14.07.2005 yildagi PQ-120-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLI PUNKTLARINING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq hamda BMTning nufus masalalari bo‘yicha standartlariga ko‘ra shahar va qishloq aholi punktlari to‘g‘ri hisobga olinishini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaharchalar toifasiga kiruvchi aholi punktlarini ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini hisobga olgan holda tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlariga aholi soni kamida 2000 kishi bo‘lgan, o‘z belgilariga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga mos keladigan qishloq aholi punktlarini shaharchalar toifasiga kiritish to‘g‘risida iltimosnomalar taqdim etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yil birinchi chorakda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda qishloq aholi punktlarini ro‘yxatdan o‘tkazsin va zarur hollarda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ularning maqomini o‘zgartirish to‘g‘risida belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyat Kengashlariga tegishli iltimosnomalar kiritsin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining iltimosnomalarini ko‘rib chiqish hamda yuqorida ko‘rsatilgan aholi punktlarining maqomini o‘zgartirish to‘g‘risida belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qilish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyat Kengashlarining qarorlaridan kelib chiqqan holda va asoslab beruvchi hujjatlarni puxta o‘rganish natijalariga ko‘ra muayyan qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalari toifasiga kiritish bilan bog‘liq iqtisodiy-huquqiy masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida qishloq va shahar aholi punktlarining statistika ko‘rsatkichlariga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartishlar kiritsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalari toifasiga kiritish chog‘ida vrachlar, provizorlar, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlarining maqomi o‘zgartirilgan kundan boshlab 5 yil mobaynida qishloq joylarda amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash shartlari saqlab qolinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ular pensiyaga chiqqanida ushbu toifadagi shaxslarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlarini tayinlash chog‘ida mazkur davr ish stajiga qo‘shiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 14-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-120-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 207-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)