13.05.2024 yildagi PQ-176-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat va isteʼmol tovarlarining eksport bozorini diversifikatsiya qilish va yangi transport-logistika tizimini tashkil etishni jadallashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va Surxondaryo viloyati hokimligining “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini jadallashtirish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Markaz hududida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga Afgʻoniston Islom Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Afgʻoniston Islom Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi fuqarolariga savdo doʻkonlari, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish uchun moʻljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, shuningdek, istisno tariqasida, mulk huquqi bilan sotib olish huquqi beriladi. Bunda yer uchastkasiga boʻlgan huquq qonunchilikda belgilangan tartibda ijara huquqi asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulgurji va chakana savdoda toʻlov vositasi sifatida, istisno tariqasida, oʻzbek soʻmi bilan bir vaqtda AQSh dollari, Rossiya rubli, yevro, yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi. Bunda qabul qilingan naqd xorijiy valyuta Markazda tashkil etilgan tijorat banklari filiallari orqali Markazda faoliyat yuritadigan yuridik shaxslarning hisobvaraqlariga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz hududida tashkil etiladigan zamonaviy tibbiyot klinikasida Afgʻoniston Islom Respublikasi fuqarolariga tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi hamda ushbu klinikada davolash imkoni boʻlmagan ogʻir turdagi kasalliklarga chalingan bemorlarga respublika hududida joylashgan davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarida davolanish uchun tibbiy kirish vizalari olish uchun yoʻllanma beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Markaz hududiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida nazorat-oʻtkazish punktlarida belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng kiritiladi hamda ularga Markaz hududida tashkil etilgan barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan oʻtgan holda maxsus yoʻlak orqali kirishi (chiqishi) hamda oʻn besh kun muddatgacha Markaz hududida boʻlishi tartibi joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo doʻkonlari, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish uchun moʻljallangan bino va inshootlarni olgan, shuningdek, shartnoma asosida ishlash, taʼlim muassasalarida oʻqish, bank filiallarida faoliyat yuritish, savdo-sotiq va boshqa faoliyat turi bilan shugʻullanish maqsadida tashrif buyurayotgan mamlakatda oʻn besh kundan ortiq muddat boʻlishni rejalashtirgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirgan holda kirib kelishlari talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Markaz hududida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotib olingan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish (Tax Free) qoidalari qoʻllanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid qilingan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda bojxona toʻlovlari toʻlangandan soʻng olib kiriladi. Bunda bojsiz olib kirish normalari tatbiq etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylashgan obyektlarni boshqarish, ekspluatatsiya qilish, ijaraga berish va sotish “Termez International Trade Centre” MChJ tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat tartibini saqlash, sodir etilgan huquqbuzarliklar boʻyicha surishtiruv va tergov tadbirlarini oʻtkazish qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda “Surxon sanoat taʼminot” MChJning quyidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz hududidagi bino va inshootlarni mulkiy majmua sifatida “Termez International Trade Centre” MChJga sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasini belgilangan tartibda tugatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va “Termez International Trade Centre” MChJning Surxondaryo viloyati hokimligiga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Termiz xalqaro savdo markazi obyektlari qurilishiga ajratilgan 20 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarini qaytarish majburiyatini “Termez International Trade Centre” MChJga oʻtkazish hamda kreditning toʻlov muddatini 2028-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Markaz hududini qoʻriqlash, jamoat tartibini saqlash hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga 129 ta, Bojxona qoʻmitasiga 62 ta, Ichki ishlar vazirligiga 67 ta shtat birligi ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajratilayotgan shtat birliklarini inobatga olgan holda Markaz hududida yangi bojxona posti tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surxondaryo viloyati hokimligi “Termez International Trade Centre” MChJ bilan birgalikda bojxona postini Markaz hududida barpo etilgan binolarga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha shtat birliklarini saqlash uchun zarur mablagʻlar 2024-yilda tegishlicha Bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan, 2025-yildan boshlab umumiy tartibda Davlat budjetidan ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6109-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Ishchi guruh (A.N. Aripov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda kamida bir marotaba “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqib, tezkor qarorlar qabul qilib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar bajarilishini doimiy nazorat qilib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3665-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev, Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosi boʻyicha masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 13-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-176-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshiriladigan vazifalar

Muddat

Masʼul ijrochilar

1.

