1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishda amaliyotga tatbiq etilgan yangicha yondashuvlarni oʻrgatish hamda ularni sertifikatlash tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son qarori bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-oktabrdan boshlab seysmik xavfsizligi II, III va IV toifadagi bino va inshootlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni sertifikatlash tartibi joriy etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mutaxassislarni sertifikatlash doirasida oʻquv kurslarini sifatli tashkil etish, taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish va buning uchun milliy trenerlar korpusini shakllantirishga masʼul davlat boshqaruvi organi etib belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoni bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida Arxitektura, qurilish, muhandislik va kommunal xoʻjalik sohalarida kadrlar tayyorlash (jumladan, maxsus maqsadli), qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning malakasini baholash boʻyicha ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — institut), shuningdek, uning asosiy funksiyalarini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalari — Arxitektorlar va muhandislar oliy maktabi, Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi, Malakani baholash markazi hamda ularning hududiy filiallari (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan) tashkil etilganligi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasining 5-paragrafi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-oktabrdan boshlab shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalaridagi mutaxassislarni (keyingi oʻrinlarda — mutaxassislar) ularning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha har uch yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi organ funksiyasi institutga yuklanganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab sertifikatga ega boʻlmagan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislarga xavflilik darajasi II, III va IV toifali qurilish obyektlarining, shuningdek, budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan I toifali qurilish obyektlarining arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, texnik nazoratni amalga oshirish, qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish va nazorat oʻlchovini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarga koʻp kvartirali uylarning boshqaruv organlariga rahbarlik qilish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.07.00 Uy-joy qurilish kooperativlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mutaxassislarni davriy sertifikatlashni joriy etishda ustuvor yoʻnalishlar sifatida quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, shaharsozlik, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlar, yongʻinga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish-montaj ishlarida pudratchi, buyurtmachi, loyihachi va qurilish organlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, tasdiqlangan loyiha hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, shuningdek, qurilish-montaj ishlarining xavfga uchrashi mumkinligi yuqori boʻlgan bosqichlarida davlat qurilish nazoratini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, obyektni oʻz muddatida foydalanishga topshirish yuzasidan shartnoma majburiyatini bajarish, birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlash boʻyicha texnik nazoratni olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish obyektining murakkablik, xavflilik darajalari va obyektga borish muntazamligidan kelib chiqib, obyektning texnologik, meʼmoriy-qurilish va boshqa texnik yechimlari, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari tasdiqlangan loyiha hujjatlarida koʻzda tutilgan yechimlar hamda koʻrsatkichlarga muvofiqligi yuzasidan mualliflik nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish obyektida haqiqatda bajarilgan fizik ish hajmlarni loyiha hujjatlari, oferta va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisob-faktura asosida oʻlchovdan oʻtkazish, loyihadan chetga chiqish holatlarini aniqlash, haqiqatda bajarilib, hisobotlarda aks ettirilgan asbob-uskunalar va kommunikatsiya tizimlarining sinovdan oʻtkazilganligini hamda hisobotlarda arifmetik xatolarning mavjudligi va boshqa hisob-kitoblarni nazorat oʻlchovini oʻtkazgan holda tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislarning belgilangan malaka talablariga mosligini taʼminlash orqali ular bajarayotgan ishlar sifatini oshirish, sohada shaffoflik va raqobatbardoshlikni taʼminlash, xalqaro standartlarga mos ish yuritish mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etib borish hamda aholining hayoti, salomatligi va xavfsizligini taʼminlash, mulkdorlar huquqini himoya qilishda mutaxassislar masʼuliyatini oshirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida rivojlangan davlatlarda qoʻllanadigan taʼlim standartlari asosida sertifikatlanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha quyidagi yoʻnalishlardagi oʻquv dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — dastur) ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2023-yil 1-oktabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yoʻnalishlar boʻyicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat oʻlchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert tashkilotlari ekspertlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2024-yil 1-aprelga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq yuqori malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, ilgʻor xorijiy standartlar asosida dasturlarni