1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Temir yo‘llarda pochtani tashish va pochta vagonlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 3-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3462]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochtani temir yo‘llarda tashish va pochta vagonlaridan foydalanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi “Transport to‘g‘risida”gi va “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Temir yo‘llarda pochtani tashish va pochta vagonlaridan foydalanish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2023-yil 6-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-son

Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. ShERMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 5-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
255-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 16-avgust
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 6-sentabrdagi 23-son va Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 5-sentabrdagi 255-mh-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Temir yo‘llarda pochtani tashish va pochta vagonlaridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI

Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida pochtani temir yo‘llarda tashish hamda pochta vagonlaridan foydalanish, shuningdek ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yagona tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro pochtamt — xalqaro pochta almashinuvi joyi bo‘lib hisoblangan, xalqaro pochtani jo‘natish, topshirish, pochtani biriktirilgan magistral yo‘nalishlar bo‘yicha tashish, tranzit, chiquvchi va keluvchi pochta almashinuviga ishlov berish, shuningdek foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi milliy operatorining tarkibiy bo‘linmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasining milliy operatori (bundan buyon matnda milliy operator deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi doirasida pochta aloqasi xizmatlari bozoridagi talabni qanoatlantirish, majburiy ravishda universal pochta xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni va Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan pochta aloqasi operatori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi obyektlari — pochta aloqasi operatorlarining alohida bo‘linmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, bo‘limlari, punktlari, shuningdek boshqa bo‘linmalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta — pochta jo‘natmalari va pochta buyumlarining majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta-bagaj poyezdi — pochta va bagajni tashish uchun o‘z tarkibida asosan pochta hamda bagaj vagonlariga ega bo‘lgan maxsus tuzilgan poyezd;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta vagoni — poyezd harakatlanayotgan yo‘lda pochtani tashish, ishlov berish va pochta almashinuvi uchun mo‘ljallangan maxsus konstruksiyadagi temir yo‘l vagoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta yo‘nalishi — transport vositalarining pochta va kuryerlik jo‘natmalari almashinuvini amalga oshirish uchun pochta aloqasi obyektlari o‘rtasida, shuningdek pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qabul qilish va (yoki) yetkazib berish uchun pochta aloqasi obyektlari va foydalanuvchilar o‘rtasida belgilangan tartibda tasdiqlangan harakatlanish yo‘li;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta almashinuvi punkti — pochta aloqasi obyekti va transport o‘rtasida pochtani vaqtinchalik saqlash, ishlov berish va pochta almashinuvi maqsadida tashkil etilgan pochta aloqasi obyekti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi filiali — pochta aloqasi obyektlariga biriktirilgan hududda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qiluvchi milliy operatorning hududiy tarkibiy bo‘linmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga ega bo‘lgan, yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatadigan, shuningdek tashish uchun tegishli litsenziyaga, sertifikatga yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Temir yo‘llarda pochta tashish, pochta vagonlaridan foydalanish milliy operator bilan tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro pochta almashinuvi punktlari tomonidan pochtani tashish va pochta almashinuvi tartibi Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Pochta milliy operatorning pochta vagonlarida, shuningdek tashuvchining yo‘lovchi, tezyurar va pochta-bagaj poyezdlariga qo‘shiladigan vagonlarida tashiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Pochtani