28.07.2023 yildagi PQ-245-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, sport maydonchalari tozaligini saqlash va atrofini obodonlashtirish boʻyicha ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5282-son hamda 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-201-son qarorlariga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qarori bilan tasdiqlangan Mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 5-bandida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini (keyingi oʻrinlarda — sport maydonchalari) qurish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun 5 000 ta sport maydonchalarini 2030-yilga qadar tashkil qilishning umumiy parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2024-yildan boshlab har yili sport maydonchalarini tashkil qilish uchun qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlarning Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sport maydonchalarini qurish “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarining respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahallalarda (keyingi oʻrinlarda — sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahallalar) amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahallalarda sport maydonchalarini qurish ishlarini amalga oshirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti — buyurtmachi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 13-son Jazoni ijro etish muassasasi — bosh pudratchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Yoshlar siyosati va sport vazirligining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Yoshlar siyosati va sport vazirligi har yili:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-yanvarga qadar sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahallalar roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga sport maydonchalarini qurish maqsadida tegishli yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratish uchun taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-martga qadar sport maydonchalari qurilishi lozim boʻlgan sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahallalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi va buyurtmachiga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-aprelga qadar sport maydonchalarining qurilishini moliyalashtirish boʻyicha buyurtmachi bilan shartnoma tuzadi hamda uni Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan buyurtmachiga buyurtma qilingan sport maydonchalari qiymatiga teng mablagʻ toʻliq oʻtkazib beriladi. Buyurtmachi tomonidan tizimidagi tashkilotlarga ishlab chiqariladigan inventarlar uchun 100 foiz mablagʻlar oldindan toʻlab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) buyurtmachi har yili:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-martga qadar sport maydonchalarining namunaviy loyihasini Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan kelishadi, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi hamda ularning tegishli ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-aprelga qadar Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida moliyalashtirish hajmlarini koʻrsatgan holda manzilli dasturni ishlab chiqadi va vazirlik bilan kelishilgan holda uni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-aprelga qadar bosh pudratchi bilan pudrat shartnomasini tuzadi hamda sport maydonchalarini qurish ishlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda qurib bitkazilgan sport maydonchalarining mahallalarda qurib bitkazilgan sport maydonchalarini qabul qilish boʻyicha hududiy qabul qilish komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy qabul komissiyalari) belgilangan tartibda topshirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq sport maydonchalarini qurish uchun bir oy muddatda belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilgan sport maydonchalari tegishli hududiy qabul komissiyalari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olinishi hamda ulardan samarali foydalanilishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5282-son qarori bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021 — 2025-yillarda hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun 1 164 ta sport maydonchalarini tashkil etish parametrlari tasdiqlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu parametrlar doirasida 2023-yilda jami 255 ta sport maydonchalari qurilishi nazarda tutilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yildan boshlab Davlat budjetidan mazkur qaror bilan tasdiqlangan dastur va parametrlar toʻliq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard soʻmdan mablagʻlar ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, 2023-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5282-son qarori doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan zaruratga koʻra hududida sport maydonchalari barpo etiladigan mahallalar roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga taqdim etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda roʻyxatdagi mahallalarda sport maydonchalarini barpo etish uchun belgilangan tartibda tegishli yer uchastkalarini ajratish boʻyicha qarorlar qabul qiladi va bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligini xabardor qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi tashkilot tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturga asosan ikki hafta muddatda barpo etiladigan sport maydonchalarining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi hamda moliyalashtirish uchun Yoshlar siyosati va sport vazirligiga taqdim etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport maydonchalarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar bosh pudratchining boshqa xarajatlari hisobidan qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi va bosh pudratchi oʻrtasida sport maydonchalarini qurish boʻyicha tuzilgan shartnomalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tegishli xulosa taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar siyosati va sport vazirligi moliyalashtiruvi asosida 2023-yil va undan keyingi yillarda olis va chekka hududlarda joylashgan mahallalar hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hududida qurilgan sport maydonchalari ular joylashgan hududiga qarab tegishliligi boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tizimiga oʻtkaziladi va saqlanadi. Bunda, sport maydonchalari boshqa davlat tashkilotlariga ham operativ boshqaruv huquqi asosida berilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport maydonchalarining joylashuv hududidan qatʼi nazar (taʼlim tashkilotlari hududida darsdan tashqari vaqtlarda), barcha fuqarolar uchun foydalanish bepul boʻladi va vaqti chegaralanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport maydonchalaridan samarali va maqsadli foydalanilishini tashkil etish mahallalardagi yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda barpo etilgan sport maydonchalari tozaligini saqlash, atrofini obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bitta shtat birligi ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport maydonchalaridan samarali foydalanish, ularning yaroqliligini taʼminlash va joriy taʼmirlash balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalardagi umumiy oʻrta taʼlim maktablariga tegishli hududlarda sport maydonchalari qurilishini inobatga olsin va tegishli choralar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta taʼlim maktablari hududida qurilgan sport maydonchalaridan oʻquvchilar, shuningdek, darsdan tashqari va oʻquv jarayoniga xalaqit bermaydigan vaqtlarda mahalla aholisining bepul foydalanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududiy qabul komissiyalari tomonidan sport maydonchalari qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda ushbu obyektlar boʻyicha davlat koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlab borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda barpo etilayotgan sport maydonchalarining atrofida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida sof ekologik muhit yaratish maqsadida mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish hamda obyekt atrofini koʻkalamzorlashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ushbu qarorda nazarda tutilgan sport maydonchalarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga hududlarda barpo etilgan sport maydonchalari hamda ularda tashkil etilayotgan ommaviy sport musobaqalarini ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 28-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-245-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-245-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini 2030-yilga qadar tashkil qilishning umumiy parametrlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar

Sport maydonchalarining

umumiy soni

shundan

universal

stritbol

vorkaut

yillar kesimida

2023

2024

2025

2026

2027

2028

2029

2030

jami

5 000

3 129

1 073

838

446

400

460

520

580

651

674

749

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

319

214

52

53

32

28

33

37

41

46

48

53

2.

Andijon viloyati

387

260

63

64

39

35

40

45

50

56

58

65

3.

Buxoro viloyati

233

156

38

39

23

21

24

27

30

34

35

39

4.

Jizzax viloyati

344

231

56

57

34

31

35

40

45

50

52

58

5.

Qashqadaryo viloyati

207

139

34

34

21

18

21

24

27

30

31

35

6.

Navoiy viloyati

302

202

49

50

30

27

31

35

39

44

45

50

7.

Namangan viloyati

302

202

49

50

30

27

31

35

39

44

45

50

8.

Samarqand viloyati

362

243

59

60

36

32

37

42

47

53

54

60

9.

Sirdaryo viloyati

241

162

39

40

24

22

25

28

31

35

36

40

10.

Surxondaryo viloyati

336

225

55

56

33

30

35

39

44

49

51

56

11.

Toshkent viloyati

560

376

91

93

56

50

58

65

73

81

84

94

12.

Fargʻona viloyati

388

260

63

64

39

35

40

45

50

56

58

65

13.

Xorazm viloyati

258

173

42

43

26

23

27

30

33

38

39

43

14.

Toshkent shahri

241

162

39

40

24

22

25

28

31

35

36

40

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son hamda 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qarorlariga muvofiq, 2022-yilda mahallalarda jami 520 ta sport maydonchalari qurib foydalanishga topshirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar siyosati va sport vazirining buyrugʻi bilan mazkur parametrlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/245/0532-son; 29.05.2024-y., 06/24/83/0373-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)