T/r | Chora-tadbirlar va tashabbuslar | Mazmuni | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnoma berish. | Yevropa davlatlariga avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga mavjud xorijiy ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini 25 foizga oshirib, ular sonini 250 000 taga yetkazish. Fransiya va Ispaniya davlatlarining vakolatli organlari bilan birgalikda muzokaralar oʻtkazib, ruxsatnomalarni ayirboshlashni tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil may | Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. | Noʻxat mahsulotlarini yetishtirish va sotishni qoʻllab-quvvatlash. | 1. Tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda Oʻzbekistonda noʻxat mahsulotlarini yetishtirish va sotish boʻyicha uyushma tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil may | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
2. Noʻxat mahsulotlarini yetishtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablagʻlariga kredit ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2024-yil iyun | Savdo-sanoat palatasi |
3. | Ulgurji savdo bozorini rivojlantirish. | Oʻzbekistonning ulgurji savdo bozorini yanada rivojlantirish maqsadida yirik eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining Butunjahon ulgurji bozorlar uyushmasiga (The World Union of Wholesale Markets) aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish. Butunjahon ulgurji bozorlar uyushmasining (The World Union of Wholesale Markets) 2025-yildagi yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil dekabr | Savdo-sanoat palatasi |
4. | Xorijdagi savdo uylarini tashkil qilish. | 1. Yaponiyaning Nagoya shahri Nanyo bozorida Oʻzbekiston-Yaponiya savdo uyini tashkil qilish va ijara toʻlovini kompensatsiya qilish choralarini koʻrish. 2. Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya, AQSH va Qozogʻiston mamlakatlaridagi savdo uylarini tadbirkorlik subyektlari boshqaruviga oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | Bosh vazir oʻrinbosari (Xodjayev), Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi |
3. Tadbirkorlik subyektlari bilan teng miqdorda ulush kiritish orqali Mersin (Turkiya), Rotterdam (Niderlandiya), Sindao (Xitoy), Klaypeda (Litva), Doha (Qatar), Dubay (BAA) kabi yirik port shaharlarida savdo uylarini tashkil qilish hamda ularning ijara xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilib berish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2024-yil may | Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi |
5. | Tadbirkorlik subyektlarini sovitkichli yuk konteynerlari bilan taʼminlash. | Tadbirkorlik subyektlari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari, ulardan tayyorlangan djem (murabbo), salqin ichimliklar hamda tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan manzilga yetkazib berishga moʻljallangan sovitkichli yuk konteynerlari bilan xizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish. Temir yoʻl va yuk avtomobillarida mahsulotlarni sovitkichli konteynerlarda tashish boʻyicha maxsus marshrutlar va tariflarni eʼlon qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil may | Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
6. | Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablagʻlarini oshirish. | Eksportoldi kreditlar boʻyicha garov taʼminoti sifatida sugʻurta polisini qabul qilish amaliyotini ommalashtirish. Har hafta dushanba kuni tijorat banklari tomonidan eksport qiluvchi korxonalarga ajratilgan mablagʻlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berish. Eksport qiluvchilarga televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilib, qaysi bankda, qanday shartlarda, qancha muddatga aylanma mablagʻ berilishini eʼlon qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil may | Bosh vazir oʻrinbosari (Qoʻchqorov), Markaziy bank, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
7. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini tahlil qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari. | 1. Yangiyoʻl tumani, Fargʻona va Samarqand shaharlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining biotadqiqotlari va texnologiyalari boʻyicha zamonaviy laboratoriyalarni ishga tushirish va ushbu laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Karantin agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
2. Respublikadagi fitosanitar va sanitariya laboratoriyalarida hamda mahsulotlarni zararsizlantirishda foydalaniladigan kimyoviy reaktiv, reagent, praymerlar toʻplami va fumigantlar importida bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilish va majburiy ekologik sertifikat olish talabini bekor qilish tartibini joriy etish chorasini koʻrish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil iyun |
