Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
EKOLOGIK XAVFLI MAHSULOTLAR VA ChIQINDILARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRIShNI VA ULARNI UNING HUDUDIDAN OLIB ChIQIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qaroriga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasiga xavfli chiqindilarni, potensial toksik va kuchli taʼsir qiluvchi zararli moddalarni olib kirishni va ularni olib chiqishni hamda uning hududi orqali tranzit qilishni bartaraf etish maqsadida, shuningdek, ekologik sertifikatsiya tizimini tashkil etish hisobiga mamlakat iqtisodiyotining jahon bozoriga integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Majburiy ekologik sertifikatlanishi zarur boʻlgan mahsulotlar va chiqindilar nomenklaturasi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ekologik sertifikatsiyadan oʻtkazish va ekologik xavfli mahsulotlar hamda chiqindilarni uning hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqishni boshqarish tartibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi 2 oy muddatda:
mahsulotning ekologik xavfsizligini belgilovchi koʻrsatkichlar va meʼyorlar roʻyxatini ishlab chiqsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni respublika hududiga olib kirish, uning hududidan tranzit qilish va olib chiqishda oʻzaro hamkorlik qilishga doir hujjatlarni tayyorlasin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan belgilangan meʼyorlarni hisobga olgan holda mahsulotlar uchun meʼyoriy hujjatlarga ekologik xavfsizlikka nisbatan talablar kiritish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
4. “Oʻzstandart” agentligi ekologik xavfli mahsulotlar uchun meʼyoriy hujjatlarni roʻyxatga olishni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda amalga oshirsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-aprel,
151-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y. 4-son, 21-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 3-4-son, 34-modda; 2003-y., 1-2-son, 9-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son)