14.07.2005 yildagi PQ-120-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.03.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLI PUNKTLARINING MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILISHINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq hamda BMTning nufus masalalari boʻyicha standartlariga koʻra shahar va qishloq aholi punktlari toʻgʻri hisobga olinishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaharchalar toifasiga kiruvchi aholi punktlarini roʻyxatdan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtkazish natijalarini hisobga olgan holda tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlariga aholi soni kamida 2000 kishi boʻlgan, oʻz belgilariga koʻra “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga mos keladigan qishloq aholi punktlarini shaharchalar toifasiga kiritish toʻgʻrisida iltimosnomalar taqdim etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yil birinchi chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda qishloq aholi punktlarini roʻyxatdan oʻtkazsin va zarur hollarda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ularning maqomini oʻzgartirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyat Kengashlariga tegishli iltimosnomalar kiritsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining iltimosnomalarini koʻrib chiqish hamda yuqorida koʻrsatilgan aholi punktlarining maqomini oʻzgartirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qilish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyat Kengashlarining qarorlaridan kelib chiqqan holda va asoslab beruvchi hujjatlarni puxta oʻrganish natijalariga koʻra muayyan qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalari toifasiga kiritish bilan bogʻliq iqtisodiy-huquqiy masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida qishloq va shahar aholi punktlarining statistika koʻrsatkichlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalari toifasiga kiritish chogʻida vrachlar, provizorlar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlarining maqomi oʻzgartirilgan kundan boshlab 5 yil mobaynida qishloq joylarda amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash shartlari saqlab qolinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ular pensiyaga chiqqanida ushbu toifadagi shaxslarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini tayinlash chogʻida mazkur davr ish stajiga qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 14-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-120-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 207-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)