1-ILOVA
|
T/r |
Maqsadga erishishning ustuvor yo‘nalishlari |
Maqsadga erishish chora-tadbirlari |
|
1-MAQSAD: AHOLIDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH |
||
|
1. |
Aholi, ayniqsa, yoshlarda giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan ta’sirchan choralar kompleksini amalga oshirish. |
1. Televideniye efir vaqtining (Praym taym) ijtimoiy reklamalar uchun mo‘ljallangan qismida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar1 iste’moli va ularning noqonuniy muomalasining2 salbiy oqibatlari, shuningdek, aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimidagi imkoniyatlarni yoritish. 2. Aholi doimiy ravishda sog‘lom turmush tarziga rioya etishlari uchun har bir mahalla va ta’lim muassasalarida ommaviy va oilaviy sport tadbirlarini o‘tkazish. 3. Giyohvandlikning inson ma’naviyati va sog‘lig‘iga zarari to‘g‘risida aholining ogohligini oshirishda turli din va konfessiya vakillari imkoniyatlaridan foydalanish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 4. Hududlar kesimida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolaridan iborat 14 ta ijodiy guruhni shakllantirish hamda aholi orasida maqsadli targ‘ibot faoliyatini tashkil etish. 5. Giyohvandlikka chalingan shaxslar, jumladan yoshlarni “mahalla yettiligi” ko‘magida faol ijtimoiy hayotga qaytarishni nazarda tutuvchi yangicha ishlash mexanizmlarini joriy etish. 6. Maktab o‘qituvchilari va inspektor-psixologlari tomonidan o‘quvchilarning zararli odatlari to‘g‘risida ota-onalarini xabardor qilish mexanizmini yaratish. 7. Har yili yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan 10 ming nafar xodim (mutaxassislar)ning giyohvandlikning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarini oshirish. 8. Zamonaviy usullar orqali aholining giyohvandlikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan yillik ogohlantirish-profilaktikasi dasturlarini takomillashtirish. 9. O‘rta va o‘rta-maxsus professional ta’lim muassasalarining fanlar va darsdan tashqari jarayondagi dasturlariga ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlarini (SEL) kiritish. 10. Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kunini yuqori saviyada tashkil etish. |
|
2. |
Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasi va suiiste’moliga aralashib qolish holatlarining oldini olish. |
1. Ijtimoiy himoya yagona reyestri va ijtimoiy daftarlarga kiruvchi oila vakillari hamda ularning farzandlari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish borasida manzilli choralar belgilash. 2. Maktablardagi ma’muriyat, ma’naviy-ma’rifiy soha mas’ullari va psixologlar tomonidan xavf guruhiga kiruvchi (maktab ichki ro‘yxati) o‘quvchilar bilan manzilli ishlashning ta’sirchan tizimini yo‘lga qo‘yish. 3. Giyohvandlikka qarshi kurashishda mahallalardagi yoshlar yetakchilari rolini kuchaytirishga qaratilgan yangi ishlash mexanizmlarini joriy etish. 4. Chegara oldi hududlarda joylashgan har bir mahallada (ovul, QFY) istiqomat qiluvchi aholi uchun giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlantiruvchi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini doimiy o‘tkazish. 5. Xotin-qizlarning giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasiga aralashib qolishlarining oldini olish va ularni sog‘lom hayotga qaytarish bo‘yicha yillik manzilli tezkor-profilaktik tadbirlar dasturlarini amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish. 6. Aholi orasida turli dori vositalar va biofaol qo‘shimchalarni mutaxassis tavsiyasisiz iste’mol qilish oqibatida kelib chiquvchi noxush holatlar, salomatlikka ta’siri haqida keng tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish. 7. “Mahalla — oilaviy poliklinika — ta’lim muassasasi” tamoyili asosida pedagog, tibbiyot xodimi, profilaktika inspektori va mahalla faollarining hamkorlikdagi profilaktik ishlarini amalga oshirish. 8. Xotin-qizlar orasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan “Sharq ayoli ma’rifati” loyihasini ishlab chiqish. 9. Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha “Targ‘ibot a’lochisi” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazishni tashkil etish. |
|
3. |
Giyohvandlikka qarshi kurashishga qaratilgan ta’sirchan ijodiy mahsulotlarni yangicha yondashuvlar asosida tayyorlashni kengaytirish. |
1. Ijodiy mahsulotlar ssenariylarini badiiy kengashlar muhokamasidan o‘tkazish jarayonida giyohvandlik va narkojinoyatlar targ‘ibotiga yo‘l qo‘ymaslik. 2. Sog‘lom turmush tarzini yorituvchi badiiy, hujjatli, animatsion hamda multiplikatsion filmlar va spektakllar ishlab chiqarish, shuningdek, konsert dasturlari, qo‘shiqlar, kliplar, qisqa metrajli ijtimoiy videoroliklar yaratish hajmini oshirish. 3. Giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini yoritishga qaratilgan tadbirlarda madaniyat, sport va san’at vakillari imkoniyatidan foydalanish tartibini belgilash. 4. Ishlab chiqiladigan serial, kino va telenovellalar ssenariylariga giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlarini yorituvchi epizodlar kiritish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. |
|
4. |
Giyohvandlikka qarshi kurashishda ta’lim muassasalarining rolini kuchaytirish. |
1. Vazirlik, idora va tashkilotlar tizimidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlarining o‘quv dasturlariga giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan mavzularni kiritish. 2. Oliy ta’lim muassasalarining teatr jamoalari tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan spektakllarni yaratish hajmini oshirish. 3. Ijtimoiy himoya yagona reyestri va ijtimoiy daftarlarga kiruvchi oila farzandlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun sport seksiyalari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, musiqa va san’at maktablaridagi to‘garaklarga bepul qatnashish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 4. Umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlarini yoritish metodikalarini o‘rgatuvchi qo‘llanmalar (ko‘rgazmali materiallar)ni ishlab chiqish. |
|
5. |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining mas’uliyatini oshirish. |
1. Har oyda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan kamida 4 ta maxsus ko‘rsatuv va radio eshittirishni efirga uzatish. 2. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida maxsus video, foto va audiomateriallar tayyorlash, efirga uzatish hamda ommaviy axborot vositalarining internetdagi sahifalarida muntazam yoritib borish. 3. Giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlaridan yoshlarning ogohligini oshirishda internet faollarini jalb etish. 4. Giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yorituvchi xorijiy davlatlarda ishlab chiqilgan ta’sirli badiiy, hujjatli, animatsion va multiplikatsion filmlarni davlat tiliga tarjima qilgan holda ularning namoyishini tashkil etish. |
|
6. |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida yirik xalqaro tadbirlarni O‘zbekistonda o‘tkazish ko‘lamini kengaytirish. |
1. Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan yirik xalqaro sammit, forum, konferensiya, simpozium va profilaktik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha manzilli choralarni belgilash. 2. Markaziy Osiyo giyohvandlik vositalaridan xoli hudud konsepsiyasi taqdimotini O‘zbekiston Respublikasida tashkil etish. 3. O‘zbekiston mezbonligida Psixofaol moddalar iste’moli sohasida xalqaro mutaxassislar jamiyati (ISSUP) doirasidagi yirik tadbirlarni tashkil etish. 4. Butunjahon psixiatrlar assotsiatsiyasining (WPA) yillik yig‘ilishini O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazish bo‘yicha manzilli choralarni belgilash. 5. BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish bo‘yicha tashabbusiga (“CHAMPS”) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish. |
|
2-MAQSAD: GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN SIFAT JIHATIDAN YANGI MEXANIZMLARNI BELGILASH |
||
|
7. |
Giyohvandlik vositalari respublika hududiga noqonuniy kirib kelishining sabab-omillarini aniqlash va ularga barham berish borasidagi choralarni kuchaytirish. |
1. Dunyo va mintaqada yuzaga kelayotgan narkovaziyatning respublikaga ta’sirini tahlil qilish orqali oldini olishga qaratilgan yillik manzilli chora-tadbirlarni belgilab borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 2. Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro qo‘mitasi tavsiyasiga asosan giyohvandlik vositalari va prekursorlarning yangi xurujlariga qarshi tezkor choralar kompleksini belgilash. 3. Giyohvandlik vositalari noqonuniy kirib kelishining (kontrabanda) asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va bu borada idoralararo yillik maxsus va tashkiliy tezkor profilaktik tadbirlar kompleksini tasdiqlash hamda ijroga qaratish. 4. Giyohvandlik vositalarini tezkor aniqlash yo‘nalishida dunyoda tan olingan maxsus texnik vositalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish. 5. Internet tarmoqlarida sodir etilgan narkojinoyatlarni aniqlashga ixtisoslashgan malakali mutaxassislarni tayyorlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 6. Xalqaro pochta jo‘natmalari orqali giyohvandlik vositalari kirib kelishining oldini olish maqsadida pochta muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish. 7. Narkojinoyatlar xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni darajalarga tasniflash metodikasini ishlab chiqish orqali huquq-tartibot organlari kuch va vositalarini qayta taqsimlash bo‘yicha amaliy choralar belgilash (narkojinoyatlar xavfi yuqori bo‘lgan hududlarga aniqlik kiritish). |
|
8. |
Giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish. |
1. Respublikada yangi paydo bo‘layotgan giyohvandlik vositalari va prekursorlar noqonuniy muomalasi va suiiste’molining barvaqt oldini olish maqsadida vaqtinchalik taqiqlash yoki cheklash (moratoriy) tartibini joriy etish. 2. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida respublikada tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud dori preparatlari, psixotrop moddalarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojni aniqlash. 3. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bilan shug‘ullanuvchi litsenziatlar tomonidan giyohvandlik vositalari to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya etilishini raqamli texnologiyalar asosida nazorat qilish amaliyotini joriy etish. 4. Prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziatlar va tadbirkorlik subyektlari ustidan davlat nazoratini kuchaytirish. 5. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasining giyohvandlik vositalari va prekursorlar muomalasi bo‘yicha ma’lumotlar bazasiga vakolatli tashkilotlarni integratsiya qilish. 6. Muruvvat yordami tariqasida giyohvandlik vositalarini respublikaga olib kirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda olib chiqish tartibini belgilash. 7. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bilan shug‘ullanuvchi litsenziatlar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida alohida bo‘linma tashkil etish. 8. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqiga ega litsenziatlarning mas’ul xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 9. Respublikada giyohvandlik vositalarini farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish. 10. Giyohvandlik vositalari va prekursorlarning noqonuniy muomalasi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari haqida yigirma to‘rt soat ichida vakolatli organni majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etish. 11. Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud dori preparatlarini respublika hududi bo‘ylab qonuniy muomalasini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida raqamlashtirish. 12. Respublika bo‘yicha kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va ularning muomalasi bilan bog‘liq tartibni belgilash mexanizmini joriy qilish. |
|
9. |
Chegara o‘tkazish punktlari va bojxona postlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish. |
1. Respublika budjeti, budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro loyihalar va grantlar doirasida chegara o‘tkazish punktlari va bojxona postlari uchun zamonaviy maxsus texnik vositalarni xarid qilish hajmini oshirish. 2. Chegara o‘tkazish punktlari va bojxona postlari xodimlarining xorijiy davlatlarning maxsus o‘quv muassasalarida malaka oshirishini tashkil etgan holda giyohvandlik vositalarini aniqlashning zamonaviy usullarini faoliyatga joriy etish. 3. Jahon bojxona tashkiloti va Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro qo‘mitasining ma’lumot bazalaridan Bojxona qo‘mitasining erkin foydalanish imkoniyatini yaratish. 4. Giyohvandlik vositalarining kontrabandasi bilan bog‘liq holatlarga tezkorlik bilan chora ko‘rish maqsadida chegara hududlardagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash. |
|
10. |
Respublika hududiga giyohvandlik vositalarining kirib kelishi holatlarini barvaqt aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish. |
1. Respublika hududiga kirib keladigan va tranzit yuklar, xalqaro pochta jo‘natmalari xususida qo‘shni va xorijiy davlatlar bilan dastlabki ma’lumotlarning elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish. 2. Huquq-tartibot idoralarining giyohvandlik vositalarining kirib kelishi holatlarini barvaqt aniqlashda o‘zaro amaliy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy asoslarni qayta ko‘rib chiqish. 3. Giyohvandlik vositalarini “nazorat ostida yetkazib berish” tezkor qidiruv tadbirini amalga oshiruvchi idoralararo normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish. 4. Xorijiy davlatlarning narkologik holatini doimiy ravishda o‘rganish tartibini joriy etib, uning respublikaga ta’sirini prognozlash va oldini olish. |
|
11. |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasiga oid milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish. |
