15.07.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1494
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUYRUGʻI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI PSIXOTROP MODDALARNI NOTIBBIY ISTEʼMOL QILUVCHI SHAXSLARNI, GIYOHVANDLIK YOKI ZAHARVANDLIK BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI HISOBGA OLISH VA KUZATIB BORISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 15-iyulda 1494-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni 35 va 46-moddalarining ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy istyemol qiluvchi shaxslarni, giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni hisobga olish va kuzatib borish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma ilovaga asosan tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Yoʻriqnoma Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
278-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirining
2005-yil 15-iyundagi 278-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi shaxslarni, giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni hisobga olish va kuzatib borish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi Qonuni 35 va 46-moddalarining ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi shaxslarni aniqlash, koʻrikdan oʻtkazish va hisobga olishni amalga oshirishda sogʻliqni saqlash idoralarining faoliyatini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qilib turishi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar boʻlgan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tashhis qoʻyish maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi shaxslar surishtiruv, tergov organlari, sud va sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan davlat sogʻliqni saqlash tizimining narkologiya muassasasiga tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun yuboriladilar. Narkologiya markazlari, narkologiya dispanserlari, psixonevrologiya muassasalari huzuridagi narkologiya xonalari (va narkologiya boʻlimlari) hamda tuman markaziy poliklinikalari, hududiy tibbiyot birlashmalari huzuridagi narkologiya xonalari (bundan buyon matnda — tibbiyot muassasalari) shunday muassasalar hisoblanadi. Koʻrsatilgan shaxslarni hisobga olish uchun tibbiyot muassasasi shifokor psixiatr-narkologining “giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisi yohud giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilish dalilining aniqlanganligini tasdiqlovchi xulosasi asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ushbu Yoʻriqnoma giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi, shuningdek giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan voyaga yetmagan bemorlarni hisobga olish va kuzatib borishga tatbiq etilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 27-maydagi 148-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1494-1, 03.06.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 241-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga yuborish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagi holatlar fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga yuborish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxs giyohvandlik bilan kasallangan, giyohvandlik vositalari taʼsirida mast holatda yoxud shifokor koʻrsatmasi boʻlmagani holda giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda isteʼmol etgan deb hisoblashga yetarli asoslar boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxs oʻz tanasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib oʻtayotir deb hisoblashga asoslar boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning iltimosiga yoki ularning roziligiga koʻra;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 27-maydagi 148-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1494-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslar tibbiy koʻrikdan va tekshiruvdan oʻtkazish uchun surishtiruv, tergov organlari va sudning qaroriga muvofiq qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuboriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi shaxslarni, giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni tibbiyot muassasalarida hisobga olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qilish holati aniqlangan taqdirda, dispanser kuzatuvi nazorat kartasi toʻldiriladi va mazkur shaxs tibbiyot muassasasining profilaktika hisobiga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijasida shaxsga “giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisi qoʻyilganda unga “dispanser kuzatuvidagi narkologik bemorning nazorat kartasi” toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qilganlik holatini aniqlash, “giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisini qoʻyish, shifokor narkolog tomonidan hisobga olish masalasini hal etish, tekshiruvdan oʻtkazish maʼlumotlari mavjud haqqoniy materiallarning butun majmuiga bogʻliq boʻladi; bunda tekshiruvdan oʻtkazish paytida badanda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar yoʻqligi, boshqa yetarlicha asoslangan maʼlumotlar boʻlgani taqdirda, hisobga olmaslik uchun asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy epizodik isteʼmol qilganlik holatini aniqlash, shifokor narkolog tomonidan hisobga olish masalasini hal etish tekshiruvdan oʻtkazish maʼlumotlari va mavjud haqqoniy materiallarning butun majmuiga bogʻliq boʻladi; bunda tekshiruvdan oʻtkazish paytida yetarlicha asoslangan maʼlumotlar boʻla turib badanda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilish dalilining yoʻqligi profilaktik hisobga olmaslik uchun asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy epizodik isteʼmol qiluvchi giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan va ayni chogʻda ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar shifokor psixiatrlarning va shifokor narkologlarning hisobida turishlari kerak. Bunday bemorlarni kuzatib turish va davolash psixonevrologiya muassasalarida (boʻlinmalarida) amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarga ixtiyoriy tibbiy yordam, davlatning yoxud xususiy mulk shaklidagi narkologiya muassasalaridagi shifokor-narkologlar tomonidan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻziga “giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisi qoʻyilganiga norozi boʻlgan shaxs qoʻyilgan tashhisning asosliligi ustidan yuqori sogʻliqni saqlash idoralariga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tibbiyot muassasasi hisobidan chiqarilgan shaxslarning nazorat kartalarida chiqarish sanasi va sababi koʻrsatiladi, kartalar ularda dinamik kuzatuv kartotekasining tegishli boʻlimlarida alohida saqlanadi va statistika hisobotlarini tuzishda foydalaniladi. Kalendar yil tugaganidan keyin ular tibbiyot muassasasining arxiviga topshirilib, u yerda tibbiy hujjatlar uchun belgilangan umumiy tartibda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi shaxslarni, giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni dispanser kuzatuvi davomida koʻriklarning davriyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi shaxslarni, giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni koʻrikdan oʻtkazish, ularning holatini nazorat qilish, dinamik kuzatuv davomida davolash va tibbiy profilaktik ishlarni olib borish maqsadida oʻtkaziladi. Bunda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi shaxslarni, giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni koʻrikdan oʻtkazish deb, faqat bu bemorlar bilan ularning uchastka psixiatr-narkolog shifokori, uchastka hamshirasi yoki ijtimoiy koʻmak feldsheri bilan shaxsan muloqotda boʻlishi nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Har bir keluvchi bemorning bir yil ichida koʻrikdan oʻtish soni bemorni kuzatish uchun kiritilgan dinamik kuzatish guruhiga va shu bilan bir qatorda kasalning individual xususiyatlari va kasallikning kechishiga bogʻliq. Giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlar ushbu uch dinamik guruhidan biriga kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I guruh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— tibbiy yordam uchun hayotida birinchi marta kelgan kasallar (dispanser kuzatishga qayta olinganlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— remissiyasi bir yilgacha boʻlgan bemorlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— remissiya bir yildan oshganda bemorlar II guruhga oʻtkaziladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II guruh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— remissiyasi bir yildan ikki yilgacha boʻlgan bemorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— remissiya ikki yildan oshganda bemorlar III guruhga oʻtkaziladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III guruh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— remissiyasi ikki yildan ortiq boʻlgan bemorlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I guruh bemorlarini kuzatish davomiyligi bir oyda bir martadan kam boʻlmasligi kerak (bemor kasalxonada yotmagan holda), II guruh — 2 oyda bir marta, III guruh — 3 oyda bir marta.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlar majburiy davolash uchun ixtisoslashgan narkologik boʻlimlarda davolanib chiqqan kasallar remissiyasi ularning narkologik shifoxonadan chiqqan vaqtidan yoki ozodlikdan mahrum etish joylaridan qaytgach yangidan xisobga olingan vaqtidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Profilaktik kuzatuv guruhiga giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qilib, giyohvandlik yoki zaharvandlik belgilari boʻlmagan shaxslar kiradi. Ushbu guruhdagilarni kuzatish davomiyligi bir oyda bir martadan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qabul qilingan ushbu davomiyligi, har bir guruhda uni tashkil qiluvchilarni shaxslarning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dinamik kuzatish kartatekasini tuzish uchun yuqorida qayd etilgan koʻrsatmalar hisobga olinishi maqsadga muvofiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatilayotgan kontingentni guruhlarga boʻlish qoidasiga guruhchalardan foydalanish, rangli markirovka kabi va boshqa ish olib borishni yengillatuvchi usullar kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarning nomlarini oshkor qilmasdan (anonim) davolashni oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan, tibbiyot muassasasiga murojaat etgan bemorlarga oʻzlarining iltimoslariga koʻra nomlarini oshkor qilmasdan davolash taʼminlanadi. Nomini oshkor etmasdan davolash ambulatoriya va statsionar sharoitlarida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Nomini oshkor qilmasdan ambulatoriya sharoitida davolanish uchun tibbiyot muassasasiga murojaat etgan shaxslar uchun qatnab davolanuvchi bemorning tibbiy kartasi (shakl 025/u) ochiladi, bunda anketa maʼlumotlari shaxsni tasdiqlovchi biron-bir hujjat asosida toʻldiriladi, biroq qatnab davo oluvchi bemorning tibbiy kartasida tartib raqami koʻrsatiladi. Bemorning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati va u isteʼmol qiladigan giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddaning turi aniqlashtirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Statsionar sharoitda nomini oshkor qilmasdan davolanish uchun murojaat etilganda, yotib davolanuvchi bemorning tibbiy kartasi (shakl 001/u) yuritiladi, anketa maʼlumotlari esa qatnab davolanuvchi bemorning kartasi singari toʻldiriladi. Nomini oshkor qilmasdan (anonim) davolanayotgan bemor haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligi saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining mazkur faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun litsenziyasini olgan xususiy mulk shaklidagi tibbiyot muassasasiga nomini oshkor qilmasdan davolanish uchun murojaat etilganda, ambulatoriya sharoitida qatnab davolanuvchi bemorning tibbiy kartasi, statsionar sharoitda esa — yotib davolanuvchi bemorning tibbiy kartasi toʻldiriladi. Anketa maʼlumotlarini toʻldirish tartibi tibbiyot muassasalaridagi singaridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Har qanday mulk shaklidagi narkologiya muassasalariga nomini oshkor qilmasdan davolanish uchun murojaat etgan bemorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “giyohvandlik” va “zaharvandlik” bilan kasallangan bemorlar toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarida belgilangan tartibda aks ettiriladi. Hayotida birinchi marta “giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisi qoʻyilgan bemor toʻgʻrisida statistika taloni toʻldirilib, unda anketa maʼlumotlari oʻrniga qatnab davolanuvchi bemorning kartasi yoki kasallik tarixida aks ettirilgan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi, “giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” bilan kasallangan bemorlarni tibbiyot muassasalarida hisobdan chiqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi shaxslarni hisobdan chiqarish tartibi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi shaxslar oʻzini tiygan paytdan eʼtiboran bir yil oʻtgandan keyin hisobdan chiqariladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi shaxs tomonidan ushbu moddalarni yana isteʼmol qilish holati aniqlanib, u dispanser hisobiga olinishi munosabati bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi shaxs ustidan profilaktik kuzatuvning toʻxtatilishi uchun asos boʻlib tibbiy-vrachlik komissiyasining xulosasi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. “Giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” bilan kasallangan bemorlarni tibbiyot muassasalarida hisobdan chiqarish tartibi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisi bilan hisobda turgan shaxslar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilishdan oʻzini tiygan paytdan eʼtiboran 3 yil oʻtgandan keyin barqaror remissiya munosabati bilan ular kuzatuvda turgan muassasaning tibbiy-vrachlik komissiyasini xulosasiga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobda turgan shaxsning vafot etishi munosabati bilan FXDYO yoki shahar, tuman IIBning rasmiy xabarnomasiga asosan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sodir etilgan jinoyat uchun shaxsni bir yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qaytgach, bemor shahar, tuman IIB yoʻllanmasi bilan qayta dispanser hisobiga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joyini oʻzgartirishi, narkologik muassasa xizmati qamrab oladigan hududdan tashqariga koʻchib ketishi, shuningdek bemor boshqa narkologik muassasa kuzatuvi ostiga olinishi munosabati bilan. Bemor yashash joyini oʻzgartirganligi toʻgʻrisida tuman IIB dan aniq maʼlumot olinishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida holatlarda barcha koʻrilgan choralar (jumladan, joylardagi IIBlariga murojaat qilish)ga qaramay, narkologik muassasa bir yil davomida bemorni koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlay olmasa va shaxsning qayerdaligi toʻgʻrisida aniq obyektiv maʼlumotlarga ega boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuror R. QODIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 12-mart
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 28-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 212-modda; 2011-y., 22-23-son, 241-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)