Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-son qaroriga
ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirish |
|||||
|
1. |
Targʻibot materiallari toʻplamini yaratish, tizimdagi va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yetkazib berish. |
1. Axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda hujjatlar toʻplamini (maʼruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema) tayyorlash. 2. Targʻibot materiallari toʻplamini Savdo-sanoat palatasi va Soliq qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va manfaatdor tashkilotlarga yetkazib berish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 25-yanvar |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov) |
|
3. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan materiallar matnini, zaruratga koʻra rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilish, keng foydalanuvchilar eʼtiboriga havola qilish maqsadida “Dunyo” axborot agentligiga yetkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 15-fevral |
|||
|
2. |
Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumanini oʻtkazish. |
1. Matbuot anjumani haqida rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon berish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 28-yanvar |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov) |
|
2. Matbuot anjumanini oʻtkazish va ommaviy axborot vositalariga tayyorlangan targʻibot materiallari toʻplamini taqdim etish. 3. Matbuot anjumanini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 1-fevral |
|||
|
3. |
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha manfaatdor tashkilotlar xodimlarini oʻqitish. |
1. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishning choraklik grafiklarini tasdiqlash. |
Reja-grafik |
2024-yil 1-fevral |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Malakali mutaxassislar, olimlar, ekspertlarni jalb etgan holda Savdo-sanoat palatasi, Soliq qoʻmitasi, Biznes-ombudsman va boshqa manfaatdor idoralar xodimlari uchun grafikka asosan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Grafikka asosan |
|||
|
4. |
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tushuntirishni tashkil etish. |
1. Hududiy va respublika targʻibot guruhlarini shakllantirish va ularning tarkibini tasdiqlash. 2. Targʻibot guruhlarini targʻibot materiallari toʻplami bilan taʼminlash. 3. Targʻibot tadbirlarining konsepsiyasi, dasturi va ularni oʻtkazish grafigini tasdiqlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 1-fevral |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. Manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Grafikka asosan |
|||
|
5. |
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish. |
1. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan maqola, materiallarni veb-saytlarda joylashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 1-fevral |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov) |
|
3. Media-rejaga asosan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Rejaga asosan |
|||
|
6. |
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka yetkazish. |
1. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha savol-javoblar, animatsion roliklar va boshqa usullardan foydalangan holda huquqiy axborot kontentini yaratish. 2. Ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy targʻibot materiallarini tarqatish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 28-yanvar |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov) |
|
7. |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy savodxonligini aniqlash maqsadida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish. |
1. Soʻrovnoma savolnomasini tuzish. 2. Soʻrovnoma oʻtkaziladigan tadbirkorlar toifalari va hududlarni belgilab olish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 1-mart |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov) |
|
3. Soʻrovnomani oʻtkazish. 4. Soʻrovnoma natijalarini umumlashtirish, takliflar ishlab chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
|||
|
8. |
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi natijalari boʻyicha aniqlangan tizimli masalalarni hal qilish. |
2. Muhokama natijalari asosida aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Har chorak |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov), manfaatdor idoralar |
|
II. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etishning tashkiliy masalalarini hal etish |
|||||
|
9. |
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini yuritish tartibini belgilash. |
1. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini yuritish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlash: tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirish tartibi; tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini baholash mezonlari, davriyligi va metodikasi; tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini eʼlon qilish tartibi. 2. Tadbirkorlik subyektlarini reyting doirasida quyidagi toifalarga ajratish: “AAA”, “AA” va “A” toifalar — yuqori; “VVV”, “VV” va “V” toifalar — oʻrta; “SSS”, “SS” va “S” toifalar — qoniqarli; “D” toifa — quyi barqarorlik reytingi. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2024-yil yanvar |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
10. |
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish. |
1. “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlarini oʻtkazmaslik (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, ushbu tadbirkorlik subyektlariga qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashni (qaytarishni) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshirish. |
Qonun loyihasi |
2024-yil mart |
Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
2. 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlov bir yoʻla amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlarni hisoblamaslik hamda boʻlib-boʻlib toʻlash muddatini 5 yilgacha uzaytirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2024-yil mart |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
||
|
3. “A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga: soliqlar boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno) mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarishni uch kun muddatda amalga oshirish; |
Qonun loyihasi |
2024-yil mart |
Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
||
|
tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibini tatbiq etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
||
|
11. |
“Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasini joriy etish. |
1. Idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladigan “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil yanvar |
Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
2. Oliy sud axborot tizimlarini platformaga integratsiya qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil yanvar |
Oliy sud (Islamov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
||
|
3. Savdo-sanoat palatasiga “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasidan foydalanish huquqini berish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil yanvar |
Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
||
|
4. Reyting natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
||
|
5. Reyting maʼlumotlarini hamda kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berilishini monitoring qilib borish va maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
|||
|
12. |
Tadbirkorlik subyektlariga qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etishni takomillashtirish. |
Tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalarni ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda, joriy etish tartibini belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2024-yil mart |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
13. |
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha biznes vakillari oʻrtasida targʻibot tadbirlarini tashkil etish. |
1. Reyting koʻrsatkichlari mezonlari boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil yanvar |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov) |
|
2. Reyting tizimi boʻyicha tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkillashtirish, maxsus videorolik tayyorlash va uni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish, shuningdek, uslubiy qoʻllanmani Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari orqali biznes vakillariga tarqatish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
|||
|
3. Ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanmalarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali tadbirkorlik subyektlariga yetkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil yanvar |
Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
||
|
14. |
Tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingini yaxshilashda amaliy yordam koʻrsatib borish. |
Tarmoqlar kesimida oʻrta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilib, ularning reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha tavsiya va takliflar berib borish. Bunda, yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida mahorat darslarini oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Har hafta |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Biznes-ombudsman (Kasimov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
|
15. |
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini takomillashtirib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Har yili |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Biznes-ombudsman (Kasimov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
|