va raqamli tergovni amalga oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitishni tashkil etish;

respublikaning boshqa ta’lim muassasalari bilan sohaga oid ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, talabalar uchun amaliy bazalarni tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Oliy ta’lim, fan

va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

13.

Raqamli kriminalistika sohasini zamonaviy tahdidlarga moslashtirish va ilg‘or yutuqlar asosida rivojlantirishning istiqbollariga bag‘ishlangan yuqori saviyadagi xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarni o‘tkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Bosh prokuratura,

(S. Samadov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hodisa joyida raqamli izlarni aniqlash, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarini o‘tkazishda ko‘maklashish uchun Institutga zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ko‘chma raqamli kriminalistika laboratoriyasi sifatida 1 ta avtotransport vositasi, avtotransport vositasi uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilg‘isi belgilangan tartibda ajratilishi va xarid qilinishini ta’minlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil may

Davlat budjeti mablag‘lari

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Qo‘chqorov)

15.

O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari, Yevropol va Interpol vakillari ishtirokida har yili mamlakatda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Bosh prokuratura,

(S. Samadov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

m�nfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Surishtiruvchi, tergovchi va prokurorlarning raqamli dalillar bilan samarali ishlashi uchun raqamli kriminalistikaning texnik vositalari bilan jihozlangan “maxsus jamlanma”ni ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentyabr

Surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Bosh prokuratura,

(N. Yo‘ldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Institutda “Raqamli kriminalistika” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalini ta’sis etish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Akademiya xodimlari mehnatiga munosib haq to‘lash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini tatbiq etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy materiallar

2024-yil dekabr

-

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan tadbirlar tegishli chora-tadbirning sohasi va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi, shuningdek, bir hujjatga birlashtirilishi mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq chora-tadbirlar birlashtirilgan hollarda, ushbu masalalarning oxirgi bajarilish muddati qo‘shma chora-tadbirlarning bajarilishi uchun belgilangan oxirgi muddat hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan tadbirlar mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham hisobga olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-229-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomning 27-bandi rus tilidagi matnida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi xatboshi “starshiye prepodavateli i starshiye prokurori” so‘zlaridan keyin “, a takje starshiye prokurori-kriminalisti” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi xatboshi “prepodavateli i prokurori” so‘zlaridan keyin “, a takje prokurori-kriminalisti” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2065-son qaroriga 1-ilovani rus tilidagi matnining “Naimenovaniye doljnosti” ustunida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-pozitsiyadagi “(upravleniya, fakulteta, otdela, tsentra)” so‘zlari “(instituta, upravleniya, laboratorii, fakulteta, otdela, tsentra)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-pozitsiyadagi “starshiy prepodavatel, starshiy prokuror otdela (upravleniya, fakulteta, tsentra)” so‘zlari “starshiy prepodavatel, starshiy prokuror-kriminalist, starshiy prokuror otdela (upravleniya, laboratorii, fakulteta, tsentra)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-pozitsiyadagi “prepodavatel, prokuror otdela (upravleniya, fakulteta, tsentra)” so‘zlari “prepodavatel, prokuror-kriminalist, prokuror otdela (upravleniya, laboratorii, fakulteta, tsentra)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatining “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliqning birinchi o‘rinbosari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliq o‘rinbosari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliq yordamchisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafedra (institut, boshqarma, fakultet, bo‘lim, markaz, laboratoriya) boshlig‘i
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professor
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dotsent
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Katta o‘qituvchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘qituvchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bo‘lim (boshqarma, fakultet, markaz) katta prokurori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bo‘lim (laboratoriya) katta prokurori-kriminalisti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bo‘lim (boshqarma, fakultet, markaz) prokurori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bo‘lim (laboratoriya) prokurori-kriminalisti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh mutaxassis
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetakchi mutaxassis
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-toifali mutaxassis
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-toifali mutaxassis”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2024-y., 07/24/229/0438-son)