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish.

Erkin savdo zonalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha umumiy talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

2.

Chegara va bojxona xizmati xodimlarining Markaz hududida faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratish.

1. Chegara va bojxona xizmatini Markaz hududida “nol” qiymatda ijara huquqi asosida joylashtirish.

2024-yil 1-iyun

“Termez International Trade Centre” MChJ

2. Kommunal xizmat, aloqa uchun toʻlovlarni Markaz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.

Doimiy ravishda

3.

Markaz hududida doimiy faoliyat koʻrsatadigan koʻrgazma-yarmarkani tashkil etish.

1. Markaz hududida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning mahsulotlari va xizmatlari namunalari jamlangan doimiy faoliyat koʻrsatadigan koʻrgazma-yarmarkani tashkil etish.

Markaz faoliyati boshlangach

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahabov)

2. Koʻrgazma-yarmarka faoliyati bilan Afgʻoniston Islom Respublikasi tadbirkorlarini tanishtirish, ularga ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar imzolashga koʻmaklashish.

Doimiy ravishda

3. Koʻrgazma-yarmarka bazasida Oʻzbekiston-Afgʻoniston tadbirkorlari biznes forumini oʻtkazib borish.

Har chorakda bir marotaba

4.

Markaz hududida multivalyuta tizimini yoʻlga qoʻyib, chakana savdoni oʻzbek soʻmi, AQSh dollari, Rossiya rubli, yevro, yuan valyutalarida amalga oshirishga ruxsat berish.

Erkin savdo zonalarida multivalyuta tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi taklif ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-iyul

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

5.

Markaz hududida faoliyat olib boruvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga faqatgina Markazda filiallari mavjud boʻlgan Oʻzbekiston banklarida milliy va xalqaro toʻlov tizimlari (Visa, Mastercard, UnionPay va boshqalar) kartalari ochishga va xizmat koʻrsatishga ruxsat berish.

Markazda filiallari mavjud boʻlgan Oʻzbekiston banklarida milliy va xalqaro toʻlov tizimlari kartalari ochish va xizmat koʻrsatishni tashkil etishni nazarda tutuvchi taklif ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-iyul

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

6.

Markaz hududida biznes maktabini tashkil etish.

1. Oʻzbekiston-Afgʻoniston biznes maktabini tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2024-yil 1-iyul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

“Termez International Trade Centre” MChJ

2. Oʻzbekiston-Afgʻoniston biznes maktabiga mutasaddi oliy taʼlim muassasalarining ingliz, forsiy (urdu, pushtu) tillarida biznes va menejment asoslari kurslaridan taʼlim bera oladigan professor-oʻqituvchilarni tanlov asosida jalb etish.

2024-yil avgust

3. Oʻzbekiston-Afgʻoniston biznes maktabiga qabul qilingan talabalarga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berishni tashkil etish.

Doimiy ravishda

7.

Markaz hududida tashkil etilgan tibbiyot klinikasi yoʻllanmalari asosida Afgʻoniston fuqarolari boʻlgan bemorlarga davolanish va tibbiy yordam olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish vizalarini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

1. Markaz hududida joylashgan tibbiyot klinikasining viza talabnomalarini qabul qilish va koʻrib chiqish tartibini joriy etish.

2. Viza talabnomalari asosida koʻp martalik vizalar berishni tashkil etish.

3. Afgʻoniston fuqarolariga elektron viza berishni jadallashtirish maqsadida Markaz hududida yangi investor tomonidan viza markazi faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish.

2024-yil 1-avgust

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

“Termez International Trade Centre” MChJ

8.

Afgʻoniston Islom Respublikasining Mozori Sharif shahridan Markaz hududigacha (95 km) ekspress avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish (Shuttle bus).

1. Afgʻoniston Islom Respublikasi bilan yoʻlovchi tashish avtobuslarini berish va Mozori Sharif shahridan Markaz hududigacha qatnovni tashkil etish boʻyicha kelishuv imzolash.

2024-yil yakuniga qadar

“Termez International Trade Centre” MChJ

2. Afgʻoniston Islom Respublikasining Mozori Sharif shahridan Markaz hududigacha avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy ravishda

9.

Afgʻoniston Islom Respublikasi hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yuk tashuvchi avtotransport vositalarini Markaz hududida tashkil etilgan xalqaro logistika markazida bojxona nazorati va chegara nazoratidan oʻtkazishni tashkil etish.

1. Markaz hududida Bojxona qoʻmitasi tizimida yangi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postini tashkil etish.

2. Bojxona postini barcha zarur bojxona nazorati oʻlchov uskunalari bilan jihozlash.

3. Bojxona posti faoliyatini samarali tashkil etish.

2024-yil 1-iyun

Bojxona qoʻmitasi

(B. Mavlonov)

10.

Markaz hududida qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etish.

1. Markaz hududida Afgʻoniston fuqarolaridan avval foydalanishda boʻlgan zargarlik buyumlarini qabul qilib olish markazini tashkil etish.

2. Korxonalarga zargarlikka oid qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni qoʻllash.

2024-yil 1-iyul

“Termez International Trade Centre” MChJ,

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahabov),

Milliy bank

11.

Afgʻoniston Islom Respublikasi fuqarolari va tadbirkorlarini Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar namunalari hamda xizmat turlari bilan tanishtirish va eksportni yoʻlga qoʻyish.

Markaz hududida, istisno tariqasida, bir yil mobaynida ijara toʻlovisiz joylashtiriladigan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan sanoat va isteʼmol mahsulotlarining doimiy koʻrgazma-yarmarkasini tashkil etish.

2024-yil 1-iyul

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahabov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari

12.

Mahalliy korxonalar import qilayotgan xomashyo (qishloq xoʻjaligi, qurilish va bezak toshlari, ruda va boshqalar) mahsulotlarini Afgʻoniston Islom Respublikasi korxonalari tomonidan xarid qilish imkoniyatlarini doimiy oʻrganib borish.

1. Afgʻoniston hududida joylashgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan sanoat va isteʼmol tovarlarini yetkazib berishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-avgust

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahabov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3665-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “shtatlarining cheklangan soni” soʻzlari “roʻyxati” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining (mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) umumiy cheklangan shtatlar soni 4 684 nafar, shu jumladan, qoʻmita raisi oʻrinbosarlari soni 4 nafar etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda umumiy cheklangan shtatlar sonining 169 ta shtat birligi 2024-yil 1-sentabrda, 115 ta shtat birligi 2025-yil 1-sentabrda kiritiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilova nomidagi “cheklangan shtat birligi” soʻzlari “roʻyxati” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shtat birligi soni” ustuni va “jami” pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shtat birligi soni” ustuni chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 31-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

31.

“Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 171-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

171.

“Keskanyor” chegara bojxona posti

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 172-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

172.

“Xonobod” chegara bojxona posti

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 173-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

173.

“Qorasuv” chegara bojxona posti

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 174-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

174.

“Mingtepa” chegara bojxona posti

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 291-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

291.

“Pushmon” chegara bojxona posti

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 581-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

581.

“Termiz xalqaro savdo markazi” TIF bojxona posti

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-sentabrga qadar “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti ikkinchi toifali bojxona posti sifatida faoliyat koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-sentabrda “Qorasuv” chegara bojxona posti, 2025-yil 1-sentabrda “Keskanyor” va “Pushmon” chegara bojxona postlari tashkil etiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)