Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-son qaroriga
1-ILOVAOʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi
|
1. |
T.K. Kuziyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi |
|
2. |
I.Sh. Yusupov |
— |
“Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi” direksiyasining Qashqadaryo viloyati restavratsiya markazi direktori, Kengash raisi oʻrinbosari |
|
3. |
Sh.R. Pidayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti direktori, tarix fanlari nomzodi, tarixchi-arxeolog |
|
4. |
M.M. Saidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Ya. Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti direktori |
|
5. |
F.H. Usmonov |
— |
“Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi Muhandislik-konstruktorlik boʻlimi boshligi, loyiha bosh konstruktori |
|
6. |
M.N. Mumin-Axunova |
— |
“Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi Fargʻona vodiysi boʻyicha loyihalash boʻlimi boshligi, bosh arxitektor loyihachi |
|
7. |
X.T. Sultonov |
— |
“Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi Shaharsozlik, arxeologiya va arxitektura tarixi boʻlimi boshligʻi, arxeolog |
|
8. |
B.K. Raxmanov |
— |
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish muhandisligi texnologiyasi kafedrasi dotsenti |
|
9. |
A.E. Kuranov |
— |
“ARCHISAD ENGINEERING AND DESIGN” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh arxitektori |
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-son qaroriga
2-ILOVAOʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi toʻgʻrisida
Kengashning samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Kengashning vakolatiga kiradigan masalalar bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadi va natijalari boʻyicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Kengash yigʻilishining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning Kengash aʼzolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga tanishtirilishini taʼminlaydi;
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga asosan ozodlikdan mahrum etilganda;
16. Kengash aʼzolari va kotibiga Agentlikning budjetdan tashqari Madaniy meros jamgʻarmasi hisobidan har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining uch baravari miqdorida haq toʻlanadi, Kengash aʼzolari tarkibiga kiritilgan Agentlik boshqaruv xodimlari bundan mustasno.
Bunda Kengashda koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalar yuzasidan Kengash yigʻilishlarida ketma-ket uch marta ishtirok etmaslik yoki ovoz bermaslik ularga belgilangan toʻlovlar toʻlanmasligi hamda aʼzolikdan chiqarish masalasini koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.
21. Kengash yigʻilishlarining kun tartibi, shuningdek, ularni oʻtkazish joyi va vaqti Kengash raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra rais oʻrinbosari tomonidan belgilanadi.
Kengash aʼzolari ovoz berish jarayonida betaraf qolishga haqli emas. Kengash qaroridan rozi boʻlmagan Kengash aʼzolari oʻzining alohida fikrini bayon qilishga haqli.
25. Foydalanish huquqi cheklangan axborotlar mavjud materiallar Kengashning yopiq yigʻilishlarida Kengashning vakolatli aʼzolari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushbu yigʻilishlarda qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaydi.
28. Kengash yigʻilishi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan Kengash aʼzolarining takliflari va Kengash raisining topshirigʻi asosida shakllantiriladi.
30. Agentlik Kengashning qabul qilgan qaroriga qoʻshilmagan hollarda, Kengash qarorini olgan kundan boshlab oʻn kundan kechikmay unga asoslantirilgan taklif va eʼtirozini yozma shaklda taqdim etadi.
33. Kengash bayonnomalaridan koʻchirmalar alohida roʻyxatga olinadi va Kengash raisi tomonidan imzolanadi hamda Agentlik muhri bilan tasdiqlangan holda manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xoʻjalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazishga oid loyihalarni koʻrib chiqish;
loyihada koʻrsatilgan obyektning kadastr yigʻmajildi (agar mavjud boʻlsa);
bosh reja (M 1:500 masshtabda);
d) aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini koʻrib chiqish va ularga xulosa berish uchun — BHMning 5 baravari.
42. Ilmiy-maslahat kengashlari ariza kelib tushganidan boshlab 7 ish kuni ichida (qushimcha oʻrganish talab etilganda 14 ish kunigacha) loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini hamda obyektni joyiga chiqqan holda oʻrganadi, taqdim etilgan loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarida xato-kamchiliklar aniqlangan taqdirda esa, ularni bartaraf etishda maslahat hamda amaliy yordam koʻrsatadi.
44. Kengash Ilmiy-maslahat kengashi xulosasi kelib tushgandan boshlab 7 ish kuni ichida (qushimcha oʻrganish talab etilganda 14 ish kunigacha) arizada koʻrsatilgan masalalar boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi (xulosa beradi).
48. Kengash faoliyati uning Nizomiga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi Agentlik direktori tomonidan nazorat qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashida murojaatlarni koʻrib chiqish
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddati |
|||
|
1-bosqich |
Ariza beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik) avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — AAT) orqali quyidagi masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha murojaat qiladi: moddiy madaniy meros obyektini davlat kadastriga belgilangan tartibda kiritish va chiqarish; moddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish; aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini koʻrib chiqish; moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari; moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xoʻjalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazishga oid loyihalar; alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hamda tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda (obyektlarda) qurilish-montaj, obodonlashtirish va tarixiy-madaniy qiymatga ega boʻlmagan bino va inshootlarni buzish ishlari va yerdan foydalanish loyihalari. |
1. Zaruratga koʻra |
|||
|
2. Murojaatni koʻrib chiqish va tegishli xulosa berish uchun zarur toʻlovlarni amalga oshiradi. |
2. Murojaat qilgan kunning oʻzida |
|||||
|
2-bosqich |
Agentlik |
Murojaat kelib tushganidan keyin Agentlikning Ilmiy-ekspert kengashi (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy-ekspert kengashi) kotibi arizani AAT orqali tegishliligi boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashlariga yuboradi. |
1 ish kuni ichida |
|||
|
3-bosqich |
Agentlikning hududiy boshqarmalari |
1. Hududiy boshqarma huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi ariza kelib tushganidan keyin loyihaoldi, loyiha-smeta hujjatlarini va obyektni joyiga chiqqan holda oʻrganadi, taqdim etilgan loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarida xato-kamchiliklar aniqlangan taqdirda esa, ularni bartaraf etishda maslahat hamda amaliy yordam koʻrsatadi. 2. Oʻrganish natijasi yuzasidan oʻz xulosasini Ilmiy-ekspert kengashiga yuboradi. |
Ariza kelib tushgandan boshlab 7 ish kuni ichida (qushimcha oʻrganish talab etilganda 14 ish kunigacha) |
|||
|
4-bosqich |
Ilmiy-ekspert kengashi |
1. Hududiy boshqarmaning Ilmiy-maslahat kengashi xulosasini puxta oʻrganib chiqadi. 2. Arizada koʻrsatilgan masalalar boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi (xulosa beradi). |
Hududiy boshqarmaning ilmiy-maslahat kengashi xulosasi kelib tushgandan boshlab 7 ish kuni ichida (qushimcha oʻrganish talab etilganda 14 ish kunigacha) |
|||
|
5-bosqich |
Ilmiy-ekspert kengashi kotibi |
Qabul qilingan qarorni ariza beruvchiga AAT orqali elektron shaklda yoki ariza beruvchining talabiga koʻra qogʻoz shaklida pochta orqali yuboradi. |
Qaror qabul qilingandan boshlab 1 ish kuni ichida |
|||
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-son qaroriga
3-ILOVAOʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari