05.06.2024 yildagi PQ-210-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish, ushbu Qonun bilan belgilangan talablarni davlat organlari va tashkilotlarida joriy etishda xodimlarning huquq va manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va keng jamoatchilikka tushuntirish orqali mazkur Qonunni amalga kiritishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, oldini olish va bu borada samarali nazorat tizimini oʻrnatishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Qonun) qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Qonun bilan oʻrnatilgan talablar va mexanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish, bu jarayonda xodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini taʼminlash hamda ular uchun zarur tushuntirish ishlarini olib borish davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika idoralararo komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash mexanizmlarini samarali joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻluvchi holatlarni oʻrganish, ularni bartaraf etish boʻyicha qonunchilikka muvofiq boʻlgan choralarning koʻrilishida yagona amaliyotni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy taʼminotlari Qonun bilan belgilangan talablarga muvofiq takomillashtirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hamkorligini rivojlantirish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish boʻyicha huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Respublika idoralararo komissiyasi (A. Aripov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2024-yil 1-iyulga qadar Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) shakllantirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bogʻliq masalalar roʻyxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida tegishli ishchi guruhlarni tuzgan holda oʻrganilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan ularning faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha cheklovlarga rioya etilishini oʻrganish, jumladan oʻrindoshlik asosida ishlash, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish kabi holatlarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi boʻlinmalar faoliyati yoʻlga qoʻyilganligini hamda ularning malakali kadrlar bilan toʻldirilganligini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholash uchun joriy etilgan “E-anticor.uz” platformasidagi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq maʼlumotlarni tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy taʼminotlari Qonun talablariga muvofiqligini oʻrganish, ularni takomillashtirish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Qonun kuchga kirganidan keyin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari kesimida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlar tahlil qilinishini, bunday holatlar koʻpaygan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib boʻlmaydigan choralarni belgilash uchun tegishli taqdimnomalar kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yarim yilda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar Respublika idoralararo komissiyasi yigʻilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun sharoit yaratish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tegishli axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda quyidagi vaziyatlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashabbusiga yoki davlat organlari va tashkilotlarining onlayn soʻroviga asosan “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni oʻrganishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlari boʻyicha bayonnoma va shartnomalarni, shuningdek, tijorat tashkilotlarining affillangan shaxslari va benefitsiarlari boʻyicha maʼlumotlarni oʻrganishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimning faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha belgilangan cheklovlarga amal qilinishini tekshirishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar tomonidan manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash uchun elektron bazalardan olingan maʼlumotlarni oʻrganishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlardagi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilayotganligi haqidagi murojaatlarni tekshirishda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-anticor.uz” elektron platformasida elektron modulni yaratish va modernizatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan qoplanishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi holatlari boʻyicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish amaliyoti joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) Adliya vazirligi (A. Tashkulov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlari uchun manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-oktabrga qadar xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda roʻyxatdagi davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni baholash uchun onlayn test sinovlari oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda roʻyxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda oldini olish yuzasidan xodimlar uchun grafik asosida oʻquv trening mashgʻulotlari tashkil etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoringni olib boradi hamda natijasi boʻyicha har chorakda Respublika idoralararo komissiyasiga axborot kiritib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oliy Majlis palatalariga roʻyxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida Qonun bilan belgilangan talablarga rioya etilishi, shu jumladan ularning faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Respublika idoralararo komissiyasi (A. Aripov) bir oy muddatda roʻyxatdagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Qonunni amalga oshirish boʻyicha idoraviy dasturlar qabul qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan 2024-yil 1-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 5-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-210-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi

2.

A. Burxanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, Respublika idoralararo komissiyasi raisi oʻrinbosari

3.

A. Tashkulov

adliya vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi oʻrinbosari

4.

N. Yoʻldoshev

Bosh prokuror

5.

A. Boboyev

Hisob palatasi raisi

6.

B. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

7.

J. Mirzamahmudov

energetika vaziri

8.

B. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

9.

B. Islamov

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

10.

I. Maxkamov

transport vaziri

11.

I. Abduraxmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

12.

Sh. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

13.

Sh. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

14.

P. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

15.

X. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

16.

K. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

17.

A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri v.b.

18.

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

19.

N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

20.

A. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

21.

J. Tursunov

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi

22.

A. Djurabayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

23.

A. Qayumov

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

24.

U.Sh. Xusainov

Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b.

25.

B. Sidiqov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

26.

Q. Sanaqulov

“Navoiy KMK” AJ boshqaruvi raisi

27.

B. Eshmuratov

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi

28.

Z. Narzullayev

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

29.

Sh. Xudaykulov

“Uzbekistan airways” AJ boshqaruvi raisi

30.

U. Rozukulov

“Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

31.

A. Akbarjonov

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

32.

K. Tulyaganov

“Asakabank” ATB boshqaruvi raisi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Respublika idoralararo komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul

I. Qonunchilik hujjatlarini “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirish choralari

1.

Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish tizimini yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024-yil
iyun

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev),

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov),

davlat organlari va tashkilotlari

2.

