1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish va tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori 9-bandida davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish va tartibga solish mexanizmlarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilganligi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Fiskal xatarlarni baholash va boshqarish boshqarmasi tashkil etilganligi hamda unga davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini koʻrib chiqish, kelishish, hisobini yuritish, boshqarish va tartibga solish vazifalari yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik loyihalaridagi davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlarini boshqarish va tartibga solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sherigi tomonidan davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organga taqdim etish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik loyihalari bilan bogʻliq davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlarini tahlil qilish, kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni monitoring qilish imkonini beruvchi idoralararo yagona elektron bazani yaratish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelgan davlatning shartli majburiyatlari boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzurida Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini koʻrib chiqish, kelishish, hisobini yuritish, boshqarish va tartibga solish doirasida ichki jarayonlarni muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 23-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
558-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom amalga oshirilayotgan, amalga oshirilishi kutilayotgan, shuningdek, tayyorgarlik yoki tender bosqichida boʻlgan davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — DXSH) loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlarini (keyingi oʻrinlarda — fiskal majburiyatlar) boshqarish hamda tartibga solish, koʻrib chiqish va kelishish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyatlari — davlat sherigi tomonidan DXSH bitimida belgilangan hamda miqdorlari, shartlari va muddatlari aniq boʻlgan, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar boʻlib, ularning tarkibiga bir martalik avans koʻrinishida, shartnoma muddati amal qilishi davomida toʻlanadigan doimiy toʻlovlar, kelishilgan natijalarga erishilganligi uchun toʻlanadigan toʻlovlar, muayyan xizmatdan foydalanish darajasidan kelib chiqib toʻlanadigan toʻlovlar yoki subsidiyalar kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning shartli majburiyatlari — DXSH loyihasini amalga oshirish davrida yuzaga kelishi muddatlari va hajmi noaniq boʻlgan, shuningdek, davlat tomonidan nazorat qilish imkoni boʻlmagan kelajakdagi muayyan hodisalar natijasiga koʻra Davlat budjetining oldida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy moliyaviy majburiyatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sherigi — Oʻzbekiston Respublikasi va (yoki) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa yuridik shaxslar yoki ularning birlashmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus holatlar — shartnomada belgilanmagan, yuzaga kelishi sheriklarning harakati (harakatsizligi)ga bogʻliq boʻlmagan, tomonlar uchun bir qator huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan holatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat jamgʻarmasi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan va tenderda ishtirok etishdan manfaatdor boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherik — Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomning maqsadi davlat sheriklari va tarmoqlar boʻyicha har bir DXSH loyihalaridagi fiskal majburiyatlar DXSH bitimlari amal qilish muddati davomida boshqarish va tartibga solish, ushbu bitimlarni imzolashdan oldin fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqish va kelishish, DXSH loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlashdan iborat.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. DXSH loyihalaridan kelib chiqishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar summasi ushbu Nizomda belgilangan qoidalar asosida hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni boshqarish va tartibga solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vakolatli organ DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqish, kelishish, hisobini yuritish, boshqarish va tartibga solish funksiyalarini amalga oshiradi hamda ushbu majburiyatlarni maʼqullaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat sherigi xususiy sherik bilan birgalikda DXSH loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni mazkur Nizomda belgilangan tartibda vakolatli organga taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vakolatli organ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar summasi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplaydi, umumlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, yangilab boradi, tahlil qiladi va monitoringini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DXSH shartnomasi doirasida berilgan davlat kafolatlari va boshqa turdagi davlat koʻmagi kelishuvlarining hisobini yuritadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlatning fiskal imkoniyatlarini hisobga olib, vakolatli organ DXSH toʻgʻrisidagi kelishuv doirasida xususiy sherikka beriladigan kafolatlar va fiskal majburiyatlar boʻyicha davriy limitlarni (budjet chegarasini) belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu takliflar Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va