pochta vagonlarida tashish O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarining barcha liniyalari bo‘ylab amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pochta vagonlarida va boshqa vagonlarning maxsus moslashtirilgan joylarida tashilayotgan pochta aloqa xodimlari tomonidan kuzatib boriladi. Pochta oddiy bagaj vagonlarida pochta aloqasi xodimlarining kuzatuvida ham, ularning kuzatuvisiz ham tashiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tarkibiga pochta vagonlari ulanadigan poyezdlarning ro‘yxati milliy operator tomonidan tashuvchi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tarkibiga pochta vagonlari ulangan poyezdlarning qatnov jadvali o‘zgargani to‘g‘risida tashuvchi yangi jadvalni amalga kiritish muddatidan kamida besh kun oldin milliy operatorni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Pochta almashinuvi ko‘zda tutilgan temir yo‘l stansiyalarida tarkibida pochta vagonlari bo‘lgan poyezdlar pochtani yuklash va tushirish imkoniyati mavjud bo‘lgan maxsus yo‘lga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Poyezdlar boshqa yo‘lga qabul qilingan holatlarda, shuningdek tarkib stansiya o‘qiga nisbatan belgilanmagan joyda to‘xtatilganida stansiya bo‘yicha navbatchi bu to‘g‘risida pochta vagonlari bilan pochta almashinuvini amalga oshirayotgan pochta aloqasi xodimlarini oldindan xabardor qiladi va pochta vagonining to‘xtash joyini ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta almashinuvi jadvalda belgilangan to‘xtash vaqtida amalga oshirilishi kerak. Pochtaning tayyor emaslik sabablariga ko‘ra poyezdlarning ushlanib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kechikib kelgan pochta tashiladigan poyezdlarning to‘xtab turish vaqti qisqartirilganida bu to‘g‘risida poyezd boshlig‘i pochta vagoni boshlig‘ini, stansiya navbatchisi esa — stansiyada pochta almashinuvini amalga oshiruvchi shaxsni xabardor qilishi shart. Bunda kechikishni (ushlanib qolishni) bartaraf qilish maqsadida stansiya navbatchisi ushbu poyezdning qisqargan to‘xtab turish vaqtini ko‘rsatishi kerak. Poyezdlarning to‘xtab turish vaqtining davomiyligini besh daqiqadan kam vaqtga, shuningdek, grafik bo‘yicha belgilangan to‘xtab turish vaqti besh daqiqadan kam vaqtni tashkil etuvchi har qanday to‘xtab turishlarni qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy operator va tashuvchi o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, stansiya navbatchilari pochta aloqasi obyektlari xodimlarini ularning so‘rovlariga ko‘ra pochta tashuvchi poyezdlarning qatnov vaqtlari to‘g‘risidagi ma’lumot bilan ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tashuvchiga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni ijaraga olish, pochta vagonlarini ta’mirlash, ularni yuk ortish va tushirish uchun berish muddatlari hamda temir yo‘llarda pochta vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa masalalar qo‘shimcha shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Pochta vagonlarida pochta tashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Pochta vagonlarida tarqatish uchun qabul qilingan pochta Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga va pochta aloqasi sohasi amaldagi normativ hujjatlariga muvofiq tashiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta vagonlarida pochta aloqasining obyektlari faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan yukni faqat milliy operator ruxsati bilan tashishga yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Pochta, poyezd bekatga kelguniga qadar kamida o‘n daqiqa oldin, pochta aloqasi xodimlari tomonidan pochta vagonining to‘xtash joyiga yetkazib berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Pochta vagonida jo‘natish uchun tayyorlab qo‘yilgan pochta, hujjatlar va uchta nusxadan iborat bo‘lgan 16-shakldagi yukxati (mazkur Qoidalarning 1-ilovasi) bilan birga kuzatuvchi pochta aloqasi xodimiga, yukxatining uchinchi nusxasiga pochtani qabul qilganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirilgan holda topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Pochta vagonida ishlov berilishi lozim bo‘lgan yopiq pochta buyumlari va postpaketlar saralash zalida ochiladi hamda ularning ichidagi pochta jo‘natmalari hujjatlar bo‘yicha nomma-nom tekshiriladi. Birinchi navbatda yo‘nalishning eng yaqin uchastkalariga tegishli bo‘lgan yopiq pochta buyumlari va postpaketlar, keyin esa qolganlari ochiladi. Ochish tugallangach, pochta vagoni boshlig‘i manzil yorliqlarini yukxatidagi yozuvlar bilan solishtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Pochtani saralash, unga ishlov berish va berkitish tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Posilkalar pochta aloqasi xodimlari tomonidan yo‘nalish rejasiga muvofiq pochta vagoniga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guruhlar bilan — yo‘nalish bo‘yicha omborxonalarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida — tranzit omborxonalarga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Pochta vagonida ishlov berilishi lozim bo‘lgan posilkalar vagonning omborxonasida saralanadi. Ilova qilingan manzil blankalari 16-shakldagi yukxatidagi yozuvlar bilan nomma-nom solishtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Poyezd navbatdagi almashish punktiga yetib kelish vaqtiga qadar pochta vagoni brigadasi pochtani topshirish uchun to‘liq tayyorlab qo‘yishi va unga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun pochta va xizmat yukining umumiy massasi vagonning belgilangan yuk ko‘tarish qobiliyatidan oshmasligi kerak. Shubha tug‘ilgan hollarda, temir yo‘l xodimlari pochtaning massasini vagon tarozlarida tekshirish va belgilangan me’yordan ortiqcha pochtani vagondan tushirish majburiyatini yuklash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Pochta vagonlarini jo‘natish temir yo‘l xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Pochtani bagaj vagonlarida tashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Pochtani poyezdlarning bagaj vagonlarida tashish milliy operator hamda tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq tashuvchining poyezdlarida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yuk-bagajda jo‘natilayotgan pochtaga har bir topshirish punkti uchun 16-shakldagi yukxati ikki nusxada tuziladi. Bundan tashqari, 35-shakldagi tarqatish qaydnomasi (mazkur Qoidalarning 2-ilovasi) uchta nusxada tuziladi. Tarqatish qaydnomasiga 16-shakldagi yukxatiga qayd qilingan qoplar (bog‘lamalar) pochtani topshirish punktlarining ketma-ketlikda kelish tartibida yoziladi. Tarqatish qaydnomalarini raqamlash oyma-oy olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuk-bagajda jo‘natilayotgan pochtali qoplar tarqatish qaydnomasining ikkinchi nusxasiga imzo qo‘yilgan holda, dastlabki punktda poyezdning jo‘nash vaqtidan 30 daqiqa oldin va poyezdning oraliq bekatlarga yetib kelishidan kamida 50 daqiqa oldin bagaj omborxonalariga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Pochta aloqasi xodimlarining kuzatuvisiz pochta tashilayotgan bagaj vagonining nosozligi yoki yo‘lda poyezddan ajratilishi holatlarida, pochta nosoz vagon o‘rniga ulangan boshqa vagonga yo‘lovchilar bagaji kabi yuklanishi kerak. Bagaj qisman nosoz bagaj vagonidan boshqa vagonga yuklanganda, pochta birinchi navbatda yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda pochtani yuklash va tushirish ishlari temir yo‘l xodimlarining kuchi bilan bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Pochtani yo‘lovchi vagonlarida tashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ish hajmi katta bo‘lmagan pochta yo‘nalishlarida pochta yo‘lovchi vagonlarida pochta aloqasining ikkita xodimi kuzatuvida tashilishi mumkin. Kupeda tegishli uskunalar mavjud bo‘lganda, yo‘lovchilardan ajralganda hamda pochta va qimmatliklarning butligini ta’minlaganda, pochta jo‘natmalariga yo‘lda pochta vagonlari uchun ko‘zda tutilgan tartibda ishlov beriladi. Bunday sharoitlar bo‘lmaganda, faqat bosma nashrlar va yozma xat-xabarlar yopiq buyumlarda, yo‘lda ishlov berilmasdan tashiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Pochtaning yo‘lovchi vagonlarida tashilishi milliy operator bilan tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta yo‘lovchi vagonlarida tashilganda, pochta jo‘natmalari poyezdning jo‘nashidan va yetib kelishidan kamida 30 daqiqa oldin yuklash-tushirish ishlariga taqdim etiladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ichida yozma xat-xabarlar mavjud qoplarning, shuningdek, bosma nashrlar mavjud qop va bog‘lamalarning manzil yorliqlarida quyidagilar ko‘rsatiladi: qop (bog‘lama) qaysi bekatda topshirilishi kerak, manzillangan joyi, qop (bog‘lama)ning qayerdan kelayotganligi, ularning massasi va raqami, joylanmasining nomi, poyezd raqami. Ushbu ma’lumotlar 16-shakldagi yukxatida ham ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Pochtani jo‘natayotgan pochta aloqasi filiallari 35-shakldagi tarqatish qaydnomasining raqami va pochta jo‘natmalarining massasini ko‘rsatgan holda, tashish hujjatlarini tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Pochta aloqasi xodimlarining pochta vagonlarida yurishi va bekatlar hududida bo‘lishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Yo‘lda pochtani kuzatib borish, qo‘riqlash, unga ishlov berish va pochta almashinuvi uchun pochta vagonlarida va yo‘lovchi vagonlarining maxsus moslashtirilgan joylarida sayyor brigada xodimlarining yurishiga milliy operator tomonidan berilgan guvohnomalar bo‘yicha ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Sayyor brigada xodimlarining tarkibiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) pochta vagoni boshlig‘i;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) pochta vagoni boshlig‘ining yordamchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) kuzatuvchi-elektromontyor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) saralovchilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Brigadadagi xodimlarning soni ish hajmiga, almashishlarning muntazamligiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq holda belgilanadi, lekin kuzatuvchi-elektromontyorni qo‘shib hisoblaganda, ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak. Brigada a’zolari o‘rtasida majburiyatlar pochta vagoni boshlig‘i tomonidan taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Yo‘l davomida pochta vagonining sayyor brigadasi xodimlari o‘z vakolatlari doirasida, tarkibiga pochta vagoni qo‘shilgan poyezd boshlig‘iga (brigadiriga) bo‘ysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Pochta vagonlarida guvohnomalar bilan yurish huquqidan guvohnomada ko‘rsatilgan liniyalarda qatnaydigan pochta vagonlarini kuzatish bo‘yicha xizmat safaridan qaytayotgan pochta aloqasi xodimlari ham foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta vagonining boshlig‘i reysga chiqishdan oldin xalqaro pochtamtdan brigadaning barcha a’zolari uchun guvohnomalarni va to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘nalishda yurish hamda alohida orqaga qaytish uchun sayyor brigada xodimlari nomma-nom qayd qilingan 14-shakldagi yo‘l varaqlarini (mazkur Qoidalarning 3-ilovasi) tilxat bilan oladi. 14-shakldagi yo‘l varaqlari xalqaro pochtamtning direktori (o‘rinbosari), sayyor xizmatning sex boshlig‘i tomonidan imzolanadi va “Yo‘l varaqalari uchun” maxsus yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Pochtani kuzatib boruvchi sayyor xodimlardan tashqari pochta vagonlarida yurish huquqi quyidagilarga taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) zaxirada ketayotgan sayyor xodimlarga, guvohnoma va 14-shakldagi yo‘l varaqasida yozuv mavjud bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) milliy operator tomonidan berilgan maxsus guvohnomalar bo‘yicha pochta vagonlarining sayyor brigadalari ishini nazorat qilish va boshqa xizmatga oid maqsadlar uchun xizmat safariga yuborilgan mansabdor shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) sayyor xodimlar, kuzatuvchi — elektromontyorlar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslarga, tanishtirish safari paytida safarning boshidan oxirigacha bo‘lgan davrga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) sayyor xodimlar, kuzatuvchi — elektromontyorlar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash kurslarini tugatgan shaxslarga, shuningdek, “brigada usuli”da o‘qiyotganlarga, malaka o‘zlashtirilguniga qadar bo‘lgan davrga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Pochta vagonida yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar o‘zlari bilan qo‘lda olib yuriladigan yukni yo‘lovchilar uchun belgilangan me’yor chegarasida bepul olib o‘tishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Pochta vagonida, brigada ishini nazorat qiluvchi xodimlardan tashqari, bir vaqtning o‘zida guvohnoma bo‘yicha ko‘pi bilan ikkita kishining yurishiga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta vagonlarida guvohnomalar bo‘yicha ketayotgan shaxslar 14-shakldagi yo‘l varaqasiga yozilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Belgilanmagan shakldagi guvohnomani ko‘rsatgan, shuningdek zaruriy hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning pochta vagonida yurishi taqiqlanadi. Ular tomonidan ko‘rsatilgan guvohnoma olib qo‘yiladi va pochta almashinuvi (dastlabki yoki oxirgi) punktining boshlig‘iga bildirgi bilan birga taqdim etiladi, pochta almashinuvi punktining boshlig‘i chora ko‘rish uchun xalqaro pochtamtga yo‘llaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob.Pochta vagonlaridan foydalanish va ta’mirlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Milliy operator pochta vagonlarini O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnik foydalanish qoidalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar talablariga muvofiq soz holatda saqlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Poyezd vagonlari poyezdlarning belgilangan sxemalariga mos ravishda poyezdlarga ulanadi. Pochta-bagaj poyezdlarini shakllantirish sxemalarini o‘zgartirish milliy operatorning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Pochtani yo‘lda ushlanib qolishini bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Poyezdda pochta vagonining o‘rni o‘zgartirilgan hollarda, jo‘nab ketish bekati boshlig‘i poyezd yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi bekatlarga, pochta almashuvchi xodimlarni ogohlantirish uchun xabar berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Pochta vagonlarini ta’mirlash ishlari, milliy operator bilan ta’mirlash ishlarini olib borish huquqiga ega tashkilot o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, temir yo‘llarining yo‘lovchi vagonlar parki uchun belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Pochtani yuklashdan oldin, pochta vagoni boshlig‘i bilan kuzatuvchi-elektromontyor, texnik nazoratchi (mas’ul navbatchi yoki smena boshlig‘i) ishtirokida pochta vagonini qabul qiladilar. Bunda quyidagilar tekshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isitish va yoritish tizimlarining, ichki qulflar va tirgaklarning sozligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uskunalarning ishonchli mahkamlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yong‘inga qarshi vositalarning hamda vagon inventarining (soat, choyshab, yostiq jildlari, idish-tovoq, aptechkadagi dori-darmonlar va hokazolar) mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimlarda suvning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus idishlarning ko‘mir bilan (qishda to‘liq qilib) to‘ldirilganligi va orqa qismdagi signallarning mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta vagonining kuzatuvchi-elektromontyori yo‘l davomida orqa qismdagi signallarning yonib turishini ta’minlashi lozim. Poyezdning harakatlanishiga xavf soladigan hollarda, u poyezdni zudlik bilan to‘xtatish choralarini ko‘rishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Pochta vagonining sayyor brigada xodimlari xalqaro pochtamt mablag‘i hisobidan ta’minlanadi va ishlab chiqarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilganidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llardan texnikaviy foydalanish qoidalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar talablari bilan tanishganidan so‘ng ishlashga ruxsat beriladi. Sayyor brigada xodimlarining temir yo‘l xodimlari tomonidan, xalqaro pochtamtning vakili ishtirokida, temir yo‘llardagi sayyor xodimlar uchun belgilangan muddatlarda bilimlar tekshiruvi o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Avtonom elektrostansiyaga ega bo‘lmagan pochta vagonini yoritish ta’minoti, temir yo‘l tomonidan poyezdga qo‘shilgan vaqtdan boshlab va belgilangan bekatgacha yetib kelganidan keyin poyezddan ajratishgacha bo‘lgan vaqtga qadar boshqa vagonlar bilan umumiy asosda ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘xtash joylarida poyezddan ajratilgan va zaxirada bo‘lgan pochta vagonlarining yoritish ta’minoti milliy operator hisobidan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Poyezdda pochta vagoni yo‘lovchi vagon bilan yonma-yon joylashmagan hollarda, uning elektr bilan yoritilishi yonidagi pochta vagonining elektr stansiyasidan ta’minlanadi (bir vaqtning o‘zida ikkita pochta vagonidan oshmasligi kerak).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Kelishilgan yo‘nalishlar davomida yoqilg‘i quyish joyi va tartibi tashuvchi bilan milliy operator o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Bekatda va yo‘lda pochta vagonlarining isitilishi milliy operator hisobidan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Poyezdlar harakati bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra yo‘lda ushlanib qolgan pochta vagonlari, ushlanib qolgan vaqt davomida temir yo‘l hisobidan isitiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Pochta vagonlarining isitish qurilmalari va baklari uchun suv bilan ta’minlanishi temir yo‘l vositalari va mablag‘i hisobidan quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harakatlanish yo‘li davomida — ehtiyojga qarab belgilangan punktlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reysga chiqishdan oldin bir marta — dastlabki va oxirgi bekatlarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Pochta vagonlarining tashqi qismini yuvish poyezdlarni shakllantirish va qaytarib berish punktlarida milliy operator bilan tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Pochta vagonlarini dezinfeksiya qilish temir yo‘l vositalari bilan milliy operator mablag‘lari hisobidan yo‘lovchi vagonlari parki uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Poyezdni tuzish sxemasida nazarda tutilgan pochta vagonini tarkibga qo‘shmaslik yoki yo‘lda ajratish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Pochta tashilayotgan pochta vagonlarida yo‘lda texnik nosozliklar aniqlanganida, pochta vagoni boshlig‘i yoki avariya sodir bo‘lgan joydagi bekat boshlig‘i, yoxud avariya to‘g‘risida xabarnoma olgan bekat boshlig‘i bu to‘g‘rida mavjud bo‘lgan aloqa vositalaridan foydalanib zudlik bilan yaqinroq bo‘lgan pochta almashinuvi punktining yoki xalqaro pochtamtning boshlig‘ini xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Poyezdning harakatlanish yo‘lida pochta vagonini ajratishdan boshqa iloj qolmasa temir yo‘l xodimlari darhol bu to‘g‘rida pochta vagoni boshlig‘ini, pochtani boshqa — zaxira, pochta yoki bagaj vagonga qayta yuklashga tayyorlash uchun xabardor qiladilar. Bunda birinchi navbatda hukumatga oid va xalqaro pochta hamda imkoni bor miqdorda bosma nashr mahsulotlari yuklanishi kerak. Zaxira yoki bagaj vagon yo‘q bo‘lgan taqdirda, ajratilgan vagondagi pochta quyidagilarga yuklanishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) hukumatga oid va xalqaro pochta yozma xat-xabarlar hamda gazetalar — ushbu poyezdning bagaj yoki yo‘lovchi vagoniga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) pochtaning qolgan qismi — izma-iz kelayotgan poyezdlarning pochta yoki bagaj vagonlariga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Pochta yo‘lovchi vagonga qayta yuklanganida belgilangan manzilga pochta vagoni sayyor brigadasining bir yoki ikki a’zosi kuzatuvida jo‘natiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochtani vagonlarda jo‘natishda yozma xat-xabarlar solingan qoplar surg‘uchli muhr bilan muhrlanadi va plombalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Ajratilgan nosoz vagondagi pochtani boshqasiga qayta yuklash imkoniyati bo‘lmasa, temir yo‘l xodimlari pochta bor bo‘lgan bunday vagonni zudlik bilan ta’mirlash uchun eng yaqin joylashgan ta’mirlash punktiga yuborish choralarini ko‘radilar. Ta’mirlashdan so‘ng vagon birinchi jo‘nab ketayotgan yo‘lovchi poyezdga ulanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Texnik nosoz bo‘lgan pochta vagonidan pochtani tushirib boshqasiga yuklash uchun bekat boshliqlari pochta vagoni ajratilishiga sababchi bo‘lgan temir yo‘lning hisobidan pochtani qo‘riqlash va tushirib boshqasiga yuklash uchun ishchi kuchini hamda boshqa vositalarni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Pochta almashinuvi punktining yoki xalqaro pochtamtning mas’ul xodimi avariya joyiga ta’mirlash poyezdi tarkibida borish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Bekat boshlig‘i pochta vagoni poyezddan ajratilgani to‘g‘risida ajratish sababini ko‘rsatgan holda dalolatnoma tuzadi, pochta vagoni boshlig‘i bilan birga uni imzolaydi va dalolatnomaning nusxasini pochta vagoni boshlig‘iga beradi. Bekat boshlig‘i pochta vagoni ajratilgani to‘g‘risida mavjud bo‘lgan har qanday aloqa vositalari orqali pochta yo‘nalishi bo‘yicha yaqinroqda joylashgan pochta almashinuvi punktining boshlig‘iga va ushbu punktgacha bo‘lgan yo‘ldagi barcha bekat boshliqlariga pochta almashuvchi pochta aloqasi xodimlarini xabardor qilish uchun zudlik bilan xabar berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Pochtaga shikast yetkazilishi yoki pochta yo‘q qilish holatlari to‘g‘risida to‘rt nusxada dalolatnoma tuziladi, yo‘q qilingan yoki shikast yetkazilgan pochtaning ro‘yxati va yo‘q qilish sabablari ko‘rsatilib temir yo‘l va pochta aloqasi filiallari xodimlari tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma nusxasi zudlik bilan xalqaro pochtamtga jo‘natiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Temir yo‘llarda pochta tashish va pochta vagonlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq milliy operator bilan tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Temir yo‘l bekatlarida pochta operatsiyalari uchun xonalar, platformalar, temir yo‘l tupiklari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Tashuvchi temir yo‘lning yirik tarmoqlarida pochta almashinuvi punktlarini tashkillashtirish uchun mo‘ljallangan bino (xona)larni zaruriy moslamalar bilan ijara shartnomasi asosida ajratib beradi (temir yo‘l tupiklari, tunellar, platformalar va hokazo).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bekatlarda va omborlarda milliy operatorga taqdim etilgan xonalarga va platformalarga har qanday mexanik moslamalarni o‘rnatish, tashuvchi bilan milliy operator o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq milliy operator hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida ko‘rsatilgan bino va inshootlarni o‘rnatish va saqlash tashuvchi bilan milliy operator o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Tashuvchi maxsus xonalarni quyidagi maqsadlar uchun ijaraga beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) pochta almashinuvi punktini joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) pochtaga ishlov berish va uni saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) pochta aloqasi va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Xonalarning ijarasi uchun to‘lov milliy operator va tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Ijaraga berilgan xonalarning o‘lchami, ularni ta’mirlash va kommunal xizmatlardan foydalanish tartibi shartnomada belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Pochtani pochta vagonlariga yuklash uchun tashishda va vagonlardan tushirgandan so‘ng tashishda pochta almashinuvi punktlari o‘ziga tegishli bo‘lgan qo‘lda boshqariladigan va mexanik aravalardan foydalanadi. Platformalarda aravalardan foydalanish tartibi bekat boshlig‘i bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Aravalar pochta almashinuvi punktlarining binolarida yoki bekat boshlig‘ining ko‘rsatmasi bo‘yicha ular uchun maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Pochta vagonlarining sayyor brigadalari ishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Pochta vagonlarining sayyor brigadalari ishini nazorat qilish maqsadi yo‘nalishlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, pochta o‘z vaqtida va but holda yetkazilishini ta’minlashdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir sayyor brigada ishini yo‘nalishda tekshirish chorakda bir marta amalga oshiriladi. Xalqaro pochtamt rahbari (o‘rinbosari) tomonidan pochta vagonlarining sayyor brigadalari ishini nazorat qilish rejasi milliy operator tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Pochta vagonlarining sayyor brigadalari ishini tekshirish huquqi quyidagilarga berilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining xodimlariga — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro pochtamt tekshirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) milliy operator rahbariga (o‘rinbosarlariga), bo‘limlari boshliqlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) xalqaro pochtamt rahbariga (o‘rinbosarlariga), sifat xizmati boshlig‘i va xodimlariga, sayyor xizmat sexi boshlig‘iga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) milliy operator tomonidan vakolat berilgan boshqa shaxslariga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar milliy operator tomonidan taqdim etilgan, pochta vagonida yurish huquqini beradigan guvohnoma, shuningdek, lavozim guvohnomalari yoki tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalar mavjudligida pochta vagonlarining sayyor brigadalari ishini tekshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Pochta vagonlarining sayyor brigadalari ishini tekshiruvchi shaxslar quyidagilarni tekshirishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) brigada ishining tashkil etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) pochta almashinuvini amalga oshirish, pochtaga ishlov berish va uni tashish masalalariga oid buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) pochta buyumlarining saralanishi, yo‘llanishi, berkitilishi hamda yozma xat-xabarlar, sug‘urta va posilkaga oid pochta hamda bosma nashrlar bo‘yicha hujjatlar yuritilishi to‘g‘riligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) yozma xat-xabarlarni saralash uchun yorliqlarning mavjudligi va pochtani vagonlarning omborlariga taqsimlash tartibi, ushbu tartibga amal qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) 14-shakldagi yo‘l varaqasining to‘g‘ri yuritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) vagondagi shaxslarda pochta vagonida yurish huquqini beruvchi zaruriy hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
h) pochta vagonida pochtani tashishga tegishli bo‘lgan normativ hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) omborlar va seyflardagi pochta, qimmatliklar but saqlanishi ta’minlanganligi, shuningdek, pochta almashinuvida, xususan tungi vaqtlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) pochta almashinuvi uchun o‘z vaqtida tayyorlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) pochta aloqasi obyektlari tomonidan pochtaga ishlov berish va pochta almashinuvi qoidalarining bajarilishi, almashuvchilarda pochta almashinuvi huquqini beruvchi guvohnomalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) brigada a’zolari tomonidan pochtaga sifatli ishlov berishda o‘z ishi ustidan nazorat va o‘zaro tekshiruvlar o‘tkazilishi, pochta vagoni boshlig‘i tomonidan yo‘riqnoma va ekspluatatsiya nazorati amalga oshirilishi, shuningdek, ishda nuqsonlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) sayyor xodimlar ular tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan vagonlarda doimiy ravishda bo‘lishi borasidagi talablarning bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) brigada muhrlar, shtamplar, taqvim tamg‘alari, qoplar va boshqa turdagi ekspluatatsion materiallar bilan ta’minlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o) yo‘lovchilarga aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi, pochta to‘lovlarining davlat belgilari, pochta konvertlari va pochta kartalari bilan ta’minlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
p) pochta almashinuvi punktlari va pochta vagonlari xodimlari tomonidan texnika xavfsizligi va pochta xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi, xususan poyezdlar bekatlarda qisqa vaqtga to‘xtaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
q) mehnat intizomi holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
r) pochta vagonlari reysga tayyorlanishi hamda yo‘lda va dam olish punktlarida sanitariya holati ta’minlanganligi (vagonlar xonalari o‘z vaqtida tozalanishi, tegishli harorat saqlanishi, yozma xat-xabarli qoplarni ochishda chang tozalaydigan stollardan foydalanilishi, usti yopiq idishlarda qaynatilgan suv, tibbiyot qutichasi, choyshab, yostiq jildlari, idish-tovoqlar va boshqa inventar hamda mulklar bilan ta’minlanganligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) vagonlarning texnik holati (muzlatgichlar, isitish, suv bilan ta’minlash tizimlari, elektr uskunalar, eshiklar, ombor eshiklarining qulf va fiksatorlari, orqa qism signal chiroqlari, signalizatsiya qo‘ng‘iroqlari, zinapoya yoritgichlari, vagonning ostki magistrali va buksalar qizish signalizatsiyalarining ishga yaroqliligi, panjaralarning mahkamlanishi, akkumulyatorli signal chiroqlari, kalit komplektlarining mavjudligi, elektrolitning zaruriy zichligi va sathining saqlanishi, kalibrlanmagan saqlagichlar va boshqalardan foydalanish holatlarining mavjudligi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Pochta vagonlarining sayyor brigadalari ishini tekshiruvchi shaxslar tekshirish natijalari to‘g‘risida 14-shakldagi yo‘l varaqasiga tegishli yozuv qayd etishi, tekshirishlar daftariga aniq takliflarni kiritishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda, tekshirishlar daftariga qayd etilgan yozuvdan tashqari, to‘rt nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi milliy operatorga yuboriladi, ikkinchisi pochta vagonining sayyor brigadasi bo‘ysunadigan xalqaro pochtamtga, uchinchisi — pochta vagoni boshlig‘iga topshiriladi, to‘rtinchisi esa tekshiruvchi shaxsda qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Pochta va pochta vagonlarining xavfsizligini ta’minlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Ilova qilingan hujjatlarga pochta xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimning imzosi qo‘yilgan, pochta xavfsizligi bo‘yicha nazoratdan o‘tkazilgan pochta vagonlarda jo‘natish uchun qabul qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Pochta vagonlarida hamda yo‘lovchi va bagaj vagonlarining maxsus moslashtirilgan joylarida, shuningdek, bekat hududida va bekat binolarida joylashgan pochtaning qo‘riqlanishi milliy operator majburiyatiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Yuk ortilmagan pochta vagonlarining qo‘riqlanishi pochta aloqasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Texnik bekatlar va oraliqdagi bekatlarda nosoz pochta vagonlarining qo‘riqlanishi, bunday vagonlarda pochta aloqasi xodimlari, shu jumladan, kuzatuvchi-elektromontyorlar bo‘lmasa, pochta vagonlarini dalolatnoma bo‘yicha, ichki uskunalarni esa ro‘yxat bo‘yicha qabul qiluvchi temir yo‘l tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Temir yo‘llarda pochtani tashish va pochta vagonlaridan foydalanish qoidalariga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-shakl yukxati
16-sh.
Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlarining nomi