30.11.2023 yildagi 635-son
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlasin;
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ushbu Reglament qoidalari 2 — 12-ilovalarda keltirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish pasportlarida (keyingi o‘rinlarda — Pasportlar) nazarda tutilgan malaka sertifikatlari turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
talabgor tomonidan mazkur Reglamentning 16-bandida belgilangan muddatda hujjatlar qayta taqdim etilmaganda.
46. Vakolatli organ talabgorning so‘rovnomasi kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda malaka sertifikatini qayta rasmiylashtiradi va ushbu Reglamentning 32-bandida belgilangan tartibda talabgorga yuboradi, shuningdek, bu to‘g‘risidagi ma’lumotni vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
To‘lovlar mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Talabgor ushbu Reglamentning 56-bandida nazarda tutilgan malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni vakolatli organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, vakolatli organ malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritadi.
63. Vakolatli organning malaka sertifikatini to‘xtatib turish yoki bekor qilish haqidagi qarori yoxud mazkur Reglamentning 62-bandida nazarda tutilgan asoslarda vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo kiritilganda, talabgor ish materiallari bilan tanishishga hamda ulardan ko‘chirma olishga, og‘zaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillarni taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga, iltimosnomalar taqdim etishga hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Malaka sertifikatini olish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. So‘rovnoma shaklini to‘ldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida

2. YIDXP

2. To‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

2. Aniq vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Ariza tushgandan so‘ng malaka imtihoniga qo‘yish yoki rad etish maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

1. Pasportlarning 6-bandida belgilangan muddatlarda

2. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgorlar ro‘yxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

2. Imtihon sanasidan 5 kun oldin

4-bosqich

Vakolatli organ

Malaka imtihoni natijalari to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi, davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.

 

3 ish kuni muddatda

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Malaka sertifikatini talabgorning elektron manziliga yuboradi, bu haqda talabgorni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1.10 daqiqa muddatda

2. Talabgor o‘zi kelib murojaat qilganda, ruxsatnomani elektron yoki qog‘oz shaklida talabgorga taqdim etadi.

2. Talabgor so‘roviga ko‘ra

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Baholovchilarning malaka sertifikati

2.

So‘rovnoma beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

a) So‘rovnoma;

so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi, raqami, agar mavjud bo‘lsa);

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

yashash manzili;

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka imtihonini topshirish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish);

b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

baholovchilarni tayyorlash markazlarida maxsus o‘quv kursini tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatning nusxasi;

baholovchining xalqaro sertifikati nusxasi (xalqaro baholovchi sertifikatiga ega talabgorlar uchun);

notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘lsa).

Talabgorning mehnat daftarchasi nusxasi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan so‘rab olinadi.

5.

Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

Malaka sertifikatining muddatini uzaytirganlik uchun ham bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

6.

So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:

1 ish kuni

7.

Malaka sertifikatining talab va shartlari

Iqtisodiy, yuridik yoki texnik yo‘nalishda bakalavr yoki magistr ma’lumotga, baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida so‘nggi 5 yilda kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lishi;

yoxud (boshqa yo‘nalishda) oliy ma’lumotga, so‘nggi 5 yilda baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lishi;

bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida tan olingan taqdirda inobatga olinadi;

vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda kelishilgan dastur bo‘yicha va baholash tashkilotlari hamda baholovchilar professional birlashmalarining takliflarini hisobga olingan holda maxsus o‘qiganligi haqida sertifikatga ega bo‘lishi;

“Baholash ishi: baholash faoliyati va rieltorlik (obyektlar bo‘yicha) yoki “Ko‘chmas mulkni ekspertiza qilish va boshqarish: Ko‘chmas mulkni baholash va boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr va magistr diplomiga yoki baholovchining xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan talabgor maxsus o‘quvdan o‘tmasdan malaka imtihonini topshirishga haqli.

Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir baholovchi malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili baholovchi tashkilotlar hamda baholovchilarning professional birlashmalarining takliflari hisobga olingan holda, vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha kamida 40 soatlik malaka oshirish kurslaridan o‘tishi.

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

5 yil

9.

Izoh:

Baholovchilarni tayyorlash markazlari vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va zamonaviy o‘quv talablariga javob berishi, shuningdek, zarur texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli videokamera, internet aloqasi va boshqalar) bilan ta’minlangan hamda talabgorlar uchun masofaviy ta’lim berish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak.

Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorlarning so‘rovnomalariga asosan imtihon komissiyasi nazorati ostida vakolatli organ yoki uning hududiy boshqarmalari binosida, 2 oyda kamida 1-marta o‘tkaziladi.

Test sinovi o‘quv dasturining barcha bo‘limlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat bo‘ladi hamda umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.

70 foizdan kam bo‘lmagan savollarga to‘g‘ri javob bergan talabgor malaka imtihonidan o‘tgan hisoblanadi.

Imtihon komissiyasi tarkibi va test savollari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organ xodimlari, shuningdek, baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalari vakillari kiritiladi.

Test savollari variantlari va ularning javoblari baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalari, shuningdek, baholovchilarni tayyorlash markazlari takliflari hisobga olingan holda, vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan baholovchilarning o‘quv dasturi asosida ishlab chiqiladi.

Malaka imtihoni kompyuterda topshiriladigan test sinovlari orqali talabgorning tanloviga ko‘ra o‘zbek yoki rus tilida o‘tkaziladi.

Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar:

baholash davomida olingan ma’lumotlarni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz baholovchi tomonidan uchinchi shaxslarga berish, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

moliya-xo‘jalik munosabatlari sohasida muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan sud hukmi;

fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e’tirof etish to‘g‘risidagi sud qarori;

baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda baholashni amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlamaslik;

bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) baholash to‘g‘risidagi hisobotni hamda ekspert xulosasini noto‘g‘ri tuzish;

baholash ishlarini o‘tkazishda olingan maxfiy axborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

maxsus vakolatli davlat organining malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarorining noqonuniyligi sud tomonidan e’tirof etilganda;

sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganda.

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Rieltorlarning malaka sertifikati

2.

So‘rovnoma beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

a) So‘rovnoma;

so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi, raqami, agar mavjud bo‘lsa)

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

yashash manzili;

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka imtihonini topshirish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish);

b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

rieltorlarni tayyorlash markazlarida maxsus o‘quv kursini tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatning nusxasi;

rieltorning xalqaro sertifikati raqami va berilgan vaqti (nusxa yoki elektron shaklda ilova qilinadi, agar mavjud bo‘lsa);

notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘lsa).

5.

Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

Malaka sertifikatining muddatini uzaytirganlik uchun ham bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

6.

So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:

1 ish kuni

7.

Malaka sertifikatining talab va shartlari

Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir jismoniy shaxs malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har 3 yilda kamida 1-marta rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlik tashkilotlarining jamoat birlashmalari takliflari inobatga olingan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha 20 soatdan kam bo‘lmagan hajmda malaka oshirish kurslarida o‘qishi shart.

Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda kelishilgan dastur bo‘yicha va rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlik tashkilotlarining jamoat birlashmalari takliflari inobatga olingan holda maxsus o‘quvdan o‘tganlik haqida sertifikatga ega bo‘lishi.

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

5 yil

9.

Izoh:

Rieltorlarni tayyorlash markazlari vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va zamonaviy o‘quv talablariga javob berishi, shuningdek, zarur texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli videokamera, internet aloqasi va boshqalar) bilan ta’minlangan hamda talabgorlar uchun masofaviy ta’lim berish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak.

Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorlarning so‘rovnomalariga asosan imtihon komissiyasi nazorati ostida vakolatli organ yoki uning hududiy boshqarmalari binosida, 2 oyda kamida 1-marta o‘tkaziladi.

Test sinovi o‘quv dasturining barcha bo‘limlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat bo‘ladi hamda umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.

70 foizdan kam bo‘lmagan sa�ollarga to‘g‘ri javob bergan talabgor malaka imtihonidan o‘tgan hisoblanadi.

Imtihon komissiyasi tarkibi va test savollari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organ xodimlari, shuningdek, rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlik tashkilotlarining jamoat birlashmalari vakillari kiritiladi.

Test savollari variantlari va ularning javoblari rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlarning jamoat birlashmalari, shuningdek, rieltorlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarining takliflari inobatga olingan holda, vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan rieltorlarni o‘quv dasturi asosida ishlab chiqiladi;

malaka imtihoni kompyuterda topshiriladigan test sinovlari orqali talabgorning tanloviga ko‘ra o‘zbek yoki rus tilida o‘tkaziladi.

Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar:

rieltor tomonidan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish davomida olingan ma’lumotlar buyurtmachining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;

rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda 1 yil ichida 2-martadan ko‘p qonunchilikni buzish sodir etilganligi;

malaka sertifikatini rieltorlik faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi aniqlanganligi;

muayyan mansabni egallash yoki xo‘jalik sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;

fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi;

malaka sertifikatining soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganligi.

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomasi

2.

So‘rovnoma beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

a) So‘rovnoma;

so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

ma’lumoti (oliy ta’lim muassasasi nomi, fakultet);

tamomlagan yili, diplom raqami;

diplom bo‘yicha mutaxassisligi;

ekspertlarni tayyorlash (malaka oshirish) o‘quv kursini tugatganligi to‘g‘risida sertifikat raqami hamda berilgan vaqti;

attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan attestatsiya sohasi;

yashash manzili;

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

attestatsiya sohasini kengaytirish uchun;

birinchi toifali ekspert guvohnomasini olish uchun;

davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestatsiya imtihonini topshirish, ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish).

b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

qayta attestatsiyadan o‘tish uchun xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi eks�ertizasi bo‘yicha so‘nggi 5 yilda bajargan ishlari ro‘yxati;

notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘lsa).

5.

Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

Ekspert guvohnomasining muddatini uzaytirganlik uchun ham bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

6.

So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:

3 ish kuni

7.

Malaka sertifikatining talab va shartlari

Ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan o‘tish uchun talabgor quyidagi majburiy talablarga javob berishi lozim:

oliy ma’lumotga ega bo‘lish, bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar belgilangan tartibda tan olingan taqdirda e’tiborga olinadi;

attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lish;

ekspertlarni tayyorlash o‘quv kursini tugatganligi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lish, bunda o‘qishni tamomlagan vaqtdan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar o‘tgan vaqt 1 yildan oshmasligi kerak.

Birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan o‘tish uchun talabgor quyidagi majburiy talablarga javob berishi lozim:

ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan o‘tgan kundan boshlab attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq faoliyat yuritadigan ekspert tashkilotida asosiy ish joyi sifatida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lish;

ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan o‘tgan kundan boshlab attestatsiya sohasiga (yoki ekspertiza obyektlariga) muvofiq kamida 15 ta xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash hamda deklaratsiyalash, shuningdek, sanoat xavfsizligi ekspertizasi bo‘yicha ishlarni bajargan bo‘lishi;

ekspertlarni tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslarini tugatganligi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lish, bunda o‘qishni tamomlagan vaqtdan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar o‘tgan vaqt 1 yildan oshmasligi kerak.

Birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan o‘tkazish talabgorning ikkinchi toifali ekspert guvohnomasida ko‘rsatilgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) doirasida amalga oshiriladi.

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

5 yil

9.

Izoh:

Talabgor attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan attestatsiya sohasi bo‘yicha ekspertlarni tayyorlash o‘quv kursini tamomlagan bo‘lishi kerak.

Talabgorlar Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasida kamida 40 soatlik o‘quv kursida shartnoma asosida o‘qitish orqali tayyorlanadi va ushbu kursning o‘quv dasturlari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda ekspertlarni tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlarning miqdori tegishli o‘quv kursining davomiyligidan hamda uning shaklidan kelib chiqib, shartnoma tuzuvchi taraflar tomonidan belgilanadi.

Ekspert guvohnomasiga ega bo‘lgan har bir jismoniy shaxs ekspert guvohnomasi olingan yildan keyin har 3 yilda kamida 1-marta vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha 20 soatdan kam bo‘lmagan hajmda malaka oshirish kurslarida o‘qishi shart.

Talabgor ekspertlarni tayyorlash va (yoki) malakasini oshirish o‘quv kurslarini to‘liq tamomlaganidan so‘ng sinovdan o‘tkaziladi.

Sinov yozma, test yoki og‘zaki ko‘rinishda o‘tkazilishi mumkin va uning tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

Sinovdan o‘ta olmaganlarga bir marotaba sinovni qayta topshirishga ruxsat beriladi. Qayta sinovdan o‘ta olmaganlar o‘quv kursida takroran shartnoma asosida o‘qiydilar.

Sinovdan o‘tganlarga “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi tomonidan sertifikat beriladi.

Attestatsiya guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorning so‘rovnomasiga asosan attestatsiya komissiyasi nazorati ostida vakolatli organ binosida 2 oyda kamida 1-marta o‘tkaziladi.

Talabgor ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan kompyuterda topshiriladigan test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

70 foizdan kam bo‘lmagan savollarga to‘g‘ri javob bergan talabgor ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan o‘tgan hisoblanadi.

Talabgor birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan kompyuterda topshiriladigan test sinovlari va amaliy sinov shaklida o‘tkaziladi.

80 foizdan kam bo‘lmagan savollarga to‘g‘ri javob bergan talabgor malaka imtihonining yakuniy qismi bo‘lgan amaliy sinovdan o‘tkaziladi, amaliy sinov test o‘tkazilgan kunda o‘tkaziladi.

Amaliy sinov davomida attestatsiya komissiyasi a’zolari talabgorga qonunchilik hujjatlari va normativ-texnik hujjatlarni bilishi, xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi bo‘yicha ishlarni amaliy bilishi, shuningdek, ekspertning funksiyalari va majburiyatlari to‘g‘risida savollar beradilar.

Amaliy sinov davomida talabgorga kamida 5 ta savol beriladi hamda 80 foizdan kam bo‘lmagan savollarga to‘g‘ri javob bergan talabgor bi�inchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan o‘tgan hisoblanadi.

Test savollari xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi bo‘yicha ishlarni bajarish, shuningdek, attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq tuziladigan kamida 75 ta savoldan iborat bo‘ladi hamda umumiy attestatsiya vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.

Ekspert guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, attestatsiya sohasini kengaytirish hamda birinchi toifali ekspert guvohnomasini olish uchun ekspert guvohnomasining egasi qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugashi sababli qayta attestatsiyadan o‘tish uchun ariza ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan kamida 1 oy oldin topshirilishi kerak.

Vakolatli organ ilgari berilgan ekspert guvohnomasining toifasini pasaytirishga haqli.

Ekspert toifasini pasaytirish (birinchi toifadan ikkinchi toifaga o‘tkazish) uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

6 oy muddatdan ortiq ekspert tashkilotida asosiy ish joyi sifatida ishlamaslik;

ekspertning arizasi.

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarning attestatsiya sohalari

RO‘YXATI

T/r

(kodlar)

Attestatsiya sohalari nomlari

1.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazish

1.1.

Ko‘mir, kon, ruda va noruda sanoati obyektlari:

1.1.1.

Shaxta

1.1.2.

Ko‘mir va ruda konlari (yer osti va yer usti) obyektlari

1.1.3.

Boyituvchi, briketlovchi, aglomeratsiyalovch� fabrika va zavodlar

1.1.4.

Boyitish-saralash va me’yorlash qurilmalari

1.1.5.

Shlam to‘plovchi gidrotexnika inshootlari, chiqindilarni saqlovchi, texnik suv havzalari obyektlari

1.1.6.

Oltin konlari va boshqa oltin saralash fabrikalari

1.1.7.

Oltin saralash fabrikasi va zavodlari (qurilmalari)

1.1.8.

Konlarni texnik rekultivatsiya qilish obyektlari

1.1.9.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish obyektlari

1.1.10.

Maxsus yer osti, transport va umumiy xo‘jalik inshootlarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish obyektlari

1.2.

Neft va gaz sanoati obyektlari:

1.2.1.

Neft va gazga qazilgan parametrlik, qidiruv, izlash, struktur va ekspluatatsiya quduqlari hamda maxsus qazilgan quduqlar

1.2.2.

Yer osti gaz omborlari

1.2.3.

Neft, gaz va gaz kondensati konlarini ishlatish va qurish; neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish va tayyorlash obyektlari

1.2.4.

Neftni, gazni va gaz kondensatini konlarda va konlar orasida quvur o‘tkazgichlari

1.2.5.

Magistral quvurlar

1.2.6.

Kompressor va nasos stansiyalari, gaz taqsimlash stansiyalari

1.2.7.

Qatlamdagi bosimni barqaror saqlab turish obyektlari

1.2.8.

Neft mahsulotlarini, neftni va gaz kondensatini saqlash va vaqtincha saqlash obyektlari

1.2.9.

Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari

1.3.

Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud bo‘lgan kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlari:

1.3.1.

Noorganik moddalar, ammiak, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish obyektlari

1.3.2.

Neft va gazni qayta ishlash sanoati ishlab chiqarish obyektlari

1.3.3.

Organik sintez ishlab chiqarish obyektlari

1.3.4.

Sellyuloza qog‘oz ishlab chiqarish obyektlari

1.3.5.

Kimyoviy tolalar, polimer materiallar, plastmassa hamda ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish obyektlari

1.3.6.

Kriogen texnologiyalar obyektlari

1.3.7.

Ammiakli sovitish qurilmalari

1.3.8.

Elektroliz usulida vodorod va kislorod ishlab chiqarish obyektlari

1.3.9.

Lok-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlari

1.3.10.

Spirt ishlab chiqarish obyektlari

1.3.11.

Yog‘-moy ishlab chiqarish obyektlari

1.3.12.

Havoni parchalashda hosil bo‘lgan mahsulotlarni olish va saqlash obyektlari

1.3.13.

Suvni xlor bilan qayta ishlash obyektlari

1.3.14.

Portlash-yonish xavfi mavjud bo‘lgan va kimyoviy xavfli mahsulotlarni (moddalarni) quyish, to‘kish obyektlari

1.4.

Bosimi 0,07 MPa yoki suvning isitish harorati 115° S dan yuqori bo‘lgan jihozdan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari:

1.4.1.

Bug‘ va suv isitish qozonlari (ishchi muhit turidan qat’i nazar)

1.4.2.

Bosim ostida ishlovchi idishlar

1.4.3.

Bug‘ va issiq suv quvur o‘tkazgichlar

1.5.

Ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, po‘lat arqonli osma yo‘llar, funikolyorlardan,foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari:

1.5.1.

Yuk ko‘tarish kranlari va mexanizmlari

1.5.2.

Eskalatorlar

1.5.3.

Yuk va yo‘lovchilar uchun osma po‘lat arqonli yo‘llar

1.5.4.

Funikulyorlar

1.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlardan foydalanuvchi gaz ta’minoti (gaz taqsimlash, gaz iste’moli) obyektlari:

1.6.1.

Suyultirilgan uglevodorod gazlarini saqlash va taqsimlash obyektlari

1.6.2.

Avtomobillarga suyultirilgan uglevodorod gaz to‘ldirish shoxobchalari

1.6.3.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari

1.6.4.

Bosimi 12 kgf/sm2 gacha bo‘lgan gaz taqsimlash tizimlarining gaz tarmoqlari

1.6.5.

Gaz iste’moli tizimlarining gaz tarmoqlari

1.7.

Metallurgiya sanoati obyektlari:

1.7.1.

Qora metallar quyish sanoati, po‘lat ishlab chiqarish obyektlari

1.7.2.

Rangli metallar quyish sanoati obyektlari

1.8.

O‘simlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlari:

1.8.1.

Qabul qilish, saqlash, quritish, qayta ishlash, alohida turuvchi qabul qilish hamda uzatish uskunasi, qabul qiluvchi-tozalash minorasi, alohida turuvchi don quritish uchastkalari, elevatorlar, silos tipidagi omborlar, qopsiz saqlash omborlari, solod ishlab chiqarish obyektlari, qayta ishlovchi va tayyorlovchi (maydalovchi) bo‘limlar, shu jumladan, oziq-ovqat sanoati korxonalari

1.8.2.