1. O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish. 2. Zamonaviy tahdidlardan kelib chiqqan holda giyohvandlik vositalari va prekursorlarning qonuniy hamda noqonuniy aylanishini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlariga doimiy ravishda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. 3. Giyohvandlikka chalingan shaxslarni davolash va reabilitatsiyasiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish. 4. Davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda dorixonalarda giyohvandlik vositalaridan tibbiyotda foydalanish amaliyotini nazorat qilishning huquqiy mexanizmlarini yaratish. 5. Giyohvandlik vositalarining ko‘rgazmali reklama (narkograffiti) va ularni “zakladka” usuli bilan tarqatishga qarshi javobgarlikni kuchaytirish orqali mazkur turdagi jinoyatlarni keskin kamaytirish. 6. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy choralarini takomillashtirish. 7. Umume’tirof etilgan va o‘zining amaliy samarasini ko‘rsatgan xalqaro norma hamda standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish. 8. “Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar” tushunchasini normativ-huquqiy hujjat bilan belgilash. 9. Narkojinoyatlar yo‘nalishida transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha milliy qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish. 10. Narkojinoyatlar, noqonuniy muomaladan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgan shaxslarga jazo tayinlashda yengillashtiruvchi mexanizmlarni va jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilishni taqiqlovchi choralarni belgilash. |
|
12. |
Xorijiy davlatlarga turli maqsadlarda chiqib ketayotgan fuqarolarning giyohvandlik va narkojinoyatlarga aralashib qolish xavfi bo‘yicha ogohligini oshirishga qaratilgan choralarni takomillashtirish. |
1. Xorijiy davlatlarga uzoq muddatga shartnoma asosida chiqib ketayotgan fuqarolarning giyohvandlik va narkojinoyatlarga aralashib qolish xavfi bo‘yicha ogohligini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli tushuntirish kurslarini tashkil etish, ko‘rgazmali materiallarni tarqatish. 2. Xorijiy davlatlarda turli maqsadlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari xususida ogohlikni oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazish ko‘lamini oshirish. 3. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini yorituvchi kontentlarni ko‘paytirish. 4. O‘zbekistonning chet eldagi vakolatxonalari va “El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida o‘zbekistonlik talabalarning giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 5. Xorijdagi fuqarolarning giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida ogohliklarini oshirishda “Vatandoshlar” jamoatchilik fondi imkoniyatidan foydalanish. |
|
13. |
Narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor profilaktik tadbirlarni jadallashtirish. |
1. Hududlar, ta’lim muassasalari, jamoat joylari kesimida yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo maxsus tezkor profilaktik tadbirlar o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yish. 2. Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud o‘simliklarni aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha “Qoradori” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. 3. Respublikada mavjud doimiy va mavsumiy ko‘ngilochar, xordiq chiqarish joylarida yoshlar orasida giyohvandlik vositalari tarqalishiga imkon beruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish. 4. Narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida “Dolzarb oylik” idoralararo kompleks chora-tadbirlarni o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish. 5. Kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarda alohida reja asosida tezkor profilaktik tadbirlarni tashkil etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. |
|
14. |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish. |
1. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda 10 tagacha milliy loyiha va dasturlarni ishlab chiqish hamda ular doirasida donorlar mablag‘ini jalb etish hajmini oshirish. 2. Amaldagi xalqaro loyihalarning istiqbollarini belgilash, vakolatli idora va tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun investitsiyalar hajmini kengaytirish. 3. Respublika va qo‘shni davlatlarda yuzaga kelayotgan narkovaziyat to‘g‘risida axborot byulletenini chop etish. 4. Giyohvandlik va narkojinoyatlar profilaktikasining milliy modelini yaratish. 5. BMTning Narkotik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro qo‘mitasi bilan manzilli hamkorlikni tashkil etuvchi O‘zbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi shtat jadvaliga qo‘shimcha ravishda Birinchi kotib shtat birligini kiritish. |
|
15. |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasiga oid ikki va ko‘p tomonlama kelishuv hamda bitimlarni takomillashtirish. |
1. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha uzoq muddatli yangi istiqbolli rejalarni amalga oshirish. 2. Ikki tomonlama kelishuvlar doirasida vakolatli organlarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan investitsiyalar hajmini oshirish. 3. Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi faoliyatini moliyalashtirish ishlarini yakunlash va unda O‘zbekistonning 2024 — 2026-yillarda raisligini ta’minlash. 4. Aholiga narkologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surish. |
|
3-MAQSAD: NARKOJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH FAOLIYATIGA ZAMONAVIY ISHLASH USULLARINI TATBIQ QILISH |
||
|
16. |
Narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish. |
1. Avtotransport vositalari haydovchilarining mastlik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining tegishli bo‘linmalarini narkotestrlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash. 2. Giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda ishlab chiqarishda qo‘llanadigan asbob-uskuna, turli kimyoviy moddalar reyestrini shakllantirish va muomalasini nazoratga olish. 3. Huquq-tartibot idoralarining ta’lim muassasalarida simulyatsiya va modulyatsiya markazi, shuningdek, innovatsion virtual poligonlarni yaratish va o‘quv jarayonlariga tatbiq etish choralarini ko‘rish. 4. Hududiy huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarni tezkor aniqlash faoliyatiga giyohvandlik vositalariga dastlabki baho beruvchi ekspress-test analizatorlarini bosqichma-bosqich tatbiq etish choralarini ko‘rish. 5. Narkojinoyatlar haqida ma’lumot bergan yoki aniqlashda ko‘maklashgan shaxslarni himoya qilish va rag‘batlantirish institutini joriy etish. 6. Ma’muriy huquqbuzarlikni giyohvandlik vositalari ta’siri ostida sodir etishni og‘irlashtiruvchi holatlar qatoriga kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish. 7. Huquq-tartibot organlari va sog‘liqni saqlash idoralarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash. 8. Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish va tarqalishi xavfi yuqori bo‘lgan jamoat, xordiq chiqarish joylarining innovatsion texnik kuzatilishini ta’minlash. 9. Giyohvandlik vositalari va prekursorlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan noqonuniy laboratoriyalarni aniqlash va faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha metodikalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. 10. Sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni aniqlash bo‘yicha tezkor qidiruv chora-tadbirlar mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. 11. Giyohvandlikka qarshi kurashish sohasini rivojlantirish uchun respublika jamg‘armasini tashkil etish. 12. Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan narkojinoyatlarga qarshi samarali kurashish apparat-dasturiy komplekslari, tezkor qidiruv mexanizmlari va tahdidlarni aniqlash metodikalarini yaratish va amaliyotini yo‘lga qo‘yish. |