3. Mavjud sanitariya laboratoriyalarini qayta xatlovdan oʻtkazish hamda ularda xalqaro tan olinadigan laboratoriya ekspertizalarini oʻtkazish va meva-sabzavotlarda meʼyordan ortiq pestitsid, aflotoksin, kaliy sorbat, fungitsid va boshqa moddalarni aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil may |
4. Yaponiya, Koreya, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifatini tahlil qilishning milliy talablarini oʻrganib, Oʻzbekiston Respublikasida amaliyotga joriy qilish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyul |
5. Eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda sifatli pestitsid va mineral oʻgʻitlarni qoʻllash, kontrafakt va kontrabandaning oldini olish uchun pestitsid va mineral oʻgʻitlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil sentabr |
8. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportida mahsulotni daladan chet eldagi import qiluvchilarga yetib borishigacha boʻlgan jarayonlarda ishtirok etadigan mutaxassislarni tayyorlash. | 1. Eksportbop ekinlar ekish, ularni yetishtirish, qadoqlash va eksportni tashkil etish tamoyillarini oʻrgatadigan mutaxassislar tayyorlash boʻyicha Karantin agentligining takliflariga asosan magistraturaning kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida oʻqishga qabul qilish choralarini koʻrish. Eksportbop ekinlar ekish, ularni parvarishlash, qadoqlashni oʻrgatadigan mutaxassislar tayyorlash maktabiga respublikadagi agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalaridan malakali professor-oʻqituvchilarni biriktirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Bir oy muddatda | Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Karantin agentligi, Savdo-sanoat palatasi |
2. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda mahsulotni yetishtirish, saralash, qadoqlash, yuklash, sifati va eksportbopligini saqlagan holda yetkazib berish jarayonlari boʻyicha har bir mahsulot kesimida uslubiy qoʻllanma (metodologiya) ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. | Qoʻllanmalar ishlab chiqish | 2024-yil iyul |
9. | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda tannarxni arzonlashtirish. | 2026-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha chetdan olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan xomashyo hamda qadoqlash uskuna va buyumlarini bojxona bojidan ozod qilish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | Bir oy muddatda | Bosh vazir oʻrinbosari (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Karantin agentligi |
10. | Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalaridan maqsadli foydalanish va yuqori hosil olish. | Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalariga eksportbop ekinlar ekishga koʻmaklashish maqsadida qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining agronomiya yoʻnalishi tadqiqotchilari va yuqori kurs talabalarini biriktirish. Ular tomonidan oʻz tajriba-sinov va tadqiqot ishlarini bevosita tomorqalarda amalga oshirish amaliyotini joriy etish. Ilmiy xodimlar tomonidan tomorqa egalariga urugʻ va koʻchat ekish, parvarishlash, oʻgʻit berish, yuqori hosildorlikka erishishni oʻrgatish. | Amaliy chora-tadbirlar | Bir oy muddatda | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Karantin agentligi |
11. | Eksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | Bojxona qoʻmitasining axborot tizimlaridagi eksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining bojxona yuk deklaratsiyasida mavjud barcha maʼlumotlarini Karantin agentligining axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali almashinuvini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | Bojxona qoʻmitasi, Karantin agentligi |
12. | Xususiy laboratoriyalar ishini xalqaro standartlarga mosligini tekshirish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha referens laboratoriya tashkil etish va xususiy laboratoriyalar ishini xalqaro standartlarga mosligini tekshirish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Karantin agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent viloyati hokimligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
13. | Eksport qiluvchi korxonalarni zaruriy maʼlumotlar bilan tezkor xabardor qilib borish. | “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasi hamda “Asiaexport.se” platformasini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bepul muntazam yoritib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil davomida haftasiga uch marotaba | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
14. | Respublikaning har bir hududida maxsus qadoqlash idishlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar tashkil etish. | Tabiiy yoʻqotish va sifat buzilishini kamaytirish maqsadida Respublikaning har bir hududida meva-sabzavot mahsulotlari, ulardan tayyorlangan djem (murabbo), salqin ichimliklar hamda tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga moʻljallangan maxsus qadoqlash idishlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-2025-yillar | Bojxona qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
15. | Transport xarajati kompensatsiyasini takomillashtirish. | Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini mahalliy eksport qiluvchi korxonalar, shu jumladan qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilar (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temir yoʻl, dengiz va havo transportida tashish xarajatlarini quyidagi miqdorda kompensatsiya qilish: Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Afgʻoniston Islom Respublikasiga 30 foizigacha; qolgan davlatlarga (chegaradosh davlatlardan tashqari) 50 foizigacha. Bunda, kalibrovka qilinmagan hamda maxsus idishlarda qadoqlanmagan mahsulotlar kompensatsiya miqdoriga 0,5 koeffitsiyentni qoʻllagan holda hisoblash. | Hukumat komissiyasi bayoni | 2024-yil aprel | Bosh vazir oʻrinbosari (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
16. | Fitosanitar ruxsatlar olingan xorijiy davlatlar har birining kamida ikkitadan yirik ulgurji markazlarida savdo nuqtalarini tashkil etish. | 1. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar orqali fitosanitar ruxsatlar olingan mahalliy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga xorijiy davlatlar har birining kamida ikkitadan yirik ulgurji markazlarida savdo nuqtalarini tashkil etish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishib, Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasiga yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | Bir oy muddatda | Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar |
2. Fitosanitar ruxsatlar olingan mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining dastlabki partiyalarini xorijiy davlatlardagi yirik ulgurji savdo markazlariga yetkazib berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3. Xorijdagi vakolatxonalar tomonidan xorijiy ulgurji savdo markazlarida sotilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha foto va video materiallarni (mahsulot turi, qadogʻi, kalibri, narxi va boshqa talablar) “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasida joylashtirish uchun Karantin agentligiga muntazam taqdim etib borish. | Har haftada | Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar |
17. | “Ilgʻor eksportchi” koʻkrak nishonini joriy qilish. | Zamonaviy texnologiyalar, samarali boshqaruv va marketing tizimini qoʻllash orqali eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, oʻzbek brendining xalqaro maydondagi mavqeyi hamda eksport hajmlarini oshirishga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan mahalliy tadbirkorlarga “Ilgʻor eksportchi” koʻkrak nishonini berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil 15-iyun | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Karantin agentligi, Eksportchilar uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi |
18. | Eksport prognoz hajmlari koʻrsatkichlarining bajarilishiga erishish. | 1. 2024-yil uchun belgilangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport prognoz hajmlari asosida mahsulotni eksportga yuklash grafigini oʻn kunlik, oylar va choraklar kesimida tasdiqlash va Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasiga taqdim etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Bir hafta muddatda | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari |
2. Tasdiqlangan grafikka muvofiq belgilangan eksport prognoz hajmlari koʻrsatkichlarini taʼminlash maqsadida eksportbop ekinlarni joylashtirish va mahsulotlar yetishtirilishini tashkil qilish. | Grafikka muvofiq |
19. | Meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalarida “texnologiya — samarali menejment — brend — eksport” tamoyili asosida ishlash tizimini joriy qilish. | 1. Hududlardagi meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalarini xatlovdan oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
2. Ushbu korxonalarda “texnologiya — samarali menejment — brend — eksport” tamoyili asosida rivojlanish dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish. Bunda, xorijiy texnologlarni jalb qilish, menejment va marketing tizimini samarali tashkil etish, mahsulot tannarxiga taʼsir koʻrsatuvchi xarajatlarni kamaytirish, Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar talabiga mos saralash, brend ostida qadoqlash va eksportga chiqarishni joriy qilish. | 2024-yil iyun |
20. | Mahalliy meva-sabzavotlardan tayyorlangan turli mahsulotlar namunalarini yaratish. | Mahalliy meva-sabzavotlardan tayyorlangan pyure, jem, ziravorlar, sous, ketchup va tuzlama kabi turli mahsulotlar namunalarini yaratish. Ishlab chiqaruvchi korxonalarga tavsiyalar berish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari |
21. | Xorijiy davlatlarning top brend kompaniyalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Har bir xorijiy davlat kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kamida 10 ta top brend kompaniyalarning roʻyxatini shakllantirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil may | Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, Savdo-sanoat palatasi |