ishlab chiqish uchun zarur miqdordagi mablagʻlarni respublika budjeti hisobidan ajratsin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda institutda va uning hududiy filiallarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasasi) qurilish sohasi mutaxassislarini oʻqitishni tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bilim va malakalarni baholash agentligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-noyabrdan boshlab dastur asosida taʼlim olgan mutaxassislarning sohaviy bilimlarini test sinovidan oʻtkazib borish tizimini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi, boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida taʼlim muassasasida oʻqib, test sinovlaridan oʻtgan mutaxassislarning sertifikat olishlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida shakllantirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QR-kod qoʻyiladigan elektron tarzda shakllantiriladigan sertifikat testdan oʻtgan mutaxassislar tomonidan yuklab olinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik tarzda sertifikatlangan mutaxassislar reyestri shakllantirilishini nazarda tutuvchi idoralararo maʼlumotlar bazalarining oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlovchi dasturiy taʼminot ishlab chiqilishini hamda joriy etilishini taʼminlasin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, uning tizimidagi va soha tashkilotlarining buyurtmanomalari asosida Arxitektorlar va muhandislar oliy maktabida kadrlar toʻlov-kontrakt asosida maqsadli tayyorlanadi (turli shakllarda, qisqartirilgan muddatlarda) hamda uning bitiruvchilariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi institut diplomi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institutda mutaxassislik boʻyicha turdosh yoʻnalishlarda qayta tayyorlash kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha oliy maʼlumotga hamda mutaxassisligi boʻyicha 3 yil va undan ortiq ish stajiga ega boʻlgan kadrlarni toʻlov-kontrakt asosida kamida olti oy muddat davomida oʻqitish va imtihon natijalari boʻyicha tegishli diplom bergan holda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institutda malaka oshirish jarayonlari Vazirlar Mahkamasining “Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 31-maydagi 451-son qarori asosida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institut binosini uning faoliyatiga moslab rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida markazlashgan kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalariga (keyingi oʻrinlarda — sohalar) oid tegishli yoʻnalishlarda kadrlarni maqsadli maxsus tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kompetensiya tasdigʻini olishni xohlovchi jismoniy shaxslarning kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqitishning zamonaviy shakllari, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari asosida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan oʻquv jarayonini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalar va tinglovchilarning amaliyotini nufuzli mahalliy hamda xorijiy korxona va tashkilotlarda tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafedralar va boʻlinmalarni tarmoq korxonalari, tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga biriktirish hamda hamkorlikda professor-oʻqituvchilar, xodimlar, talabalar va tinglovchilarning amaliy koʻnikmalarini oshirish, tadqiqot natijalarini sinovdan oʻtkazish va ilmiy loyihalardagi ishtirokini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalar va tinglovchilarga sohalardagi yangiliklarni, shaharsozlikka oid qonunchilik hamda texnik tartibga solishga oid normativ hujjatlarni mazmun-mohiyatini yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohalarda dolzarb masalalar boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar loyihalarini milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim va ilmiy jarayonga mahalliy va xorijiy mutaxassislarni keng jalb etish, ilgʻor pedagogik tajriba almashish borasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilot va korxonalar buyurtmalari asosida taʼlim xizmatlarini koʻrsatish hamda ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda maxsus maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari boʻyicha oʻqitish xarajatlari hamda mutaxassislar malakasini baholash boʻyicha toʻlovlar miqdorlarini belgilash.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarning malakasini baholash xizmatlari uchun amalga oshiriladigan toʻlov mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqarishdan va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda institut taʼsis hujjatlarining tasdiqlanishi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institutni malakali kadrlar bilan taʼminlash va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institutda oʻquv platformalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tajriba asosida tashkil etish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv kurslari boʻyicha oʻquv kontentlarini yaratish uchun malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin hamda ularni videodarslar, interfaol dasturlar, tahliliy materiallar va infografikalar bilan boyitish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institut va uning hududiy filiallarida mutaxassislarni oʻqitishni tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonlari uchun milliy trenerlar tayyorlash maqsadida ilgʻor xorijiy mamlakatlardan sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni jalb etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali mutaxassislarga sertifikatlar berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 11-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
460-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat — oliy taʼlim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan markazlarda oʻquv dasturini tamomlagan va test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan mutaxassisga beriladigan, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, qurilayotgan obyektlarda ichki, mualliflik, texnik va davlat nazoratini olib borish hamda foydalanishga topshirilgan obyektlarda nazorat oʻlchovini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatlangan mutaxassis — shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari boʻyicha zarur bilim, koʻnikma, amaliy ish tajribasi va oliy maʼlumotga ega boʻlgan hamda oliy taʼlim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan markazlarda oʻquv dasturini tamomlagan va belgilangan tartibdagi test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — sertifikat olish uchun murojaat qiluvchi, shaharsozlik faoliyati sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassis diplomiga va tegishli soha boʻyicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovi — talabgorning sertifikat olish uchun qoʻyilgan talablarga mos kelishini aniqlashga yoʻnaltirilgan, Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — agentlik) tomonidan oʻtkaziladigan imtihon.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sertifikatlanadigan mutaxassislar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladigan, qurilish sohasi yuqori darajada rivojlangan davlatlarda qoʻllaniladigan taʼlim standartlariga muvofiq keluvchi oʻquv dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) asosida oʻqitiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda mutaxassislarni tahsil olayotgan yoʻnalishi boʻyicha soha idoralari va korxonalarida amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sertifikat Kompetensiyani rivojlantirish instituti va uning hududiy filiallarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasasi) dasturlar boʻyicha oʻquv kursini tugatib, belgilangan tartibda oʻtkazilgan test sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislarga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Talabgor sertifikat talab etiladigan lavozimga tayinlangan sanadan boshlab bir yil muddat davomida dastur asosida oʻqishi va sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi. Agarda, talabgor bir yil muddat davomida belgilangan tartibda tegishli sertifikatga ega boʻlmasa, u bilan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sertifikat 3 yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Mutaxassislarga sertifikat berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Talabgor dasturga muvofiq oʻqish hamda sertifikatga ega boʻlish uchun ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomani axborot tizimi orqali taʼlim muassasasiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnomada talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq koʻrsatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnoma tegishli maʼlumotlar bilan toʻliq toʻldirilmagan taqdirda axborot tizimi qabul qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Soʻrovnoma axborot tizimi orqali avtomatik tarzda taʼlim muassasasiga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Taʼlim muassasasi bir ish kuni mobaynida talabgorga oʻz takliflarini axborot tizimi orqali yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Talabgor bir ish kuni mobaynida taʼlim muassasasidan kelib tushgan takliflarni oʻrganib chiqib, maqbul taʼlim muassasasini tanlaydi hamda oʻqish uchun toʻlovni oʻz hisobidan amalga oshirish uchun oʻzi tanlagan taʼlim muassasasiga soʻrov yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Test sinovidan oʻtish hamda sertifikat olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30 foizi — agentlikning hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Taʼlim muassasasi oʻquv mashgʻulotlari va dasturi yakunlanganidan soʻng oʻtkaziladigan test sinovi uchun talabgorga toʻlov shartnomasini yuboradi. Dastur asosida oʻqitish uchun toʻlov miqdori taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor shartnomada belgilangan toʻlovni oʻz hisobidan amalga oshiradi va toʻlov toʻgʻrisidagi hujjatni axborot tizimi orqali taʼlim muassasasiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Taʼlim muassasasi oʻquv mashgʻuloti boshlanishi haqida talabgorga kamida bir hafta oldin elektron xabarnoma yuboradi (elektron pochta manzili yoki mobil ilova orqali).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Taʼlim muassasasi dastur asosidagi oʻqish yakunlangan kunning oʻzida talabgorlarning oʻzlashtirgan bilimini test sinovidan oʻtkazish uchun agentlikka soʻrovnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida test sinovi oʻtkazilishini hamda shu kunning oʻzida test natijalari axborot tizimi orqali eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan har bir talabgor mazkur Nizomga 3a, 3b, 3v, 3g, 3d, 3e, 3j, 3z, 3i va 3l-ilovalarida belgilangan shaklga muvofiq tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) sertifikatni axborot tizimidan yuklab oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Talabgor QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan sertifikat olgan kundan boshlab sertifikatda qayd etilgan huquqqa ega hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Test sinovi jarayonini oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Test savollari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda agentlik tomonidan belgilangan tartibda maxfiyligi taʼminlangan holda ishlab chiqiladi hamda tizimli