Qonunchilik hujjatlarini “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga “paket” prinsipi asosida kompleks muvofiqlashtirish hamda ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2024-yil
iyul

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(A.Burxanov)

3.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan soʻng tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil
avgust

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev)

II. Manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralari

4.

“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq roʻyxatini shakllantirish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil
iyun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Markaziy bank

(N. Saydullayev)

5.

Davlat organlari va tashkilotlarida yaqin qarindoshlar bevosita boʻysunuvda yoki nazorat yoʻnalishidagi tashkilotlarda ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

6.

Davlat organlari va tashkilotlarida hamda ularning boʻysunuvida boʻlgan tashkilotlarda xodimlar oʻrindoshlik asosida ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

7.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish holatlarini aniqlash.

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

8.

2023-yil davomida yaqin qarindoshi mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan obyektni tekshirishda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ishtirok etish holatlarini aniqlash hamda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini tahlil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

9.

Davlat organlari va tashkilotlaridan ishdan boʻshagan xodimning ikki yil ichida oʻz ish joyida bevosita nazoratida boʻlgan tashkilotlarga ishga kirish holatlarini aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

10.

2023-yil davomida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil
iyul

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

11.

Xodim oʻzi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nazoratida boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilgan, shuningdek, ushbu tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organi aʼzosi boʻlgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

12.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholash uchun joriy etilgan “E-anticor.uz” platformasi orqali 2023-yildagi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq maʼlumotlarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil

iyul

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

davlat organlari va tashkilotlari

13.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan 2024-yilda manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha toʻldirilgan yillik deklaratsiyalarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

14.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etilayotganligini oʻrganish, bunday cheklovlarning samaradorligini tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil

oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

15.

Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar berish va ularni tartibga solish tizimi joriy etilmagan tashkilotlardagi holatlarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil

avgust

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

davlat organlari va tashkilotlari

16.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari, odob-axloq komissiyalari tashkil etilganligini va faoliyati yoʻlga qoʻyilganligini tahlil qilish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida alohida tuzilmalarni tashkil etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

oktabr

Davlat organlari va tashkilotlari,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

17.

2023-yil davomida davlat organlari va tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil

sentabr

Davlat organlari va tashkilotlari,

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev)

18.

Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy taʼminotlari “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun bilan belgilanayotgan talablarga muvofiqligini oʻrganish hamda mavjud moliyaviy imkoniyatlari doirasida ularni takomillashtirish boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

19.

Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar berishning elektron tizimi yoʻlga qoʻyilganligini oʻrganish hamda bunday tizimni joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil

sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

davlat organlari va tashkilotlari

20.

Manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarining oʻzaro integratsiyasi holatlarini oʻrganish.

Bunda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun zarur maʼlumotlarni soʻrov asosida olish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrish.

Axborot-tahliliy
maʼlumotnoma

2024-yil

sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

davlat organlari va tashkilotlari

21.

Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun sharoit yaratish maqsadida:

“E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirilishini;

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tegishli axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A.Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh.Shermatov),
Adliya vazirligi

(A.Tashkulov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),
Soliq qoʻmitasi

(Sh.Kudbiyev),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev)

22.

“E-anticor.uz” elektron platformasida quyidagi imkoniyatlarni yaratish:

xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda davlat fuqarolik xizmatchilari qabul qilgan sovgʻalar elektron reyestrini yuritish;

manfaatlar toʻqnashuvi holatlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A.Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh.Shermatov),
Adliya vazirligi

(A.Tashkulov)

23.

Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlash hamda davlat organlari va tashkilotlariga yuborish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(A.Burxanov),

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov)

24.

Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning tasdiqlangan namunaviy shakllarini davlat organlari va tashkilotlari rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
sentabr

Davlat organlari va tashkilotlari

III. Manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha xodimlarning bilim va koʻnikmalarini aniqlash hamda tushuntirish ishlarini amalga oshirish choralari

25.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini onlayn test sinovlari orqali baholash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha tashkiliy choralarni belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

iyul

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

26.

Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish, kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari xodimlarining va Odob-axloq komissiyasi aʼzolarining manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, ularni boshqarish va bartaraf etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirib borish.

Reja-grafik asosida

2024-yil
oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

27.

Davlat xaridlarida va boshqa budjet moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish va tartibga solish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun onlayn oʻquv trening oʻtkazish.

Reja-grafik asosida

2024-yil

iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

28.

Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari boʻyicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish hamda davlat organlari va tashkilotlariga elektron tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

29.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar va bunday vaziyatlarda koʻriladigan choralar boʻyicha illustrativ tarqatma materiallarni ishlab chiqish hamda tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

avgust

Davlat organlari va tashkilotlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

IV. Manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash choralari

30.

Tele- va radiodasturlar orqali “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda ularni bunday holatlar haqida xabardor boʻlgan taqdirda tegishli idoralarga xabar berishga chaqirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

31.

Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda OAV vakillari uchun manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan maxsus oʻquv treninglar oʻtkazish.

Reja-grafik asosida

2024-yil
oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

32.

Davlat organlari va tashkilotlarining yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallarini OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Davlat organlari va tashkilotlari,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2024-y., 07/24/210/0405-son)