28.09.2023 yildagi PF-166-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, aholining ishchanlik faolligini oshirish uchun qulay sharoit yaratish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini kengaytirish hamda ijtimoiy soha va aholining turmush darajasini yaxshilash yuzasidan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika sohasida sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, sohaga xorijiy va xususiy investitsiyalar kelishini koʻpaytirish, narx shakllanishining erkin va shaffof mexanizmlarini joriy qilishga asoslangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlarini tashkil etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi yondashuvlarga asoslangan 2023 — 2030-yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarini bosqichma-bosqich shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energetika tarmogʻining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda sohaga xususiy sektorni keng jalb qilishga shart-sharoit yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasi taʼminotining uzluksizligi, barqarorligini taʼminlash va isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi uchun elektr energiyasi tariflarini belgilashda ijtimoiy himoya mexanizmlarini joriy etish hamda respublikaning barcha hududlarida 2035-yilga qadar aholiga elektr energiyasi yagona narx siyosati asosida sotilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektr energiyasi taʼminotchilarini erkin tanlash huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining ulgurji bozorida narxning talab va taklif asosida erkin shakllanishini taʼminlash, kunlik savdosini yoʻlga qoʻyish hamda barcha xarid qilish va sotish operatsiyalarini onlayn savdo platformasi orqali amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salohiyatidan keng foydalanish evaziga “yashil energiya” ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2023 — 2030-yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasini 2023-2024-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozori mexanizmlarini shakllantirishning bir bosqichidan keyingi bosqichiga oʻtish 2023 — 2030-yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasida belgilangan shartlar toʻliq bajarilgandan soʻng amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi 2024-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil uchun 2023 — 2030-yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturini qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzenergosotish” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzenergosotish” AJ) tashkil etish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJni elektr energiyasini tashish va tranzit qilishga ixtisoslashgan yagona magistral elektr energiyasi uzatish tizimi operatori etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-iyuldan boshlab magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan toʻliq amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-yanvardan boshlab “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlari boʻyicha majburiyatlari “Oʻzenergosotish” AJga toʻliq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Oʻzenergosotish” AJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki bosqichda elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji bozori mexanizmiga oʻtish davrida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilardan elektr energiyasini xarid qilish hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga va yirik isteʼmolchilarga belgilangan tariflarda sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keyingi bosqichda elektr energiyasini onlayn savdo platformasida talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxda sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining eksport va import operatsiyalarini shartnomalar asosida amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona elektr energetika tizimining real vaqt rejimida ishonchli ishlashini va muvozanatini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan tariflar asosida magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini uzatish xizmatlarini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistral elektr tarmoqlarini tasdiqlangan dasturlar asosida rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshni mamlakatlarning energetika tizimlari bilan barqaror bogʻlanishni taʼminlash va parallel ishlash rejimlarini boshqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining takliflari asosida energetika bozori regulatori — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarini bosqichma-bosqich tashkil qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasi bozorida raqobatni qoʻllab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarining barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni taʼminlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlari ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash va ularning litsenziya shartlariga amal qilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yildan boshlab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun hamda zarur boʻlgan boshqa hollarda tegishli tariflar va toʻlovlar miqdorlarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarida elektr energiyasini uzatishda va taqsimlashda yuzaga keladigan texnologik yoʻqotishlarning ruxsat etilgan meʼyorlarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozor konyunkturasi va energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish hajmlarini oshirishni rejalashtirish hamda infratuzilmani yaratishga qaratilgan uzoq muddatli investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energetika sohasidagi qurilish va taʼmirlash ishlarida mahalliy tovar va xizmatlar xarid qilinishini ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi hamda oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlik Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-martga qadar elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlari qonun-qoidalarini hamda ushbu bozorlar ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar paketini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, hamda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2025-yil 1-yanvarga qadar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlari “Oʻzenergosotish” AJga qaytadan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 1-yanvarga qadar xususiy elektr stansiyalari investorlari bilan imzolangan investitsiya shartnomalariga va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning birinchi xatboshisidagi shartnoma va bitimlarda koʻzda tutilgan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning tarmoq operatori sifatidagi funksiyalarini bajarish boʻyicha majburiyatlar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ zimmasida qolishi eʼtiborga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik bilan birgalikda 2024-yil 1-fevralga qadar xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyotini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-mayga qadar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali uzatish, “Oʻzenergosotish” AJ uchun elektr energiyasini sotish va xarid qilish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablagʻlarni taqsimlashning yangi tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Oʻzenergosotish” AJ shtat birliklari, birinchi navbatda, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi savdosi bilan bogʻliq boʻlgan tegishli shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Oʻzenergosotish” AJ Toshkent shahri, Osiyo koʻchasi, 42-uy manzili boʻyicha joylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Oʻzenergosotish” AJning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Agentlikning cheklangan shtat birligi 30 tani tashkil etadi, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 ta shtat birligi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi “Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” DUKning shtat birliklarini mos ravishda qisqartirish hisobiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 ta shtat birligi esa 2023-yil 1-dekabrga qadar bosqichma-bosqich tegishli vazirlik va idoralarning Agentlikka oʻtkazilayotgan funksiyalarini bajarish vazifasi yuklatilgan shtat birliklarini Agentlikka oʻtkazish hisobiga shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Agentlik faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish hamda qonunchilikka muvofiq jarimalarni qoʻllashdan tushadigan toʻlovlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Agentlikning 2023-yildagi xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzenergosotish” AJ va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ustav kapitallari shakllantirilishini hamda ularning taʼsis hujjatlari va tashkiliy tuzilmalari tasdiqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzenergosotish” AJning boshqaruv organlari tashkil qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzenergosotish” AJda rahbarlik lavozimlariga zarur tajriba va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan xorijiy mutaxassislar jalb etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2024-yil 1-aprelga qadar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini xarid qilish va sotish boʻyicha mavjud qarzdorliklari (jumladan, elektr energiyasini xarid qilish va sotish narxlari oʻrtasidagi salbiy tafovut hisobidan shakllangan qarzdorlik)ni taqsimlash tartibi hamda soʻndirish manbalarini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Belgilansinki, mazkur Farmonga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining va Agentlikning bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga oʻtkazilayotgan mulki, mulkiy huquqlari, shuningdek, ustav kapitalidagi aksiyalari va ulushlari qiymati, shu jumladan ularni qayta tashkil etish va tugatish jarayonlari soliqqa tortishning barcha turlari boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy ishchi guruh tuzgan holda, energetika sohasidagi islohotlarni, shu jumladan 2023 — 2030-yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilishni tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oy amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 28-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-166-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-166-son Farmoniga

1-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023 — 2030-yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KONSEPSIYASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Soʻnggi 6 yilda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlari va aholisi tomonidan elektr energiyasiga boʻlgan talab 1,6 barobar oshib, 83 mlrd kVt/soatga yetdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahlillarga koʻra, 2030-yilga qadar iqtisodiyotning barcha tarmoqlari jadal rivojlanishini inobatga olgan holda elektr energiyasiga talab qoʻshimcha 40 mlrd kVt/soatga oshishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika sohasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini kengaytirish hamda ijtimoiy soha va aholining turmush farovonligini oshirish yoʻlida oʻsib borayotgan elektr energiyasiga boʻlgan talabni qondirish va shu bilan bir qatorda elektr energetika sohasida raqobat muhitini yaratish maqsadida 2023 — 2030-yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Konsepsiyaning asosiy maqsadi shaffof va raqobatli elektr energiyasi bozorini yaratish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning muvozanatini taʼminlash, xususiy investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish hamda elektr energiyasining adolatli narx va tariflarda sotilishini taʼminlashdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya elektr energiyasi ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga oʻtishning asosiy bosqichlarini va ularda koʻzda tutilgan muhim shartlarni oʻz ichiga olib, kompleks chora-tadbirlarni va rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Konsepsiyada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) bozor operatori — bozorni shakllantirish hamda uning xavfsiz va samarali ishlashi uchun bozor ishtirokchilari nomidan elektr energiyasini sotish va (yoki) sotib olishni tashkil etish uchun masʼul boʻlgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) vakolatli isteʼmolchi — elektr energiyasi taʼminotchisini tanlash yoki oʻzgartirish huquqiga ega boʻlgan isteʼmolchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) ishlab chiqaruvchi — elektr energiyasini ishlab chiqarishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) yirik isteʼmolchi — elektr energiyasining ulgurji bozorida ishlab chiqaruvchilardan yoki elektr energiyasining chakana bozoridagi bir va undan ortiq taʼminotchilardan elektr energiyasini sotib olish huquqiga ega boʻlgan isteʼmolchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) markaziy xarid qiluvchi (“Oʻzenergosotish” AJ) — elektr energiyasini markazlashgan tarzda sotish va sotib olish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) mikro va kichik elektr stansiya — yagona elektr energetikasi tizimiga ulangan nuqtada oʻrnatilgan quvvati 5 MVt gacha boʻlgan elektr stansiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) mustaqil ishlab chiqaruvchi — elektr energiyasini uzoq muddatli kafolatlangan sotib olish toʻgʻrisidagi bitimni imzolamagan, litsenziya asosida faoliyat yuritadigan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi xususiy korxona;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) tayinlangan taʼminotchi (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali) taʼminotchini tanlash imkoniyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga kafolatlangan tarzda yoki vakolatli isteʼmolchining murojaatiga koʻra elektr energiyasini yetkazib berish (sotish) bilan shugʻullanadigan korxona;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(k) taʼminotchi — elektr energiyasini isteʼmolchilarga yetkazib berish (sotish) bilan shugʻullanadigan korxona;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(l) taqsimlash tizimi operatorlari — Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida muayyan hududda elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini yuritish, bunda taqsimlash tizimini ekspluatatsiya qilish, unga xizmat koʻrsatish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi yuz foiz boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan elektr energetikasi korxonalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(m) treyder — ishlab chiqarilgan elektr energiyasini ulgurji bozorda xarid qiluvchi xususiy korxona;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(n) uzatish tizimi operatori — Oʻzbekiston Respublikasida uzatish tizimlarini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(o) Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Regulator) — qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida faoliyat yurituvchi va energetika bozorini tartibga soluvchi hamda barcha bozor ishtirokchilariga litsenziya beruvchi organ.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. ELEKTR ENERGETIKA SOHASIDA OʻTKAZILGAN DASTLABKI ISLOHOTLAR VA HOZIRGI KUNDAGI HOLAT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Elektr energiyasini ishlab chiqarish

(IES, GES, IEM va QES)

14 ta issiqlik elektr stansiyalari;

46 ta gidroelektr stansiyalari;

9 ta mikro gidroelektr stansiyalari;

3 ta issiqlik elektr markazlari;

2 ta DXSH quyosh elektr stansiyalari

• Ishlab chiqarish davomida yuzaga kelgan barcha xarajatlarni qoplab beruvchi tariflar asosida elektr energiyasi Yagona xarid qiluvchiga kafolatlangan tarzda sotiladi.

Elektr energiyasini uzatish, xarid qilish va sotish

(Yagona xarid qiluvchi)

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Yagona xarid qiluvchi)

• Respublika hududida ishlab chiqarilgan barcha elektr energiyasini Yagona xarid qiluvchi sifatida xarid qilish va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga sotish.

• Eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish.

• Magistral tarmoqlarga texnik xizmat koʻrsatish.

Elektr energiyasini taqsimlash va sotish

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

• Elektr energiyasini isteʼmolchilarga yetkazib berish va barcha isteʼmolchilarga oʻrnatilgan tariflarda sotish.

Isteʼmolchilar

Barcha isteʼmolchilar

(7,6 mln aholi, 425 mingta yuridik isteʼmolchilar)

• Ishlab chiqarilgan elektr energiyasini faqatgina “Hududiy elektr tarmoqlari” AJdan xarid qiladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr energetikasi korxonalarining amaldagi tuzilmasi va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Soʻnggi yillarda xalqaro moliya institutlari ekspertlari bilan hamkorlikda islohotlarning dastlabki faol fazasi amalga oshirilgan, shu jumladan Energetika vazirligi tashkil etilgan hamda vertikal integrallashgan “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati funksional tamoyiliga koʻra, tegishli faoliyat turlari bilan bevosita shugʻullanadigan korxonalarga ajratilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “IES” AJ) — issiqlik elektr stansiyalari hamda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr markazlarini boshqaruvchi va “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekgidroenergo” AJ) — suv-energetika resurslarini yagona boshqaruv tizimini shakllantiruvchi va gidroenergetika obyektlarini markazlashgan texnologik boshqaruvchi tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekiston MET” AJ) — uzatish tizimi operatori va yagona xarid qiluvchi funksiyasini oʻzida mujassam etgan tashkilot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “HET” AJ) — taqsimlash tizimi operatori va elektr energiyasini isteʼmolchilarga sotish funksiyasini bajaruvchi tashkilot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Elektr energetika tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida ushbu sohaga xususiy investitsiyalar jalb qilina boshladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan, 2019 — 2023-yillar mobaynida umumiy qiymati 25,2 mlrd dollarlik, quvvati 24 GVtga teng boʻlgan 44 ta elektr stansiyasini qurish boʻyicha investorlar bilan kelishuvlarga erishildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston MET” AJ ishlab chiqaruvchi korxonalardan (14 ta issiqlik elektr stansiyalari, 46 ta gidroelektr stansiyalari, 9 ta mikro gidroelektr stansiyalari, 3 ta issiqlik elektr markazlari va 2 ta quyosh elektr stansiyalari) elektr energiyasini markazlashgan tarzda xarid qilmoqda va “HET” AJga belgilangan tariflarda sotmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“HET” AJ tomonidan respublika boʻylab elektr energiyasini barcha toifadagi isteʼmolchilarga sotish davlat tomonidan tartibga solinadigan tariflar asosida amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, respublikaning qayta tiklanuvchi energiya manbalari potensialidan foydalangan holda quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish doirasida investitsiyalar jalb qilinishi soha rivojlanishi uchun tayanch boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) joriy qilinib, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi isteʼmolini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni yaratilib, jarayon toʻliq raqamlashtirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy uzunligi 1165 kmdan ortiq boʻlgan uzatish elektr tarmoqlari hamda 29 540 kmdan ortiq boʻlgan taqsimlash elektr tarmoqlari, shuningdek 10 690 ta past kuchlanishli transformatorlar barpo etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sohada amalga oshirilgan dastlabki islohotlar natijasida yiliga qoʻshimcha 15 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarila boshladi hamda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzatish va yetkazib berishda texnik yoʻqotishlar 15,3 foizdan 13,2 foizgacha kamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi va “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonunlari bilan bir qatorda elektr energetika sohasini erkinlashtirish, sohada davlat rolini kamaytirish, elektr energiyasi bozori faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish maqsadida quyidagi hujjatlar ishlab chiqilmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash, xarid qilish va sotish bilan shugʻullanadigan har bir subyektning holatini, funksiyalarini va majburiyatlarini hamda elektr energiyasi bozorini shakllantirish siyosatini tartibga soluvchi va siyosat yurituvchi davlat organlarining holati va funksiyalarini belgilashni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha turdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash jarayonini tartibga soluvchi, turli xildagi vakolat va maqomga ega boʻlgan bir qator idoraviy hujjatlar oʻrniga yagona texnik reglamentni belgilashni nazarda tutuvchi Magistral elektr tarmoqlaridan hamda Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari (Transmission and Distribution Grid Codes).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada tegishli qonunchilik bazasi yaratilishi natijasida elektr energiyasini kelishilgan narxlar asosida sotib olish boʻyicha uzoq muddatli bitimlar tuzish orqali davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosidagi elektr stansiyalari qurilishi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilinmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shu bilan birga, 2030-yilga qadar elektr energetika sohasida hal etilishi zarur boʻlgan quyidagi asosiy masalalar mavjud:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasiga oʻsib borayotgan talabni qondirish bilan bogʻliq yillik kapital xarajatlarni qoplash uchun investitsiyalarga boʻlgan zaruriy ehtiyoj;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xususiy elektr stansiyalari oʻrtasida raqobat muhiti shakllanmaganligi tufayli ularning tannarxni tushirishdan manfaatdor emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish quvvatlarining yetarli darajadagi zaxiraga ega emasligi sababli isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlay olmaslik xavfi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energetika sohasida normativ-huquqiy bazaning takomillashmaganligi hamda elektr energiyasi bozorining faoliyatiga doir huquqiy asoslarning yetishmasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida kelgusi 7 yilda iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish, yirik mis, kimyo-polimer va mashinasozlik klasterlarini tashkil etish hamda xom ashyoni chuqur qayta ishlash tarmoqlari hajmini 2,5 barobarga koʻpaytirish koʻzda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyoji uchun yetkazib beriladigan elektr energiyasi miqdorini 120 milliard kVtga yetkazish va ushbu koʻrsatkichning 40 foizi miqdori qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga amalga oshirilishi belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun sohaga qoʻshimcha 52,3 mlrd AQSH dollari miqdorida, jumladan, uzatish va taqsimlash elektr tarmoqlarini rivojlantirishga 3,7 mlrd AQSH dollari, podstansiya va transformatorlar uchun 5,3 mlrd AQSH dollari, quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda elektr energiyasini saqlash quvvatlarini qurish uchun 26,7 mlrd AQSH dollari, shuningdek issiqlik va gidroelektr stansiyalarini qurish uchun 16,5 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etish talab qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, elektr energiyasini maxsus nazorat qilish va maʼlumotlarni yigʻish tizimini (SCADA) hamda elektr energiyasini boshqarish tizimini (EMS) joriy etish uchun 125 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiyaga zarurat mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur ishlar sohada raqobat muhitini yaratish hamda elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlarini tashkil qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. ELEKTR ENERGIYASINING ULGURJI VA CHAKANA BOZORI MEXANIZMLARIGA OʻTISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga oʻtishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlarini bosqichma-bosqich shakllantirish orqali elektr energiyasiga boʻlgan talabning toʻliq qondirilishini va narxlarning asossiz ravishda oshirilmasligini hamda respublikada elektr energiyasi xavfsizligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlari barcha ishtirokchilarining teng sharoitlarda uzatish va taqsimlash elektr tarmoqlariga ulanishini taʼminlash (tarmoqlar va bozorlarga ochiq kirish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlarini shakllantirish orqali isteʼmolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi uchun ijtimoiy tariflar tizimini saqlab qolish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat kafolatisiz xususiy investitsiyalarni jalb qilishga zamin yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salohiyatidan keng foydalanish orqali ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tariflarni belgilash tizimidan elektr energiyasining ulgurji bozorida shakllanadigan raqobatbardosh (talab va takliflar asosida) narxlar tizimiga oʻtish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. ELEKTR ENERGIYASINING ULGURJI VA CHAKANA BOZORI MEXANIZMLARIGA OʻTISH SHARTLARI VA BOSQICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga oʻtish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi va bosqichlarning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Regulator tomonidan energetika sohasida bozor munosabatlarining moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy siyosatini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlari ishtirokchilari faoliyatini tartibga soluvchi bozor qonun-qoidalarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlari ishtirokchilariga litsenziya berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistral elektr tarmoqlaridan hamda Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini (Transmission and Distribution Grid Codes) qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonunini yangi tahrirda qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga oʻtishning amaldagi bosqich shartlari toʻliq bajarilganidan keyin navbatdagi bosqichga oʻtish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, aholi uchun elektr energiyasi tariflarini belgilashda ijtimoiy himoya mexanizmlari joriy etilib, respublikaning barcha hududlarida 2035-yilga qadar aholi uchun elektr energiyasi yagona narx siyosati asosida sotilishi taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bosqich — “Ikki tomonlama shartnomalar asosidagi xaridlar” bosqichi (kafolatlangan xarid qiluvchi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ikki tomonlama shartnomalar asosidagi xaridlar” bosqichi
(1-bosqich sxemasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Ikki tomonlama shartnomalar asosidagi xaridlar” bosqichida quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “HET” AJning elektr energiyasini yakuniy isteʼmolchilarga sotish funksiyasi taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat koʻrsatish funksiyasidan ajratilib, alohida davlat chakana savdo korxonasiga oʻtkazilgan holda “HET” AJning filiali — “Energosavdo” korxonasi tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “HET” AJ elektr energiyasini taqsimlash va elektr tarmoqlariga xizmat koʻrsatish vazifalarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) respublikaning tajriba-sinov sifatida tanlangan hududlarida elektr energiyasini taqsimlash va taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat koʻrsatish, shu jumladan, qurish, qayta qurish va modernizatsiya qilish vazifalari bosqichma-bosqich xususiy taqsimlash tizimi operatorlariga tanlov natijalari asosida ishonchli boshqaruvga beriladi. Bunda ishonchli boshqaruvni amalga oshiruvchi yuridik shaxs taqsimlash tizimi obyektlarining ishchi holatda saqlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) elektr energiyasi savdosi operatsiyalarini amalga oshiruvchi bozor operatorining vazifalari markaziy xarid qiluvchiga yuklanadi hamda savdo operatsiyalari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EHNAT) va billing tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) elektr energiyasi savdo operatsiyalari uchun moʻljallangan savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) tajriba-sinov tariqasida ishga tushiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) vakolatli isteʼmolchilarning va yirik isteʼmolchilarning maqomi Regulator tomonidan belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga oʻtishning birinchi — “Ikki tomonlama shartnomalar asosidagi xaridlar” bosqichi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) elektr energiyasi bozorining ishtirokchilari Regulator tomonidan mazkur bosqich uchun ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan bozor qoidalari asosida faoliyat yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) elektr energiyasi bozorining barcha ishtirokchilariga (ishlab chiqaruvchilar, elektr energiyasini saqlash tizimi operatorlari, markaziy xarid qiluvchi, tayinlangan taʼminotchi, uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari) Regulator tomonidan litsenziya beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) davlat ulushi (kapitali) 50 foiz va undan ortiq boʻlgan ishlab chiqaruvchilar elektr energiyasini markaziy xarid qiluvchiga vakolatli organ tomonidan belgilangan tariflarda sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) elektr energiyasi sotib olinishi kafolatlangan xususiy ishlab chiqaruvchilar (Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga asosan) elektr energiyasini markaziy xarid qiluvchiga oʻzaro kelishilgan (bitimlarda belgilangan) narxda sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) elektr energiyasi sotib olinishi davlat tomonidan kafolatlanmagan mustaqil ishlab chiqaruvchilar (uzoq va qisqa muddatli ikki tomonlama shartnomaga ega boʻlgan) paydo boʻladi va ular elektr energiyasini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) yirik isteʼmolchiga oʻzaro kelishilgan narx asosida sotadi. Bunda elektr energiyasini uzatish va (yoki) taqsimlash xizmatidan foydalanganlik uchun toʻlov shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqaruvchi yoki yirik isteʼmolchi tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) markaziy xarid qiluvchiga belgilangan tariflarda sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) mikro va kichik elektr stansiyalar elektr energiyasini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) tayinlangan taʼminotchiga belgilangan tariflarda sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) oʻzaro kelishilgan narxda sotadi (bunda uzatish va (yoki) taqsimlash tizimidan foydalanganlik uchun toʻlov ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) markaziy xarid qiluvchi elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlariga, ishlab chiqaruvchilarga, tayinlangan taʼminotchiga va yirik isteʼmolchilarga belgilangan tariflarda, elektr energiyasini saqlash tizimlariga (elektr energiyasini saqlash xizmatini amalga oshirishda sarflanishi lozim boʻlgan elektr energiyasidan ortgan qismini qoplash maqsadida) elektr energiyasini saqlash xizmatini koʻrsatish bitimlariga asosan ularda belgilangan narxda sotadi hamda xorijiy mamlakatlarning vakolatli kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida eksport va import operatsiyalarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari belgilangan tariflarda elektr energiyasini uzatish va taqsimlash xizmatlarni koʻrsatadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) uzatish tizimi operatori tomonidan uzatish elektr tarmoqlari boshqariladi va ularni kengaytirish hamda modernizatsiya qilish orqali energiya tizimida barqarorlik taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) taqsimlash tizimi operatorlari tomonidan taqsimlash elektr tarmoqlari boshqariladi, ekspluatatsiya qilinadi, quriladi, qayta quriladi va modernizatsiya qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmi toʻliq uzatiladi va taqsimlanadi hamda elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonidagi texnologik sarf oʻrni ulgurji bozordan xarid qilish orqali qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) bozorning barcha ishtirokchilari, ham davlat, ham xususiy ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari tizimlariga ulanishda teng imkoniyatlar yaratiladi (elektr tarmoqlariga erkin ulanish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(k) tayinlangan taʼminotchi elektr energiyasini barcha isteʼmolchilarga (yirik isteʼmolchilar bundan mustasno) belgilangan tariflarda sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(l) elektr energiyasini saqlash tizimi operatorlari markaziy xarid qiluvchiga elektr energiyasini saqlash xizmatini koʻrsatish bitimlarida belgilangan shartlarda elektr energiyasini saqlash xizmatini koʻrsatadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Ikki tomonlama shartnomalar asosidagi xaridlar” bosqichini (1-bosqich) amalga oshirish muddati 2024-2025-yillar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bosqich — “Keyingi kun uchun savdolar” bosqichi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Keyingi kun uchun savdolar” bosqichi
(2-bosqich sxemasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Keyingi kun uchun savdolar” bosqichiga oʻtishning asosiy shartlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning istalgan kunida, jumladan, elektr energiyasining oʻta yuklanish davrlarida (talab maksimal boʻlgan davrlarda) isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʻlgan talabi toʻliq qondirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining keyingi kun uchun savdolari hisobini yuritish uchun bozor operatori tomonidan onlayn savdo platformasini toʻliq ishga tushirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Keyingi kun uchun savdolar” bosqichi uchun bozor qoidalarini Regulator tomonidan ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
real vaqtda elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning muvozanatini taʼminlash uchun elektr energiyasining zaxira quvvatlarini saqlab turish xizmati bozorini (muvozanatlash bozori) yoʻlga qoʻyish maqsadida muvozanatlash bozori qonun-qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Keyingi kun uchun savdolar” bosqichida quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “HET” AJning “Energosavdo” filiali alohida korxona shaklida qayta tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) respublikaning barcha hududlarida elektr energiyasini taqsimlash va taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat koʻrsatish, shu jumladan, qurish va modernizatsiya qilish vazifalari bosqichma-bosqich xususiy taqsimlash tizimi operatorlariga ishonchli boshqaruvga beriladi. Bunda ishonchli boshqaruvni amalga oshiruvchi yuridik shaxs taqsimlash tizimi obyektlarining ishchi holatda saqlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) elektr energiyasi bozori ishtirokchilarini va savdo shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisob-kitob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida bozor operatori vazifasi markaziy xarid qiluvchidan ajratilib, alohida mustaqil bozor operatori tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) respublikaning tajriba-sinov sifatida tanlangan hududlarida taʼminotchilarga bosqichma-bosqich faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi.
(15-band xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Keyingi kun uchun savdolar” bosqichi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) elektr energiyasi bozorining ishtirokchilari bozor qoidalari asosida faoliyat yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) elektr energiyasi bozorining yangi ishtirokchilariga (bozor operatori, ishlab chiqaruvchilar, elektr energiyasini saqlash tizimi operatorlari, taʼminotchilar, treyderlar va taqsimlash tizimlari operatorlari) Regulator tomonidan litsenziya beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) ulgurji bozorda elektr energiyasini xarid qilish va sotish bilan shugʻullanadigan xususiy kompaniyalar — treyderlar paydo boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) DXSH tamoyili asosida faoliyat yuritadigan elektr stansiyalari elektr energiyasini elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli bitimlar asosida sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) mustaqil elektr stansiyalari elektr energiyasini onlayn savdo platformasi orqali ulgurji bozorda vakolatli isteʼmolchilar, taʼminotchilar, “Energosavdo” korxonasi va treyderlarga — talab va taklif asosida shakllangan narxlarda sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlari va treyderlar elektr energiyasini onlayn savdo platformasi orqali taʼminotchilarga, tayinlangan taʼminotchiga va vakolatli isteʼmolchilarga talab va taklif asosida shakllangan narxlarda sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) Regulator tomonidan uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlarining elektr energiyasini uzatish va taqsimlash xizmatlari uchun alohida tariflar belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmi toʻliq uzatiladi va taqsimlanadi hamda elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonidagi texnologik sarflangan elektr energiyasining oʻrni elektr energiyasini ulgurji bozordan xarid qilish orqali qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(k) tayinlangan taʼminotchi elektr energiyasini Regulator tomonidan belgilangan tariflarda isteʼmolchilarga sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(l) taʼminotchilar elektr energiyasini belgilangan tariflarda yoki belgilangan tariflardan chegirmalar qoʻllagan holda isteʼmolchilarga sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(m) vakolatli isteʼmolchilar va taʼminotchilarga davlat hamda xususiy elektr stansiyalaridan onlayn savdo platformasi orqali elektr energiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(n) elektr energiyasining barcha savdo operatsiyalari oʻrnatilgan tartibda onlayn savdo platformasi orqali amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(o) maʼlum bir hududda taʼminotchi faoliyati mavjud boʻlmaganda yoki toʻxtatilgan taqdirda, tayinlangan taʼminotchi elektr energiyasini kafolatlangan yetkazib beruvchi funksiyasini bajaradi.
(16-band xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. “Keyingi kun uchun savdolar” bosqichini (2-bosqich) amalga oshirish muddati 2026 — 2028-yillar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bosqich — “Kun ichi (soatbay) savdolar” bosqichi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kun ichi (soatbay) savdolar” bosqichi
(3-bosqich sxemasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. “Kun ichi (soatbay) savdolar” bosqichiga oʻtishning asosiy shartlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining kun ichi (soatbay) savdolari uchun soatbay shakllanadigan narxlar hisobini yuritish maqsadida bozor operatori tomonidan onlayn savdo platformasini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kun ichi (soatbay) savdolar” bosqichi uchun bozor qoidalarini Regulator tomonidan ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. “Kun ichi (soatbay) savdolar” bosqichida quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzenergosotish” AJning bozordagi ulushini kamaytirish uchun unga mahalliy elektr stansiyalaridan elektr energiyasini xarid qilish taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozor operatori tomonidan elektr energiyasi kun ichi (soatbay) chakana bozorida faoliyat yuritib kelayotgan va bozorga kirish istagida boʻlgan ishtirokchilarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli kliring operatsiyalari orqali tahlil qilinadi va bozorda ishtirok etishga loyiqlik darajasi baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga oʻtishning uchinchi — “Kun ichi (soatbay) savdolar” bosqichi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) elektr energiyasi bozorining ishtirokchilari “Kun ichi (soatbay) savdolar” bosqichi uchun tasdiqlangan bozor qoidalari asosida faoliyat yuritadi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) elektr energiyasi bozorining yangi ishtirokchilariga (shu jumladan, ishlab chiqaruvchilar, taʼminotchilar, treyderlar va taqsimlash tizimlari operatorlari) Regulator tomonidan litsenziya beriladi;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) ishlab chiqaruvchilar elektr energiyasini onlayn savdo platformasi orqali ulgurji bozorda vakolatli isteʼmolchilar, tayinlangan taʼminotchi, treyderlar va taʼminotchilarga talab va taklif asosida shakllangan narxlarda soatbay sotadi;
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DXSH tamoyili asosida faoliyat yuritadigan elektr stansiyalari elektr energiyasini elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli bitimlar asosida sotadi;
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlari elektr energiyasini vakolatli isteʼmolchilarga, tayinlangan taʼminotchi va taʼminotchilarga talab va taklif asosida shakllangan narxlarda sotadi;
(20-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
treyderlar elektr energiyasini vakolatli isteʼmolchilarga, tayinlangan taʼminotchi va taʼminotchilarga talab va taklif asosida shakllangan narxlarda sotadi;
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Regulator tomonidan uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlarining elektr energiyasini uzatish va taqsimlash xizmatlari uchun alohida tariflar belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmi toʻliq uzatiladi va taqsimlanadi hamda elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonidagi texnologik sarflangan elektr energiyasining oʻrni elektr energiyasini ulgurji bozordan xarid qilish orqali qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayinlangan taʼminotchi elektr energiyasini Regulator tomonidan belgilangan tariflarda isteʼmolchilarga sotadi;
(20-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼminotchilar elektr energiyasini belgilangan tariflarda yoki belgilangan tariflardan chegirmalar qoʻllagan holda isteʼmolchilarga sotadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlum bir hududda taʼminotchi faoliyati mavjud boʻlmaganda yoki toʻxtatilgan taqdirda, tayinlangan taʼminotchi elektr energiyasini kafolatlangan yetkazib beruvchi funksiyasini bajaradi.
(20-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. “Kun ichi (soatbay) savdolar” bosqichini (3-bosqich) amalga oshirish muddati 2029-2030-yillar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga oʻtishdan kutilayotgan natijalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish orqali quyidagi natijalarga erishiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning istalgan kunida, jumladan, oʻta yuklanish davrlarida (talab maksimal boʻlgan davrlarda) isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʻlgan talabi toʻliq qondirilishi taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada elektr energiyasining taʼminot sifati, ishonchliligi va barqarorligi taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining narxi asossiz oshirilmasligi taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlari shakllanishi natijasida ishlab chiqaruvchilar va taʼminotchilar oʻrtasidagi shartnomalar onlayn ravishda bozor talab va takliflariga muvofiq shakllangan narxlarda tuziladi va vakolatli isteʼmolchilarning elektr energiyasi isteʼmoli, taʼminotchilarning xarajatlari, elektr energiyasini ishlab chiqarish mobaynida foydalanilgan energiya resurslarini isteʼmol qilish hajmlari optimallashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda taʼminotchilarning soni oshishiga, isteʼmolchilar tomonidan tanlash imkoniyati yaratilishiga hamda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining doimiy yaxshilanishiga erishiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energetika sohasida raqobat muhiti shakllanishi hisobiga xususiy elektr stansiyalari qurilishida davlat kafolatisiz investitsiyalar jalb qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-166-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023 — 2030-yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasini 2023-2024-yillarda amalga oshirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Elektr energetikasi sohasini isloh qilish boʻyicha huquqiy bazani shakllantirish

1.

Yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining hamda Jahon bankining texnik koʻmagi asosida jalb qilingan xalqaro ekspertlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil dekabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

“Energetika bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish.

1. Xalqaro moliya institutlari texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, “Energetika bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Energetika bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

3.

Xalqaro moliya institutlari texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan xolda, elektr energetikasi sohasida raqobatli bozorni shakllantirish maqsadida bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga soluvchi ulgurji va chakana bozor qoidalarini, shu jumladan bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash tartibini tasdiqlash.

1. Bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga soluvchi raqobatli ulgurji va chakana bozor qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil mart

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(Sharaxmetov)

2. Elektr energiyasi bozorida faoliyat yuritish uchun bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash tartibini tasdiqlash.

2024-yil mart

4.

2020 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan taʼminlash konsepsiyasini qayta koʻrib chiqish.

1. Jahon bankining texnik koʻmagi asosida 2020 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan taʼminlash konsepsiyasini qayta koʻrib chiqib, uning yangi tahririni ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Isaqulov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Mustafayev),

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

(Jurayev)

2. Yangi tahrirdagi 2020 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan taʼminlash konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil fevral

5.

Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini qabul qilish.

1. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil dekabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Isaqulov)

2. Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil yanvar

6.

Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini qabul qilish.

1. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan xolda, Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Mustafayev),

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

2. Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

7.

Elektr energiyasining savdo operatsiyalari uchun moʻljallangan savdo platformasini (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) yaratish.

1. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda savdo platformasini yaratish uchun texnik topshiriq ishlab chiqish.

2024-yil aprel

“Oʻzenergosotish” AJ,

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov)

2. Savdo platformasining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish.

2024-yil dekabr

II. Magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarini rivojlantirish

8.

Respublika hududidagi yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan davlat kafolati ostida xalqaro moliya institutlaridan 3 ta investitsiya loyihasi doirasida jalb qilingan 138,9 mln dollar miqdoridagi mablagʻlarni toʻliq oʻzlashtirish orqali quvvati 500 MVA boʻlgan 1 ta 220 kVli va 1 002 MVA quvvatga ega 500 kVli yangi podstansiya, shuningdek 465 km yuqori kuchlanishli (220 va 500 kVli) elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlarini yakunlash.

2024-yil dekabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Isaqulov)

9.

Respublika hududidagi past kuchlanishli taqsimlash elektr tarmoqlarini rivojlantirish.

2024-yil yakuniga qadar umumiy uzunligi 12 ming km boʻlgan 0,4 — 110 kVli elektr uzatish tarmoqlari va 3 mingta transformator punktini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlarini yakunlash.

Shu jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan davlat kafolati ostida xalqaro moliya institutlaridan 3 ta investitsiya loyihasi doirasida jalb qilingan 790 mln dollar miqdoridagi mablagʻlarni toʻliq oʻzlashtirish.

2024-yil dekabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Mustafoyev)

10.

Respublikaning energetika sohasini Dispetcherlik boshqaruvi va maʼlumotlarni yigʻish dasturiy-apparat kompleksi (SCADA) hamda Aksiyadorlik jamiyatining resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (ERP) joriy etish orqali raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni taʼminlash.

1. “Energetika tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni muvofiqlashtiruvchi hukumat ishchi guruhi”ni tuzish.

2023-yil noyabr

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Isaqulov),

“Milliy dispetcherlik markazi” DUK

(Boboyev),

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(Mirzayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Mustafoyev),

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

(Jurayev)

2. Aksiyadorlik jamiyatining resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (ERP) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJga joriy etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

3. Dispetcherlik boshqaruvi va maʼlumotlarni yigʻish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Milliy dispetcherlik markazi” DUKga joriy etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

11.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ isteʼmolchilariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hisobini yuritish uchun yangi billing tizimini ishlab chiqish va toʻliq amaliyotga joriy etish.

1. Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, zamonaviy texnologiyalar asosida, isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasining hisobini yuritish uchun yangi billing dasturini yaratishda texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(Mirzayev),

“Milliy dispetcherlik markazi” DUK

(Boboyev),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Mustafoyev)

2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “UZI№FOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ bilan yangi billing tizimini ishlab chiqish va toʻliq amaliyotga joriy etish boʻyicha tuzilgan shartnoma doirasida yangi billing tizimi test rejimida ishlashini hamda Toshkent shahri isteʼmolchilari mazkur tizimga oʻtkazilishini taʼminlash.

2024-yil fevral

3. Yetkazib berilgan elektr energiyasi hisobini yuritish uchun yangi billing tizimini toʻliq amaliyotga joriy etish.

2024-yil dekabr

III. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi hamda “Oʻzenergosotish” AJ faoliyatini tashkil etish

12.

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatini tashkil etish.

Agentlik ijro apparatining boshqaruv lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar (boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari) boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil oktabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xodjayev)

Agentlikni joylashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil noyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortikov),

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov),

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov)

Tegishli vazirlik va idoralarning Agentlikka bosqichma-bosqich oʻtkazilayotgan funksiyalarini bajarish vazifasi yuklatilgan shtat birliklarini Agentlikka oʻtkazish hisobiga Agentlikning 20 ta shtat birligini shakllantirish.

2023-yil dekabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan xolda Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil yanvar

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

13.

Elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyotini ishlab chiqish.

1. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyotini ishlab chiqish uchun ekspertlarni jalb qilish.

2023-yil dekabr

Idoralararo tarif komissiyasi,

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

2. Elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyotini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2024-yil fevral

3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini xarid qilish va sotish boʻyicha mavjud qarzdorligi (shu jumladan, elektr energiyasini xarid qilish va sotish narxlari oʻrtasidagi salbiy tafovut hisobidan shakllangan qarzdorlik)ni taqsimlash tartibini ishlab chiqish va soʻndirish manbalarini tasdiqlash.

2024-yil aprel

14.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi markaziy xarid qiluvchisi funksiyasini alohida kompaniyaga oʻtkazish orqali “Oʻzenergosotish” AJ faoliyatini tashkil etish.

1. “Oʻzenergosotish” AJni tashkil etish uchun taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish.

2023-yil oktabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Isaqulov)

2. “Oʻzenergosotish” AJning tashkiliy tuzilmasi va ijroiya organlarining tuzilmalarini tasdiqlash.

2023-yil noyabr

3. “Oʻzenergosotish” AJning boshqaruv organlarini (kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organlar) shakllantirish.

2023-yil noyabr

4. “Oʻzenergosotish” AJ faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrish.

2024-yil mart

15.

Elektr energiyasining uzatish, uni sotish va sotib olish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablagʻlarni taqsimlashning yangi tartibini tasdiqlash.

1. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali uzatish, “Oʻzenergosotish” AJ uchun elektr energiyasini sotish va sotib olish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablagʻlarni taqsimlashning yangi tartibini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

Idoralararo tarif komissiyasi,

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

2. Ishlab chiqilgan elektr energiyasini uzatish, “Oʻzenergosotish” AJ uchun elektr energiyasini sotish va sotib olish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablagʻlarni taqsimlashning yangi tartibini tasdiqlash.

2024-yil may

3. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” korxonasini tashkil etish va uning faoliyatini barcha hududlarda yoʻlga qoʻyish.

2024-yil may

16.

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan imzolangan shartnomalarni qayta rasmiylashtirish.

1. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning uzoq muddatli elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi shartnomalarini (Power Purchase Agreements) yangi tashkil etilgan “Oʻzenergosotish” AJ nomiga tegishli dalolatnomalar va shartnomalar (bitimlar) orqali qayta rasmiylashtirish.

2024-yil may

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Isaqulov),

“Oʻzenergosotish” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov)

2. Xususiy elektr stansiyalari investorlari bilan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan imzolangan 34 ta investitsiya shartnomasi va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

2024-yil may

3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJlardan sotib olish va elektr energiyasini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga sotish bilan bogʻliq 16 ta shartnomani “Oʻzenergosotish” AJ nomiga tegishli dalolatnomalar va shartnomalar (bitimlar) orqali qayta rasmiylashtirish.

2024-yil may

4. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini sotish va sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan barcha debitorlik va kreditorlik qarzdorligini xatlovdan oʻtkazib, “Oʻzenergosotish” AJ nomiga tegishli dalolatnomalar va shartnomalar (bitimlar) orqali oʻtkazish.

2024-yil iyul

5. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni “Oʻzenergosotish” AJga toʻliq oʻtkazish.

2024-yil dekabr

17.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish.

1. Shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini 200 MVtga yetkazish.

2024-yil dekabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

2. Quyosh fotoelektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini 3 347 MVtga yetkazish.

2024-yil dekabr

3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqarish quvvatlarini elektr tarmoqqa integratsiya qilish doirasida batareya energiya saqlash tizimlari quvvatini 500 MVtga yetkazish.

2024-yil dekabr

4. Energiya tizimining sharqiy tomonida ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarini gʻarbiy qismga uzatish maqsadida yuqori kuchlanishli oʻzgarmas tok havo liniyasini (NVDC) loyihalash ishlarini yakunlash.

2024-yil noyabr

18.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida quriladigan quyosh va shamol elektr stansiyalarini yagona elektr tarmogʻiga integratsiya qilish.

1. Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasining yagona elektr tarmogʻiga ulanishini simulyatsiya qiluvchi dasturlardan foydalangan holda, kelgusida qurilishi rejalashtirilgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini yagona elektr tarmogʻiga taʼsirini oʻrganish.

2023-yil noyabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Isaqulov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Mustafoyev),

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

(Jurayev),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

(Sanginov)

2. Quyosh va shamol elektr stansiyalarining yagona elektr tarmogʻiga taʼsirini oʻrganish natijalariga koʻra respublikani elektr energiyasi bilan taʼminlash konsepsiyasini qayta koʻrib chiqish.

2023-yil dekabr

3. Ishga tushiriladigan quyosh va shamol elektr stansiyalarini yagona elektr tarmogʻiga integratsiya qilish uchun muntazam ravishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari potensialini oʻrganib borish.

Doimiy asosida

IV. Respublika elektr energetikasi sohasi uchun kadrlar tayyorlash

19.

Respublika elektr energetikasi sohasi uchun yetuk mutaxassislarni, shu jumladan dispetcherlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini hozirgi zamon talablariga toʻliq moslashtirish.

1. Kadrlarga boʻlgan talab va kadrlarni tayyorlash yoʻnalishlarini aniqlash.

2023-yil dekabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xodjayev),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Isaqulov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Mustafoyev),

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

(Jurayev),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

(Sanginov)

2. Elektr energetikasi sohasini zamon talablariga toʻliq moslashtirish maqsadida ushbu yoʻnalishdagi mutaxassislar, shu jumladan dispetcherlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha yagona markazni tashkil etish.

2024-yil yanvar

3. Markazda xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, biznes-hamjamiyatlari va xalqaro jamiyatlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlash.

2024-yil iyun

20.

Elektr energetikasi sohasidagi kadrlarning bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish.

1. Xodimlarni ularning sohaviy xizmatda ishlash layoqatini aniqlash maqsadida har uch yilda bir marotaba alohida oʻquv dasturi asosida oʻqitish.

2. Oʻquv kurslari yakunida umumiy va maxsus modullar boʻyicha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan xodimlarga sertifikat berish.

Doimiy asosda

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Isaqulov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Mustafoyev),

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

(Jurayev),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

(Sanginov),

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

(Jurayev)

21.

Elektr energetikasi sohasidagi kadrlarni kasbga oid sifatlarini rivojlantirish va faoliyatining samaradorligini oshirish.

1. Elektr energetikasi sohasida kadrlarning oʻz kasbiga oid boʻlgan qoʻshimcha bilimlarni oʻzlashtirishi va faoliyat samaradorligini oshirish uchun oʻzaro bogʻliq boʻlinmalar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil noyabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Isaqulov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Mustafoyev),

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

(Jurayev),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

(Sanginov)

2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida kadrlarni rotatsiya qilish grafiklarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil dekabr

3. Elektr energetikasi sohasida kadrlarni muntazam ravishda rotatsiya qilish.

Doimiy asosda

22.

Malakali xalqaro ekspertlarni Agentlik faoliyatiga jalb qilish.

Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlar uchun texnik shartlarni ishlab chiqish va ularni jalb qilish.

2024-yil fevral

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xodjayev)

23.

Ilgʻor xorijiy kompaniyalarda elektr energetikasi sohasidagi dispetcherlarning malakasini oshirish.

1. Elektr energetikasi sohasidagi dispetcherlarning malakasini oshirish maqsadida ilgʻor xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil fevral

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(Isaqulov),

“Milliy dispetcherlik markazi” DUK

(Boboyev)

2. Hamkorlik kelishuvlari asosida har yili kamida 10 nafar dispetcherni ilgʻor xorijiy kompaniyalarga malaka oshirishga yuborish.

2024-yil dekabr

24.

Agentlik xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

1. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida Agentlik xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan dastur asosida ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar, simpozium, treninglar, master-klasslar va davra suhbatlari tashkil qilish.

2023-yil dekabr

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Vazirlar Mahkamasi tomonidan zarur hollarda mazkur “yoʻl xaritasi”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.