O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4931-son Farmoni bilan tashkil etilgan “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda import o‘rnini bosuvchi, eksportbop ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida:
1. Buxoro viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Kadastr agentligining ushbu qarorga ilovada keltirilgan Buxoro viloyatining Buxoro tumani “To‘dako‘l” massividagi tuman hokimligi zaxirasiga olingan 69,5 gektar bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ajratish hisobidan “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandiga asosan Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobotga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
3. “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi Buxoro viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi yer maydonlarini elektron onlayn-auksionda sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan uch oy muddatda yangi hududlarning bosh rejasi ishlab chiqilishini ta’minlasin.
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasidagi yangi hududlarning tasdiqlangan bosh rejasiga asosan 2024 — 2026-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi bilan ta’minlanishi lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-noyabr,
PQ-372-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PQ-372-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga o‘tkazilayotgan Buxoro viloyatining Buxoro tumani “To‘dako‘l” massividagi tuman hokimligi zaxirasiga olingan 69,5 gektar bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari koordinatalari
RO‘YXATI
|
Yer uchastkalarining koordinatalari |
Kontur raqami |
Yer maydoni (gektar) | ||
|
I qism |
9836q |
29,0 gektar |
69,5 gektar | |
|
1-nuqta (shimol): |
39°40'10.08''S 64°38'27.47''V | |||
|
39°40'7.90''S 64°38'30.17''V | ||||
|
39°40'10.17''S 64°38'33.43''V | ||||
|
2-nuqta (janub): |
39°39'53.71''S 64°38'55.77''V | |||
|
39°39'50.85''S 64°38'48.82''V | ||||
|
39°39'46.88''S 64°38'53.39''V | ||||
|
3-nuqta (sharq): |
39°39'42.88''S 64°38'45.81''V | |||
|
4-nuqta (g‘arb): |
39°40'5.97''S 64°38'21.91''V | |||
|
II qism |
40,5 gektar | |||
|
1-nuqta (shimol): |
39°39'33.87''S 64°38'27.33''V | |||
|
39°40'6.01''S 64°37'57.21''V | ||||
|
39°40'5.42''S 64°37'51.96''V | ||||
|
2-nuqta (janub): |
39°40'0.69''S 64°37'41.95''V | |||
|
39°39'37.50''S 64°38'3.08''V | ||||
|
3-nuqta (sharq): |
39°39'42.14''S 64°38'11.63''V | |||
|
4-nuqta (g‘arb): |
39°39'31.06''S 64°38'21.49''V | |||
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 07/23/372/0881-son)