29.02.2024 yildagi PQ-95-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.12.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Namangan viloyatining Uychi tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “China Gezhouba Group Overseas Investment Co. LTD” (Xitoy Xalq Respublikasi) kompaniyasi oʻrtasida (keyingi oʻrinlarda — Investor) “Namangan viloyatining Uychi tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) doirasida 2023-yil 27-dekabrda investitsiya shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya shartnomasi) imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Namangan viloyatining Uychi tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda foydalanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash boʻyicha jami 110 mln AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida 2023-yil 27-dekabrda Elektr energiyasini saqlash xizmati boʻyicha bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “ENERGY CHINA NAMANGAN KIZIL-RAVOT BATTERY ENERGY STORAGE SYSTEM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha kompaniyasi elektr energiyasini saqlash tizimi foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini taʼminlash majburiyatini olishi;
(1-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 5,4 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali bank kafolatini taqdim etishi;
(1-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya loyihasi doirasida elektr energiyasini saqlash tizimini yagona elektr energetika tarmogʻiga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ishga tushirilgandan soʻng ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshirish majburiyatini olishi;
(1-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha kompaniyasi tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun sarflangan xarajatlar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 5 yil davomida oylik toʻlovlar asosida qoplanishi;
(1-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 13 yil davomida elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganligi uchun kafolatlangan tarzda toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini olishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PQ-275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 07/24/275/0554-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Investor oʻrtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida tuzilgan Bitim maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Investor tomonidan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Investor huquqini Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazish haqida bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investor bilan birgalikda Bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganlik uchun uch oy mobaynida toʻlov majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Investor foydasiga xorijiy bankning chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki yoki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, mazkur bank bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi ushbu bank xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda, Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish doirasida quyidagi huquqlar berilsin:
(6-band birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit olish; chet el valyutasida pul mablagʻlari olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Namangan viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Investor bilan birgalikda bir oy muddatda Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Namangan viloyatining Uychi tumani hududida elektr energiyasini saqlash tizimini, elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olsin va ularning chegaralariga aniqlik kiritib, Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investor tomonidan taqdim etiladigan loyiha hujjatlari asosida tanlangan yer uchastkasini Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika vazirligi mazkur yer uchastkasi Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Investorga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Investor tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, Investitsiya loyihasini amalga oshirishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika vazirligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik (toifasi oʻzgartirilganligi) uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini saqlash tizimi bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Bitimga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanilganlik uchun toʻlovlar chet el valyutasida denominatsiyalangan qatʼiy tarif boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Investorning buyurtmanomasiga binoan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan pudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislari hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya loyihasi amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya shartnomasi va Bitim doirasidagi majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida investitsiya shartnomasi hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin va Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 29-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-95-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 07/24/95/0175-son; 26.07.2024-y., 07/24/275/0554-son; 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)