2. Oʻzbekistonda mazkur kompaniyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. | Doimiy |
3. Har bir xorijiy davlat kesimida kamida 5 ta top brend kompaniyalar bilan Oʻzbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim qilish. | 2024-yil may |
22. | Viloyatlarda top brend kompaniyalar bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash-qadoqlash orqali qayta ishlash va ularni eksport qilishni qamrab oluvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirish. | 1. Har bir viloyatda kamida 2 ta top brend kompaniyalar bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash-qadoqlash orqali qayta ishlash va ularni eksport qilishni qamrab oluvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
2. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan maʼlumotlarni tahlil qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil dekabr | Hisob palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
23. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportbopligini taʼminlash yuzasidan ilmiy loyihalar ishlab chiqish. | Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish boʻyicha ilmiy loyihalar dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyun | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
24. | Yuqori malakali xorijiy texnologlarni jalb qilish. | Yuqori malakali xorijiy texnologlar roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklariga yetkazish, texnologlarni jalb qilish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar |
25. | Mahsulot yetishtiruvchi va eksport qiluvchi korxonalarni ichki va tashqi bozorlardagi maʼlumotlar bilan taʼminlash. | 1. Karantin agentligiga quyidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda taqdim etib borish: | Amaliy chora-tadbirlar | | |
eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga doir rasmiy statistik maʼlumotlar; | Doimiy | Milliy statistika qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Eksportchilar uyushmasi |
xorijiy import qiluvchi korxonalar va xorijiy ulgurji savdo markazlari roʻyxati; | Doimiy | Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
xorijdan kirib kelgan yuksiz transport vositalariga doir (chet el logistika kompaniyalarining kontaktlari) maʼlumotlar; | Doimiy | Transport vazirligi |
eksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari haqidagi rasmiy statistik maʼlumotlar. | Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar | Bojxona qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Taqdim etilgan maʼlumotlarni “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasiga kiritish hamda doimiy yangilab borish. | Doimiy | Karantin agentligi |
3. “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasiga kiritilgan maʼlumotlarni eksportchi korxonalarga yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida haftada uch marotaba “praym taym” davrlarda doimiy yoritib borish. | Doimiy | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
26. | Hududlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ixtisoslashtirilgan zamonaviy logistika markazlarini tashkil etish. | Jizzax viloyatidagi “BMB NRC Agrologistics” logistika markazi namunasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ixtisoslashtirilgan zamonaviy logistika markazlarini tashkil etish va samarali ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xarita”larni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil avgust | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
27. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini yuqori narxlarda salohiyatli xorijiy bozorlarda sotilishini taʼminlash. | 1. Xorijiy davlatlardan olingan fitosanitar ruxsatlarga asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinmagan hamda yuqori narxlarda sotiladigan kamida 25 ta salohiyatli xorijiy bozorlarni aniqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Ikki hafta muddatda | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Karantin agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Eksportchilar uyushmasi |
2. Xorijiy davlatlarning tashqi savdoni rivojlantirishga masʼul organlari, savdo-sanoat palatalari, tashqi savdoga koʻmaklashuvchi tashkilotlari bilan eksport hajmini oshirish boʻyicha muntazam ravishda muzokaralar oʻtkazish. | Doimiy |
3. Xorijiy davlatlarning import qiluvchi korxonalar roʻyxatini shakllantirish. | Ikki hafta muddatda |
4. Xorijiy davlatlar kesimida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari uchun import bojlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi va boshqa importda yuzaga keladigan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish. | 2024-yil aprel |
5. Importchi korxonalar bilan 500 million dollarlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport qilinishi boʻyicha kelishuvlarga erishish. | 2024-yil aprel |
6. Hoʻl mahsulotlar uchun alohida va quritilgan mahsulotlar uchun alohida respublika hududida va xorijda oʻtkaziladigan “B2B” uchrashuvlari grafigini tasdiqlash. | 2024-yil aprel |
7. Tasdiqlangan grafikka muvofiq uchrashuvlarni tashkil etish. | Grafikka muvofiq |
28. | Xorijiy davlatlarda respublikadan eksport qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish va tarqatish markazlarini ochish. | Xorijiy davlatlardagi yirik ulgurji markazlar hamda katta bozorlarga yaqin va qulay hududlarda Oʻzbekistondan kirib keladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish va tarqatish boʻyicha markazlarni ochish choralarini koʻrish. Bunda, mazkur markazlar orqali mahsulotlarni kichik hajmdagi taralarda qadoqlab, savdo tarmoqlariga yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-2025-yillar | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar |
29. | Xalqaro aeroportlar hududlarida mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti uchun ixtisoslashtirilgan yangi zamonaviy infratuzilmalarni tashkil etish. | 1. Fargʻona, Samarqand va Toshkent xalqaro aeroportlari hududlarida mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish, saqlash (sovitkichli ombor) va yuklashga ixtisoslashtirilgan infratuzilmalarni tahlil qilish va Hukumatga asosli takliflar kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil iyun | Transport vazirligi, “Uzairports” AJ, Bojxona qoʻmitasi, Fargʻona va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari, Karantin agentligi |
2. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Fargʻona, Samarqand va Toshkent xalqaro aeroportlari hududlarida mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish, saqlash (sovitkichli ombor) va yuklashga ixtisoslashtirilgan yangi zamonaviy infratuzilmalar tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil dekabr |
30. | Mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari jozibadorligini va eksport salohiyatini oshirishga koʻmaklashish. | Xalqaro aviaqatnovlarda hamda “Afrosiyob” tezyurar poyezdlarida mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan videoroliklarni muntazam ravishda namoyish qilib borilishini hamda “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasini havo kemalarining oʻrindiq tablosiga joylashtirilishini taʼminlash. Mahalliy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini istiqbolli bozorlarga yoʻnaltirishda tezkorlik va qulaylikni oshirish maqsadida xalqaro aeroportlarda imtiyozli narxlarda navbatchi yuk va fuqaro tashuvchi samolyotlar xizmatini yoʻlga qoʻyish. Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun mahsulotlar kesimida tariflarni belgilash va rasmiy veb-saytda eʼlon qilib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Transport vazirligi, Karantin agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
31. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xalqaro fitosanitar va GSR+ tizimi talablari asosida yetishtirishni tashkil etish. | Respublikada qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xalqaro fitosanitar va GSR+ tizimi talablari asosida yetishtirishni jadallashtirish maqsadida ularni yetishtirish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash qoidalariga rioya qilish hamda oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishi ustidan nazorat tadbirlari, karantin inspektorlari tomonidan tekshiruvlarini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil may | Biznes ombudsman, Adliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Karantin agentligi |
32. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish. | 8 ta davlatga 25 turdagi mahsulot eksportiga fitosanitar ruxsatlarni olish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil dekabr | Karantin agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar |
33. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun tarif-notarif baryerlarni maqbullashtirish. | Hindiston, Koreya, Yaponiya, Vyetnam, Singapur, Tailand, Indoneziya, Malayziya davlatlariga gilos, uzum, oʻrik, olxoʻri, qovun, xurmo, mosh, loviya va quritilgan meva-sabzavotlar kabi mahsulotlar eksporti uchun tarif-notarif baryerlarni kamaytirish, shu jumladan, import boji va boshqa kirish xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha xorijiy davlatlarning mutasaddi idoralari bilan muzokaralar oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil davomida | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Karantin agentligi |
34. | Xitoy Xalq Respublikasiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish. | Xitoy Xalq Respublikasiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralarni ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi, Karantin agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Eksportchilar uyushmasi |
35. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga istiqbolli bozorlar uchun zarur boʻlgan laboratoriya xulosalarini beruvchi laboratoriyalarni tashkil qilish. | 1. Sanitariya laboratoriyalarini xatlovdan oʻtkazib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga istiqbolli bozorlar uchun zarur boʻlgan laboratoriya xulosalarini beruvchi laboratoriyalarni belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil may | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
2. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda laboratoriyalarni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Bunda, laboratoriyalarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportiga mos ravishda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash (zarur asbob-uskuna, reagentlar, mutaxassislar malakasini oshirish, metodologiyalarni takomillashtirish) va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish nazarda tutiladi. | 2024-yil iyun |
36. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish. | Turkiya tajribasi (“BILGE” elektron tizimi — “OneClickStop”) asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini (bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish) soddalashtirishga qaratilgan elektron tizimni joriy qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyun | Bojxona qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
37. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini anʼanaviy bozorlardan istiqbolli bozorlarga yoʻnaltirish. | Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda istiqbolli bozorlarning talablariga javob beradigan zamonaviy qadoqlarni ishlab chiqaruvchilarni tahlil qilgan holda anʼanaviy yogʻoch yashik qadoqlaridan bosqichma-bosqich voz kechishni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-2025-yillar | Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Eksportchilar uyushmasi, mahalliy hokimliklar |
38. | Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishda zararli organizmlarga qarshi uygʻunlashgan kurash (IPM) tizimini joriy qilish. | Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishda zararli organizmlarga qarshi uygʻunlashgan kurash (IPM) tizimini ishlab chiqish va joriy etish. Xavfli zararkunanda va kasallik oʻchoqlarini oʻz vaqtida aniqlash va ularga qarshi samarali kurashish choralarini belgilash va monitoring yuritish uchun kerakli miqdorda feromon tutqichlarni xarid qilish va hududlarda oʻrnatish. Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar tomonidan “Dala daftari”ni yuritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil may | Karantin agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
39. | Eksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | Bojxona qoʻmitasining axborot tizimlaridagi eksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining bojxona yuk deklaratsiyasida mavjud barcha maʼlumotlarni Karantin agentligining axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali elektron almashinuvini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | Bojxona qoʻmitasi, Karantin agentligi |
40. | Oliy va yuqori darajadagi davlat tashriflari doirasida mahalliy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqishda qulayliklar yaratish. | Oliy va yuqori darajadagi davlat tashriflari doirasida karantin ostidagi mahsulotlarga fitosanitar sertifikatlarni toʻlovlarsiz rasmiylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Karantin agentligi |
41. | “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasini keng targʻib qilish. | Agentlikning “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasi afzalliklari haqidagi maʼlumotlarni, videoroliklarni barcha Oʻzbekiston telekanallari orqali bepul yoritib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Karantin agentligi |
42. | Idoralararo elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | Davlatlar va mahsulotlar kesimida eksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari haqidagi maʼlumotlarning Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Statistika agentligi, Bojxona qoʻmitasi va Karantin agentligi oʻrtasida elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Statistika agentligi, Karantin agentligi |
43. | Eksport qiluvchi korxonalarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish. | Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchilar uchun namunaviy tijorat takliflarini ishlab chiqish va ularga yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil may | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Eksportchilar uyushmasi |
44. | Eksport strategiyasini ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasining 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan eksport strategiyasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil oktabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
45. | “Eksportchilar koʻrgazma markazi”ni tashkil etish. | Toshkent shahrida “Eksportchilar koʻrgazma markazi”ni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari boʻyicha taklif va ushbu markazning konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda ushbu markaz uchun Toshkent shahri Yangihayot tumanida joylashgan “Food City” majmuasi atrofidan 5 gektar yer maydoni ajratishni nazarda tutish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Toshkent shahar hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
46. | Istiqbolli tashqi bozorlarda meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda mahsulotlarning tarkibiga qoʻyiladigan talablarni oʻrganish. | Yevropa va boshqa istiqbolli tashqi bozorlarda meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda mahsulotlarning tarkibiga (kimyoviy moddalar miqdori) qoʻyiladigan talablarni oʻrganish hamda talab qilinadigan barcha tekshiruvlarni oʻtkazish imkoniyatiga ega laboratoriyalar tashkil etish, jumladan talab etiladigan mablagʻlar va moliyalashtirish manbalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Karantin agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
47. | Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha dastur ishlab chiqish. | Hududlarning tuproq va iqlim sharoitlari hamda tashqi bozorlardagi talablardan kelib chiqqan holda Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan dastur loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda eksportbop, jumladan organik meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini plantatsiya usulida yetishtirishni keng yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil iyul | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
48. | Mahsulot yetishtiruvchilar va ilmiy muassasalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | Urugʻchilikni rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish va hosildorlikni oshirish boʻyicha meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va ilmiy muassasalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil davomida | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi , Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
49. | Yagona elektron platformani yaratish. | Mavjud axborot tizimlari, elektron platforma va dasturlarning imkoniyatlarini oʻrganib chiqib, ularning biri negizida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, eksportga tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar, eksport qiluvchilar, xorijiy xaridorlar va xalqaro yuk tashuvchilarni oʻzaro bogʻlovchi barcha zarur axborot tizimlariga integratsiyalashgan yagona elektron platformani yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil 1-may | Karantin agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi |
50. | Eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha garov taʼminoti imkoniyatlarini kengaytirish. | Eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha garov taʼminoti sifatida davlat sugʻurta kompaniyalari tomonidan beriladigan sugʻurta polisini hamda eksport shartnomalarini garov sifatida qabul qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil 1-may | Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
51. | Kuz-qish mavsumida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritish korxonalarida gaz va elektr energiya taʼminoti uzluksizligini taʼminlash. | Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritish korxonalarini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan grafik asosida uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrish. Bunda korxonalarning roʻyxati Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksport qiluvchilar uyushmasi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan shakllantirib berish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy (kelishilgan grafik asosida) | Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ |
52. | Dehqon, fermer xoʻjaliklari, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi korxonalar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | Mahsulot yetishtiruvchilar, yigʻuvchilar, tayyorlovchilar, eksportchilar va qayta ishlovchilar oʻrtasida oʻzaro kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-2025-yillarda | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
53. | Organik mahsulotlar yetishtiriladigan hududlarni belgilash. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport koʻrsatkichlarini 30 — 50 foizga koʻpaytirish maqsadida respublikada mavjud biologik toza hududlar roʻyxatini shakllantirish, eksportchi tadbirkorlarga yetkazish va mazkur hududlarda xalqaro standartlar asosida mahsulot yetishtirilishini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyun | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
54. | Tadbirkorlarning eksport faoliyati boʻyicha murojaatlarini tezkor koʻrib chiqilishini taʼminlash. | Korxonalarning eksport hajmini oshirishga oid murojaatlarni (xorijiy davlatlarga viza olish, tashqi bozorlarning statistik maʼlumotlarini olish, mahsulotlarni shourumlarga joʻnatish, “B2B” uchrashuvlar tashkil etish va boshqalar) qisqa muddatlarda koʻrib chiqish va amaliy koʻmaklashish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |