14.08.2023 yildagi 385-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish hamda mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoniga asosan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish vositalari boʻyicha belgilangan barcha talablar, ularning muddatlari, ular bilan bogʻliq moliyaviy xarajatlar, talablarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar, nazorat qiluvchi organlar, tekshiruv shakllari hamda javobgarlik choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrga maʼlumotlar tegishli sohani tartibga soluvchi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yagona reyestrning operatori hisoblanishi, uning yuritilishini uslubiy taʼminlashi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirib borishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish maqsadi hamda prinsiplari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrda har bir majburiy talab boʻyicha kiritiladigan maʼlumotlarning turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish boʻyicha vakolatli davlat organlari hamda tashkilotlarining funksiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan amaldagi majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi joriy etiladigan majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrda joylashtirilgan maʼlumotlarni yangilab borish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-dekabrga qadar Yagona reyestr elektron tizimining ishlab chiqilishini va sinov tariqasida ishga tushirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va zaruratga koʻra boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrni ishlab chiqish va ishga tushirish, unga texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan shakllantiriladi, bunda maʼlumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun maʼlumotni kiritayotgan idoralarning birinchi rahbarlariga shaxsiy masʼuliyat yuklanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda shakllantirilishi va taqdim etilishini nazorat qiladi hamda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsir choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda adliya vaziri A.D. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 14-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
385-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 385-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) shakllantirish, yuritish va maʼlumotlarni yangilab borish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar — majburiy talablarni ishlab chiqish va qabul qilishga vakolatli boʻlgan, ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi guruh — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish boʻyicha ishchi guruh;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik ishchi guruhlar — majburiy talablarni tahlil qilish va ularni qisqartirish maqsadida masʼul vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, yirik davlat korxonalarining malakali mutaxassislari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruh tomonidan tuziladigan guruhlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talablar — normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bajarishi shart boʻlgan talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yagona reyestrda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ochiq va umumiy foydalanish uchun joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Majburiy talablarni qisqartirish va ularning Yagona reyestrini shakllantirish ishlarini tashkil etish ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralarning Yagona reyestrni shakllantirish bilan bogʻliq faoliyatini uslubiy taʼminlaydi, shuningdek ularning ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yagona reyestrni shakllantirish amaldagi majburiy talablar roʻyxatini tuzish, ularni qayta koʻrib chiqish, tartibga solish taʼsirini baholash, takrorlanuvchi va dolzarbligini yoʻqotgan talablarni bekor qilish hamda ularni tizimli shakllantirish, yuritish, yangilab borish va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga majburiy talablar haqida axborot berish jarayonlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yagona reyestrni shakllantirish hamda unda joylashtirilgan maʼlumotlarni yangilab borish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vakolatli organlar har yili 1-martga qadar oʻz sohasidagi majburiy talablar oʻrnatilgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xatlovdan oʻtkazadi hamda ularning roʻyxatini shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Roʻyxatga kiritilgan hujjatlardagi har bir majburiy talabning zarurati, asosliligi va dolzarbligi vakolatli organ tomonidan tahlil qilinadi, tahlil natijalari boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi maʼlumotnoma tayyorlanadi va ushbu Nizomning 2-ilovasida belgilangan shaklda Ishchi guruhga kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talabning mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talab belgilangan normativ-huquqiy hujjat (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat) nomi, rekvizitlari, tarkibiy birligi va uning matniga havola;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talabning zarurati, asosliligi va dolzarbligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talabning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talabga rioya qilishi lozim boʻlgan tadbirkorlik sohasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi boʻyicha iqtisodiy faoliyati turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talabga rioya etilishini nazorat qilish (tekshiruvi)ning shakli, nazorat qilinadigan (litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish) faoliyat turining nomi (agar mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini (tekshiruvini) amalga oshiruvchi vakolatli organlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talabga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadigan vakolatli organ (agar mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talabga rioya qilmaganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari, uni qoʻllovchi organlar, shuningdek, javobgarlikni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatning nomi, rekvizitlari, tarkibiy birligi va uning matniga havola;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talabga rioya qilish boʻyicha qoʻllanmalar, ular boʻyicha vakolatli organlarning rasmiy tushuntirishlari, nazorat qilinadigan shaxslarni xabardor qilish doirasida ishlab chiqilgan normativ tusga ega boʻlmagan boshqa hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (rekvizitlar, qabul qilgan vakolatli organning nomi, hujjatlarga havolalar) (agar mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talabning qayta koʻrib chiqilishi muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talab natijasida tadbirkorlik subyekti uchun yuzaga keladigan moliyaviy xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishchi guruh vakolatli organlar tomonidan kiritilgan majburiy talablarni zarurati, asosliligi va dolzarbligini tanqidiy tahlil qilgan holda, ularni tartibga solish taʼsirini baholash va qisqartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash uchun har yili 15-martga qadar tegishli kichik ishchi guruhlarga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kichik ishchi guruhlar vakolatli organlar tomonidan kiritilgan majburiy talablarning koʻrib chiqqan holda majburiy talablarning tartibga solish taʼsirini baholaydi va hisobotini hamda ushbu talablarni qisqartirish toʻgʻrisidagi takliflarni va boshqa tahliliy materiallarni har yili 1-iyulga qadar ishchi guruhga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishchi guruh majburiy talablarni qisqartirish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi va har yili 15-iyulga qadar kichik ishchi guruhlarga ularni amalga oshirish boʻyicha tegishli topshiriqlar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kichik ishchi guruhlar tegishli sohaga oid majburiy talablarni qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va bir oy muddatda belgilangan tartibda ishchi guruhga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ishchi guruh Yagona reyestrni shakllantirish doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish holati haqida axborot hamda majburiy talablarni qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini bir oy muddatda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vakolatli organlar qayta koʻrib chiqilgan hamda qisqartirilgan majburiy talablar asosida sohalar boʻyicha majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi va qayta koʻrib chiqilgandan keyin darhol Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakolatli organlar tomonidan majburiy talablar toʻgʻrisidagi shakllantirilgan maʼlumotlarni uch ish kuni ichida Yagona reyestrga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari quyidagilarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) vakolatli organlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrga joylashtirish uchun majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Nizom talablariga muvofiq shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga belgilangan tartibida va muddatlarda kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirishga masʼul boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talablarning zarurati, asosliligi va dolzarbligini doimiy tahlil qilib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrning operatori hisoblanadi hamda uning yuritilishini uslubiy taʼminlaydi, shuningdek, vakolatli organlarning ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrning ishga tushirilishini, uning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini, unga texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlashni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrdan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining uzluksiz foydalanishi uchun imkoniyat yaratadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona reyestrda joylashtirilgan maʼlumotning xavfsizligini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va ularni yangilab borishda vakolatli organlarga uslubiy yordam koʻrsatadi hamda tavsiyalar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar tomonidan shakllantirilgan majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Yagona reyestrda joylashtirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida va belgilangan tartibda taqdim etmagan, shuningdek, Yagona reyestrni shakllantirish bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan vakolatli organlarga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yangi joriy etilgan majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organlar tomonidan ular qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida mazkur Nizomning 9-bandi talablariga muvofiq shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ularni Yagona reyestrga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yagona reyestrga joylashtirilgan maʼlumotlarni yangilab borish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Majburiy talablar belgilangan normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, ular oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda vakolatli organ uch ish kuni davomida majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yangilaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch ish kuni davomida Yagona reyestrda joylashtirilgan majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yagona reyestrga joylashtirilgan majburiy talablar ularning dolzarbligi va zarurati hamda joriy etilishidan koʻzlangan maqsadlarga erishilganligi yuzasidan har besh yilda bir marta vakolatli organlar tomonidan tartibga solish taʼsirini baholagan holda qayta koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Vakolatli organ tomonidan majburiy talabni qayta koʻrib chiqish natijalari boʻyicha takliflar normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha ularni qabul qiluvchi organga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga belgilangan tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organ yoki Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi majburiy talabni qayta koʻrib chiqish natijalari boʻyicha uni oʻz kuchida qoldirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida bir oy ichida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Majburiy talabni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, vakolatli organ belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjat yoxud texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasini qarorda nazarda tutilgan muddatlarda ishlab chiqish va qabul qilish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Yagona reyestrga kiritilmagan majburiy talablarni bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmaydi, shuningdek, vakolatli organlar tomonidan Yagona reyestrga kiritilmagan majburiy talablarning bajarilishini tekshirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar Yagona reyestrini shakllantirish, unda joylashtirilgan maʼlumotlarni yangilab borish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vakolatli organlar

1. Oʻz sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan barcha majburiy talablarni xatlovdan oʻtkazadi hamda ularning roʻyxatini shakllantiradi.

2. Roʻyxatga kiritilgan majburiy talablarni tahlil qiladi, tahlil natijalari boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlaydi va belgilangan shaklda Tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish boʻyicha ishchi guruhga kiritadi.

Har yili 1-martga qadar

2-bosqich

Ishchi guruh

1. Ishchi guruh vakolatli organlar tomonidan tayyorlangan maʼlumotnomalarni kichik ishchi guruhlarga tegishli tadbirkorlik faoliyati sohalari boʻyicha taqsimlaydi.

Har yili 15-martga qadar

Kichik ishchi guruhlar

2. Kichik ishchi guruhlar majburiy talablarning tartibga solish taʼsirini baholaydi va ushbu talablarni qisqartirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishchi guruhga kiritadi.

Har yili 1-iyulga qadar

 

3-bosqich

Ishchi guruh

Majburiy talablarni qisqartirish haqidagi takliflarni koʻrib chiqadi va kichik ishchi guruhlarga ularni amalga oshirish boʻyicha topshiriq beradi.

Har yili 15-iyulga qadar

4-bosqich

Kichik ishchi guruhlar

Tegishli sohaga oid majburiy talablarni qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ishchi guruhga kiritadi.

Bir oy mobaynida

5-bosqich

Ishchi guruh

Yagona reyestrni shakllantirish holati haqida axborot hamda majburiy talablarni qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bir oy mobaynida

6-bosqich

Vakolatli organlar

Qayta koʻrib chiqilgan va qisqartirilgan majburiy talablar asosida sohalar boʻyicha majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi va Adliya vazirligiga kiritadi.

Qayta koʻrib chiqilgandan keyin darhol

7-bosqich

Adliya vazirligi

Vakolatli organlar tomonidan majburiy talablar toʻgʻrisida shakllantirilgan maʼlumotlarni Yagona reyestrga joylashtiradi.

Uch ish kuni mobaynida

8-bosqich

Vakolatli organlar

Majburiy talablar belgilangan hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, ular oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda, majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yangilaydi hamda Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Uch ish kuni mobaynida

9-bosqich

Adliya vazirligi

Yagona reyestrda joylashtirilgan majburiy talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlaydi.

Uch ish kuni mobaynida

10-bosqich

Vakolatli organlar

1. Yagona reyestrga joylashtirilgan majburiy talablarni ularning dolzarbligi va zarurati hamda joriy etilishidan koʻzlangan maqsadlarga erishilganligi yuzasidan qayta koʻrib chiqadi.

2. Qayta koʻrib chiqish natijalari boʻyicha takliflarni normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha ularni qabul qiluvchi organga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar boʻyicha esa Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga belgilangan tartibda kiritiladi.

Har besh yilda bir marta

11-bosqich

Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organ yoki Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Majburiy talablarni qayta koʻrib chiqish natijalari boʻyicha uni oʻz kuchida qoldirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Bir oy mobaynida

12-bosqich

Vakolatli organlar

Majburiy talablarni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, belgilangan tartibda tegishli normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish choralarini koʻradi.

Qarorda nazarda tutilgan muddatda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga majburiy talablar boʻyicha kiritiladigan maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Majburiy talabning mazmuni

Majburiy talab belgilangan normativ huquqiy hujjat (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat) nomi, rekvizitlari, tarkibiy birligi va unga havola

Majburiy talabning zarurati, asosliligi, dolzarbligi

Majburiy talabning amal qilish muddati

Majburiy talabga rioya qilishi lozim boʻlgan subyektlarning IFUT boʻyicha faoliyat turi

Nazorat (tekshiruv)ning turi, nazorat qilinadigan (litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish) faoliyat turining nomi (agar mavjud boʻlsa)

Nazorat (tekshiruv)ni amalga oshiruvchi vakolatli organ

Majburiy talabga muvofiqlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etadigan vakolatli organ (agar mavjud boʻlsa)

Majburiy talabga rioya qilmaganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari, uni qoʻllovchi organ, javobgarlik belgilangan normativ-huquqiy hujjatning rekvizitlari, unga havola

Majburiy talabga rioya qilish boʻyicha qoʻllanma (tushuntirish), nazorat qilinadigan shaxslarni xabardor qilish boʻyicha ishlab chiqilgan boshqa hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (rekvizitlari va unga havola)

Majburiy talabning qayta koʻrib chiqilishi muddati

Majburiy talab natijasida tadbirkorlik subyekti uchun yuzaga keladigan moliyaviy xarajatlar

1.

2.

3.

...

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/385/0614-son)