17.04.2012 yildagi PQ-1741-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik oʻtish davlat dasturi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Raqamli teleradioeshittirishga oʻtish masalalari boʻyicha idoralararo ishchi guruh tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1394-son qaroriga muvofiq, shuningdek radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini oshirish va teleeshittirishning raqamli formatiga rejali oʻtishni taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik oʻtish boʻyicha Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik va texnologik rivojlanishni hisobga olgan holda raqamli teleeshittirishni joriy qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil oxirigacha mamlakat aholisining raqamli televideniye xizmatlaridan toʻliq foydalanishini taʼminlash bilan ikki bosqichda (2012 — 2015-yillar — I bosqich, 2016-2017-yillar — II bosqich) respublikada raqamli teleeshittirishga oʻtish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli televideniyening hamma olishi mumkin boʻlgan ijtimoiy paketini ishlab chiqarish, shakllantirish, efirga uzatish hamda tele-radio arxiv materiallarini raqamli formatga oʻtkazishning texnik imkoniyatini taʼminlovchi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi korxona va tashkilotlarining texnologik bazasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
analog teleeshittirish tizimlarini raqamli tizimlarga bosqichma-bosqich almashtirgan holda yer usti raqamli televizion eshittirish tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, xizmatlarning yangi turlarini, shu jumladan interaktiv va mobil televideniyeni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholini raqamli teleeshittirish signallarini qabul qiluvchi zamonaviy qurilmalar bilan taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasida oʻtish davrida (2017-yil oxirigacha) teleeshittirish bir vaqtning oʻzida analog va raqamli formatlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat dasturining sifatli amalga oshirilishi uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi korxonalarining teleradiokanallarini hamda Oʻzbekiston MTRKning hududiy boʻlinmalari mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boʻyicha xizmatlarga Oʻzbekiston MTRK uchun har yili nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobidan teleradiokanallar boʻyicha eshittirishning belgilangan oʻrtacha sutka davomidagi hajmlar doirasida, belgilangan oʻrtacha sutka davomidagi hajmlardan ortiq boʻlsa — Oʻzbekiston MTRKning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlash tartibi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasida Raqamli teleradioeshittirishga oʻtish masalalari boʻyicha idoralararo ishchi guruhi Davlat dasturi doirasidagi loyihalar va tadbirlarning amalga oshirilishi tahlilini tashkil etish va monitoring qilishni taʼminlasin va har chorakda uning bajarilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoralararo ishchi guruhiga Davlat dasturini bajarishning oxirgi muddatini oʻzgartirmagan holda uning chora-tadbirlarini tuzatish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston MTRK, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy kreditlarni, asosan, imtiyozli kreditlarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi hamda Oʻzbekiston MTRK, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar daromad soligʻidan, shuningdek, import qilinadigan asbob-uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha boʻshatilgan mablagʻlarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda 2018-yil 1-yanvarga qadar ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qaror bilan taqdim qilingan soliq toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar natijasida boʻshatilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishi ustidan nazoratni oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston MTRK, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raqamli telekanallar sonini kengaytirish va ularning sifatli toʻldirilishi toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. OʻzAAA Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston MTRK va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi oʻrtasida raqamli teleeshittirishga oʻtishning maqsadlari, afzalliklari va tartibini keng tushuntirishni, shuningdek, Davlat dasturini amalga oshirish jarayonini muntazam yoritishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 17-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1741-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-apreldagi PQ-1741-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik oʻtish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAVLAT DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

I-boʻlim. Raqamli teleeshittirishni joriy qilish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

1.

Oʻzbekiston Respublikasida Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash

2012-yil dekabr

OʻzAAA,

MTRK,

Adliya vazirligi

OʻzAAAning oʻz mablagʻlari

Raqamli televideniye abonentlariga xizmatlar koʻrsatishning yagona tartibini belgilaydigan va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiladigan Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish.

2.

Raqamli televideniye signallarini (yer usti, kabel, mobil) shakllantirish va translyatsiya qilishga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi normativ hujjatlarni qabul qilish.

2012-yil dekabr

OʻzAAA,

MTRK,

kabel televideniyesi operatorlari va provayderlari

OʻzAAA va MTRKning oʻz mablagʻlari

Televizion signallarning raqamli televideniye tizimi bilan texnik moslashuvchanligini belgilovchi, ushbu signallarni shakllantirish, translyatsiya qilish vositalariga qoʻyiladigan texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3.

Raqamli televideniye signallarini qabul qiluvchi abonent qurilmalari uchun standartlarni tasdiqlash

2012-yil dekabr

OʻzAAA,

“Oʻzstandart” agentligi

OʻzAAAning oʻz mablagʻlari

Bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni taʼminlaydigan raqamli televideniye signallarini qabul qiluvchi abonent qurilmalariga qoʻyiladigan talablar va standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

4.

Respublika hududlarida analog teleeshittirishni bosqichma-bosqich toʻxtatish mexanizmini belgilash.

2015-yil mart

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi,

MTRK,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi

 Nazarda tutilmaydi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida analog teleeshittirishni toʻxtatish tartibini belgilovchi qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

5.

Raqamli formatda audiovizual yozuvlar va fonogrammalarni raqamlashtirish, saqlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani yaratish.

2013-yil iyun

“Oʻzarxiv” agentligi

“Oʻzbekkino” MA,

MTRK,

“Oʻzstandart” agentligi,

vazirliklar va idoralar

Ijrochilarning oʻz mablagʻlari

Raqamli formatda audiovizual yozuvlar va fonogrammalarni raqamlashtirish, saqlash boʻyicha davlat va tarmoq standartlarini ishlab chiqish.

II boʻlim. Yer usti efir, kabel tarmoqlari tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, telesignallarni shakllantirish va tarqatish

6.

Raqamli televideniyening umumiy foydalanish mumkin boʻlgan ijtimoiy paketi uchun kamida 2 ta raqamli telekanallarni ishlab chiqarish, shakllantirish va efirga uzatishning texnik imkoniyatini taʼminlovchi Oʻzbekiston MTRK korxonalari va tashkilotlarining texnologik bazasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish.

2013-2014-yillar

MTRK,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

TIAISV

Imtiyozli xorijiy kreditlar

Texnik-iqtisodiy hisob-kitobni ishlab chiqish va tasdiqlash. Oʻzbekiston MTRK boʻlinmalarining texnik vositalarini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish.

7.

Oʻzbekiston Respublikasining yer usti raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish. Birinchi bosqich.

2012 — 2015-yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

MTRK,

xizmat koʻrsatuvchi bank

Imtiyozli xorijiy kreditlar

Texnik-iqtisodiy hisob-kitobni tasdiqlash. Raqamli televideniye uzatgichlarini oʻrnatishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi yer usti raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish.

8.

Oʻzbekiston Respublikasining olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish. Ikkinchi bosqich.

2016-2017-yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

MTRK,

xizmat koʻrsatuvchi bank

Imtiyozli xorijiy kreditlar

Texnik-iqtisodiy hisob-kitobni ishlab chiqish va tasdiqlash. Oʻzbekiston Respublikasining olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida yoʻldosh aloqasidan foydalangan holda raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish.

9.

Raqamli televideniye dasturlari paketini shakllantirish uchun EOAVMA nodavlat televizion studiyalarini modernizatsiya qilish

Alohida jadvalga muvofiq

EOAVMA

EOAVMA mablagʻlari

Raqamli televideniye dasturlari paketini shakllantirish uchun EOAVMA nodavlat televizion studiyalarini modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

10.

Raqamli eshittirish formatiga oʻtishni hisobga olgan holda kabel televideniyesi tarmoqlarini modernizatsiya qilish

2013 — 2015-yillar

Kabel televideniyesi operatorlari

Kabel televideniyesi operatori mablagʻlari

Yagona raqamli televideniye signalidan foydalanishni hisobga olgan holda kabel televideniyesi tarmoqlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.

11.

Oʻzbekiston MTRK tele-, radioarxiv materiallaridan yangi raqamli telekanallarni shakllantirishda foydalanish uchun ularni raqamli arxivlash, qayta ishlash va tasniflashni rivojlantirish.

2012 — 2014-yillar

MTRK,

Moliya vazirligi,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

Imtiyozli xorijiy kreditlar

Davlat tele-, radioarxiv materiallarini raqamli formatga oʻtkazish, keyinchalik qayta ishlash va tasniflashni taʼminlash uchun raqamli arxivlash tizimining apparat-dasturiy komplekslarini joriy etish.

12.

“Oʻzarxiv” agentligining arxiv audiovizual yozuvlari va fonogrammalarini raqamli formatda qayta ishlash va saqlash boʻyicha moddiy-texnik bazasini takomillashtirish.

2012-2013-yillar

“Oʻzarxiv” agentligi

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

Moliya vazirligi,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

Jalb etilgan mablagʻlar, imtiyozli xorijiy kreditlar, grantlar

Arxiv audiovizual yozuvlari va fonogrammalarini raqamli formatda raqamlashtirish va saqlash boʻyicha apparat-dasturiy komplekslarini joriy etish.

13.

Raqamli televideniye sohasida texnik ekspluatatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, seminarlar va konferensiyalar, shu jumladan xorijiy mutaxassislar ishtirokida tashkil etish.

2012 — 2015-yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

MTRK,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Oʻz mablagʻlari va grantlar

Taʼlim muassasalarida raqamli televideniye sohasida texnik ekspluatatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda amalga oshirish.

III boʻlim. Ishlab chiqarishni tashkil etish va aholini raqamli teleeshittirish signallarini qabul qiluvchi zamonaviy qurilmalar bilan taʼminlash

14.

Xorijiy kompaniyalarning mablagʻlari va texnologiyalarini jalb etgan holda mavjud va yangi ishlab chiqarish korxonalari negizida raqamli teleeshittirish signallarini qabul qiluvchi qurilmalar ishlab chiqarishni, shu jumladan ushbu mahsulotning mahalliy ishlab chiqaruvchilari davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini nazarda tutgan holda yanada rivojlantirish.

2012-yil dekabr

Iqtisodiyot vazirligi,

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

Moliya vazirligi,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

OʻzAAA,

vazirliklar va idoralar

Nazarda tutilmaydi

1. Raqamli teleeshittirish signallarini qabul qiluvchi qurilmalarining yangi ishlab chiqarishlarini rivojlantirish va tashkil etish.

2. Ushbu mahsulotni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar va preferensiyalar berish orqali davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

15.

Aholiga, shu jumladan yosh oilalarga raqamli teleeshittirish signallarini qabul qiluvchi raqamli qoʻshimcha moslamalarni va boshqa qurilmalar sotib olish uchun imtiyozli isteʼmol kreditlari berish

doimiy

Markaziy bank,

Iqtisodiyot vazirligi,

tijorat banklari

Tijorat banklari kreditlari

Aholiga, jumladan, yosh oilalarga raqamli qoʻshimcha moslamalar va televizorlarni sotib olish uchun imtiyozli isteʼmol kreditlarini berish dasturini amalga oshirish.

16.

Raqamli teleeshittirish uskunasini oʻrnatish uchun imtiyozli tariflarni taqdim etish

doimiy

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Mehnat vazirligi,

“Mahalla” jamgʻarmasi,

raqamli televideniye operatorlari

Raqamli televideniye operatorlarining oʻz mablagʻlari

Aholiga raqamli teleeshittirish uskunasini imtiyozli oʻrnatish tartibini ishlab chiqish.