1-ILOVA
|
Oʻrganiladigan masalalar |
Mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning 8 ta yoʻnalish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari; “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida koʻrsatiladigan 64 turdagi ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligi; “Mahalla yettiligi” tomonidan aniqlangan va tuman (shahar), viloyat, respublika darajasida hal etiladigan muammolar. |
|
|
|
|
|
|
Oʻrganishni amalga oshiruvchi subyekt |
Mahalliy Kengash deputatlari (zaruratga koʻra, hududdagi tegishli idora va tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin) oʻzi saylangan okrugdagi “Mahalla yettiligi” faoliyatini oʻrganadi hamda yaqin hamkorlik qiladi. |
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Ijro muddati |
|||
|
1-bosqich |
Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi deputati |
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun oʻzi saylangan okrugdagi mahallalarga mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan biriktiriladi. |
1 kun |
|||
|
2-bosqich |
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati |
Tegishli mahalladagi “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilgan ishlar holatini (shuningdek, 8 ta hamkorlik yoʻnalishlarini tanlov asosida) oʻrganadi. Oʻziga biriktirilgan barcha mahallalarda “Mahalla yettiligi” tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligiga alohida eʼtibor qaratadi. |
Kengash kotibiyati tasdiqlaydigan grafik asosida (bir oy davomida oʻz okrugiga kiruvchi barcha mahallalarda) |
|||
|
3-bosqich |
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati |
Saylov okrugidagi mahalla fuqarolarining qabulini tashkil etadi. Oʻrganish va aholi bilan muloqot natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni va shakllantirilgan takliflarni umumlashtiradi hamda mahalliy Kengash kotibiyatiga taqdim etadi. |
Har oyning oxirgi ish kunida |
|||
|
4-bosqich |
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyati |
Deputatlar tomonidan taqdim etilgan muammolarni tegishli komissiyalar oʻrtasida oʻrganish uchun taqsimlaydi. |
Takliflar kelib tushgan kundan eʼtiboran 1 hafta ichida |
|||
|
5-bosqich |
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi doimiy komissiyalari |
Taqdim etilgan muammolarni tuman (shahar) darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oʻrganib, bevosita joyiga chiqqan holda sayyor tarzda muhokama qiladi hamda hal etish choralarini koʻradi. Oʻrganish natijalari boʻyicha oʻz yechimini topmagan muammolarni Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritadi. |
Har oyning oxirgi ish kunida |
|||
|
6-bosqich |
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi |
“Mahalla yettiligi” faoliyatini oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan masalalar muhokamasiga bagʻishlangan sessiyani oʻtkazadi. Sessiyada: “Mahalla yettiligi” faoliyati va ular bilan hamkorlik samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi; Mahalla uyushmasi tuman (shahar) boʻlimi rahbarining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi; MFY raislarining faoliyatiga baho beriladi, zaruratga koʻra, ularga nisbatan ishonchsizlik bildiriladi (ushbu norma “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgandan soʻng); “Mahalla yettiligi” hamda deputatlar tomonidan aniqlangan, tuman (shahar) darajasida hal etilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilinadi hamda zarur choralar belgilanadi; viloyat (Toshkent shahar) darajasida hal etiladigan masalalar boʻyicha yuqori turuvchi Kengashga takliflar kiritiladi. Mazkur sessiyada ushbu hududdan saylangan senator va viloyat (Toshkent shahar) Kengashi deputatlari ishtirok etadi. |
Har chorakda |
|||
|
7-bosqich |
Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyati |
Tuman (shahar) Kengashi sessiyasida muhokama qilingan va viloyat (Toshkent shahar) darajasida hal etiladigan masalalarni dastlabki tarzda oʻrganish uchun doimiy komissiyalar oʻrtasida taqsimlaydi. |
Takliflar kelib tushgan kundan boshlab 1 hafta ichida |
|||
|
8-bosqich |
Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi doimiy komissiyalari |
Taqdim etilgan muammolarni viloyat (Toshkent shahar) darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oʻrganib, muhokama qiladi hamda hal qilish choralarini koʻradi. Oʻrganish natijalari boʻyicha oʻz yechimini topmagan muammolarni Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritadi. |
Har oyda |
|||
|
9-bosqich |
Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi |
Oʻrganishlar natijalarini sessiyada muhokama qilib, masʼullarning hisobotini eshitadi hamda ular faoliyatiga baho beradi, xususan: “Mahalla yettiligi” vakillarining viloyat (Toshkent shahar) boʻlinmalari rahbarlari faoliyatiga baho beradi; viloyat (Toshkent shahar) darajasida hal etiladigan masalalar boʻyicha tegishli choralarni belgilaydi; respublika darajasida hal etiladigan masalalar boʻyicha takliflarni Oliy Majlis Senatiga kiritadi. Sessiya Oliy Majlis Senatining hududga biriktirilgan qoʻmitasi raisi (doimiy asosda ishlovchi senatori) ishtirokida oʻtkaziladi. |
Har chorakda |
|||
|
10-bosqich |
Oliy Majlis Senati |
Hududlardan yuborilgan takliflarni oʻrganish va muhokama qilish uchun xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi bilan birgalikda Senat Kengashining sayyor yigʻilishini oʻtkazadi. |
Alohida grafik asosida |
|||
|
11-bosqich |
Oliy Majlis Senati |
Senat Kengashining sayyor yigʻilishlari davomida aniqlangan, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan respublika darajasidagi masalalarni Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritib, mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitadi. Zarur hollarda, muammolar yechimi boʻyicha Hukumatga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritadi. |
Har yarim yilda |
2-ILOVA
3-ILOVA
|
T/r |
Familiyasi, ismi va otasining ismi |
Lavozimi |
Biriktirilgan hudud nomi |
|
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI |
|||
|
(Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Boriy Batirovich Alixanov, qoʻmita raisi oʻrinbosari Batir Djoldasovich Matmuratov) |
|||
|
1. |
Annaklicheva Gulistan Axmedovna |
“Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi bosh muharriri |
Toʻrtkoʻl, Beruniy, Ellikqalʼa tumanlari |
|
2. |
Ataniyazova Oral Aminovna |
Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti rektori |
Moʻynoq, Xoʻjayli, Shumanay, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirot tumanlari |
|
3. |
Daniyarov Abatbay Saparbayevich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar hokimi |
Boʻzatov, Kegeyli, Taxtakoʻpir, Chimboy, Qoraoʻzak tumanlari |
|
4. |
Jalmenov Ulikbek Abilayevich |
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Kengashi raisi |
Nukus shahri, Amudaryo, Nukus, Taxiatosh tumanlari |
|
ANDIJON VILOYATI |
|||
|
(Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek Azadbekovich Alimov) |
|||
|
5. |
Ganiyeva Matluba Maxamajanovna |
Andijon tumani Orol mahalla fuqarolar yigʻini raisi |
Andijon, Baliqchi, Boʻston, Izboskan, Oltinkoʻl, Paxtaobod, Ulugʻnor, Shahrixon tumanlari |
|
6. |
Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich |
“Nil-granit” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari |
Andijon, Xonobod shaharlari, Asaka, Buloqboshi, Jalaquduq, Marhamat, Xoʻjaobod, Qoʻrgʻontepa tumanlari |
|
BUXORO VILOYATI |
|||
|
(Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Fayziyevich Gadoyev, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shuxrat Askarovich Choʻlliyev) |
|||
|
7. |
Achilov Nurmuxamed Nurullayevich |
“Parvoz Xumo Ravnaq Trans” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi |
Jondor, Olot, Qorakoʻl, Gʻijduvon tumanlari |
|
8. |
Raxmatov Murtaza Axmedovich |
“Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasteri” uyushmasi raisi |
Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon tumanlari |
|
9. |
Xuseynova Abira Amanovna |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili |
Buxoro, Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon, Qorovulbozor tumanlari |
|
JIZZAX VILOYATI |
|||
|
(Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Riskul Ergashboyevich Siddiqov) |
|||
|
10. |
Alimova Xalida Raufovna |
Jizzax viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori |
Zafarobod, Zarbdor, Gʻallaorol tumanlari |
|
11. |
Muxtorova Nazira Abdusattarovna |
Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi |
Jizzax shahri, Mirzachoʻl, Forish tumanlari |
|
12. |
Pardayev Nusuratulla |
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashi raisi |
Arnasoy, Doʻstlik, Zomin, Yangiobod tumanlari |
|
13. |
Suyarova Sanobar Zarfullayevna |
Jizzax viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi |
Baxmal, Sharof Rashidov, Paxtakor tumanlari |
|
QASHQADARYO VILOYATI |
|||
|
(Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Tolibjon Abdumalikovich Madumarov) |
|||
|
14. |
Irkayev Abduraxim Pandjiyevich |
Qarshi davlat universiteti “Milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari” kafedrasi professori |
Qarshi shahri, Koson, Qarshi tumanlari |
|
15. |
Kurbonov Ilxam Uzakovich |
Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshligʻi |
Kasbi, Koʻkdala, Mirishkor, Nishon, Chiroqchi tumanlari |
|
16. |
Fozilov Xurshid Gʻayratovich |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
Shahrisabz shahri, Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari |
|
17. |
Shamsiyev Shermat Joʻraqulovich |
“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori |
Dehqonobod, Muborak, Qamashi, Gʻuzor tumanlari |
|
NAVOIY VILOYATI |
|||
|
(Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Kobul Beknazarovich Tursunov) |
|||
|
18. |
Orziyeva Dilbar Adizovna |
Karmana tumanidagi “Yangi zamon bolalari” oilaviy bolalar uyi tarbiyachisi |
Karmana, Nurota, Navbahor tumanlari |
|
19. |
Tulekova Ziba Tolibekovna |
Tomdi tumani hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi v.b. |
Zarafshon shahri, Tomdi tumani |
|
20. |
Fayziyev Ulugʻbek Ganiyevich |
Navoiy shahridagi “Zarafshan Golden Group” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi |
Qiziltepa, Konimex, Xatirchi tumanlari, Gʻozgʻon shahri |
|
21. |
Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich |
Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari |
Navoiy shahri, Uchquduq tumani |
|
NAMANGAN VILOYATI |
|||
|
(Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Maxmud Mamatovich Parpiyev) |
|||
|
22. |
Abdullaxanov Nosirbek Abdurashitovich |
Namangan shahridagi “Anamed” diagnostika markazi direktori |
Namangan shahri, Yangi Namangan, Davlatobod, Mingbuloq tumanlari |
|
23. |
Najmiddinov Ikromxon |
“Nuroniy” jamgʻarmasi Namangan viloyati boʻlimi raisi |
Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon tumanlari |
|
24. |
Umarov Baxtiyor Ganiyevich |
Namangan tumanidagi “Istiqlol tekstil dizayn” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori |
Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari |
|
SAMARQAND VILOYATI |
|||
|
(Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Maxmudovna Marufova) |
|||
|
25. |
Alimova Gavxar Zayirovna |
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi |
Kattaqoʻrgʻon shahri, Kattaqoʻrgʻon, Jomboy, Bulungʻur, Payariq tumanlari |
|
26. |
Djalolov Shavkat Amonovich |
“Agromir group” direktorlar assotsiatsiyasi Kengashi raisi |
Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlari |
|
27. |
Toshev Farmon Isʼhoqovich |
“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarining birlashgan tahririyati bosh muharriri |
Paxtachi, Narpay, Nurobod, Ishtixon, Qoʻshrabot tumanlari |
|
28. |
Xalmuradov Rustam Ibragimovich |
Samarqand davlat universiteti rektori |
Samarqand shahri, Pastdargʻom, Oqdaryo tumanlari |
|
SIRDARYO VILOYATI |
|||
|
(Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Anvar Mirzaaxmedovich Tuychiyev) |
|||
|
29. |
Artukbayeva Xaytxan |
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boʻlimi rahbari |
Shirin shahri, Guliston tumani |
|
30. |
Boqiyev Farxod Esanovich |
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari |
Guliston shahri, Boyovut, Oqoltin tumanlari |
|
31. |
Sotiboldiyev Ulugʻbek Norxojayevich |
Mirzaobod tumanidagi “Bek corp” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori |
Mirzaobod, Sayxunobod, Sardoba tumanlari |
|
32. |
Uralova Dilfuza Djumanovna |
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi |
Yangiyer shahri, Sirdaryo, Xovos tumanlari |
|
SURXONDARYO VILOYATI |
|||
|
(Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Karimovich Iminov) |
|||
|
33. |
Boʻtayeva Baxtigul Abraxmatovna |
Qiziriq tumanidagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori |
Boysun, Sherobod, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon tumanlari |
|
34. |
Kadirov Baxadir Tuxtayevich |
Termiz shahridagi “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi boshqaruvi raisi |
Jarqoʻrgʻon, Oltinsoy, Shoʻrchi tumanlari |
|
35. |
Sanginov Abdugʻani Abdurahmonovich |
“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi |
Sariosiyo, Uzun, Denov, Boysun tumanlari |
|
36. |
Soatov Arzikul Chorshanbiyevich |
“Nuroniy” jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi raisi |
Termiz shahri, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari |
|
TOSHKENT VILOYATI |
|||
|
(Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Kutbidin Nukritdinovich Burxanov, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Akbarovna Kadirxanova) |
|||
|
37. |
Burxanov Kutbidin Nukritdinovich |
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi |
Nurafshon shahri, Oʻrta Chirchiq, Oqqoʻrgʻon tumanlari |
|
38. |
Kadirxanova Malika Akbarovna |
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi |
Yangiyoʻl shahri, Zangiota, Toshkent, Chinoz, Quyi Chirchiq, Yangiyoʻl tumanlari |
|
39. |
Toirov Mahmudjon |
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari, “Adabiyot ziyosi” gazetasi bosh muharriri |
Ohangaron, Chirchiq shaharlari, Boʻstonliq, Ohangaron, Parkent, Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlari |
|
40. |
Xursanov Abdullo Xalmuradovich |
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi |
Angren, Bekobod, Olmaliq shaharlari, Bekobod, Boʻka, Piskent tumanlari |
|
FARGʻONA VILOYATI |
|||
|
(Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Alimovna Salimova) |
|||
|
41. |
Sultanov Ibroxim Ashiraliyevich |
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari |
Fargʻona, Margʻilon, Quvasoy, Qoʻqon shaharlari, Beshariq, Dangʻara, Yozyovon, Quva, Qoʻshtepa, Toshloq, Bagʻdod, Buvayda, Oltiariq, Rishton, Soʻx, Uchkoʻprik, Fargʻona, Furqat, Oʻzbekiston tumanlari |
|
XORAZM VILOYATI |
|||
|
(Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi Baxadir Sadullayevich Tajiyev) |
|||
|
42. |
Durdiyeva Gavhar Salayevna |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasi ilmiy laboratoriyasi mudiri |
Xiva shahri, Xiva, Yangiariq tumanlari |
|
43. |
Sadullayeva Faraxat Aminovna |
Xorazm viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari |
Urganch shahri, Gurlan, Shovot tumanlari |
|
44. |
Sharipov Umarbek Kuranbayevich |
Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari |
Urganch, Xonqa, Bogʻot, Xazorasp tumanlari |
|
45. |
Kurbanov Ravshanbek Davletovich |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori maslahatchisi |
Qoʻshkoʻpir, Yangibozor, Bogʻot tumanlari |
|
TOSHKENT SHAHRI |
|||
|
(Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Diloram Gafurdjanovna Tashmuxamedova, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Nariman Madjitovich Umarov) |
|||
|
46. |
Ziyo Azamat Xamid oʻgʻli |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti direktori |
Uchtepa, Shayxontohur, Bektemir tumanlari |
|
47. |
Kalanov Rustam Abduxakimovich |
“Nuroniy” jamgʻarmasi Toshkent shahar boʻlimi raisi |
Sergeli, Yangihayot, Mirobod, Yunusobod tumanlari |
|
48. |
Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori |
Mirzo Ulugʻbek, Yakkasaroy, Yashnobod tumanlari |
|
49. |
Tashmuxamedova Diloram Gafurdjanovna |
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
Chilonzor, Olmazor tumanlari |