|
17. |
Respublikadagi narkovaziyatni tahlil qilish tizimini takomillashtirish. |
1. Narkovaziyatni tahlil qilish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish. 2. Narkojinoyatlar bo‘yicha yuritiladigan hisobot shakllarini yangi tendensiyalarni inobatga olgan holda zamonaviy talablarga moslashtirish. 3. Narkologik vaziyat bo‘yicha taqdim etiladigan hisobot shakllariga o‘zgartirish kiritish va tezkorligini ta’minlash. 4. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida noqonuniy muomaladan olingan giyohvandlik vositalarini narxlash amaliyotini o‘rganish. 5. Respublikadagi narkovaziyatni ilmiy yondashuv asosida tahlil qilish, prognozlash, tendensiyalarni aniqlash, xulosalar chiqarish amaliyotini takomillashtirish, ushbu jarayonlarga ilg‘or xorijiy tajribalar va yangicha ishlash uslublarini tatbiq etish. |
|
18. |
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarning oldini olish choralarini kuchaytirish. |
1. Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq holatlarda moliyaviy tekshiruvlarni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish. 2. Narkojinoyatlardan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish, bu borada qo‘llanayotgan yangi moliyaviy jinoiy usullarni aniqlash va bartaraf etish tizimini yaratish. 3. Narkojinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan pul mablag‘larini to‘xtatish va musodara qilishning yangi mexanizmini ishlab chiqish. 4. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosida vositachilik qilayotgan kripto-ayirboshlovchilar faoliyatiga barham berish bo‘yicha tashkiliy, huquqiy va tezkor qidiruv choralarini belgilash. 5. Narkojinoyatlarni tergov qilish jarayonida jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq moliyaviy jihatlarni bir vaqtning o‘zida tekshiruvdan o‘tkazish amaliyotini joriy etish. 6. Noqonuniy moliyaviy oqimlarni baholash metodologiyasini ishlab chiqish. |
|
19. |
Narkojinoyatlar bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov va sud amaliyotini takomillashtirish. |
1. Narkojinoyatlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sud majlislarini sudlanuvchining yashash, o‘qish va ish joylarida sayyor sud shaklida o‘tkazish tartibini joriy etish. 2. Narkojinoyatlar bilan bog‘liq tezkor-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud amaliyoti bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish hamda tatbiq etish. 3. Tajribali sudyalar tomonidan narkojinoyatlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish bo‘yicha mahorat darslari shaklida sud majlislarini o‘tkazish amaliyotini joriy etish. 4. Ommaviy axborot vositalarida narkojinoyatlar sodir etgan shaxslarning sud jarayonlarini yoritib borish. 5. Narkojinoyatlar bilan bog‘liq jinoyatlarni ko‘ruvchi ixtisoslashgan tergovchilar va sudyalar korpusini shakllantirish masalasini ko‘rib chiqish. 6. Narkojinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlash tizimini xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasi asosida takomillashtirish. |
|
20. |
Giyohvandlik vositalarining internet va ko‘rgazmali reklama orqali tarqalishiga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish. |
1. Giyohvandlik vositalarining internet tarmog‘i orqali noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishdagi samarali tashkiliy-tuzilmaviy mexanizmlarni joriy etish. 2. Internet tarmog‘ida giyohvandlik vositalarining tarqatish bilan shug‘ullanayotgan veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi kontentlarni cheklash. 3. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy tarqatishga oid ko‘rgazmali reklamani (narkograffiti) aniqlash va barham berishda faol yoshlar va jamoatchilikni jalb qilish. 4. San’at va madaniyat vakillari, internet faollari tomonidan giyohvandlik vositalari targ‘iboti uchun javobgarlikni belgilash. 5. Giyohvandlik vositalariga qarshi raqamli platforma yaratish orqali kibermakonda kontentlarni kuzatish va aholi xabardorligi oshirish. |
|
21. |
Giyohvandlik vositalari va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni raqamlashtirish. |
1. Giyohvandlik vositalari va prekursorlarining muomalasi bilan bog‘liq respublika idoralararo ma’lumotlar bazasini yaratish. 2. Giyohvandlik vositalari va prekursorlar muomalasi sohasiga oid xalqaro tashkilotlarning ixtisoslashgan axborot almashinuv elektron platformalariga ulanish. 3. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi respublika mutasaddi vazirlik va idoralarning tahlil bo‘linmalari faoliyatini raqamlashtirish. 4. Hududlarni narkojinoyatlar va giyohvandlar ko‘rsatkichlari asosida toifalarga ajratish, xavf indikatorlarini belgilash va baholab borish faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish. |
|
22. |
Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud o‘simliklar ekin maydonlarini zamonaviy yondashuv asosida aniqlash. |
1. Ichki ishlar organlari uchun narkojinoyatlarga samarali qarshi kurashish maqsadida bosqichma-bosqich 8 ta giperspektrli kameralar va uchuvchisiz boshqariladigan maxsus texnik vositalarni xarid qilish. 2. Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud o‘simliklarning vegetativ jarayoni foto jamlanmasini shakllantirish. 3. Narkojinoyatlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar jarayonida uchuvchisiz boshqariladigan maxsus texnikalardan foydalanish tartibini joriy etish. 4. Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud yovvoyi o‘simliklarni yo‘q qilmaganligi uchun yer egalariga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqish. |
|
23. |
Narkojinoyatlarga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish. |
1. O‘zbekiston Respublikasini 2026-yil yakuniga qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik vositalari bo‘yicha komissiyasi a’zoligiga erishish. 2. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida O‘zbekistonning milliy ma’ruzasini BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatish. 3. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida xalqaro tashkilotlarning mintaqaviy va xalqaro xarakterga ega bo‘lgan istiqbolli kelishuvlariga qo‘shilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 4. Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini qamrab oluvchi giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
|
24. |
Ekspert-kriminalistika muassasalari va laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish. |
1. Ekspert-kriminalistika muassasalari va laboratoriyalar uchun giyohvandlik vositalarini sifat va miqdoriy jihatdan aniqlovchi maxsus texnik jamlanmalarni bosqichma-bosqich xarid qilish. 2. Narkojinoyatlarga qarshi kurashishda olingan predmetlarni tadqiq qilish uchun apparat va apparat-dasturiy vositalar bilan ta’minlash. 3. Ekspert kriminalistika muassasalari va laboratoriyalarida sof vaznini aniqlash talab etiladigan giyohvandlik vositalarining sertifikatlangan standart namunalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va ular bilan doimiy ta’minlab borish tartibini belgilash. 4. Davlat sud-ekspertiza muassasalari ekspert va mutaxassislarining xorijiy davlatlarning maxsus markazlarida har yili kamida bir marta malakasini oshirish bo‘yicha qat’iy tartibni o‘rnatish. 5. Davlat sud-ekspertiza muassasalarini bosqichma-bosqich ISO/IEC standartlariga mos akkreditatsiyadan o‘tkazish. 6. Davlat sud-ekspertiza muassasalarida mavjud giyohvandlik vositalarini aniqlovchi qurilmalarni maxsus elektron kutubxonalar bilan ta’minlash. 7. Davlat sud-ekspertiza muassasalarining bevosita giyohvandlik vositalari ekspertizasi bilan shug‘ullanuvchi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish. 8. Davlat sud-ekspertiza muassasalarining yagona elektron bazasini yaratish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash. 9. Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda giyohvandlik vositalari ekspertizasi sohasiga ilmiy jihatdan isbotlangan innovatsion tadqiqot (tahlil) usullari va maxsus texnik vositalarni joriy qilish. |
|
25. |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash hamda bartaraf etish yo‘nalishida yangi mexanizmlarni joriy qilish. |
1. Giyohvandlik vositalari uchun retsept yozishdagi korrupsion holatlarni tahlil qilish mexanizmini ishlab chiqish. 2. Retsept asosida berilgan giyohvandlik vositalaridan maqsadli foydalanishni qat’iy nazorat qilish tartibini joriy etish. 3. Giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash jarayonini to‘liq raqamlashtirish. 4. Xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali giyohvandlik tashxisini qo‘yish usullarini takomillashtirish. 5. Giyohvandlik vositalarini saqlash uchun mo‘ljallangan obyektlarni texnik jihatdan mosligi bo‘yicha xulosa berish amaliyotini tubdan takomillashtirish. 6. Sud-narkologik ekspertiza komissiyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish. 7. Narkologiya muassasalarida olingan tahlil (qon, siydik) namunalarini sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar saqlash tartibini belgilash. |
|
26. |
Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi bo‘linmalari tashkiliy-tuzilmaviy asoslarini mustahkamlash va takomillashtirish. |
1. Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi bo‘linmalari shtat birliklarini bosqichma-bosqich oshirish. 2. Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi bo‘linmalari xodimlarini KPI-baholash tizimi (key performance indicator) asosida qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish. 3. Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi markaziy va hududiy bo‘linmalari tarkibida internet tarmog‘ida narkojinoyatlarga qarshi kurashish tuzilmalarni tashkil etish. 4. Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini zamon talablariga asosan mustahkamlash. 5. Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida axborot-tahlil bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish va idoralararo tezkor ma’lumotlar elektron almashinuvini ta’minlash. |
|
27. |
Giyohvandlik vositalarini aniqlashga o‘rgatilgan xizmat itlari bazasini mustahkamlash. |
1. Huquq-tartibot idoralari kinologiya xizmatlarining narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. 2. Kinologiya xizmatlari tomonidan giyohvandlik vositalarini aniqlashga o‘rgatilgan xizmat itlarini ko‘paytirish, tayyorlash, ehtiyojdan ortig‘ini eksport qilish amaliyotini joriy qilish. 3. Xizmat itlari yordamida yangi turdagi giyohvandlik vositalarini aniqlashga yo‘naltirilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va ijroga qaratish. 4. Jamoat joylarida giyohvandlik vositalarini aniqlashga qaratilgan kinologiya punktlarini tashkil etish. |
|
28. |
Farmatsevtika korxonalari, giyohvandlik vositalarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar faoliyatini nazorat qilish. |
1. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha tibbiyot muassasalari, dorixonalarda giyohvandlik vositalari muomalasi ustidan qat’iy nazorat tartibini joriy etish. 2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqqa ega litsenziatlar tomonidan giyohvandlik vositalari muomalasini belgilovchi talablarni buzganlik uchun litsenziyadan mahrum qilish mexanizmini soddalashtirish. 3. Dorixonalar va ularning filiallarini kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradigan tashkilotlar klassifikatsiyasiga tegishli o‘zgartirish kiritish (dorixonalarga tibbiyot muassasasi maqomini berish). 4. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanayotgan dorixonalarni aniqlash bo‘yicha davriy ravishda maxsus tezkor qidiruv tadbirlar kompleksini o‘tkazish. 5. Respublikada muomalasi taqiqlangan yoki cheklangan ro‘yxatlarga kiritilgan tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud dori vositalari to‘g‘risida dorixonalarni tezkorlik bilan elektron xabardor qilish tizimini yaratish. 6. Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud dori vositalarini elektron retsept asosida berish amaliyotini joriy etish. |
|
29. |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi xodimlarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha milliy murabbiylar jamoalarini shakllantirish va xalqaro o‘quv markazlarini tashkil etish. |
1. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi xodimlarning kasbiy malakasini oshirish maqsadida xalqaro sertifikatlarga ega milliy murabbiylar jamoasini shakllantirish. 2. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi organlar tizimida maxsus xalqaro o‘quv kurslarini joriy etish va xalqaro miqyosda imijini shakllantirish. 3. Narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyalarining kotiblarini muntazam ravishda milliy va xalqaro miqyosda maxsus o‘quv kurslariga jalb etish orqali ularning malakasini oshirib borish. |
|
4-MAQSAD: AHOLIGA SIFATLI NARKOLOGIK YORDAM KO‘RSATISH TIZIMINI YANGI METODLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH |
||
|
30. |
Aholi orasida giyohvandlikning latent (yashirin) holatlarini barvaqt aniqlash va erta tashxis qo‘yish amaliyotini takomillashtirish. |