ravishda yangilab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test savollarini ishlab chiqishda dastur hamda amaldagi shaharsozlik faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlaridan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Talabgor test sinovi oʻtkaziladigan hudud (bino)ga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining (biometrik pasporti, xorijga chiqish pasporti, identifikatsiya ID-kartasi, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi kabi hujjatlardan birini) aslini koʻrsatgan holda tekshirib kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinoviga kelmagan yoki kechikkan talabgor navbatdagi test sinovidagi talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi va bu haqda pochta xizmati orqali yoki elektron tarzda agentlik tomonidan bir hafta oldin xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Test sinovi belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qogʻoz shaklidagi savolnomalardan foydalanilgan holda, agentlik tomonidan tasdiqlangan komissiyasi aʼzolari va kuzatuvchilar ishtirokida oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaffoflik va xolislikni taʼminlash maqsadida test jarayoni uzluksiz ravishda ovozli videoyozuvga tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Test sinovi oʻtkaziladigan xonaga uyali telefon, shuningdek, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovidan chetlashtiriladi va test sinovidan oʻtmagan deb hisoblanadi. Test sinovidan chetlashtirilgan talabgorlar boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinovi videoyozuvlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladi va vazirlikda uch yil davomida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Test sinovidagi savollar talabgorning soʻrovnomasida qayd etilgan yoʻnalish va obyektlar xavf-xatar toifalariga muvofiq boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinovi 50 ta savoldan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorga test sinovini topshirish uchun ikki soat vaqt beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Test sinovidan oʻta olmagan talabgorga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim toʻlab, bir oy muddatda qaytadan test topshirish uchun imkoniyat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor test sinovidan takroriy test natijasida ham oʻta olmagan taqdirda, unga sertifikat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy test topshirganda ham test sinovidan ijobiy natija bilan oʻta olmagan talabgor umumiy tartibda taʼlim muassasasida qayta oʻqiganidan soʻng test sinoviga kirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Sertifikat berilgan mutaxassislar reyestri va uni yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari sertifikatlangan mutaxassislarining elektron reyestri yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sertifikatlangan mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), telefon raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) jismoniy shaxs uchun shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sertifikat raqami, berilgan sanasi va uning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) sertifikatlangan mutaxassislar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlar (viloyat va tumanlar) kesimida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohalar (arxitektura, muhandislik, qurilish va uy-joy kommunal);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishlar (loyiha-qidiruv, pudrat, texnik nazorat va arxitektura, ekspertiza, inspeksiya, nazorat oʻlchovi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrda sertifikatning amal qilish muddati tugab, reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham kiritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Reyestrni yuritish tartibi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Sertifikatning amal qilishini toʻxtatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Quyidagilar sertifikatni amal qilishini toʻxtatib qoʻyish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassis tomonidan sertifikatga ega boʻlish uchun mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq savolnoma maʼlumotlarini qasddan notoʻgʻri toʻldirilganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi sud qarori yoxud ozodlikdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat egasiga nisbatan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, mazkur ish boʻyicha sudning qarori qonuniy kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat egasining vafot etganligi munosabati bilan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Sertifikatning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi va sertifikatlangan mutaxassisning shaharsozlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Mutaxassis tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining sertifikat amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi buyrugʻi ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi oʻz vakolatlari va funksiyalari doirasida sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan shaharsozlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, maʼmuriy reglamentlar va ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi hamda axborot tizimi orqali monitoring olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida mutaxassislar toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar
Masʼullar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
“Shaffof qurilish” MAT orqali mutaxassislarni sertifikatlash oʻquv dasturiga muvofiq oʻqish hamda sertifikatga ega boʻlish uchun taʼlim muassasasiga murojaatni yuboradi.
Belgilangan tartibda oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
“Shaffof qurilish” MAT operatori
Murojaatni avtomatik tarzda barcha taʼlim muassasasiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Taʼlim muassasasi
Murojaat asosida talabgorga oʻz takliflarini “Shaffof qurilish” MAT orqali yuboradi.
Bir ish kuni mobaynida
4-bosqich
Talabgor
Taʼlim muassasasidan kelib tushgan takliflarni oʻrganib chiqib, maqbul taʼlim muassasasini tanlaydi hamda oʻqish uchun oʻz hisobidan toʻlovni amalga oshirish uchun oʻzi tanlagan taʼlim muassasasiga soʻrov yuboradi.
Bir ish kuni mobaynida
5-bosqich
Taʼlim muassasasi
Oʻquv mashgʻulotlari va dasturi yakunlangandan soʻng oʻtkaziladigan test sinovi uchun talabgorga toʻlov shartnomasini yuboradi.
Bir ish kuni mobaynida
6-bosqich
Talabgor
Shartnomada belgilangan toʻlovni oʻz hisobidan amalga oshiradi va toʻlov toʻgʻrisidagi hujjatni tizim orqali taʼlim muassasasiga yuboradi.
Uch ish kuni mobaynida
7-bosqich
Taʼlim muassasasi
Oʻquv mashgʻuloti boshlanishi haqida talabgorga elektron xabarnoma yuboradi (elektron pochta manzili yoki mobil ilova orqali).
Bir hafta oldin
8-bosqich
Taʼlim muassasasi
Oʻquv dasturi asosida mutaxassislar oʻqitiladi.
Belgilangan muddatda
9-bosqich
Taʼlim muassasasi
Oʻquv dasturi yakunlangach mutaxassislarning oʻzlashtirgan bilimini test sinovidan oʻtkazish uchun agentlikka test sinovini oʻtkazish toʻgʻrisida soʻrov yuboradi.
Oʻquv mashgʻuloti tugagan kunning oʻzida
10-bosqich
Agentlik
1. Test sinovi belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Uch ish kuni mobaynida
2. Test sinoviga kelmagan yoki kechikkan mutaxassis navbatdagi test sinoviga kiritiladi. Bu haqda elektron pochta manzili yoki mobil ilova orqali mutaxassisni xabardor qiladi.
Ikki ish kuni mobaynida
11-bosqich
Agentlik
1. Test sinovi natijalarini oʻz veb-saytiga joylashtiradi.
2. Bir vaqtning oʻzida “Shaffof qurilish” MATda QR-kodli (matrik shtrixli kod) sertifikat avtomatik tarzda shakllanadi.
Test sinovi yakunlangan kunning oʻzida
12-bosqich
Talabgor
1. Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng “Shaffof qurilish” MATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tegishli sertifikatni yuklab oladi.
2. Test sinovidan oʻtmagan taqdirda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida qaytadan test sinovidan oʻtkaziladi.
Belgilangan tartibda
13-bosqich
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
“Shaffof qurilish” MATda sertifikatlangan mutaxassislarning yoʻnalishlar boʻyicha reyestrini shakllantiradi.
Belgilangan tartibda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislari tomonidan yoʻnalish turi boʻyicha taʼlim muassasasiga yuboriladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SOʻROVNOMA

Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislari tomonidan yoʻnalish turi boʻyicha taʼlim
muassasasiga yuboriladigan
SOʻROVNOMA
____________________
____________________
(sanasi)
(raqami)
Mutaxassis haqida maʼlumot:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Jinsi
5. Pasport maʼlumotlari
(seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR))
(ekspertiza, davlat qurilish nazorati, loyiha ishlari, arxitektura, ichki va texnik nazorat)
7. Qurilish obyektlarining xavf-xatar toifasi
8. Yashash joyi
9. Telefon raqami
10. Elektron pochta manzili (e-mail)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.

* Talabgor soʻrovnomaning 6-bandidagi yoʻnalishlardan birini tanlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston RespublikasiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
MUTAXASSIS SERTIFIKATI № L 00000-son
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish huquqi berildi
(yoʻnalishi)
Xavf-xatarligi II, III, IV toifa obyektlar boʻyicha*
(toifasi)
_________________________________________________________________________ ga
(sertifikat olgan shaxsning F.I.O.)
Hujjatni imzolagan shaxs ______________________ (F.I.O.)
Sertifikat 20____ yil “_____”____________ berildi
Amal qilish muddati 3 yil.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Talabgorning arizasiga va obyektning xavf-xatar toifasi boʻyicha test sinovidan oʻtganligiga qarab sertifikat beriladi.

Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3b-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston RespublikasiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
MUTAXASSIS SERTIFIKATI № TN 00000-son
Qurilish obyektlarida texnik nazoratni
olib borish huquqi berildi
(yoʻnalishi)
Xavf-xatarligi II, III, IV toifa obyektlar boʻyicha*
(toifasi)
___________________________________________________________________________ ga
(sertifikat olgan shaxsning F.I.O.)
Hujjatni imzolagan shaxs ______________________ (F.I.O.)
Sertifikat 20____ yil “_____”____________ berildi.
Amal qilish muddati 3 yil.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Talabgorning arizasiga va obyektning xavf-xatar toifasi boʻyicha test sinovidan oʻtganligiga qarab sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3v-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston RespublikasiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
MUTAXASSIS SERTIFIKATI № E 00000-son
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish huquqi berildi*
(yoʻnalishi)
Xavf-xatarligi II, III, IV toifa obyektlar boʻyicha**
(toifasi)
___________________________________________________________________________ ga
(sertifikat olgan shaxsning F.I.O.)
Hujjatni imzolagan shaxs ______________________ (F.I.O.)
Sertifikat 20____ yil “_____”____________ berildi.
Amal qilish muddati 3 yil.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Ekspertlarga beriladigan sertifikatlar qatʼiy ularning mutaxassisligi, ekspertiza yoʻnalishlari boʻyicha taqdim etilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
**Talabgorning arizasiga va obyektning xavf-xatar toifasi boʻyicha test sinovidan oʻtganligiga qarab yoʻnalish boʻyicha sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3g-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston RespublikasiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
MUTAXASSIS SERTIFIKATI № DN 00000-son
Qurilish obyektlarida davlat nazoratini olib
borish huquqi berildi
(yoʻnalishi)
Xavf-xatarligi II, III, IV toifa obyektlar boʻyicha
(toifasi)
___________________________________________________________________________ ga
(sertifikat olgan shaxsning F.I.O.)
Hujjatni imzolagan shaxs ______________________ (F.I.O.)
Sertifikat 20____ yil “_____”____________ berildi.
Amal qilish muddati 3 yil.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3d-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston RespublikasiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
MUTAXASSIS SERTIFIKATI № NOʻ 00000-son
Foydalanishga topshirilgan obyektlarda nazorat oʻlchovini
amalga oshirish huquqi berildi
(yoʻnalishi)
Xavf-xatarligi II, III, IV toifa obyektlar boʻyicha*
(toifasi)
___________________________________________________________________________ ga
(sertifikat olgan shaxsning F.I.O.)
Hujjatni imzolagan shaxs ______________________ (F.I.O.)
Sertifikat 20____ yil “_____”_____________ berildi.
Amal qilish muddati 3 yil.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Talabgorning arizasiga va obyektning xavf-xatar toifasi boʻyicha test sinovidan oʻtganligiga qarab sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3e-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston RespublikasiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
MUTAXASSIS SERTIFIKATI № LM 00000-son
Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh muhandisi sifatida faoliyatni
amalga oshirish huquqi berildi
(yoʻnalishi)
Xavf-xatarligi II, III, IV toifa obyektlar boʻyicha*
(toifasi)
___________________________________________________________________________ ga
(sertifikat olgan shaxsning F.I.O.)
Hujjatni imzolagan shaxs ______________________ (F.I.O.)
Sertifikat 20____ yil “_____”_____________ berildi.
Amal qilish muddati 3 yil.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Talabgorning arizasiga va obyektning xavf-xatar toifasi boʻyicha test sinovidan oʻtganligiga qarab sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3j-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston RespublikasiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
MUTAXASSIS SERTIFIKATI № LA 00000-son
Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh arxitektori sifatida faoliyatni
amalga oshirish huquqi berildi
(yoʻnalishi)
Xavf-xatarligi II, III, IV toifa obyektlar boʻyicha*
(toifasi)
___________________________________________________________________________ ga
(sertifikat olgan shaxsning F.I.O.)
Hujjatni imzolagan shaxs ______________________ (F.I.O.)
Sertifikat 20____ yil “_____”_____________ berildi.
Amal qilish muddati 3 yil.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Talabgorning arizasiga va obyektning xavf-xatar toifasi boʻyicha test sinovidan oʻtganligiga qarab sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3z-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston RespublikasiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
MUTAXASSIS SERTIFIKATI № IN 00000-son
Qurilish obyektlarida qurilish-pudrat tashkilotining ichki nazoratini
amalga oshirish huquqi berildi
(yoʻnalishi)
Xavf-xatarligi II, III, IV toifa obyektlar boʻyicha*
(toifasi)
___________________________________________________________________________ ga
(sertifikat olgan shaxsning F.I.O.)
Hujjatni imzolagan shaxs ______________________ (F.I.O.)
Sertifikat 20____ yil “_____”_____________ berildi.
Amal qilish muddati 3 yil.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Talabgorning arizasiga va obyektning xavf-xatar toifasi boʻyicha test sinovidan oʻtganligiga qarab sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3i-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston RespublikasiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
MUTAXASSIS SERTIFIKATI № A 00000-son
Arxitektor lavozimida faoliyat yuritish huquqi berildi
(yoʻnalishi)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi, Toshkent shahar uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi hamda tuman va shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, Toshkent shahri tuman qurilish boʻlimlari va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlarida*
(toifasi)
___________________________________________________________________________ ga
(sertifikat olgan shaxsning F.I.O.)
Hujjatni imzolagan shaxs ______________________ (F.I.O.)
Sertifikat 20____ yil “_____”_____________ berildi.
Amal qilish muddati 3 yil.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Talabgorning arizasida va tuman yoki viloyat arxitektorligiga nomzodi koʻrsatiladi va shunga muvofiq test sinovidan oʻtganligiga qarab sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3y-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston RespublikasiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
MUTAXASSIS SERTIFIKATI № B-00000-son
Koʻp kvartirali uylarni boshqaruvini amalga oshirish huquqi berildi
(yoʻnalishi)
___________________________________________________________________________ ga
(sertifikat olgan shaxsning F.I.O.)
Hujjatni imzolagan shaxs ______________________ (F.I.O.)
Sertifikat 20____ yil “_____”_____________ berildi.
Amal qilish muddati 3 yil.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Sertifikatga ega boʻlgan jismoniy shaxsga koʻp kvartirali uylarni boshqarish huquqi aholi tomonidan saylanganidan soʻng vujudga keladi. Agarda, aholi tomonidan sertifikatga ega boʻlmagan jismoniy shaxs saylangan boʻlsa, saylangan jismoniy shaxs bir oy muddat ichida tegishli sertifikatni olishi shart.