20.11.2023 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan hamda moddiy va protsessual huquq normalarini bir xilda qoʻllash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud hokimiyati toʻgʻrisida” 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli qarori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 138-moddasiga muvofiq sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiydir”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasining ikkinchi qismi mazmunidan kelib chiqqan holda huquqiy nizo xususiyatiga ega boʻlgan har qanday masalalarni, shu jumladan, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan berilgan shikoyatlarni hal qilish huquqiga egadir”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bandidagi “Konstitutsiyaning 26-moddasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-bandidagi “Konstitutsiyaning 53-moddasiga koʻra” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga koʻra” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli qarori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 138-moddasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shu bilan birga, “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 79-moddasiga koʻra, ijro hujjati ijrosini toʻxtatish uchun iqtisodiy sudning qarzdorga nisbatan arizani ish yuritishga qabul qilish va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimi ham asos hisoblanishi eʼtiborga olinishi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-bandi birinchi va ikkinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “tugatish ish yurituvini ochish” soʻzlari “tugatishga doir ish yuritishni boshlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2002-yil 4-martdagi 103-sonli qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Boshqa hollarda, masalan, shartnomalarni tuzishda, qonunchilikda belgilangan tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlaridan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 9-avgustdagi PF-1504-sonli Farmonining 4-bandida belgilangan barter shartnomalari tuzilishini taqiqlash haqidagi talablar inobatga olinmagan boʻlsa, sud nizoni mazmunan koʻrib chiqib, bunday shartnomalarni tuzishda aybdor mansabdor shaxslarning intizomiy javobgarligi masalasini hal etadi, agar shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlansa, jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal etish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2011-yil 1-dekabrdagi 234-sonli qarori 9-bandining beshinchi xatboshisidan “Bunday hollarda, bitimlarni haqiqiy emas deb topish oqibatlari qoʻllaniladi (FK 116-moddasi)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni qurishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli qarori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-bandidan “yoxud jismoniy shaxslarning” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sudlarga tushuntirilsinki, IPKning 311-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda esa, bunday ish materiallari taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga oʻtkaziladi. Agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Iqtisodiy sudlar sud ekspertizasi (bundan buyon matnda ekspertiza deb yuritiladi) tayinlash masalasini hal etish, sud eksperti xulosasini tekshirish va unga baho berishda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi namunaviy nizom (bundan buyon matnda Namunaviy nizom deb yuritiladi), shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilishlari lozim”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agar aksiyador ayni vaqtda jamiyatning xodimi boʻlib, mehnatga oid nizo yuzasidan iqtisodiy sudga murojaat qilgan boʻlsa, bunday daʼvo arizasi IPKning 311-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga oʻtkazilishi, agar daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bandidagi “jamiyatning” soʻzi “shirkatning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-bandining birinchi xatboshisidan “yoxud IPKning 45-moddasida belgilangan tartibga rioya qilgan holda javobgarni almashtirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, yigʻilishda ishtirok etib, nizoli masala yuzasidan qabul qilingan qarorni yoqlab ovoz bergan shaxs yoki kun tartibiga qoʻyilgan masala boʻyicha ovoz berishdan oʻzini tiygan yigʻilish ishtirokchisi ushbu qarorni haqiqiy emas deb topish haqida sudga murojaat qilganda, uning talabini qanoatlantirish rad etilishi lozim, ishtirokchining ovoz berishdagi xohish-irodasi buzilgan yoki xohish irodasini ifoda etish imkoniyati boʻlmagan holatlar, shuningdek, ishtirokchini aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish taʼsirida ovoz berganligi hollari bundan mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20.1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishi qarorini haqiqiy emas deb topilishi, ushbu qaror asosida tuzilgan bitimlarning haqiqiy emasligi va boshqa harakatlarning oʻz-oʻzidan noqonuniyligini keltirib chiqarmaydi. Biroq, ushbu holat manfaatdor shaxsni bitimlarning haqiqiy emasligi va boshqa harakatlarning noqonuniyligini nizolashish huquqidan mahrum qilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20.2-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jamiyatdan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab qoʻyilgan taqdirda, daʼvo talabi qanoatlantirilishi rad etilishi lozim, ishtirokchining chiqib ketishi va uning huquqiga toʻgʻridan-toʻgʻri daxldor boʻlgan umumiy yigʻilish qarori bundan mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi, uchinchi xatboshilar uchinchi, toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20.3-bandidagi “ishtirokchisiga” soʻzidan keyin “yoki jamiyatga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 20.4-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“20.4. Umumiy yigʻilish qarorining haqiqiy emaslik oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi huquqni himoya qilish usuli qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmaganligi sababli bunday daʼvo talabi har qanday holatda qanoatlantirilishi rad etilishi lozim”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonunchiligi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 28-noyabrdagi 269-sonli qarori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida” 2001-yil 12-maydagi qarori” soʻzlari ““Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 17.1-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“17.1. Sudlarga tushuntirilsinki, korporativ nizolarga oid ishlar doirasidagi bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabni koʻrib chiqishda, affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim hamda yirik bitim tuzish tartibi qoidalari buzilgan taqdirda FKning 126-moddasi qoʻllaniladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli qarori 2-bandi ikkinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “xoʻjalik” soʻzi “iqtisodiy” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli qarori 8.5-bandining birinchi xatboshisidagi “Bunday ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi, protest keltirilmaydi” soʻzlari “Bunday ajrim ustidan yakuniy sud hujjati bilan birga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi 13-sonli qarori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bandining toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tahririda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzaro bogʻliq bir nechta talab birlashtirilgan boʻlib, ularning ayrimlari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli boʻlsa, bunday daʼvo arizasi IPKning 311-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga oʻtkaziladi. Agar daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa, maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talab birlashtirilib berilgan daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan talab mazmunan koʻrib chiqiladi. Maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan talabni esa, IPKning 311-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda taalluqliligiga koʻra ish materiallarini maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va unga oid qismi boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“IPK 110-moddasining 1-bandiga muvofiq, agar ish iqtisodiy sud, fuqarolik ishlari boʻyicha sud yoki maʼmuriy sudda koʻrish uchun taalluqli boʻlmasa, sud ish yuritishni tugatadi. Yaʼni, ish sudlarning emas, balki boshqa organlarning (masalan, hokimlik, notarius va boshqalar) vakolatiga tegishli boʻlganda, shuningdek, bildirilgan talab huquqni himoya qilishga qaratilmagan taqdirda iqtisodiy sud ish yuritishni yuqoridagi asosga koʻra tugatadi. Ishning iqtisodiy sudga taalluqliligi IPKning 25 va 26-moddalari, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqliligi FPKning 26-moddasi va maʼmuriy sudga taalluqliligi MSIYUtKning 26 va 27-moddalari talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda, nizoning sudga taalluqliligi, ishni koʻrish jarayonida ham oʻzgarishi mumkinligini eʼtiborga olish kerak. Masalan, bunday holat ishga iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi boʻla olmaydigan shaxslarning jalb etilishi munosabati bilan vujudga kelishi mumkin. Bunday holatda iqtisodiy sud IPKning 311-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda taalluqliligiga koʻra ish materiallarini fuqarolik ishlari boʻyicha sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 61-moddasining uchinchi qismiga koʻra, sudgacha sanatsiya oʻtkazilishiga kreditorlarning roziligi boʻlgan taqdirda, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatiladi” soʻzlari ““Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 62-moddasining uchinchi qismiga koʻra, sudgacha sanatsiya oʻtkazilishiga kreditorlarning roziligi boʻlgan taqdirda, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatiladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sudlarga tushuntirilsinki, ayni bir kreditor va qarzdor hisoblangan shaxslar oʻrtasida, ayni shu talab boʻyicha berilgan qonuniy kuchga kirgan sud buyrugʻi mavjud boʻlganda, shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasida ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlganda ham IPK 110-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish uchun asos boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 261-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
261. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, IPK 152-moddasining uchinchi qismiga asosan sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki maʼmuriy suddan daʼvo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda, sudya daʼvo arizasi (ariza) ushbu Kodeksning 149 — 151-moddalarida koʻrsatilgan talablarga javob bermasligini aniqlasa, daʼvo arizasi (ariza) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida daʼvogarni (arizachini) xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, “kamchiliklar” deganda, IPKning 149 — 151-moddalarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmaganligi, shu jumladan, belgilangan tartib va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanmaganligi ham tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻn kunlik muddatning oʻtishi, sud ajrimi daʼvogarga (arizachiga) topshirilgan kundan boshlab hisoblanishini eʼtiborga olish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrimda koʻrsatilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar IPK 155-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrimda koʻrsatilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda daʼvo arizasi (ariza) yoki ish materiallari iqtisodiy sud tomonidan IPKning 153 va 162-moddasida belgilangan tartibda ish yuritishga qabul qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 271-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“271. IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga koʻra, agar ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa, sudya daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etadi. Yaʼni, ish sudlarning emas, balki boshqa organlarning (masalan, hokimlik, notarius va boshqalar) vakolatiga tegishli boʻlganda, shuningdek, bildirilgan talab huquqni himoya qilishga qaratilmagan taqdirda, sud daʼvo arizasini qabul qilishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sudya daʼvo arizasi (ariza)ni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etishda ish iqtisodiy sudga emas, balki fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqliligi aniqlansa, daʼvo arizasi (ariza)ni IPKning 311-moddasida belgilangan tartibda tegishli sudga oʻtkazadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 321-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“321. Sudlarga tushuntirilsinki, mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli hisoblanganligi sababli daʼvo arizasi (arizasi) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin nizo bartaraf etilganligi (xususan, daʼvogarning talabi javobgar tomonidan qanoatlantirilganligi) munosabati bilan mediativ kelishuv tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holatda ish mazmunan koʻrib chiqiladi, bu haqda sud hujjatining asoslantiruvchi qismida koʻrsatiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud muhokamasini oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlash toʻgʻrisida” 2020-yil 21-fevraldagi 4-sonli qarorining 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 136-moddasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida” 2020-yil 19-dekabrdagi 36-sonli qarori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandining 2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yuridik shaxslarni va jismoniy shaxslarni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizalardan”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandining 8-kichik bandidagi “apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan” soʻzlari “apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-band quyidagi mazmundagi 10-kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“10) Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalardan”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-sonli “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan belgilangan”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-bandining birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi “Bunday shikoyatlar uchun davlat boji toʻlanmaydi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-bandining ikkinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati” soʻzlari “apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-bandining birinchi xatboshisidan “(2, 20, 21-bandlarida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-bandidagi “apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida” soʻzlari “apellyatsiya va kassatsiya tartibida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-noyabrdagi 45-sonli qaroridan 22, 22.1 va 22.2-bandlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 20-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-son