1. Maktab o‘quvchilari orasida giyohvandlik vositalarining iste’molini erta aniqlash uchun rejali psixolog va zarur hollarda narkolog maslahatlari amaliyotini joriy etish. 2. Xavf guruhiga kiruvchi o‘quvchi/talabalarni chuqurlashtirilgan narkolog ko‘rigidan o‘tkazish tartibini tatbiq qilish. 3. Giyohvand bemorlar orasida OIV infeksiyasiga chalinish holatlarini kamaytirish. 4. Narkologik hisobga olish yagona elektron tizimi imkoniyatlarini takomillashtirish. 5. Giyohvandlik vositalarini iste’mol qiluvchi shaxslarni aniqlash uchun mo‘ljallangan mahalliy diagnostika vositalarini ishlab chiqarish. 6. Ijtimoiy og‘ir vaziyatdagi xotin-qizlar va yoshlar uchun “Sog‘lom hayot sari” elektron platformasini yaratish. 7. Giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qiluvchi shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berishni nazarda tutuvchi ijtimoiy mobil ilova yaratish orqali latent (yashirin) giyohvandlarni aniqlash. 8. Nikohlanuvchilarni narkologik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish. |
|
31. |
Giyohvandlikning tarqalganlik holatini o‘rganish, oldini olish va davolashni takomillashtirish. |
1. Giyohvand bemorlarni majburiy davolashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda muqobil usullarni joriy etish. 2. Ruhiy holati buzilgan shaxslar orasidan giyohvandlikka chalinganlarni davolash tartibini joriy etish. 3. Majburiy davolash muassasalarida giyohvand bemorlarni kasbga tayyorlash va mehnatga jalb etish bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy qilish. 4. Giyohvandlik vositalariga ruju qo‘ygan shaxslarni davolashda VR (Virtual Reality) texnologiyasidan foydalanish amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy choralar ko‘rish. |
|
32. |
Giyohvandlik retsidivlarining davlat, jamiyat manfaatiga va inson salomatligiga ta’sirining oldini olish choralarini takomillashtirish. |
1. Giyohvandlik retsidiviga olib keluvchi asosiy omillarni aniqlash va oldini olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish. 2. Narkologiya muassasalari hamda tuman/shahar birlamchi tibbiyot bo‘g‘ini muassasalarining shifokor-narkologlarini giyohvandlik retsidivlariga qarshi davolashda qo‘llanadigan maxsus dori-darmonlar bilan ta’minlash. 3. Shifokor-narkologlar va tibbiy psixologlarni giyohvandlik retsidivlariga qarshi psixoterapiya usullariga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish. 4. Giyohvandlikka chalingan shaxslarni retsidivga qarshi mustaqil kurashish texnikalariga o‘rgatish amaliyotini joriy qilish. 5. “Giyohvandlik bedavo emas” shiori ostida ichki nizolarning oldini olish maqsadida giyohvandlarning oila a’zolari uchun o‘quv dasturlari va kurslarini tashkil etish. |
|
33. |
Giyohvandlik profilaktikasi, diagnostikasi, davolashning samaradorligini oshirish va aholi orasida salbiy qarashlarning shakllanishini kamaytirish. |
1. Narkologiya mutaxassisligi imijini oshirish. 2. Narkologiya xizmatini aholiga yaqinlashtirish maqsadida murojaat maxfiyligi kafolatlangan maslahat olishni ta’minlovchi koll-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish. 3. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot va narkologik muassasalarda anonim narkologik maslahat berish tizimini yanada takomillashtirish. 4. Giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilgan shaxslarni aniqlash, ro‘yxatga olish, tibbiy ko‘rik va davolashga jalb etish bo‘yicha idoralararo hamkorlik natijadorligini oshirish. 5. Ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda giyohvandlik vositalariga bo‘lgan qaramlikni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish standartlari va klinik bayonnomalarini zamon talablariga mos holda yangilab borish. |
|
34. |
Xalq tabobatida foydalanilayotgan giyohlar, biologik faol moddalar (BAD) va dorivor o‘simliklardan foydalanish usullarini yaratish. |
1. Psixofaol vositalarga qaramlikni davolash hamda retsidiviga qarshi kurashishda biologik faol moddalarni ishlab chiqish va foydalanishni yo‘lga qo‘yish. 2. Respublikada ro‘yxatdan o‘tayotgan biologik faol moddalarni tarkibida giyohvandlik vositalari mavjudligi bo‘yicha majburiy tadqiqotdan o‘tkazish tartibini joriy qilish. 3. Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning teleradiokanallar orqali reklamasi uchun xulosa olish tartibini joriy etish. |
|
35. |
Giyohvandlikka chalingan, og‘ir ruhiy va somatik asoratlari bo‘lgan bemorlarga shoshilinch narkologik yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish. |
1. Narkologiya muassasalarida reanimatsiya, intensiv terapiya bo‘limlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. 2. Tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi reanimatsion brigadalarni giyohvandlik vositalaridan og‘ir zaharlanishni bartaraf etish uchun maxsus dori vositalari bilan ta’minlash. 3. Tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi reanimatsion brigadalar uchun giyohvandlik vositalaridan og‘ir zaharlanishda harakatlanish bo‘yicha maxsus malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil qilish. 4. Toksikologiya bo‘limlari va reanimatsiya brigadalarida faoliyat yurituvchi xodimlarning kasbiy mahoratini ilg‘or xorijiy tibbiyot muassasalarida oshirish. 5. Giyohvandlik vositalaridan og‘ir zaharlanish natijasida yuzaga keladigan hayot uchun xavfli holatlar monitoringini yuritishni yo‘lga qo‘yish. |
|
36. |
Narkologiya xizmatini malakali kadrlar bilan ta’minlash va salohiyatini oshirish. |
1. Narkologiya muassasalari, tuman/shahar tibbiyot birlashmalarining narkologiya kabinetlaridagi narkolog shifokorlar faoliyatini tubdan takomillashtirish. 2. Giyohvandlikka qarshi kurashuvchi xodimlarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha milliy murabbiylar guruhi imkoniyatlaridan foydalangan holda hududiy o‘quv seminarlarni tashkil etish. 3. Milliy, xalqaro darajada tashkil etiladigan trening va o‘quv seminarlariga joylardagi soha mutaxassislarini keng jalb etish. 4. Birlamchi ixtisoslik sikllari, magistratura, klinik ordinaturada narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya sohasida mutaxassislar tayyorlash hajmini 5 baravarga oshirish. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar narkologiya muassasalari bilan tuman/shahar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi shifokor-narkologlar va tibbiy psixologlar o‘rtasida integratsiyani rivojlantirish. |
|
37. |
Aholiga pullik va servis narkologik xizmat ko‘rsatish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. |
1. Alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda bo‘lgan shaxslarni pullik asosda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini joriy qilish. 2. Narkologiya sohasida xususiy sektor, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va imtiyozlar belgilash. 3. Narkologik muassasalarda xo‘jalik hisobidagi pullik bo‘limlarni tashkil etish orqali muqobil davolanish imkoniyatini joriy etish. 4. Tashkilot va idoralar haydovchilarining reys oldi tibbiy ko‘rigini amalga oshiruvchi mutaxassislarni pullik asosda o‘qitish. 5. Mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida pullik xizmatni joriy qilish va sohaga xususiy sektorni jalb qilish. 6. Xususiy va davlat-xususiy sheriklik shaklidagi narkologik muassasalarda majburiy davolash tartibini joriy etish. 7. Majburiy davolanishga yo‘naltirilgan shaxslarga davolash muassasasini tanlash huquqini berish amaliyotini joriy etish. |
|
38. |
Voyaga yetmaganlarga narkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish. |
1. Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlik tarqalganlik holatini aniqlashning yangi metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. 2. Narkologiya muassasalarida giyohvandlikka chalingan o‘smirlar va yoshlar uchun ixtisoslashtirilgan bo‘limlarni tashkil etish. 3. Voyaga yetmaganlarga narkologik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini milliy va xalqaro miqyosda oshirish choralarini ko‘rish. 4. Voyaga yetmagan giyohvand bemorlar uchun ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashxislash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi bo‘yicha klinik bayonnomalar ishlab chiqish. 5. Joylardagi voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari va o‘smirlar narkologlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish mexanizmlarini ishlab chiqish. |
|
39. |
Narkologiya xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish. |
1. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Toshkent viloyatlari narkologiya filiallarini yangi binoga ko‘chirish. 2. Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent va Qo‘qon shaharlari narkologiya filiallari uchun qo‘shimcha binolar qurish. 3. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent shahri, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari narkologiya yo‘nalishi bo‘yicha filiallari binolarini kapital ta’mirlash. 4. Narkologiya muassasalari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining narkologiya kabinetlari moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich yaxshilash. 5. Narkologiya muassasalaridagi o‘rin-joylarni (koykalar) bosqichma-bosqich 30 foizgacha oshirish. 6. Narkologiya muassasalari ehtiyoji asosida laboratoriya bo‘limlarini sarflov materiallari (reaktiv, reagentlar, test va boshq.) bilan to‘liq va uzluksiz ta’minlab borish tartibini joriy etish. 7. Narkologiya muassasalarida shaxslardan umumiy tahlil olish faoliyatini tubdan takomillashtirish. |
|
5-MAQSAD: GIYOHVANDLIKNING TIBBIY-IJTIMOIY REABILITATSIYASINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH |
||
|
40. |
Giyohvandlikka chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish. |
1. Giyohvandlarni ijtimoiy hayotga qaytarish samaradorligi oshirish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimida Addiktologiya tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya markazini tashkil etish. 2. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning barcha narkologiya bo‘yicha hududiy filiallarida reabilitatsiya tizimini joriy etish. 3. Jazoni o‘tayotgan narkologik kasallikka chalingan shaxslarni davolash uchun jazoni ijro etish muassasalarida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish. 4. Giyohvandlik vositalarini iste’mol qiluvchilar va giyohvandlikka chalingan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini oshirish. 5. Narkologiya muassasalarida pullik va muqobil tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya bo‘limlarini tashkil qilish choralarini ko‘rish. 6. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida giyohvandlik vositalarini iste’mol qiluvchilar va giyohvandlikka chalingan shaxslarni majburiy reabilitatsiyaga yo‘naltirishning tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. 7. Giyohvandlik vositalarini iste’mol qiluvchilar va giyohvandlikka chalingan shaxslarni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish yo‘nalishida uzluksiz harakatlar algoritmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. 8. Jazoni ijro etish muassasalarida giyohvandlikka chalingan mahkumlar bilan manzilli ishlash tizimini joriy etish, noqonuniy muomala uchun ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar orasida retsidivlarning oldini olish mexanizmlarini yaratish. |
|
41. |
Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlarini takomillashtirish. |
1. Majburiy davolanishdan o‘tayotgan giyohvand bemorlar uchun tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish. 2. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlari samaradorligini baholash uchun davolanib chiqqan shaxslar salomatligini uzoq muddat monitoring qilishni joriy etish. 3. Giyohvand bemorlar va muqaddam sudlangan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. 4. Narkologiya muassasalarining ambulatoriya bo‘g‘inida tobelikka chalingan shaxslar bilan hamkorlikda ishlash tizimini faollashtirish. 5. “12 qadam” dasturi elementlarini giyohvandlikka chalingan bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlariga kiritish. 6. Giyohvandlikka chalingan bemorlar uchun kunduzgi reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. 7. Giyohvandlikka chalingan o‘smirlar uchun maxsus reabilitatsiya dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. |
|
42. |
Nokimyoviy tobeliklar uchun tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish. |
1. Yetakchi xorijiy reabilitatsiya markazlarida mutaxassislarni nokimyoviy tobelik reabilitatsiyasi bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish. 2. Nokimyoviy tobeliklar uchun reabilitatsiya dasturini yaratish va amaliyotga tatbiq etish. 3. “Giyohvand shaxs”, “Giyohvand shaxs yaqinlari” va “Giyohvand shaxs bilan shug‘ullanuvchi mas’ullar” toifalari uchun ijtimoiy-psixologik ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
|
43. |
Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlariga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish. |
1. Giyohvand bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi yo‘nalishida jahon standartlariga asoslangan yangi zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va mutaxassislar tayyorlash amaliyotini joriy qilish. 2. Giyohvand bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi dasturlarini innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash. 3. Transkranial magnit stimulyatsiyasi (TMS) va biologik qayta aloqa (BQA) davolash usullarini klinik bayonini ishlab chiqish va giyohvand bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi dasturiga kiritish. 4. Virtual reallik programmasini ishlab chiqish va giyohvand bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi jarayonida personallashgan yondashuvni takomillashtirish. |
|
44. |
Reabilitatsiya davrida giyohvand bemorlarni sog‘lom jamiyatga adaptatsiya qilish va diskriminatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik. |
1. Hududiy bandlik markazlari tomonidan giyohvand bemorlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha zarur tashkiliy choralarni amalga oshirish. 2. Giyohvandlikka chalingan bemorlarni ishga joylashtirishda ishtirok etuvchi tadbirkorlarga imtiyozlar belgilashni nazarda tutuvchi mexanizmlar yaratish. 3. Tashkilot, mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida giyohvand bemorlarning reabilitatsiyasi davrida diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik. 4. Giyohvandlikka chalingan bemorlar uchun “mehnat terapiyasi”ni tashkil etishda davlat korxonalari va davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga imtiyozlar berish tartibini joriy etish. 5. Giyohvandlikka chalingan bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi davrida o‘quv kurslari tashkil etish. 6. “Teng-tengiga” prinsipi asosida giyohvandlikka chalingan bemorlarning anonim guruhlarini tashkil etish va davra suhbatlarini o‘tkazish amaliyotini joriy qilish. |
|
45. |
Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlarini amalga oshirishda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish. |
1. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida giyohvandlikka chalingan shaxslarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi yo‘nalishida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kadrlar salohiyatini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish. 2. Giyohvandlikka chalingan shaxslarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasiga oid xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan holda magistratura va qayta tayyorlash dasturlarini boyitish. 3. Giyohvandlikka chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish brigadalari uchun tibbiy psixologlar, psixoterapevtlar va ijtimoiy xodimlarni tayyorlash hajmini 2 baravarga oshirish. 4. Yetakchi xorijiy mutaxassislar ishtirokida giyohvandlikka chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish xodimlari uchun muntazam ravishda mahorat darslari, vebinar va seminarlar tashkil etish. 5. Yetakchi xorijiy reabilitatsiya markazlarida giyohvandlikka chalingan shaxslarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi yo‘nalishidagi mutaxassislarning davriy ravishda malakasini oshirish. |
|
6-MAQSAD: GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH SOHASIDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH |
||
|
46. |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish. |
1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida innovatsion loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish va moliyalashtirish. 2. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida ilmiy ishlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan davlat grantlarini ajratish. 3. Giyohvandlikka chalinish (latent giyohvandlik) holatlari tarqalganligini respublika miqyosida aniqlash maqsadida epidemiologik tadqiqotlarni o‘tkazish. 4. Texnik kannabis o‘simligining yangi navlarini yaratish bo‘yicha tegishli ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish. 5. Yovvoyi nashazorlarni kimyoviy moddalardan foydalangan holda yo‘q qilish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish. |
|
47. |
Giyohvandlikni davolash va reabilitatsiyasi yo‘nalishida ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish. |
1. Sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tobeligiga chalingan bemorlarni tibbiy davolash usullarini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish. 2. Giyohvandlik vositalari iste’molidan kelib chiqadigan kuchli zaharlanish holatlarida inson hayotini saqlab qoladigan vositalarni yaratish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish. 3. Giyohvandlikning inson geni, kelajak avlod va reproduktiv salomatlikka bo‘lgan ta’sirini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot va izlanishlarni amalga oshirish. 4. Giyohvandlikka chalingan bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi yo‘nalishida ilmiy-tadqiqotlarni jadallashtirish. |
|
48. |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlar va yangiliklar ommaga yetkazilishini ta’minlash. |
1. Internet va ijtimoiy tarmoqlarda alohida platforma yaratish orqali giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishidagi yangiliklarni yoritib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 2. Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiruvchi giyohvandlik vositalari bo‘yicha izlanishlar va tahlillarni yorituvchi ilmiy nashrni joriy etish. 3. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishiga oid ilmiy ishlar, jurnal, byulleten va tarqatma materiallarni davriy ravishda chop etish. 4. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishiga oid ilmiy va grant loyihalarni amalga oshirish. |
2-ILOVA
A.N. Aripov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Davlat komissiyasi raisi |
Lavozimi bo‘yicha | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori, Davlat komissiyasi raisining o‘rinbosari |
N.T. Yo‘ldoshev | — | Bosh prokuror |
B.D. Islamov | — | Oliy sud raisi |
B.N. Kurbanov | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisi |
A.A. Tashpulatov | — | ichki ishlar vaziri |
B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
A.D. Tashkulov | — | adliya vaziri |
A.A. Xudayarov | — | sog‘liqni saqlash vaziri |
J.A. Qo‘chqorov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri |
I.Yu. Abdurahmonov | — | qishloq xo‘jaligi vaziri |
A.I. Ikramov | — | sport vaziri |
E.G. Karimova | — | maktabgacha va maktab ta’limi vaziri |
K.A. Sharipov | — | oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri |
B.E. Zaxidov | — | kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri |
Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
K.K. Kuranbayev | — | O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi |
O.A. Xasanov | — | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori |
A.A. Djurabayev | — | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
A.Yu. Mavlonov | — | Bojxona qo‘mitasi raisi |
Z.B. Maxkamova | — | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi |
A.Z. Sa’dullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
Lavozimi bo‘yicha | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktorining o‘rinbosari, Davlat komissiyasi mas’ul kotibi |
3-ILOVA
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududiy komissiya raisi |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududiy komissiya raisining o‘rinbosari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (boshqarmalari) raisi (boshliqlari) |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat xavfsizligi xizmati boshqarmalari boshliqlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar organlari rahbarlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari boshliqlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari boshliqlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari boshliqlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi boshqarmalari rahbarlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari boshliqlari |
|
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi rahbarlari, hududiy komissiya mas’ul kotibi |