22.11.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2590-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining qarori, 22.11.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2590-2
Дата вступления в силу
22.11.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2590-2]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 11-yanvardagi OʻRQ-743-son “Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-son “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2014-yil 8-maydagi 92/1, 1-son qarori (roʻyxat raqami 2590, 2014-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 274-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2023-yil 23-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MH-15-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq hoʻjaligi vaziri A. VOITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 20-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01/22-05/5345-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son, Qishloq hoʻjaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1-bandning yettinchi xatboshisidagi “Respublikada karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarning roʻyxatida (roʻyxat raqami 2544, 2013-yil 26-dekabr)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatida (roʻyxat raqami 3357, 2022-yil 31-mart)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “karantin tadbirlarini” degan soʻzlar “oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2-bobning 4-paragrafi nomi va 19-banddagi “Karantin tadbirlarini” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“16. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarning maqsadi oʻsimliklar karantini obyektlarining xorijiy mamlakatlardan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini obyektlari tarqalgan hududidan Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini obyektlaridan xoli boʻlgan hududlariga kirib kelishi natijasida zarar yetkazilishi xavfining oldini olish, uni cheklash va bartaraf etishdan iborat hisoblanadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 17 va 20-bandlardagi “Karantin tadbirlari” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“22. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazorati oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)