Un, yorma ishlab chiqarish obyektlari

1.8.3.

Omixta yem ishlab chiqarish obyektlari

1.8.4.

Qopsiz qabul qilish, unni silos hamda bunkerlarda saqlash, non, makaron, qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun unni tortish va elash obyektlari

1.8.5.

Un, yorma, non va makaron ishlab chiqarish korxonalari uchun qopli idishlarni tozalash va saralash obyektlari

1.8.6.

Jo‘xorini kalibrlovchi obyektlar

1.8.7.

Urug‘lik donlarni qayta ishlovchi obyektlar

1.8.8.

Tamaki mahsulotlarini tayyorlash obyektlari

1.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bog‘liq geologiya-razvedka obyektlari (uglevodorod xomashyosi bo‘lmagan)

1.10.

Sanoatda qo‘llaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash, saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar

2.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazish

2.1.

Ko‘mir, kon, ruda va noruda sanoatidagi texnik qurilmalar:

2.1.1.

Shaxtada qo‘llaniladigan qurilmalar

2.1.2.

Ko‘mir va ruda konlari (yer osti va yer usti) obyektlarining qurilmalari

2.1.3.

Boyituvchi, briketlovchi, aglomeratsiyalovchi fabrika va zavodlarning qurilmalari

2.1.4.

Boyitish-saralash va me’yorlash qurilmalari

2.1.5.

Shlam to‘plovchi gidrotexnika inshootlari, chiqindilarni saqlovchi va texnik suv havzalari obyektlarining qurilmalari

2.1.6.

Oltin konlari va boshqa oltin saralash fabrikalarining qurilmalari

2.1.7.

Oltin saralash fabrikasi va zavodlari qurilmalari

2.1.8.

Konlarni texnik rekultivatsiya qilish qurilmalari

2.1.9.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.1.10.

Maxsus yer osti, transport va umumiy xo‘jalik inshootlarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.2.

Neft’ va gaz sanoatidagi texnik qurilmalar:

2.2.1.

Quduqlarni burg‘ulashda, ta’mirlashda, ishga tushirishda qo‘llaniladigan qurilmalar

2.2.2.

Neft va gaz quduqlarini ishlatishda qo‘llaniladigan qurilmalar

2.2.3.

Qatlamdagi bosimni va qatlamga hamda quduqqa ta’sir qiluvchi omillarni saqlashda qo‘llaniladigan qurilmalar

2.2.4.

Neft’ va gazni yetkazib beruvchi stansiyalarda qo‘llaniladigan qurilmalar

2.2.5.

Magistral quvurlar tizimini qurishda, ishlatishda va ta’mirlashda qo‘llaniladigan qurilmalar

2.2.6.

Gaz va neft mahsulotlari quvurlari; kon va konlararo quvurlar

2.2.7.

Kompozit va po‘lat quvurlar qismlari va quvurlari, shu jumladan, tiqin (zapor), me’yorlovchi va himoyalovchi armaturalar qismlari

2.2.8.

Neft, kondensat va neft mahsulotlari uchun rezervuarlar va ularning qurilmalari

2.2.9.

Kompressor, nasos va gaz taqsimlash stansiyalari qurilmalari

2.2.10.

Neft va gazni yig‘ish, tayyorlash qurilmalari

2.3.

Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud bo‘lgan va kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik qurilmalar:

2.3.1.

Noorganik moddalar, ammiak, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.2.

Neft va gazni qayta ishlash obyektlarining qurilmalari

2.3.3.

Organik sintez ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.4.

Sellyuloza qog‘oz ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.5.

Kimyoviy tolalar, polimer materiallar, plastmassa hamda ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.6.

Kriogen texnologiyasi qurilmalari

2.3.7.

Ammiakli sovitish qurilmalari

2.3.8.

Elektroliz usulida vodorod va kislorod ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.9.

Lok-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.10.

Spirt ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.11.

Yog‘-moy ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.12.

Havoni parchalashda hosil bo‘lgan mahsulotlarni olish va saqlash obyektlarining qurilmalari

2.3.13.

Suvni xlor bilan qayta ishlash obyektlarining qurilmalari

2.3.14.

Portlash-yonish xavfi mavjud bo‘lgan va kimyoviy xavfli mahsulotlarni (moddalarni) quyish, to‘kish obyektlarining qurilmalari

2.4.

Bosimi 0,07 MPa dan yuqori bo‘lgan yoki suvning harorati 115° S dan yuqori bo‘lgan sharoitda ishlaydigan texnik qurilmalar:

2.4.1.

Suv isitish va bug‘ qozonlari hamda ularning qurilmalari

2.4.2.

Bosim 0,07 MPa dan yuqori bo‘lgan bosim ostida ishlovchi idishlar

2.4.3.

Bosim 0,07 MPa dan va suvning harorati 115° S dan yuqori bo‘lgan bug‘ va issiq suv quvurlari

2.4.4.

Avtonom bug‘ qizdirgichlar

2.4.5.

Avtonom ekonomayzerlar

2.5.

Ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, po‘lat arqonli osma yo‘llar, funikulyorlar:

2.5.1.

Yuk ko‘tarish kranlari

2.5.2.

Kran-manipulyatorlar

2.5.3.

Quvur yotqizgich kranlar

2.5.4.

Ko‘targichlar (vishkalar)

2.5.5.

Qurilish ko‘targichlari

2.5.6.

Liftlar

2.5.7.

Nogironlarni ko‘tarishga mo‘ljallangan platformalar

2.5.8.

Yuk va yo‘lovchilar uchun osma po‘lat arqonli yo‘llar

2.5.9.

Funikulyorlar

2.5.10.

Eskalatorlar

2.5.11.

Yuk ko‘tarish mexanizmlari va idishlar (metallurgiyadan tashqari)

2.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz ta’minoti (gaz taqsimlash, gaz iste’moli) obyektlari texnik qurilmalari:

2.6.1.

Suyultirilgan uglevodorod gazlarini saqlash, taqsimlash obyektlarining qurilmalari

2.6.2.

Avtomobillarga suyultirilgan uglevodorod gaz to‘ldirish shoxobchalarining qurilmalari

2.6.3.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining qurilmalari

2.6.4.

Bosimi 12 kgf/kv.sm gacha bo‘lgan gaz taqsimlash tizimlari

2.6.5.

Gaz iste’moli tizimlari

2.7.

Metallurgiya sanoati texnik qurilmalari

2.7.1.

Qora metallar quyish, po‘lat ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.7.2.

Rangli metallar quyish sanoati obyektlarining qurilmalari

2.8.

O‘simlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlarining texnik qurilmalari:

2.8.1.

Elevator ombori qurilmalari

2.8.2.

Un ishlab chiqarish korxonalari qurilmalari

2.8.3.

Yorma ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.4.

Omixta yem ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.5.

Qopsiz qabul qilish, unni silos hamda bunkerlarda saqlash, non, makaron, qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun unni tortish va elash obyektlarining qurilmalari

2.8.6.

O‘simlik xomashyosini qabul qilish, saqlash, quritish, qayta ishlash, alohida turuvchi qabul qilish va uzatish uskunasi, qabul qiluvchi tozalash minorasi, alohida turuvchi don quritish uchastkalari, elevatorlar, silos tipidagi omborlar, qopsiz saqlash omborlari, solod ishlab chiqarish obyektlari, qayta ishlovchi, tayyorlovchi (maydalovchi) bo‘limlar, shu jumladan, oziq-ovqat sanoati korxonalari qurilmalari

2.8.7.

Jo‘xorini kalibrlovchi ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.8.

Urug‘lik donlarni qayta ishlaydigan obyektlarining qurilmalari

2.8.9.

Tamaki tayyorlash liniyalari obyektlarining qurilmalari

2.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bog‘liq geologiya-razvedka obyektlaridagi texnik qurilmalar (uglevodorod xomashyosi bo‘lmagan)

2.10.

Sanoatga mo‘ljallangan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash, saqlashda qo‘llaniladigan texnik qurilmalar

3.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazish

3.1.

Ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoatlarida:

3.1.1.

Yer usti kompleks bino va inshootlar

3.1.2.

Yer osti inshootlari

3.1.3.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.

Neft va gaz sanoati obyektlarida:

3.2.1.

Quduqlarni qazish va ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlardagi bino-inshootlar

3.2.2.

Neft va gaz qazib olish va ularni tayyorlash obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.3.

Magistral quvurlar obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.4.

Neft mahsulotlarini, kondensat va neftni saqlash, uzatish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.3.

Kimyo, neft-kimyo va neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi bino-inshootlar

3.4.

Bosimi 0,07 MPa dan yuqori bo‘lgan yoki suvning isish harorati 115° S dan yuqori bo‘lgan qurilmalar joylashgan bino-inshootlar

3.5.

Ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, po‘lat arqonli osma yo‘llar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz ta’minoti (gaz taqsimlash, gaz iste’moli) obyektlaridagi bino va inshootlar

3.6.1.

Gaz jihozlari o‘rnatilgan bino va inshootlar (qozonxonalar, sexlar)

4.8.

O‘simlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlari

4.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bog‘liq geologiya-razvedka obyektlari (uglevodorod xomashyosi bo‘lmagan)

4.10.

Sanoatda qo‘llaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash, saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar

Ekspert ekspert guvohnomasida ko‘rsatilgan attestatsiya sohasi bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan (foydalanishni mo‘ljallayotgan) tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashda va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishida ishtirok etishi mumkin.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Oldingi tahrirga qarang.

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikati va identifikatsiya kartasi (keyingi o‘rinlarda — beyjik)

2.

So‘rovnoma beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Turizm qo‘mitasi (Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rga�ish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti — Ishchi organ)

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

a) So‘rovnoma;

so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

malaka oshirish kursini tugatganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va kim tomonidan berilgan, seriyasi va raqami);

malaka imtihoni yo‘nalishlari (gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilik);

davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestatsiya imtihonini topshirish, ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish);

b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

oliy yoki o‘rta va o‘rta maxsus professional ma’lumotning tan olinganligi haqidagi sertifikat, yoki qayta tayyorlash kursidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

2 dona oq fonda fotosurat elektron variantda;

086 shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma (yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar uchun);

ekskursiya faoliyatida �ajriba mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (toifa berish uchun);

notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘lsa).

Talabgorning oliy yoki o‘rta va o‘rta maxsus professional ma’lumot haqidagi diplomi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan so‘rab olinadi.

5.

Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

6.

So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

7.

Malaka sertifikatining talab va shartlari

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lishi;

“gid (gid-tarjimon)” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga yoki “mahalliy gid” va “yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus professional ma’lumotga yoki “ekskursiya faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjatga ega bo‘lishi;*

belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarini o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi.

Malaka sertifikati va beyjik gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradi:

yuridik shaxs shtatida bo‘lsa;

fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida yuridik shaxs bilan ishlayotgan bo‘lsa;

yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lsa.

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

3 yil

9.

Izoh:

Oliy, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’limi muassasalari yoki qayta tayyorlash kurslarini gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi mutaxassisligi bo‘yicha bitirganlar ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin dastlabki uy yilda malaka imtihonini topshirishdan ozod etiladi. Ishchi organ bitiruvchilarga shaxsiy ro‘yxatga olish raqamini berish bilan ular haqidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritadi va beyjik beradi.

Malaka imtihoni 15 nafar talabgordan kam bo‘lmagan guruhlar shakllantirilgan holda, lekin ikki oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Malaka imtihoni 9 kishidan iborat imtihon komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.

Malaka imtihoni 2 bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich — kompyuter texnikasidan foydalangan holda o‘tkaziladigan test sinovlari;

2-bosqich namoyish imtihoni (faqat malaka imtihonida ilk marotaba ishtirok etayotgan talabgorlar uchun).

Malaka imtihonining har ikkala bosqichi 1 kunda o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Malaka imtihoni bosqichlarining biridan o‘ta olmagan talabgorga ushbu bosqichni qayta topshirish imkoniyati beriladi. Bunda Ishchi organ talabgorni pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali takroriy malaka imtihonining o‘tkazilish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida uning o‘tkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin xabardor qiladi.

Test sinovlari o‘quv-reja dasturlarining barcha bo‘limlarini o‘z ichiga olgan holda, 75 ta savoldan iborat bo‘ladi. Test savollari talabgorning arizasida ko‘rsatilgan (o‘zbek yoki rus) tilda taqdim etiladi.

Talabgorning to‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy n�tijasi 70 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.

Test natijalari ijobiy deb topilgan talabgorlarga ikkinchi bosqichdan o‘tishiga ruxsat etiladi va imtihon o‘tkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin imtihonning o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida xabardor qilinadi.

Namoyish imtihoni kasbiy standartlar va o‘quv dasturlari asosida tuzilgan amaliy topshiriqlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Namoyish imtihoni davomida imtihon komissiyasi a’zolari amaliy topshiriqlar bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha savollar berish huquqiga ega.

Namoyish imtihoni imtihon komissiyasining ko‘pchilik ovozi bilan baholanadi.

Imtihondan o‘ta olmagan talabgor imtihon komissiyasining tavsiyasi bilan ikkinchi bosqichni qayta topshirish huquqiga ega. Bunda Ishchi organ talabgorni pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali takroriy namoyish imtihonining o‘tkazilish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida uning o‘tkazilishidan kamida uch ish kuni oldin xabardor qiladi.

Malaka imtihonining ikkinchi bosqichi talabgorning arizasida ko‘rsatilgan tilda o‘tkaziladi.

Talabgorga malaka imtihonining birinchi bosqichini topshirish uchun 120 daqiqa, ikkinchi bosqich uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Malaka imtihonini topshirish jarayonida belgilangan vaqtda barcha savollarga javob bera olmagan talabgor malaka imtihonini topshirmagan hisoblanadi.

Talabgorlarning malaka toifasini olishi uchun malaka imtihoni ushbu bobda ko‘rsatilgan tartib asosida o‘tkaziladi.

Talabgorlar malaka toifasini olishi uchun ta’lim muassasalarida malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi haqidagi hujjatga, Ishchi organ tomonidan beriladigan malaka sertifikati va beyjikka, shuningdek, quyidagi muddatlar bo‘yicha zarur ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim:

II toifa uchun — 3 yildan 6 yilgacha;

I toifa uchun — 6 yildan 9 yilgacha;

Oliy toifa uchun — 9 yildan yuqori.

Oliy toifa uchun malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga malaka sertifikati va beyjik amal qilish muddatisiz beriladi.

Beyjikni rasmiylashtirish 9 (qayta) va berish uchun Ishchi organ tomonidan BHM ning 25 foizi miqdorida yigim undiriladi.

*Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Sud boshqaruvchisi malaka attestati (keyingi o‘rinlarda — Attestat)

2.

So‘rovnoma beruvchilar toifasi:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keying� o‘rinlarda — Agentlik)

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan hujjatlar (ma’lumotlar):

a) So‘rovnoma:

so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi, raqami, agar mavjud bo‘lsa);

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

yashash manzili;

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestat olish, attestatni qayta rasmiylashtirish, attestat toifasini oshirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish);

b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘risida vakolatli davlat organi guvohnomasining nusxasi (mavjud bo‘lsa), sud boshqaruvchisini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursini o‘taganligi to‘g‘risida guvohnomaning nusxasini va fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi bo‘yicha advokat litsenziyasini (mavjud bo‘lsa) ilova qiladi;

v) ikkinchi toifadagi attestatni olish uchun rahbarlik lavozimida kamida ikki yillik ish stajga ega bo‘lmagan taqdirda, ushbu bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari Agentlikka iqtisodiy sudning:

sud boshqaruvchisi sifatida avvalgi tayinlanishlar to‘g‘risidagi;

uchinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida kamida o‘n ikki oy vazifalar�i ijro etganligini tasdiqlovchi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirilgani haqida sud boshqaruvchisining hisobotlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimlari nusxalari taqdim etiladi;

g) Talabgorning o‘rta bo‘g‘in rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida kamida besh yillik mehnat staji, shundan rahbarlik lavozimida kamida uch yillik mehnat staji mavjud bo‘lmaganda, birinchi toifadagi attestatni olish uchun ushbu bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari Agentlikka iqtisodiy sudning:

sud boshqaruvchisi sifatida avvalgi tayinlanishlar to‘g‘risidagi;

sud boshqaruvchisining hisobotlarini tasdiqlash haqida, ikkinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida ishlagan davrda kamida ikkita sud sanatsiyasi va (yoki) tugatish ishlari tartibotlari yakunlangani to‘g‘risidagi ajrimlarining nusxalari taqdim etiladi.

Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.

Quyidagi hujjatlar Agentlik tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda so‘rab oladi:

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari;

mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

sudlanganligi bekor bo‘lganligi yoki olib tashlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;

ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi ma’lumot;

talabgorning pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari.

5.

Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

Attestatining toifasini oshirganlik uchun ham bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

6.

So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:

3 ish kuni

7.

Malaka sertifikati talab va shartlari

a) Sud boshqaruvchisi quyidagi asosiy malaka talablariga mos kelishi zarur:

oliy ma’lumotli bo‘lishi;

kamida ikki yil mehnat stajiga ega bo‘lishi;

Agentlikda attestatsiyadan o‘tishi.

b) Mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan asosiy talablardan tashqari sud boshqaruvchilariga quyidagi qo‘shimcha malaka talablari qo‘yiladi:

kuzatuv va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini amalga oshiruvchilarga — o‘rta bo‘g‘in rahbari (sex boshligi, uchastka boshligi, bo‘lim boshligi va boshqalar) sifatida ikki yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lish yoxud to‘rtinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida yigirma to‘rt oydan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lish;

sud sanatsiyasi tartib-taomilini amalga oshiruvchilarga — rahbarlik lavozimida (tashkilotning rahbari, rahbar o‘rinbosari, bosh buxgalteri va boshqalar) ikki yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga yoxud uchinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida o‘n ikki oydan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lish;

tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshiruvchilarga — o‘rta bo‘g‘in rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida besh yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga, shu jumladan rahbarlik lavozimida uch yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga yoxud ikkinchi toifadagi sud boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan davrda kamida ikki marta sud sanatsiyasi va (yoki) tugatishga doir ishlarni yuritish tartib-taomilini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi sifatida mehnat stajiga ega bo‘lish;

to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilini hamda jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshiruvchilarga — ikki yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lish.

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq sud boshqaruvchisi faoliyatini amalga oshirishga cheklovlar mavjud bo‘lgan shaxslar sud boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas.

Sud boshqaruvchisi:

qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

buxgalteriya hisobi, mol-mulkni baholash va menejmentga oid bilimlar asosiga ega bo‘lishi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asoslarini bilishi;

qarzdorni moliyaviy sog‘lomlashtirish va kreditorlar talablarini mutanosib ravishda qondirish yechimlarini topishi;

to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida professional bilimlarga ega bo‘lishi, ularni doimiy ravishda takomillashtirishi;

yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi — topshirilgan ishga vijdonan munosabatda bo‘lishi, o‘z faoliyatini amalga oshirishda ijrochi, tashabbuskor, intizomli, bosiq, emotsional va ruhiy barqaror bo‘lishi zarur.

Sud boshqaruvchisi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini o‘tkazish jarayoni davomida qarzdor va kreditorlarga nisbatan betaraf bo‘lishi lozim.

Sud boshqaruvchisi o‘z vazifalarini bajarishda qarzdor va kreditorlar bilan mehnat munosabatlarida, shuningdek, ularning mulkdorlari va mansabdor shaxslari bilan mulkiy va boshqa manfaatlarga ega bo‘lishi mumkin emas.

Mustaqillik, obyektivlik va xolislik sud boshqaruvchisi faoliyatining asosiy tartibotlari hisoblanadi.

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

5 yil

9.

Izoh:

1. Sud boshqaruvchilari attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Attestatsiya komissiyasi) talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazadigan kollegial organ hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasining shaxsiy tarkibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga Agentlik rahbar xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimlari hamda Assotsiatsiya raisi (kelishuvga ko‘ra) kiritiladi.

2. Attestatsiya komissiyasi tarkibi rais, ikki nafar rais o‘rinbosari, to‘rt nafar a’zo va komissiya kotibidan iborat. Komissiya kotibi ovoz berish huquqiga ega emas. Agentlik direktorining o‘rinbosari lavozimiga ko‘ra attestatsiya komissiyasi raisi hisoblanadi.

3. Attestatsiya komissiyasining o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari va ko‘rsatmalari mazkur Reglamentga va Pasportlarga muvofiq sud boshqaruvchilari uchun majburiy hisoblanadi.

4. Attestatsiya komissiyasining majlislari zarurat bo‘lganda o‘tkaziladi. Attestatsiya komissiyasi raisi uning majlislarini o‘tkazadi, bayonnomalarni va boshqa hujjatlarini imzolaydi. Attestatsiya komissiyasi raisi yo‘qligida, uning vakolatlarini ushbu komissiya raisining o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi. Attestatsiya komissiyasi kotibi komissiya majlislarini tashkil etish va o‘tkazishni tashkil etish uchun mas’ul hisoblanadi.

Attestatsiya komissiyasi majlisi zarurat bo‘lganda komissiya raisining ruxsati bilan masofadan turib onlayn tarzda o‘tkazilishi mumkin.

5. Attestatsiya komissiyasi majlislari zarurat bo‘lganda o‘tkaziladi va uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda huquqiy vakolatga ega bo‘ladi.

6. Agentlikning To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonini yuritish boshqarmasi Attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.

7. Attestatsiya komissiyasining qarorlari Attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashadigan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

8. Attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish (sanasi, joyi va vaqti) to‘g‘risida Attestatsiya komissiyasi a’zolariga komissiyasi kotibi tomonidan xabar beriladi.

Attestatsiya komissiyasi majlisining o‘tkazilish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida o‘ziga nisbatan ish ko‘rilayotgan sud boshqaruvchisi majlis boshlanishidan kamida bir hafta oldin xabardor qilinadi. Agar sud boshqaruvchisi xabardor qilingan bo‘lib majlisga kelmagan bo‘lsa, attestatsiya komissiyasi ishni uning ishtirokisiz ko‘rib chiqishi mumkin.

9. Attestatsiya komissiyasi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

talabgorni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazishni tashkil etadi;

sud boshqaruvchisi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

10. Talabgor attestat olish uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan maxsus dastur bo‘yicha va muddatlarda test imtihoni topshiradi.

11. Attestatsiya komissiyasi raisi talabgorlardan tushgan arizalarga muvofiq attestatsiyani o‘tkazish sanasini belgilaydi va talabgorni xabardor qilish uchun Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon berishni tashkil etadi.

12. Ishchi organning bildirgisiga asosan komissiya raisi talabgorni imtihon topshirishga qo‘yadi.

13. 3 yildan kam bo‘lmagan uzluksiz ish stajiga ega “fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” ixtisoslashuvidagi advokatlar sud boshqaruvchilarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursini o‘tamasdan, Attestatsiya komissiyasining imtihonlariga kirishga haqli.

14. Attestatsiya (qayta attestatsiya) so‘rovnoma Agentlikka kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechikmay imtihon shaklida o‘tkaziladi.

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan yoxud test imtihoniga kechikkan talabgorlar kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi, bu haqda talabgor Davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.

Agar talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikkinchi marta test imtihonini topshirish uchun kelmasa, talabgorga attestat berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish rad qilingan hisoblanadi. Bunda test imtihonidan o‘tish uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.

15. Imtihon kompyuter dasturidan foydalangan holda, talabgori tanlagan tilda ellikta test savollariga javob berish shaklida o‘tkaziladi va javoblar uchun talabgorga bir soat vaqt ajratiladi.

Test savollari va javoblar variantlari Assotsiatsiya takliflarini hisobga olgan holda, Agentlik tomonidan sud boshqaruvchilarini o‘qitish bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus o‘quv dasturi asosida ishlab chiqiladi.

Test savollarining mazmuni va javoblar variantlari to‘lovga qobiliyatsizlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.

16. Imtihon topshirish vaqtida Attestatsiya komissiyasining kamida ikki a’zosi kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

17. Imtihon yakunlangandan keyin talabgor natijalar bilan tanishib, kuzatuvchilar bilan birgalikda imtihon natijalari blankasini imzolaydi.

18. Agar attestat talabgori imtihon natijalaridan norozi bo‘lsa yoki natijalar blankasini imzolamasa, blanka attestatsiya komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi. Attestatsiya komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolangan natijalar blankasi imtihoni natijalarini qayd etish uchun asos hisoblanadi.

19. Imtihon yakunlari bo‘yicha talabgor olingan natijalar asosida attestatsiyadan o‘tgan yoki attestatsiyadan o‘tmagan deb tan olinadi.

Imtihon natijalari Attestatsiya komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va raisi tomonidan tasdiqlanadi.

20. Talabgorga attestatsiya natijalariga asosan quyidagi toifadagi attestatlardan biri beriladi:

savollarning kamida 90 foiziga to‘g‘ri javob berganda — birinchi toifa;

savollarning kamida 85 foiziga to‘g‘ri javob berganda — ikkinchi toifa;

savollarning kamida 75 foiziga to‘g‘ri javob berganda — uchinchi toifa;

savollarning kamida 65 foiziga to‘g‘ri javob berganda — to‘rtinchi toifa.

Test imtihonining natijalari imtihon o‘tkazilgan kundan so‘ng uch ish kunida Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Agentlik test imtihonining natijalari tasdiqlangandan so‘ng uch ish kuni ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan attestatni rasmiylashtiradi.

21. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tmagan yoki attestat toifasini oshirish istagi bo‘�gan talabgor test imtihonini takroran topshirish uchun attestatsiya o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt o‘tgandan so‘ng belgilangan tartibda test imtihonidan o‘tishga yoki attestat toifasini oshirish uchun takroran murojaat qilishga haqli.

22. Attestatsiyani qayta topshirish yakunlariga ko‘ra talabgor attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda, shuningdek, Agentlik qaroriga asosan attestatning amal qilish muddati to‘xtatilganda (bekor qilinganda), talabgor navbatdagi attestatsiyaga faqat sud boshqaruvchilarini tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘quv kursini belgilangan tartibda takroran o‘tagandan keyin qo‘yiladi.

Talabgor imtihon natijalari yuzasidan oxirgi imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab bir oy mobaynida apellatsiya berish huquqiga ega.

Talabgor asosli e’tirozlari bayon qilingan apellatsiyani Attestatsiya komissiyasi raisi nomiga beradi. Apellatsiyani ko‘rib chiqish muddati u berilgan kundan boshlab uch kundan oshmasligi kerak. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

23. Attestatning amal qilishini to‘xtatish (bekor qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab u 3 yil davomida attestatsiyadan qayta o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi, sud boshqaruvchisining o‘z arizasi asosida uning attestatining amal qilishi to‘xtatilgan (bekor qilingan) hollar bundan mustasno.

24. Sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyat Agentlik tomonidan quyidagi to‘rt toifaga muvofiq berilgan attestat asosida amalga oshiriladi:

yuridik shaxslar to‘lovga qobiliyatsizligining soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — to‘rtinchi toifadagi attestat;

kuzatuv, tugatishga doir ish yuritish, to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxs qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — uchinchi toifadagi attestat;

kuzatuv, sud sanatsiyasi, tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari va to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxs qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — ikkinchi toifadagi attestat;

kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari va to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxs qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — birinchi toifadagi attestat.

25. O‘zbekiston Respublikasining sud boshqaruvchisi attestatiga ega bo‘lgan fuqarosi sud boshqaruvchisi hisoblanadi va u iqtisodiy sud tomonidan sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting baholash hisobga olingan holda:

kuzatuv tartib-taomilini joriy etishda — muvaqqat boshqaruvchi kreditor (kreditorlar) tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tayinlanadi. Muvaqqat-boshqaruvchi nomzodi kreditorlar tomonidan taklif etilmagan taqdirda, u Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi yoxud O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi (keyingi o‘rinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) yoki uning hududiy bo‘linmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi;

sud sanatsiyasi tartib-taomilini amalga oshirishda — kreditorlar yig‘ilishi yoki majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar yoki Agentlik yoxud uning hududiy boshqarmasi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tayinlanadi;

tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshirishda — tashqi boshqaruvchi har qanday kreditor tomonidan yoki Agentlik yoxud uning hududiy boshqarmasi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tayinlanadi;

bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash tartib-taomilini amalga oshirishda — tugatish boshqaruvchisini tashqi boshqaruvchini tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda ta�inlanadi. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlatning ulushi bo‘lgan korxona bankrot deb topilgan taqdirda Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi ham tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etishi mumkin;

jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirishda — moliyaviy boshqaruvchi qarzdor jismoniy shaxs yoki kreditorlar yoxud Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi yoxud Assotsiatsiya yoki uning hududiy bo‘linmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi.

26. Iqtisodiy sud to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan kelib chiqib, quyidagi sud boshqaruvchilarini tayinlaydi:

kuzatuv tartib-taomilini amalga oshirish uchun — muvaqqat boshqaruvchi;

sud sanatsiyasi tartib-taomilini amalga oshirish uchun — sanatsiya boshqaruvchisi;

tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshirish uchun — tashqi boshqaruvchi;

bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash tartib-taomilini amalga oshirish uchun — tugatish boshqaruvchisi;

jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — moliyaviy boshqaruvchi.

27. Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv yoxud tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini amalga oshirishda muvaqqat boshqaruvchi vakolatini amalga oshiruvchi shaxs nomzodi sud boshqaruvchisi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.

28. Assotsiatsiya Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholaydi va sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholash haqidagi ma’lumotlarni har chorakda ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta’minlaydi.

29 Sud boshqaruvchisiga o‘z vazifalarini bajarishi uchun mukofot to‘lash miqdori kreditorlar yig‘ilishi (kreditorlar qo‘mitasi) tomonidan belgilanadi va iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanadi. Sud boshqaruvchisiga mukofot “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda qarzdor mol-mulki hisobidan to‘lanadi, agar kreditorlar bilan kelishuvda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa.

30. To‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan bo‘lmasa, sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlarining o‘rni qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bergan arizachi tomonidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga haq to‘lash uchun sudning depozit hisobvarag‘iga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan to‘lov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun to‘lanadi.

Davlat soliq xizmati organining arizasiga asosan jismoniy shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik va (yoki) to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilganda, sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlari sudga ariza bergan davlat soliq xizmati organi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga haq to‘lash uchun sudning depozit hisobvarag‘iga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida oldindan to‘lov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun to‘lanadi.

Agar sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlari sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilmagan bo‘lsa, sud qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qaytaradi.

Iqtisodiy sudning tugatishga doir ish yuritish jarayonini yakunlash to‘g‘risidagi ajrimi chiqarilganidan so‘ng uch kun muddatda sudning depozit hisobvarag‘idan ushbu moddada belgilangan miqdorda sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlari to‘lab beriladi.

31. Iqtisodiy sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz�ikning soddalashtirilgan tartib-taomillari tugatilganda yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish yuritish tugatilganda, ushbu Pasportning 30-bandiga muvofiq nazarda tutilgan mukofot to‘lanmaydi.

32. Kreditorlar yig‘ilishi qaroriga asosan sud boshqaruvchisiga uning ish faoliyati natijasi bo‘yicha qo‘shimcha mukofot belgilanishi mumkin.

To‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirishda soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlik qoplanganda, kreditorlar yig‘ilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasida muvofiq qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin.

33. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari sud boshqaruvchisi tomonidan o‘z vazifalariga rioya etilishini nazorat qiladi.

34. Agentlik o‘z vakolatlari doirasida:

sud boshqaruvchisi faoliyatini qonunchilikka muvofiq tekshirish;

tekshirishlar o‘tkazishda paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan sud boshqaruvchisidan zarur tushuntirishlar va materiallarni so‘rash;

tekshirishlar natijalariga asosida aniqlangan qonun buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzish;

sud boshqaruvchisiga aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish hamda ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

sud boshqaruvchisini ogohlantirish;

sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini to‘xtatish (bekor qilish) yoki to‘xtatib turish;

sud boshqaruvchisi tomonidan unga yuklangan vazifalarning tegishli darajada bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish huquqiga ega.

35. Sud boshqaruvchisi Agentlik va un�ng hududiy boshqarmalari tomonidan tekshirishlar o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni ta’minlashi, shu jumladan zarur axborot va materiallarni taqdim etishi shart.

Sud boshqaruvchisi uning faoliyatini tekshirish jarayonida Assotsiatsiya yoki uning hududiy bo‘linmasi xodimi kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini talab qilish huquqiga ega.

36. Agentlikning hududiy boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida:

qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi jarayonlari monitoringini yuritadi;

qonunchilikka muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qiladi;

qonunchilikka muvofiq sud boshqaruvchisi faoliyatini tekshiradi;

qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi jarayonlari haqida kerakli bo‘lgan ma’lumot va materiallarni sud boshqaruvchisidan so‘rab oladi;

tekshirishlar natijalari asosida aniqlangan qonun buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnoma tuzadi va Sud boshqaruvchilari attestatsiya komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

sud boshqaruvchisi tomonidan unga yuklangan vazifalarning tegishli darajada bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

37. Attestatsiya komissiyasi sud boshqaruvchisi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Quyidagilar sud boshqaruvchilari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi yuzasidan ishning ko‘rilishi uchun asos hisoblanadi:

Agentlik va uning hududiy boshqarmalari nazorat qilish bo‘yicha o‘z vakolatlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari faoliyatida qonun buzilishi alomatlari to‘g‘risidagi ma’lumot va tekshirish dalolatnomalari;

davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tushgan axborot, sh�ningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning ariza va shikoyatlari, ommaviy axborot vositalaridagi qonun buzilish alomatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va xabarlar;

sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan sud boshqaruvchisi tomonidan qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risidagi xabarlar, taqdimnoma va xususiy ajrimlar.

38. O‘ziga nisbatan ish ko‘rilayotgan sud boshqaruvchisi ish materiallari bilan tanishishga va ulardan ko‘chirma olishga, og‘zaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillarni taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga, ishning boshqa ishtirokchilariga savollar berishga, iltimosnomalar taqdim etishga va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.

39. Attestatsiya komissiyasi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qonun buzilishi holatlari aniqlagan hollarda, aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma yuborish yoki sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini to‘xtatib turish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda mazkur qarorni Agentlikka kiritadi.

40. Agentlik sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishi to‘xtatib turilishi to‘g‘risida Agentlikning hududiy boshqarmalari va iqtisodiy sudni yozma ravishda xabardor qiladi va bir vaqtning o‘zida iqtisodiy sudga attestatining amal qilishi to‘xtatib turilgan sud boshqaruvchisining o‘rniga nomzodni taqdim etadi.

41. Agentlik iqtisodiy sud tomonidan yangi tayinlangan sud boshqaruvchisiga aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi.

42. Agentlikning hududiy boshqarmasi Assotsiatsiyaning hududiy bo‘linmasi bilan birgalikda sud boshqaruvchisining attestatini tiklash maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida Attestatsiya komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritadi.

43 Attestatsiya komissiyasining qarori sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini tiklash yoki to‘xtatishga (be�or qilishga) asos bo‘ladi.

44. Sud boshqaruvchilari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi holatlarini ko‘rib chiqish natijalari Attestatsiya komissiyasi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

45. Agentlikning qarori (ko‘rsatmasi) ishda ishtirok etuvchilarga ish bo‘yicha qaror (ko‘rsatma) chiqarilgan kundan boshlab uch kun ichida yuborilishi kerak.

46. Sud boshqaruvchisi ko‘rsatmada belgilangan muddatda qonun buzilishi holatlarining bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi dalillar bilan birga Agentlikka taqdim etishi lozim.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI
___________-toifali
SUD BOSHQARUVCHISINING ATTESTATI


-son

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasining 20___ yil ___ ________da o‘tkazilgan imtihon natijasiga binoan


Familiyasi:

Ismi:

Otasining ismi:

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:


SUD BOSHQARUVCHISI

attestati berildi


Mazkur sud boshqaruvchisi attestati uning egasini:
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
sifatida tayinlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun asos hisoblanadi.


Berilgan sana:

Amal qilish muddati:

Vakolatli shaxs:

QR-kod

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarning akkreditatsiyasi

2.

So‘rovnoma beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

a) So‘rovnoma;

so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

ekspertizadan o‘tkazilishi rejalashtiriladigan axborot mahsulotining turi va ekspertiza faoliyati sohalari;

davlat xizmatidan foydalanish sababi (akkreditatsiyadan o‘tish, akkreditatsiya guvohnomasini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish).

b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

ariza beruvchi maxsus bilimlarga, jumladan, pedagogika, yoshga oid psixologiya, yoshga oid fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalariga oid bilimlarga ega ekanligini tasdiqlovchi diplom yoki sertifikat.

Talabgorning oliy ma’lumot haqidagi diplomi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan so‘rab olinadi.

5.

Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Bepul

6.

So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:

7 ish kuni

7.

Malaka sertifikatining talab va shartlari

Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspert maqomini olish maqsadida akkreditatsiyadan o‘tish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs oliy ma’lumotga, maxsus bilimlarga, jumladan, pedagogika, yoshga oid psixologiya, yoshga oid fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalariga oid bilimlarga ega bo‘lishi kerak *.

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

5 yil.

9.

Izoh:

Akkreditatsiya 5 — 10 ta savoldan iborat og‘zaki suhbat shaklida o‘tkaziladi.

Talabgorning savollarga javoblari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarlik darajasi;

umumiy va maxsus bilim hamda amaliy ko‘nikmalari;

o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyatini puxta tahlil qila olishi.

Akkreditatsiyada talabgor to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 65 foizi va undan yuqori ball olgan taqdirda akkreditatsiyadan o‘tgan hisoblanadi.

*Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislariga malaka sertifikati

2.

So‘rovnoma beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari (Ishchi organ — hududiy mehnat inspeksiyalari)

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

a) So‘rovnoma;

so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

yashash manzili;

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

ma’lumoti (oliy ta’lim muassasasi nomi, fakultet);

tamomlagan yili, diplom raqami;

diplom bo‘yicha mutaxassisligi;

malaka oshirganlik haqida hujjat raqami va berilgan vaqti;

davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka imtihonini topshirish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish).

b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (O‘zbekiston Respublikasida tan olingan) nusxasi;

3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi elektron shakldagi fotosurat;

davomiyligi 72 akademik soatdan kam bo‘lmagan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirganlik haqida hujjat nusxasi (o‘quv tugagan sanadan boshlab malaka imtihonidan o‘tish uchun hujjatlarni topshirgunga qadar bo‘lgan sanagacha 1 yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa hujjat haqiqiy hisoblanadi).

Talabgorning oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan so‘rab olinadi.

5.

Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

Malaka sertifikatining muddatini uzaytirganlik uchun ham bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.

6.

So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:

1 ish kuni

7.

Malaka sertifikatining talab va shartlari

Talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:

a) oliy texnik ma’lumotga, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga yoki xorijiy davlatlarda olingan oliy texnik ma’lumot yoxud ilmiy darajaga (belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida tan olingan taqdirda) egaligi;

oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin mehnatni muhofaza qilish xizmatining yoki mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotning yoxud Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining mutaxassisi sifatida kamida 3 yil ish stajining mavjudligi *;

O‘zbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda olingan oliy notexnik ma’lumot (belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida tan olingan taqdirda) bilan oxirgi 10 yildan kamida 3 yil bosh muhandis, bosh mexanik, bosh energetik yoxud ishlab chiqarish uchastkasi (bo‘linmasi) rahbari ish stajining mavjudligi *;

b) malaka imtihonidan o‘tish uchun hujjatlarni topshirgunga qadar 1 yildan ortiq vaqt o‘tmagan, davomiyligi 72 akademik soatdan kam bo‘lmagan hajmda malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi *.

Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir talabgor malaka sertifikati olgan yildan keyin har 3 yilda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan davomiyligi 72 akademik soatdan kam bo‘lmagan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari shart.

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

5 yil

9.

Izoh:

Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestriga “mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” xizmat turi bo‘yicha kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti yoki Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari tomonidan amalga oshiriladi.

Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorlarning so‘rovnomalariga asosan ishchi organ nazorati ostida vakolatli organ binosida, ikki oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Ishchi organ faoliyatiga vakolatli organ xodimlari, shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari vakillari jalb qilinadi.

Test sinovi o‘quv dast�rining barcha bo‘limlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat bo‘ladi va umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.

70 foizdan kam bo‘lmagan savollarga to‘g‘ri javob bergan talabgor malaka imtihonidan o‘tgan hisoblanadi.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Korporativ boshqaruvchi malaka attestati

2.

So‘rovnoma beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

a) So‘rovnoma;

so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka attestatini olish uchun suhbatga kirishga ruxsat olish, malaka attestatini qayta rasmiylashtirish).

5.

Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

6.

So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:

3 ish kuni

7.

Malaka sertifikatining talab va shartlari

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Korporativ boshqaruvning zamonaviy amaliyoti va tamoyillari” bo‘yicha o‘quv kursini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lish *;

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda o‘zlashtirgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari va Biznes maktablarida tahsil olgan va ilmiy darajalarga ega bo‘lgan hamda korporativ boshqaruv fani bo‘yicha eng yuqori baho yoki ball olgan bo‘lish *.

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

5 yil

9.

Izoh:

Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish istagida bo‘lgan talabgorlarni sertifikat olish uchun o‘qitish

Talabgorlarning korporativ boshqaruv sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan mazkur sohadagi so‘nggi zamonaviy bilimlar mujassamlashtirilgan qisqa muddatli (bir haftadan kam bo‘lmagan muddatda), jumladan, onlayn, maxsus o‘quv dasturi shakllantirilib, doimiy ravishda takomillashtirib boriladi.

Mazkur dastur “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha korporativ boshqaruv fanida ham o‘qitiladi.

Malaka attestatini olish uchun nomzodlarni o‘qitish va o‘qish natijalari bo‘yicha sertifikat berish Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Nomzodlar o‘quv kursining yakuni bo‘yicha test topshirib, umumiy savollarning 55 foiziga javob berganda, tegishli tartibda sertifikatga ega bo‘ladi. Mazkur sertifikat malaka attestatini olishga da’vogarlik qilish huquqini beradi. Nomzod testdan o‘ta olmagan taqdirda, yakuniy testni bepul qo‘shimcha to‘lovsiz yana 2-marta takroran topshirishga haqli.

Malaka attestatini olish uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar va Oliy maktabning “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda o‘zlashtirgan tinglovchilari da’vogarlik qilish huquqiga ega.

Bunda arizalar ushbu o‘quv kurslari va magistratura tinglovchilari tomonidan mazkur fan o‘qitilgandan keyin bir yil mobaynida berilishi mumkin.

Davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bundan mustasno, ularda korporativ boshqaruv malaka attestati mavjud bo‘lganda davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga davlat ulushi bo‘yicha saylanishlari mumkin.

Korporativ boshqaruvchining malaka attestatiga ega bo‘lish to‘g‘risidagi talab kuzatuv kengashining davlat ulushi bo‘yicha mustaqil a’zosi sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega bo‘lgan, jumladan, xorijlik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Malaka attestatini olish uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar va Oliy maktabning “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda o‘zlashtirgan tinglovchilari da’vogarlik qilish huquqiga ega.

Bunda arizalar ushbu o‘quv kurslari va magistratura tinglovchilari tomonidan mazkur fan o‘qitilgandan keyin bir yil mobaynida berilishi mumkin.

Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olishga nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

murojaatlar soni 20 ta va undan ortiq bo‘lganda suhbat o‘tkaziladi.

Suhbat har bir talabgor bilan 20 daqiqagacha davomida yakka tartibda talabgorning:

korporativ boshqaruv mazmun-mohiyati, uning tamoyillari, korporativ boshqaruvni baholash va diagnostika qilish qobiliyati;

kuzatuv kengashining vakolatlari, vazifalari, majburiyatlari, qarorlar qabul qilishdagi tashabbuskorligi va bu boradagi jahon tajribasi, qonunchilik normalarining talablarini bilishligi darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Komissiya a’zolari yakka tartibdagi suhbatga kirgan har bir talabgorga savollar beradi. Bunda savollar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida o‘tkazilgan o‘quv kursi dasturi yo‘nalishlaridan kelib chiqib beriladi.

Suhbat natijalari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:

berilgan savolning mazmun-mohiyatini to‘liq ochib beruvchi dalillarga asoslangan javob berilishi;

savollar yuzasidan chuqur va tizimli bilim borligi namoyon etilishi;

korporativ boshqaruv tushunchasi va atamalaridan erkin foydalana olish.

Suhbatdan o‘tmagan yoki suhbatga kelmagan talabgor korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomlagan kundan boshlab bir yil mobaynida, shuningdek “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ikki yil (kunduzgi va sirtqi) o‘qishni tamomlab magistr diplomini olgan kundan boshlab bir yil mobaynida umumiy tartibda komissiyaga 3-martadan ko‘p bo‘lmagan takroriy arizalar berishi mumkin.

Suhbat natijalari bo‘yicha talabgorlarning shikoyatlari ular natijasi e’lon qilingan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida apellatsiya komissiyasi raisiga taqdim etiladi.

Malaka attestatining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi hamda uzaytirilmaydi. Muddat tugaganidan so‘ng yanga attestat olish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati

2.

So‘rovnoma beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

a) So‘rovnoma;

so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — ularning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjati (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati) ma’lumotlari.

Attestatsiyadan o‘tmasdan va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan, II toifali malaka sertifikatini oladigan shaxslar quyidagilarni ko‘rsatadi:

CFA Institute (Chartered Financial Analyst) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan moliyaviy tahlil va investitsiyalar sohasidagi xalqaro sertifikatning kamida birinchi darajasiga yoki ACI (The Financial Markets Association) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan valyuta va pul bozorlari, xavfni (tavakkalchilikni) boshqarish va moliyaviy tahlil sohalaridagi sertifikatga yoki ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro tashkilotining moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi xalqaro sertifikatiga yoxud FRM (Financial Risk Manager) sertifikatining kamida amaliy bilimlar (Applied Knowledge) darajasiga ega shaxs bo‘lgan hollarda — ushbu xalqaro sertifikat(lar) ma’lumotlari;

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi imtiyozli diplom ma’lumotlari;

davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka attestatsiyasidan o‘tish, malaka sertifikatini olish, malaka attestatini qayta rasmiylashtirish).

b) Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:

pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;

talabgorning belgilangan shakldagi fotosurati;

moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi yoxud oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (olish imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);

ish staji to‘g‘risida ma’lumotlar (olish imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);

jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu to‘g‘risida ma’lumotlar.

5.

Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

6.

So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:

3 ish kuni

7.

Malaka sertifikatining talab va shartlari

a) I toifali malaka sertifikatiga ega qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi *:

quyidagi mutaxassisliklardan biri bo‘yicha oliy ma’lumotga: moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasida, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjatga yoxud ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasiga ega bo‘lishi;

qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond bo‘limlarida yoxud moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasida, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjatga yoxud ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasiga yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi 10 yilda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Yoki I toifali malaka sertifikatiga ega qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi:

oliy ma’lumotga;

qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashk�lotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond bo‘limlarida yoxud moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasida, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjatga yoxud ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasiga yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi 10 yilda kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

b) Quyidagi shaxslar qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malakasi sertifikatini olish uchun attestatsiyadan o‘tishlari shart *:

qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ijro organi rahbarlari, markaziy depozitariy va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari, fond birjalarning ijro organi va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari va valyuta birjalarining fond bo‘limi rahbarlari;

qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi va (yoki) qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlarni bajaruvchi qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining, markaziy depozitariyning qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi bo‘limlarining, fond birjasining va valyuta birjalari fond bo‘limlarining mutaxassislari.

v) Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarida, fond birjalari va valyuta birjalarining fond bo‘limlarida ishlayotgan malaka sertifikatiga ega xodimlar ikki kishidan kam

bo‘lmasligi lozim.*

g) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va uning tarkibiy tuzilmalari, boshqa professional ishtirokchilar ijroiya organlari, fond birjasi ijroiya organi va uning tarkibiy tuzilmalari, boshqa birjalar fond bo‘limining rahbari 1toifali malaka sertifikatiga ega qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislari uchun belgilangan malaka talablariga javob berishi lozim *.

d) I yoki II toifali malaka sertifikatiga ega professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birja fond bo‘limining nazoratchisi *:

quyidagi mutaxassisliklardan biri bo‘yicha oliy ma’lumotga: moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasida, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjatga yoxud ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasiga;

yoxud qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond bo‘limlarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi o‘n yilda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

5 yil

9.

Izoh:

Ushbu Pasport talablari qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarida, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (keyingi o‘rinlarda — Markaziy depozitariy), fond birjalari va valyuta birjalarining fond bo‘limlarida ishlashga talabgor bo‘lgan yoki ishlayotgan hamda oliy ma’lumotga ega jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

I toifali malaka sertifikati — jismoniy shaxslarga beriladigan va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ijro etuvchi organi rahbari, markaziy depozitariy va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbari, fond birjasining ijro etuvchi organi va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbari va valyuta birjalarining fond bo‘limi rahbari lavozimini egallash uchun talab etiladigan malaka toifasi;

II toifali malaka sertifikati — jismoniy shaxslarga beriladigan va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarida, markaziy depozitariyning qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi bo‘limlari, fond birjalari va valyuta birjalarining fond bo‘limlarida mutaxassis sifatida ishlash uchun talab etiladigan malaka toifasi.

Quyidagi shaxslar istisno tariqasida vakolatli organ tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tmasdan va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan, II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin:

moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari, (agar oliy ma’lumotga egaligi to‘g‘risidagi diplom berilgan kundan uch yildan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa);

oxirgi besh yil mobaynida CFA Institute (Chartered Financial Analyst) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan moliyaviy tahlil va investitsiyalar sohasidagi xalqaro sertifikatning kamida birinchi darajasiga yoki ACI — The Financial Markets Association xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan valyuta va pul bozorlari, xavfni (tavakkalchilikni) boshqarish va moliyaviy tahlil sohalaridagi sertifikatga yoki ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro tashkilotining moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi xalqaro sertifikatiga yoxud Moliyaviy risk menejer FRM sertifikatining kamida amaliy bilimlar (Applied Knowledge) darajasiga ega bo‘lgan shaxslar.

Malaka sertifikatini berish bo‘yicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida o‘tkaziladi. A�ar ushbu kun bayram kuniga to‘g‘ri kelsa yoki texnik sabablarga ko‘ra ushbu kunda attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish shu oyning boshqa payshanba kuni o‘tkaziladi.

I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar attestatsiyadan test sinovi orqali ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Test sinovi jami 90 ta savoldan iborat bo‘ladi.

Birinchi bosqich talabgorlarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va ko‘nikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni o‘z ichiga olib, ularga javob berish uchun talabgorlarga 60 daqiqa beriladi va ular birinchi bosqichda kamida 45 ta savolga to‘g‘ri javob berishlari lozim.

Ikkinchi bosqich talabgorlarning boshqaruv qobiliyati va ma’naviy dunyoqarashini aniqlashga qaratilgan 30 ta maxsus savolni o‘z ichiga olib, ularga javob berish uchun talabgorlarga 30 daqiqa beriladi va talabgorlar ikkinchi bosqichda kamida 22 ta savolga to‘g‘ri javob berishlari lozim.

II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlardan faqat birinchi bosqich test sinovini muvaffaqiyatli topshirish talab qilinadi.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Aktuariy malaka sertifikati

2.

So‘rovnoma beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

a) So‘rovnoma;

so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka sertifikatini olish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish, malaka sertifikati muddatini uzaytirish).

b) quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:

pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotlari;

da’vogarning belgilangan shakldagi fotosurati;

iqtisodiyot yoki matematika oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi yoxud oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (olish imkoni mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);

ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar (olish imkoni mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);

jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

5.

Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

6.

So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni

7.

Malaka sertifikatining talab va shartlari

Iqtisodiyot yoki matematika oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikas� oliy ta’lim tashkilotlarida olingan oliy ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlarida olingan hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lish yoxud O‘zbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda (qonunchilik hujjatlariga muvofiq tan olishdan o‘tgan taqdirda) olingan matematika yoki iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lish;

so‘nggi o‘n yil ichida kamida besh yil sug‘urta, matematika, statistika, axborotlashtirish sohalarida ish stajiga (jumladan, o‘rindoshlik asosida) yoki pedagogik stajga ega bo‘lish.*

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

5 yil

9.

Izoh:

Malaka imtihonini tashkil etish va o‘tkazish uchun vakolatli organ tomonidan imtihon komissiyasi tashkil qilinadi. Imtihon komissiyasi rais, rais o‘rinbosari, kotib va kamida uch nafar a’zodan iborat bo‘ladi.

Imtihon komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihon komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi va ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadi.

Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organ xodimlari, aktuar hisob-kitoblar va sug‘urta sohalaridagi mutaxassislar kiritiladi. Imtihon komissiyasining tarkibi har bir malaka imtihoni uchun alohida tuziladi.

Imtihon komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi hamda raisi yoki uning o‘rinbosari ishtirok etganda, imtihon komissiyasi vakolatli hisoblanadi.

Malaka imtihoni kamida uch kishidan iborat guruhning shakllanishiga ko‘ra, lekin 3 oyda kamida 1-marta o‘tkaziladi.

Malaka imtihoni ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Malaka sertifikati muddati uzaytirilganda, talabgor qayta malaka imtihoni topshiradi.

test sinovi (3 akademik soat davomida kompyuter orqali). Test sinovi yakunlangach, uning natijasi shu vaqtning o‘zidan ma’lum qilinadi. Uning natijasiga ko‘ra da’vogarga yozma va og‘zaki imtihonni topshirish uchun ruxsat beriladi;

imtihon biletlari bo‘yicha yozma va og‘zaki imtihon (masalalarni yechish va og‘zaki javobga tayyorlanish uchun 3 akademik soat beriladi).

Malaka imtihonining ikkala bosqichini 1 kun davomida o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.

Test savollari quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 40 ta nazariy savollardan iborat:

aktuar matematika (10 ta savol);

statistika va ehtimollar nazariyasi (10 ta savol);

sug‘urta ishi va tavakkalchilik nazariyasi (10 ta savol);

investitsiya faoliyati va moliyani boshqarish (10 ta savol).

Har bitta to‘g‘ri javob uchun bir ball beriladi.

Test sinovlari natijalarini ijobiy deb e’tirof etish uchun asos bo‘ladigan to‘plangan ballar yig‘indisi 30 balldan kam bo‘lmasligi kerak.

Test sinovlari natijalari salbiy deb e’tirof etilganda (30 balldan kam to‘plangan ball), da’vogar imtihon topshirishga qo‘yilmaydi.

Imtihon bileti quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 4 ta nazariy savol va 4 ta amaliy masalalardan iborat:

aktuar matematika;

statistika va ehtimollar nazariyasi;

sug‘urta ishi va tavakkalchilik nazariyasi;

investitsiya faoliyati va moliyani boshqarish.

Imtihon biletining har bir nazariy savoli va amaliy masalasi 5 ballik tizim bo‘yicha baholanadi.

Imtihon bileti bo‘yicha kamida 30 ball to‘plagan da’vogar malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

*Aktuariy malaka sertifikatining bekor qilinishiga asos bo‘ladigan qo‘pol qoidabuzarliklarga quyidagilar kiradi:

aktuar xizmatlarni ko‘rsatish davomida aktuariy tomonidan olingan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga aktuar xizmatlar buyurtmachisining ruxsatisiz taqdim etish holatining aniqlanishi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

aktuariy malaka sertifikatini boshqa shaxsga o‘z nomidan aktuar xizmatlarni ko‘rsatish uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida berish holatining aniqlanishi.

Aktuariy malaka sertifikati bekor qilingan shaxs ushbu sertifikatning amal qilishi davrida qo‘pol qoidabuzarliklar uchun uni bekor qilish haqidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab uch yil mobaynida aktuariy malaka sertifikatini qayta olish uchun malaka imtihonini topshirishga qo‘yilmaydi.

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma

2.

So‘rovnoma beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Adliya vazirligi

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

a) So‘rovnoma;

so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

fuqaroligi;

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

yashash joyi;

ish joyi va lavozimi yoki boshqa yollanish bo‘yicha ishi to‘g‘risida ma’lumotlar;

davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestatsiyadan o‘tkazish);

patent vakilligiga nomzod bo‘yicha:

patent vakili sifatida kelgusi faoliyat ixtisosligi;

oliy ta’lim muassasasini tugatgan vaqt, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom seriya va raqami;

Patent vakili bo‘yicha:

malaka oshirish kursida o‘qiganlik to‘g‘risida sertifikat ma’lumotlari.

b) nomzodning oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida mavjud bo‘lmaganda ushbu diplom nusxasi ilova qilinadi.

O‘z xohishiga ko‘ra arizasiga malakasini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni ilova qiladi.

5.

Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Patent vakilligiga nomzodlar va patent vakillarini attestatsiyadan (qo‘shimcha attestatsiyadan) o‘tkazish uchun BHMning 4 baravari.

To‘lovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik qo‘mitasidagi maxsus hisob raqamiga (shu jumladan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — Adliya vazirligi Intellektual mulkni rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

6.

So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:

Besh ish kuni

7.

Malaka sertifikati talab va shartlari

Talab va shartlar mavjud emas

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

5 yil

9.

Izoh:

Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki oy oldin murojaat etishi kerak.

Malaka imtihoni nomzod yoki patent vakilini imtihonga qo‘yilgani haqida bildirishnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran ikki oydan oshmagan muddatda o‘tkaziladi.

Malaka imtihoni savollari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuziladi:

intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

Ikki va undan ortiq ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadigan nomzod yoki patent vakiliga har bir qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha yana 1 tadan qo‘shimcha savol beriladi.

Patent vakillarining ixtisosligi quyidagi intellektual mulk obyektlari bo‘yicha belgilanadi:

tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlar;

ixtiro va foydali modellar;

sanoat namunalari;

seleksiya yutuqlari;

integral mikrosxemalar topologiyalari.

Nomzod yoki patent vakiliga savollarga javob berishga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Nomzod yoki patent vakiliga ikki va undan ortiq ixtisoslik bo‘yicha savollarga javob berishga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun har bir qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha savol uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi.

Nomzod yoki patent vakili ikki va undan ortiq ixtisoslik bo‘yicha imtihon topshirgan taqdirda barcha ixtisosliklarning umumiy suhbat natijasi yuzasidan yagona qaror qabul qilinadi.

Nomzod yoki patent vakillari tomonidan malaka komissiyasi qarori ustidan apellatsiya komissiyasiga shikoyat etish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Quyidagi holatlarda nomzod yoki patent vakilini malaka imtihoniga qo‘yish rad etiladi:

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmaganda;

Adliya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimi bo‘lganda;

arizaga noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar kirit�lganda;

attestatsiyadan o‘tkazish rad etilgan, shu jumladan imtihondan chetlashtirilgan nomzod yoki patent vakili imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab olti oy o‘tmasdan murojaat qilganda.