budjetnomada inobatga olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vakolatli organ DXSH toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan fiskal majburiyatlar bajarilishini nazorat qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vakolatli organ DXSH toʻgʻrisidagi bitim doirasida berilgan davlat kafolati boʻyicha toʻlovlar va tushumlar, shu jumladan, davlat sherigiga berilgan kreditlar va ular boʻyicha toʻlovlar hisobini yuritadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat sherigi DXSH loyihalari boʻyicha tender oʻtkazish, hujjatlarni rasmiylashtirish va loyihani amalga oshirishga masʼul hisoblanadi hamda quyidagi qoʻshimcha vazifalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan DXSH loyihasining konsepsiyasida, loyihani baholash hujjatida, tender hujjatida va DXSH toʻgʻrisidagi bitimda fiskal majburiyatlarni vakolatli organ bilan kelishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vakolatli organ qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqadi va kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar boʻyicha kafolatlangan toʻlovlar davlat sherigi bilan birgalikda uning majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida mablagʻlar mavjudligini yoki likvidligini boshqarish vositasi sifatida foydalanish sharti bilan beriladi, yillik operatsion subsidiyalar koʻrinishidagi toʻlovlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. DXSH loyihalari boʻyicha fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqish va kelishish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. DXSH loyihasi hujjatlarida fiskal majburiyatlarni aks ettirish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. DXSH loyihasining konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va DXSH toʻgʻrisidagi bitimning moliya boʻlimida quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) DXSH toʻgʻrisidagi bitimda xususiy sherik va davlat sherigi oʻrtasidagi tavakkalchilik taqsimoti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) DXSH toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish davrida davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlari yuzaga kelgan taqdirda, yillar kesimida kutilayotgan nominal va joriy qiymatlarda hisoblangan xarajatlar smetasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqilgan loyihaning fiskal xatarlar matritsasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ishlab chiqilgan davlatning yillar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyatlari hisob-kitobi hamda davlatning shartli majburiyatlari yuzaga keltiradigan ssenariy tahlillari (davlat sherigi defolti, xususiy sherikning defolti yoki fors-major holatlar), sodir boʻlgan taqdirda, yillar kesimida kutilayotgan xarajatlar hisob-kitobi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha kompensatsiyaning nominal qiymatdagi yillik hisob-kitoblari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning shartli majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi asosiy omillar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatarlarni kamaytirish boʻyicha nazarda tutilgan tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) DXSH loyihasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan fiskal majburiyatlar qiymati loyiha smetasiga kiritilgan boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. DXSH loyihasi boʻyicha fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqish va kelishish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. DXSH loyihasining konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasidagi fiskal majburiyatlarini kelishish uchun davlat sherigi yozma ravishda vakolatli organga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sherigining yillik budjeti, daromadlari va xarajatlari koʻrsatilgan moliyaviy hisob-kitoblar aks etgan maʼlumotnoma tashkilotning birinchi rahbari tomonidan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda vakolatli organ DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasidagi fiskal majburiyatlarni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5 va 6-boblarida belgilangan muddatlar doirasida koʻrib chiqadi va kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vakolatli organ taklif etilayotgan loyihani har tomonlama, shu jumladan, narx va sifat nisbati, xatarlar tahlili, loyihalashtirish, talab va taklif, moliyaviy baholash kabi DXSH bitimi bilan bogʻliq shartlarni, shuningdek, fiskal majburiyatlarni, DXSH loyihasini amalga oshirishda davlat koʻmagi turlarini, davlat kafolatlarini hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Vakolatli organ davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida besh ish kuni ichida fiskal majburiyatlarni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq quyidagilarga koʻra baholaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DXSH toʻgʻrisidagi bitim amal qilish muddati davomida davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyatlari maqbul ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DXSH loyihasini amalga oshirish davrida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar va ular natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning shartli majburiyatlari taxminiy miqdori maqbul ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DXSH toʻgʻrisidagi bitimda yoki loyihani baholash hujjatida fiskal majburiyatlari summasi Davlat budjetidan toʻlanishi belgilangan taqdirda, ushbu mablagʻlar Davlat budjeti taqsimotida aks ettirilganligi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyatlari summasi vakolatli organ tomonidan DXSH loyihalari uchun ajratilishi belgilangan Davlat budjeti mablagʻlari miqdoridan ortiq ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning shartli majburiyatlarini yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar toʻliq koʻrsatilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartli majburiyatlar summasi toʻgʻri hisob-kitob qilinmaganligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ taklif etilayotgan DXSH loyihasidan yuzaga keluvchi fiskal majburiyatlarni qaytadan hisoblab chiqish va ushbu Nizom talablariga muvofiqlashtirish uchun davlat sherigiga kamchiliklarni aniq koʻrsatilgan xulosa bilan birga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat sherigi vakolatli organning xulosasi asosida DXSH loyihasi natijasida yuzaga keluvchi fiskal majburiyatlarni qaytadan hisoblab chiqib, mazkur Nizomning 18-bandi talablariga muvofiqlashtiradi hamda fiskal majburiyatlar summasini kelishish uchun vakolatli organga qaytadan kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Vakolatli organ qaytadan kiritilgan DXSH loyihasi hujjatlarini besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda DXSH loyihasidan yuzaga keluvchi fiskal majburiyatlar davlat sherigining moliyaviy imkoni yetadigan darajada deb hisoblasa, fiskal majburiyatlar summasini maʼqullaydi va davlat sherigiga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. DXSH toʻgʻrisidagi bitim xususiy sherik tomonidan imzolashga tayyor holatga keltirilgandan soʻng davlat sherigining rahbari imzolashidan oldin DXSH toʻgʻrisidagi bitimni vakolatli organga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ uch ish kuni ichida imzolashdan oldin kiritilgan DXSH toʻgʻrisidagi bitimni va undagi fiskal majburiyatlarni mazkur Nizomning 17 — 19-bandlariga muvofiq berilgan xulosalarga mos ekanligini koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijasi boʻyicha DXSH loyihasidagi fiskal majburiyatlar summasi maqbul deb hisoblasa, loyihani maʼqullagan holda davlat sherigiga qaytaradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat sherigi umumiy qiymati 10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasidagi fiskal majburiyatlar summasini vakolatli organ bilan kelishadi, vakolatli organ ushbu hujjatlar kelib tushgandan boshlab oʻn ish kuni ichida Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Umumiy qiymati 1 million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan hamda mazkur Nizom qabul qilinishidan avval tasdiqlangan va amalga oshirilayotgan DXSH loyihalari boʻyicha fiskal majburiyatlar ushbu qaror kuchga kirgan sanadan boshlab bir oy ichida DXSH loyihasini amalga oshirishga masʼul davlat sherigi tomonidan mazkur nizomning 15-bandiga muvofiq hisoblanadi hamda vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mazkur Nizom qabul qilinishidan avval tasdiqlangan va amalga oshirilayotgan DXSH loyihalarida fiskal majburiyatlar hisoblanib, vakolatli davlat organiga taqdim etilganidan soʻng tasdiqlangan DXSH bitimidagi fiskal majburiyatlarga oʻzgartirish kiritilmaydi hamda mazkur nizomning 19 — 23-bandlari mazkur Nizom qabul qilinishidan avval tasdiqlangan va amalga oshirilayotgan DXSH loyihalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Taklif etilayotgan DXSH loyihasining fiskal jihatdan maqbulligini va barqarorligini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Vakolatli organ taklif etilayotgan DXSH loyihasining maqbulligini va barqarorligini baholash uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 15-bandiga asosan davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni batafsil koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DXSH loyihasidan kelib chiqadigan fiskal majburiyatlarning yillar kesimidagi qiymatini baholaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DXSH loyihasining barqarorligini baholash uchun davlat sherigining yillik budjet mablagʻlari fiskal majburiyatlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishga yetarli ekanligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Vakolatli organ mazkur Nizom talablariga muvofiq fiskal majburiyatlar boʻyicha xulosa taqdim etishidan oldin DXSH loyihasining maqbulligini va barqarorligini baholash natijalari vakolatli davlat organi rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan kam boʻlgan DXSH loyihasining fiskal jihatdan maqbulligini va barqarorligini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Vakolatli organ umumiy qiymati bir million dollardan kam boʻlgan DXSH loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar boʻyicha limitlarni belgilash va kelishish yuzasidan koʻrsatmalar ishlab chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Davlat sherigi umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan kam boʻlgan DXSH toʻgʻrisidagi bitimni imzolashdan oldin mazkur DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar va fiskal xatarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotlar qabul qilinganidan soʻng vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi rejalashtirilgan DXSH loyihasini fiskal jihatdan maqbul deb hisoblamasa, davlat sherigiga tegishli oʻzgartirish kiritish boʻyicha tavsiyalar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. DXSH loyihalari bilan bogʻliq fiskal xatarlarni boshqarish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Vazirlar Mahkamasi vakolatli organ bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga davlat qarzi boʻyicha cheklangan miqdorlarni va DXSH toʻgʻrisidagi kelishuv doirasida xususiy sherikka beriladigan kafolatlar va fiskal majburiyatlar boʻyicha yillik limitlarni belgilash yuzasidan takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Davlat sherigi fiskal xatarlar matritsasini, fiskal barqarorlik shaklini, fiskal majburiyatlar boʻyicha Davlat budjeti doirasida ajratilgan mablagʻlar boʻyicha hisob-fakturalar, kreditorlar tomonidan qarzlarni toʻlash jadvali va muddati oʻtgan qarzlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni imzolangan va tasdiqlangan holda har olti oyda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq vakolatli organga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Vakolatli organ davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan loyiha bitimidagi shartlarga rioya qilinmayotganligini aniqlagan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik bilan birgalikda ushbu holatni tahlil qiladi va tegishli choralar koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Vakolatli organ umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan barcha DXSH loyihalaridagi davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlari miqdorini umumlashtiruvchi maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, yangilab boradi, tahlil qiladi va monitoringini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Vakolatli organ har yili yil yakunlari boʻyicha barcha DXSH loyihalaridan yuzaga keluvchi umumiy fiskal majburiyatlar summasini hisoblab boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. DXSH loyihasidan yuzaga keladigan shartli majburiyatlarni bajarish hamda fiskal majburiyatlar shaffofligini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Xususiy sherik tomonidan DXSH loyihasidan yuzaga keladigan shartli majburiyatlarning bajarilishini talab qilish maqsadida daʼvo arizasini yuborish tartibi DXSH toʻgʻrisidagi bitimda yoki davlatning kafolat xatida (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatib oʻtilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. DXSH loyihasidan yuzaga kelgan davlatning shartli majburiyatlari bajarilishi boʻyicha taqdim etiladigan daʼvo arizasidagi talablar davlat sherigi hamda xususiy sherik tomonidan maʼqullanganidan keyin yoki uchinchi taraf (tijorat arbitrajlari) tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Vakolatli organ mazkur Nizomning 34-bandiga asosan shartli majburiyatlarni bajarish boʻyicha tasdiqlangan daʼvo arizasi kelib tushganidan soʻng belgilangan tartibda arizani koʻrib chiqadi hamda tegishli xulosani taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DXSH loyihasi boʻyicha yuzaga kelgan davlatning shartli majburiyatlarini bajarish boʻyicha yoʻllangan daʼvo arizasini qanoatlantirish maqsadida tegishli toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli organ rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartli majburiyatlar boʻyicha toʻlov miqdori belgilangan miqdorlardan ortiq boʻlsa, vakolatli organ Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda toʻlovni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartli majburiyatlar boʻyicha toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng 180 kun ichida davlat sherigi yoki Kafolat jamgʻarmasi hisobidan toʻlovlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Vakolatli organ DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning shartli majburiyatlari umumiy qiymatidan kelib chiqib, davlatning shartli majburiyatlari bilan bogʻliq toʻlovlarni amalga oshirish uchun Davlat budjetini shakllantirishda Kafolat jamgʻarmasiga mablagʻlar ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Vakolatli davlat organi yillik davlat qarzi hisobotida DXSH loyihalari bilan bogʻliq davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlarining summasi, amalga oshirilgan va kutilayotgan toʻlovlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni aks ettirib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Davlatning shartli majburiyatlari boʻyicha toʻlovlar tarkibiga DXSH bitimida belgilangan xatarlar, siyosiy xatarlar, fors-major holatlar, kelishilgan bozor xatarlari natijasida xususiy sherik tomonidan sarflangan ortiqcha xarajatlar, xususiy sherikka berilgan kafolatlangan daromadlar boʻyicha toʻlovlar, shuningdek, xususiy sherikka beriladigan toʻlov kafolati, minimal daromad kafolati, valyuta kursi kafolati, kredit kafolati, tarif kafolati, kontragentga toʻlov kafolati, bitimni muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha toʻlov va boshqa noaniq hodisalar natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xarajatlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. DXSH loyihalari ishtirokchilari DXSH bitimidan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan belgilangan tartibda sudga yoki yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha davlatning fiskal majburiyatlarini koʻrib chiqish va kelishish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Davlat sherigi
DXSH loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlari hisob-kitobini vakolatli organga taqdim etadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Vakolatli organi
(Iqtisodiyot va moliya vazirligi)
1. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlarini koʻrib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
2. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlarini kelishilgandan soʻng Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
10 ish kuni ichida
3-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Vakolatli organ tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSH loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlarini koʻrib chiqadi va maʼqullaydi, rad etadi yoki qayta koʻrib chiqish uchun qaytaradi.
10 ish kuni ichida
4-bosqich
Davlat sherigi
1. Davlatning fiskal majburiyatlari maʼqullanganligi haqida xususiy sherikni xabardor qiladi.
2. Qayta koʻrib chiqish uchun qaytarilgan davlatning fiskal majburiyatlarini hisoblab chiqadi va kelishish uchun vakolatli organga takroran kiritadi.
3 ish kuni ichida
Belgilangan muddatlarda
5-bosqich
Davlat sherigi va xususiy sherik
Davlatning fiskal majburiyatlari maʼqullangan DXSH loyihasini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va amalga oshirish choralarini koʻradi.
Belgilangan muddatlarda
6-bosqich
Vakolatli organ
DXSH loyihalaridagi davlatning fiskal majburiyatlari boʻyicha umumlashtiruvchi maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, yangilab boradi, tahlil qiladi va monitoringini yuritadi.
Doimiy ravishda
7-bosqich
Davlat sherigi yoki vakolatli organ
DXSH loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning fiskal xatarlari matritsasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatar turi
Ehtimollik darajasi1
Fiskal taʼsiri2
Xatarning ehtimoliy taʼsir qilish darajasi3
Xatar taʼsirini kamaytirish strategiyasi mavjudligi
Talab qilinadigan chora-tadbirlarning ustuvorlik darajasi 4
Taklif etilayotgan strategiya
Xatar turi 1
Past
Oʻrta
Yuqori
Past
Oʻrta
Yuqori
Past
Oʻrta
Yuqori
Mavjud
Mavjud emas
Past
Oʻrta
Yuqori
…
1Davlat sherigi xatarning sodir boʻlish ehtimollik darajasini past, oʻrta, yuqori ekanligini quyidagi prinsiplarga asosan belgilashi mumkin
Past
Oʻrta
Yuqori
Xatarning sodir boʻlish Ehtimolligi va omillar
Ehtimoli juda kam, lekin ahamiyatsiz emas
Juda gʻayrioddiy vaziyatlarni talab qiladi
Ehtimoli bor va mumkin
Noodatiy vaziyatlarni talab qiladi
Ehtimoli aniq, deyarli aniq
Koʻp holatlar va vaziyatlar
2 Xatarlarning fiskal taʼsir darajasi quyidagi jadvalga asosan aniqlanadi
Past
X< YAIM 0,1 % yoki X< Capex 5%
Hukumat nufuziga va koʻrsatiladigan xizmatlarga salbiy taʼsiri past
Oʻrta
YAIM 0.1%-0,2% yoki 5% — 25% Capex
Hukumat nufuziga va koʻrsatiladigan xizmatlarga calbiy taʼsiri oʻrta
Yuqori
X> YAIM 0,2% yoki X> 25% Capex
Hukumat nufuziga va koʻrsatiladigan xizmatlarga salbiy taʼsiri yuqori
X-xatar amalga oshgandagi miqdori Capex – loyiha uchun sarflanadigan jami xarajatlar
3 Xatarning ehtimoliy taʼsir darajasi quyidagi jadvalga asosan aniqlanadi
Xatar darajasi = Ehtimoliy darajasi x Fiskal taʼsiri
Fiskal taʼsiri
Yuqori
Oʻrta
Yuqori
Oʻta yuqori
Oʻrta
Past
Oʻrta
Yuqori
Past
Ahamiyatsiz
Past
Oʻrta
Past
Oʻrta
Yuqori
Ehtimolik darajasi
4 Talab qilinadigan chora-tadbirlarning ustuvorlik darajasi
Chora-tadbirlarning ustuvorligi = Xatar darajasi x Xatar taʼsirini kamaytirish strategiyasi mavjudligi
Xatar taʼsirini kamaytirish strategiyasi mavjudligi
Mavjud emas
Chora-tadbir talab etilmaydi
Oʻrta ustuvorlik
Yuqori ustuvorlik
Yuqori ustuvorlik
Oʻta yuqori ustuvorlik
Mavjud
Chora-tadbir talab etilmaydi
Past ustuvorlik
Oʻrta ustuvorlik
Oʻrta ustuvorlik
Yuqori ustuvorlik
Ahamiyatsiz
Past
Oʻrta
Yuqori
Oʻta yuqori
Xatarning ehtimoliy taʼsir qilish darajasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlar turi hamda summasi toʻgʻrisida maʼlumot*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal majburiyat
Fiskal majburiyatning turi/taʼrifi
Xatarlarni bartaraf etuvchi omillar/Xatarlarni sodir qiluvchi omillar
Joylashuvi/loyiha hujjatlariga havola
Loyiha nomi
1-toʻlov
Toʻgʻridan-toʻgʻri
Toʻlov summasi, toʻlov shartlari, davomiyligi va hisoblash shakli bayon etiladi
Xatarlarni bartaraf etuvchi omillar va Xatarlarni sodir qiluvchi omillar batafsil bayon etiladi
Loyihaning qaysi hujjati va aynan qaysi bandida ushbu majburiyatlar belgilangan
2-toʻlov
Shartli
Toʻlov summasi, toʻlov shartlari, davomiyligi va hisoblash shakli bayon etiladi
-
-
-
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Loyiha konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va bitim loyihasiga asosan toʻldiriladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat-xususiy sheriklik loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlari maqbulligini baholash*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatar turi
Baholash yondashuvi
Oʻlchov birliklari
(DXSH shartnomasi yakuniga qadar prognozlar)
Toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyatlar
Yillik hisoblangan toʻlovlar Sof foyda qiymati (NPV) (oʻrtacha/eng yomon holatda)
Davlat sherigining yillik budjetiga nisbati
Respublika budjeti daromadi va xarajatlariga nisbati
Davlat qarziga nisbati
YAIMga nisbati
Kafolatlar
Yillik hisoblangan toʻlovlar Sof foyda qiymati (NPV) (oʻrtacha/eng yomon holatda)
Davlat sherigining yillik budjetiga nisbati
Respublika budjeti daromadi va xarajatlariga nisbati
Koʻzda tutilmagan xarajatlar uchun ajratilgan mablagʻ summasiga nisbati
Davlat qarziga nisbati
YAIMga nisbati
Boshqa fiskal xatarlar

Muddatidan oldin shartnomani bekor qilish toʻlovi
Yillik hisoblangan toʻlovlar Sof foyda qiymati (NPV) (oʻrtacha/eng yomon holatda)
Respublika budjeti daromadi va xarajatlariga nisbati
Koʻzda tutilmagan xarajatlar uchun ajratilgan mablagʻ summasiga nisbati
YAIMga nisbati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* DXSH loyihalarining davlatning fiskal barqarorligiga va imkoniyatlariga taʼsirini aks ettirish uchun ushbu oʻlchov birliklari qatoriga barcha shartli majburiyatlar summasining Davlat budjetiga nisbatini, davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun mablagʻlarning davlatning daromadiga nisbati, davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyatlari summasi koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Sof foyda qiymatini (NPV) hisoblash tartibi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan uslubiy qoʻllanmada koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan yuzaga keladigan toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli majburiyatlarni hisoblash jadvali
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal majburiyatlar
Davr uchun jami, AQSH dollari
DXSH shartnomasi muddatiga qadar davr uchun umumiy qiymati
1 yil
2 yil
3 yil
…
Toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyatlar
Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar uchun toʻlovlar
Akkreditiv toʻlov, davlat sherigi tomonidan bankka toʻlanadigan yillik toʻlov
...
Jami toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyatlar
Shartli majburiyatlar
Inflyatsiya tufayli tovar va xizmat narxlarining oshishi
Minimal kafolatlangan daromad boʻyicha olinmagan daromadlar
Xususiy sherikning isteʼmolchilarga imtiyozlar berish va davlat sherigi ehtiyojlari uchun xizmatlar koʻrsatishdan kelib chiqadigan daromadlarini yoʻqotishi / qoʻshimcha xarajatlari
Tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilari tomonidan toʻlovlarni toʻlamaslik natijasida yoʻqotilgan daromadlar uchun toʻlovlar
Maxsus holatlarning yuzaga kelishi natijasida vujudga keladigan toʻlovlar
(i) Valyuta kursi oʻzgarishi
(ii) Inflyatsiyaning keskin oshishi
(iii) Soliq tariflari oʻzgarishi
(iv) Foiz stavkalari oʻzgarishi
Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishining maksimal miqdori
...
Jami shartli majburiyatlar
Umumiy miqdori — DXSH fiskal majburiyatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzurida davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nomidagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzurida” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1-band va 2-bandning birinchi xatboshilaridagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzurida” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) nomidagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 1-banddagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 4-banddagi “Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi)” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа