30.03.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3509
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori, 30.03.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3509
Дата вступления в силу
30.03.2024
Hujjat 30.03.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional taʼlim muassasalari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining namunaviy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 30-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3509]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Professional taʼlim muassasalari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining namunaviy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Mehnat vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 59/QQ va 27-Q/Q-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari ishlab chiqarish taʼlimi ustalari uchun namunaviy yillik ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2830, 2016-yil 5-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 472-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. ShARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 29-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-k/q-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 29-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-2024/qq-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 29-fevraldagi 3-q/q va 3-2024/qq-son qaroriga

ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional taʼlim muassasalari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining namunaviy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQT MEʼYORLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ish turlari

Vaqt meʼyori, soat

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

1-bob. Oʻquv yuklamasining nazariy va amaliy komponentlari — 600 soat (oʻquv rejasi asosida)*

1.

Oʻquv amaliyotini (modul amaliy mashgʻulotini) oʻtkazish va ishlab chiqarish amaliyotiga (kvalifikatsion amaliyotga) rahbarlik qilish

Oʻtkazilgan oʻquv amaliyotining (modul amaliy mashgʻulotining) 1 akademik soat mashgʻuloti uchun 1 soat;

Oʻtkazilgan ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarining (kvalifikatsion amaliyotning) 1 akademik soat mashgʻulotiga rahbarlik uchun 1 soat.

Oʻquv mashgʻuloti jurnali asosida.

2-bob. Ishlab chiqarish taʼlimini amalga oshirish — 960 soat*

2.

Oʻquv amaliyotini (modul amaliy mashgʻulotini) va ishlab chiqarish amaliyotlarini (kvalifikatsion amaliyotni) oʻtkazishga tayyorlanish

Har bir kunlik oʻquv amaliyotiga (modul amaliy mashgʻulotiga) tayyorgarlik koʻrish uchun — 2 soat.

Ishchi oʻquv rejada ishlab chiqarish taʼlim ustasiga ajratilgan oʻquv amaliyotlari boʻyicha belgilangan soat boʻyicha hisoblanadi.

Har bir kunlik oʻquv amaliyoti (modul amaliy mashgʻuloti) uchun zarur xomashyo va materiallarni qabul qilib olish, ularni tayyorlash va hisobini yuritish uchun — 1 soat.

Bosh usta va ishlab chiqarish taʼlimi ustasining talabnoma, qaydnoma, dalolatnoma va bildirgisi asosida.

Har bir fan (modul) oʻqitish materiallari toʻplamlari yoki raqamli taʼlim resurs mate�iallarini ishlab chiqish uchun oʻquv rejada oʻquv yili uchun belgilangan soatning — 100 foizi, Respublika miqyosida ommalashtirish uchun — 120 foizi ajratiladi.

Professional taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan oʻqitish materiallari toʻplamlari asosida. Hammualliflikda tayyorlangan oʻqitish materiallari toʻplamlari mualliflar oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Raqamli taʼlim resurs materiallari ishlab chiqilgan va Respublika miqyosida ommalashtirilgan oʻqitish materiallari toʻplamlari Professional taʼlimni rivojlantirish institutining tegishli mualliflik guvohnomasi asosida.

Oʻqitish materiallari toʻplamlari yoki raqamli taʼlim resurs materiallarini takomillashtirish uchun oʻquv rejada oʻquv yili uchun belgilangan soatning 50 foizi ajratiladi.

3.

Ochiq darslar yoki master-klasslarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish

Bir ochiq dars uchun — 10 soat;

Direktor oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan grafik asosida. Bir oʻquv yilida ochiq dars uchun — 40 soat va master-klasslar oʻtkazish uchun — 80 soatdan oshmasligi kerak.

Bir master-klass uchun — 20 soat;

Master-klasslarni ommaviy axborot vositalariga yoritish — 40 soat.

4.

Qoldirgan (oʻzlashtirmagan) amaliy mashgʻulotlarni (qayta topshirishni) qabul qilish

Qoldirilgan (oʻzlashtirilmagan) amaliy mashgʻulotlarni (qayta topshirishni) qabul qilishda har bir oʻquvchi uchun — 0,3 soat. Bir oʻquv yilida koʻpi bilan 30 soat;

Oʻquv mashgʻuloti jurnali asosida.

Bir oʻquvchidan ishlab chiqarish amaliyoti (kvalifikatsion amaliyot) yakuni boʻyicha oʻquvchilardan hisobotni qabul qilish uchun — 1 soat.

5.

Oʻquv amaliyotini (modul amaliy mashgʻulotni) tahlil qilish

Bir oʻquv amaliyoti (modul amaliy mashgʻuloti) uchun — 6 soat;

Bir oʻquv yili davomida koʻpi bilan 60 soat.

Direktor oʻrinbosari tomonidan dars tahlili boʻyicha oʻqituvchilardan toʻplangan xulosalar yakuniga koʻra oʻtkazilgan yigʻilishi bayoni.

6.

Kasbiy-amaliy imtihonlarni oʻtkazish

Kasbiy fan (modul)lar majmuasi boʻyicha davlat imtihoni uchun savollar toʻplamini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun — 10 soat;

Taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

Bir guruh oʻquvchilariga kasbiy-amaliy imtihonlarni topshiriqlarini ishlab chiqish uchun — 15 soat;

Bir guruh oʻquvchilarining ish oʻrinlarini tayyorlash uchun — 20 soat;

Bir guruh oʻquvchilariga maslahat berish uchun — 12 soat;

Kasbiy-amaliy imtihonlarni oʻtkazishda ishtirok etgan har bir kun uchun — 6 soat.

Kasbiy-amaliy imtihonlarni bayonnomasi asosida.

7.

Oʻquvchilarni kasb boʻyicha tashkil etilgan tanlovlarga tayyorlash

Tuman miqyosida ishtiroki uchun — 40 soat;

Professional taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi va tanlovda egallagan oʻrinni tasdiqlovchi hujjatlar asosida.

Bunda, soatlarni hisobga olishda ishlab chiqarish taʼlimi ustasi tomonidan erishilgan natija (natijalar) uchun nazarda tutilgan soatlarning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi.

Viloyat miqyosida ishtiroki uchun — 80 soat;

Respublika miqyosida ishtiroki uchun — 120 soat.

8.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari, shuningdek katta yoshdagilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish

Bir targʻibot-tashviqot ishlari uchun — 4 soat;

Professional taʼlim muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlangan grafik asosida va amalda bajarilgan ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining bildirgisi asosida.

Bir oʻquv yili davomida koʻpi bilan — 40 soat.

9.

Oʻquvchilarni mustaqil taʼlim ishlari boʻyicha baholash

Bir oʻquv yilida koʻpi bilan 80 soat ajratiladi

(har bir oʻquvchi uchun — 0.4 soat)

Taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

10.

Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish ishlarida ishtirok etish

Bir kasb yoki mutaxassislik uchun taʼlim dasturini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun — 150 soat, takomillashtirishda ishtirok etish uchun — 50 soat.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrugʻi yoki topshirigʻi hamda ishtirok etganligi toʻgʻrisidagi xat asosida.

Bir fan (modul) yoki amaliyotning namunaviy oʻquv dasturini ishlab chiqish uchun — bir fan (modul) yoki amaliyot yuklamasi jami soatlar miqdorining 25 foizi, takomillashtirish uchun — 15 foizi.

Bir fan (modul) yoki amaliyotning ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish uchun — bir fan (modul) yoki amaliyot yuklamasi jami soatlar miqdorining 20 foizi, takomillashtirish uchun — 10 foizi.

11.

Kasblar boʻyicha toʻgaraklar tashkil etish va ularning faoliyatiga rahbarlik qilish

Bir toʻgarak uchun — 60 soat.

Professional taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan. Bir oʻquv yilida 120 soatgacha ajratiladi.

12.

Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish

Tuman miqyosida ishtiroki uchun — 40 soat;

Professional taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi va tanlovda egallagan oʻrinni tasdiqlovchi hujjatlar asosida.

Bunda, soatlarni hisobga olishda ishlab chiqarish taʼlimi ustasi tomonidan erishilgan natija (natijalar) uchun nazarda tutilgan soatlarning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi.

Viloyat miqyosida ishtiroki uchun — 80 soat;

Respublika miqyosida ishtiroki uchun — 120 soat.

13.

Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish, maslahat va taqriz berish. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etish

Har bir bitiruvchiga — 8 soat, jami 120 soatgacha ajratiladi.

Professional taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi asosida.

Har bir bitiruvchining bitiruv malakaviy ishiga taqriz berish — 1 soat.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi bir kunlik ishtiroki uchun — 6 soat.

3-bob. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish — 80 soat*

14.

Sport, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrik tanlovlar, seminar, trening va konferensiyalar oʻtkazish va ularda ishtirok etish

Sport, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrik tanlovlar, seminar, trening va konferensiyalarni quyidagicha tashkil qilish:

respublika miqyos�da — 60 soat;

viloyat (shahar) miqyosida — 40 soat;

professional taʼlim muassasasida — 20 soat.

Bir koʻrik tanlov, seminar, koʻrgazmalarda, trening va konferensiyalarda ishtirok etish uchun — 6 soat.

Professional taʼlim muassasasi rahbarining tegishli buyrugʻi va oʻtkazilgan tadbirlar bayonnomasi asosida.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining shaxsiy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlariga va boʻlimlar uchun belgilangan soatlar hajmiga professional taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin. Bunda, umumiy soatlar miqdori (1640 soat) doirasida, boʻlimlar uchun ajratilgan soatlar miqdoriga 30 foizgacha oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining shaxsiy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlari oʻquv yildagi 1640 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchilarni kasb boʻyicha tashkil etilgan xalqaro miqyosdagi tanlovlarga ishtiroki uchun — 1000 soat ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻrtasida oʻtkaziladigan xalqaro miqyosdagi tanlovda ishtiroki uchun — 500 soat ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyatiga doir mahsulotlar va xizmatlarini xalqaro miqyosda koʻrgazmalarda namoyish etganligi uchun — 500 soat ajratiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2024-y., 10/24/3509/0253-son)