12.06.2023 yildagi PF-91-son

T/r

Faoliyat yo‘nalishlari*

Mahsulotlarning asosiy turlari

1.

Ganch o‘ymakorligi

Qandillar, devor shamdonlari, ko‘zgu, naqshlar, stalaktitlar, muqarnas (friz), karnizlar, ustunlar elementlari, panjaralar, haykalchalar, panno, shift va devor bezaklari va asoslari, ganchdan yasalgan arxitektura va qurilish elementlari, boshqa amaliy bezak mahsulotlari.

2.

Qo‘lda gilam to‘qish

Gilam va gilamchalar, paloslar, xurjunlar, kigiz buyumlar, sholchalar, joynamozlar, o‘tovlar, tabiiy toladan tayyorlangan buyumlar.

3.

Qo‘lda gazlamalar to‘qish

Atlas, beqasam, adras, tabiiy ipak, ip kalava, jun va sun’iy ipdan to‘qilgan gazlamalar.

4.

Tosh o‘ymakorligi

Toshdan tayyorlangan esdalik buyumlar, mayda plastikalar, qutichalar, yozuv anjomlari, shamdonlar, panno, relyeflar va kontrrelyeflar, barelyeflar, geraldika va ramzlar, toshni pardozlash yo‘li bilan tayyorlangan bezaklar va boshqa bezak buyumlar.

5.

Miniatyura, rangtasvir, naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar tayyorlash

Lok miniatyurasi texnikasida tayyorlangan buyumlar: qutichalar, suratlar, devor, qog‘oz mato, teri, gazlama, papye-mashe, yog‘och, qovoq, karton, suyak va emaldagi naqshlar va rasmlar, miniatyura va tasviriy san’at asarlari, risolalar va boshqa hunarmandchilik �uyumlari, muqovalash.

6.

Kandakorlik, miskarlik buyumlarini tayyorlash

Mis, latun, alyuminiydan yasalgan buyumlar (choynak, qumg‘on, lagan, guldon, shuningdek, bezash va amaliy maqsadlar uchun mo‘ljallagan boshqa buyumlar).

7.

Metalldan buyumlar yasash

Qo‘lda yasalgan metall buyumlar: eshiklar, naqshli darvozalar, panjaralar, deraza va eshik tutqichlari, ilgaklar, qo‘ng‘iroqlar, zanjirlar, shamdonlar, ketmonlar, teshalar, xaskash, panshaxalar, omochlar, barcha turdagi milliy qilich, xanjar va pichoqlar, ommaviy ishlab chiqariladigan metall buyumlar.

8.

Tunukadan buyumlar yasash

Qo‘lda yasalgan tunuka buyumlar: guldor va jimjimador tarnov va quvurlar, oshxona anjomlari (oshpichoq, kapkir, cho‘mich, chovli, el�k, mantiqosqon va boshqalar), uy-ro‘zg‘or buyumlari (kiyim va parda ilgichlar, qo‘l yuvgich, tutqichlar, soyabonlar) va boshqalar.

9.

Milliy poyabzal tayyorlash

Qo‘lda va yakka tartibda tikilgan milliy poyabzallar, teridan mahsi va kovushlar, kirza va kigiz etiklar, sandallar, shippaklar, tuflilar.

10.

Milliy liboslar tayyorlash

Chopon, yaxtak, nimcha, bolalar choponlari, to‘y liboslari va boshqa milliy kiyimlar.

11.

Bosh kiyimlar tayyorlash

Telpak, salla, shuningdek, mo‘yna, qorako‘l teri, teri va qo‘lda ishlov berilgan materiallardan tikilgan boshqa bosh kiyimlar.

12.

Yog‘och o‘ymakorligi

Yog‘och o‘ymakorligi uslubida bajarilgan barcha amaliy bezak san’at turlari.

13.

Suyakka o‘yma naqsh solish

Esdalik sovg‘alari, mayda haykalchalar, netske, qutichalar, pichoq, qilich, xanjar soplari, suyakdan bezak bergan holda tayyorlangan boshqa amaliy bezak mahsulotlari.

14.

Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tayyorlash

Turli xil matolarga gul bosish usulida tayyorlangan buyumlar: batik, milliy ko‘rpa va ko‘rpachalar, yostiqlar, belbog‘lar, jiyaklar, sumkalar, tasmalar, bolalar kiyimlari va boshqa chokli hunarmandchilik buyumlari.

15.

Kashtachilik

Kashtachilik va to‘qilgan buyumlar, shuningdek, qo‘lda tayyorlangan bosh kiyimlar qismlari (kashta mashina yordamida ham tayyorlanishi mumkin).

16.

Zardo‘zlik buyumlari

Metall iplardan foydalangan holda zardo‘zlik uslubida tayyorlangan barcha hunarmandchilik mahsulotlari.

17.

Musiqa asboblarini tayyorlash

Ishlab chiqarishdan tashqari usulda tayyorlangan barcha turdagi milliy musiqa asboblari.

18.

Chinni, fayans va sopol buyumlari tayyorlash

Chinni, fayans va sopoldan tayyorlangan amaliy bezak san’atining barcha turlari, arxitektura-bezak elementlari, chinni, fayans va sopol buyumlarini naqsh va trafaret bilan bezash, loydan tayyorlangan uy va oshxona buyumlari, tandirlar.

19.

Qimmatbaho metalldan zargarlik buyumlarini yasash

Qonunchilikka muvofiq tamg‘alanishi shart bo‘lgan probali oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan ijodiy, mualliflik va milliy uslubda yasalgan buyumlar.

20.

O‘yinchoqlar tayyorlash

Yog‘och, metall, gips, mato, sopol va boshqa materiallardan ishlab chiqarishdan tashqari sharoitda yasalgan o‘yinchoqlar.

21.

Mayda haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash

Tabiiy va sun’iy materiallar (gips, shamot, mis, bronza, alyuminiy, suyak, yog‘och, tosh, sopol, chinni, fayans, va boshqalar)dan yasalgan barcha turdagi haykaltaroshlik buyumlari.

22.

Charm mahsulotlarini tayyorlash

Egar-jabduq anjomlari, shu jumladan ular uchun arqon, belbog‘, qayish anjomlar, tabiiy va sun’iy charmdan tayyorlangan milliy nimcha va bosh kiyimlar, charmdan tayyorlangan esdalik buyumlari.

23.

Mualliflik mebellarini tayyorlash

Amaliy bezak san’ati predmetlariga kiradigan mebel (to‘plamlari va alohida qismlari).

24.

Yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash

Oshxona anjomlari (o‘qlov, tuzdon, non quti, juva, keli, osh taxta, �akich), yog‘och, faner va laminatdan tayyorlangan turli hunarmandchilik mahsulotlari, belanchaklar, bolalar aravachasi, beshik va uning anjomlari, turli xontaxtalar, sandiq, javon, eshik, rom, bezakli reykalar, surat uchun romlar (baget), tokarlik uskunasidan tayyorlangan har xil shaklli hunarmandchilik mahsulotlari, yog‘och shaxmat taxtasi va donasi, panno, yog‘ochdan qo‘lda va kichik mexanizatsiya vositalari yordamida yasalgan boshqa buyumlar.

25.

Pechka va kaminlar yasash

Pechkalar, kaminlar, shu jumladan ular uchun havo so‘rish qurilmalari.

26.

Novdalardan buyumlar to‘qish

O‘simlik novdalaridan to‘qilgan buyumlar (qamish, tol, poxol, tok novdalari va boshqa har xil daraxt novdalari).

27.

Mozayka ishlari

Devor va shift mozaykalari, tabiiy va sun’iy materialdan mozayka pannolari tayyorlash.

28.

Ko‘zgu tayyorlash

Ko‘zgu va ko‘zgu sirtlari tayyorlash.

29.

Shisha puflash ishlari

Badiiy puflash asosida ishlangan bra, mayda plastiklar, esdalik buyumlari, taqinchoqlar.

30.

Hajmli va shaklli qoliplarda quyilgan buyumlar tayyorlash

Tabiiy va sun’iy materiallardan quyma uslubda ishlangan buyumlar, shuningdek, (murakkab mexanizm va mashinalardan foydalanmagan holda) mis, bronza, cho‘yan, alyuminiydan qo‘lda quyma uslubda ishlangan mahsulotlar.

31.

Soatsozlik

Devorga osiladigan eksklyuziv, polda turadigan, kamin va qo‘l soatlari tayyorlash, soat mexanizmlarini ta’mirlash.

32.

Emallash ishlari

Emal qoplamali buyumlarni tayyorlash, emal qoplamalarini ta’mirlash va tiklash.

33.

Esdalik buyumlarini tayyorlash

Turli tabiiy va sun’iy materiallardan har xil rangda tayyorlangan esdalik va sovg‘a buyumlari, kamar, nishonlar, tasbeh, guldastalar, floristika, ikebana va boshqa buyumlar.

34.

Oddiy metallardan milliy uslubda taqinchoqlar ya�ash

Oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan barcha taqinchoqlar (tumorlar, ziraklar, zebigardon, bilaguzuk, uzuk, tillaqosh va boshqalar).

35.

Ot anjomlarini tayyorlash

Uzangi, taqa, nuqta, qamchi, egar-jabduq va boshqa mahsulotlar tayyorlash.

36.

Xattotlik

Xattotlik uslubida tayyorlangan qo‘lyozmalar, kitoblar, miniatyura va tasviriy san’at asarlari, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari yaratish.

37.

Qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish

Qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish, muqovalash.

38.

Makrame va qo‘lda to‘qilgan buyumlar tayyorlash

Makrame, patli ro‘mollar, spitsalarda to‘qilgan buyumlar.

39.

An’anaviy do‘ppichilik

Hududlarga xos gul va naqshlarda milliy uslubda tayyorlangan do‘ppi va bosh kiyimlar.

40.

Zamonaviy san’at asarlari yaratish

Chiqindi va qayta ishlangan xomashyolardan foydalanib dekorativ, noan’anaviy asarlar yaratish.

41.

Devorga bezak berish

Devorga milliy va zamonaviy uslubda bezak berish, barelyef.

42.

An’anaviy dizaynerlik xizmatlarini ko‘rsatish

Milliy kiyimlar, to‘y va marosimlarda ishlatiladigan sarpo idishlar, har xil o‘lcham va ko‘rinishdagi jomadonlar.

43.

Quroqchilik usulida tikish

Ko‘rpa, yopinchiq, panno, yostiq jildlar tayyorlash

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Xalqaro “O‘tov” hunarmandchilik festivalini tashkil etish.

2023-yil oktyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Ermanov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

2.

Nukus shahrida “Taqiya” xalqaro festivalini o‘tkazish.

2024-yil may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Ermanov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Andijon viloyati

3.

Andijon shahrida “Milliy qo‘g‘irchoqlar — milliy qadriyatlar ko‘zgusi” nomli respublika festivalini o‘tkazish.

2023-yil sentyabr

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi

(Umarova)

4.

Shahrixon tumanida milliy pichoqchilik ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etish.

2024-yil iyul

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Buxoro viloyati

5.

Buxoro shahrida “Ipak va ziravorlar” an’anaviy xalqaro festivalini o‘tkazish.

2023-yil iyun

Buxoro viloyati hokimligi

(Zaripov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

6.

Buxoro shahrida “Buxoro hunarmandlari kuni” festivalini o‘tkazish.

2024-yil noyabr

Buxoro viloyati hokimligi

(Zaripov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Jizzax viloyati

7.

Baxmal tumanida “Baxmal egarlari” hunarmandchilik mahsulotlari savdo ko‘rgazmasini tashkil etish.

2023-yil avgust

Jizzax viloyati hokimligi

(Saliyev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

8.

Zomin tumanida “Milliy quroqlar va choponlar” milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish.

2024-yil iyul

Jizzax viloyati hokimligi

(Saliyev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Qashqadaryo viloyati

9.

Shahrisabz shahrida Xalqaro iroqi kashtachilik festivalini tashkil etish.

2023-yil avgust

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Azimov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

10.

Kasbi tumanida kulolchilik ko‘rgazmasini o‘tkazish.

2024-yil oktyabr

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Azimov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Navoiy viloyati

11.

Navoiy shahrida “Navoiy hunarmandlari kuni” festivalini o‘tkazish.

2023-yil sentyabr

Navoiy viloyati hokimligi

(Tursunov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

12.

“Nurota kashtachiligi” hunarmandchilik ko‘rgazmasini tashkil etish.

2024-yil avgust

Navoiy viloyati hokimligi

(Tursunov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Namangan viloyati

13.

Chust tumanida “Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan” respublika milliy do‘ppilar ko‘rgazma yarmarkasini tashkil etish.

2023-yil avgust

Namangan viloyati hokimligi

(Abdurazakov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

14.

Namangan shahrida “Yog‘och o‘ymakorligi san’ati” festivalini o‘tkazish.

2024-yil oktyabr

Namangan viloyati hokimligi

(Abdurazakov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Samarqand viloyati

15.

Samarqand shahrida “Silk road bazar” milliy hunarmandchilik festivalini o‘tkazish.

2023-yil oktyabr

Samarqand viloyati hokimligi

(Turdimov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

16.

Samarqand shahrida II Xalqaro kashtachilik festivalini o‘tkazish.

2024-yil mart

Samarqand viloyati hokimligi

(Turdimov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Sirdaryo viloyati

17.

Guliston shahrida milliy liboslar festivali va hunarmandchilik mahsulotlari savdo ko‘rgazmasini tashkil etish.

2024-yil iyun

Sirdaryo viloyati hokimligi

(Maxmudaliyev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Surxondaryo viloyati

18.

Angor hunarmandchilik markazida milliy liboslar ko‘rgazmasini tashkil etish.

2024-yil aprel

Surxondaryo viloyati hokimligi

(Qosimov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Toshkent viloyati

19.

Bo‘stonliq tumanida milliy suvenirlar yarmarkasini tashkil etish.

2023-yil avgust

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

20.

Angren shahrida “Makrame va patli ro‘mollar” savdo-yarmarkasini tashkil etish.

2024-yil noyabr

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Farg‘ona viloyati

21.

Rishton tumanida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etish.

2024-yil may

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

22.

Furqat tumanida “Uch avlod” respublika yog‘och o‘ymakorlari uchrashuvlarini tashkil etish.

2023-yil sentyabr

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

23.

Marg‘ilon shahrida “Atlas bayrami” VI xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalini o‘tkazish.

2024-yil oktyabr

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya

Xorazm viloyati

24.

Xiva shahrida “Gilamlarga bitilgan tarix” gilamchilik ko‘rgazmasini tashkil etish.

2023-yil avgust

Xorazm viloyati hokimligi

(Raximov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

25.

Yangiariq kulolchilik markazida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma savdosini tashkil etish.

2024-yil aprel

Xorazm viloyati hokimligi

(Raximov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Toshkent shahri

26.

“O‘zbekiston sovg‘alari” milliy suvenirlar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini tashkil etish.

2023-yil avgust

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

27.

“Craft fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkalarini o‘tkazish.

2023-2024-yillar noyabr oyida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

28.

“Yangi yil sovg‘alari” milliy suvenirlar yarmarkasini tashkil etish.

2023-2024-yillar dekabr oyida

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

29.

“Sohir qalam mo‘’jizasi” IV respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi hamda ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish.

2024-yil fevral

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Badiiy akademiya

(Nuriddinov)

Xalqaro tadbirlar

30.

AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Indoneziya, Hindiston, Malayziya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro ko‘rgazma va festivallarda (maxsus rejaga muvofiq) O‘zbekiston hunarmandlarining ishtirokini ta’minlash.

2023-2024-yillar mobaynida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablag‘larning kamida 70 foizini hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Markaziy bank

(Kamalov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sultanov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Muxitdinov)

2.

Hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatini shakllantirish va ularni muntazam yangilab borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 25-iyun,

har yili

Madaniy meros agentligi

(Abdukarimov)

3.

Ro‘yxatga asosan hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini elektron onlayn auksionga chiqarish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul,

har yili

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov)

4.

Davlat mulkini ijaraga berish tartibini moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ijaraga berishning xususiyatlaridan kelib chiqib, takomi�lashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentiligi

(Ortiqov),

Madaniy meros agentligi

(Abdukarimov)

5.

“Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi” va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ni “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Pekos),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov)

6.

Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi”da qadimiy sulola davomchilari bo‘lgan hunarmandlar reyestrini yuritish va doimiy yangilab borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul,

doimiy

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

7.

Hunarmandlarning xorijiy mamlakatlarda hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yichao‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, festivallar va konferensiyalarda keng ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili 1-dekabrga qadar

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

8.

Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash hududda zaxiradagi yerlarning 0,3 gektar yer uchastkasida mahalliy budjet mablag‘larining orttirib bajarilgan qismi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan namoyish zali, “Usta-shogird” maktabi va ustaxonani o‘z ichiga olgan Hunarmandlar maskanini barpo etish va hunarmandlarga belgilangan tartibda ijaraga berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-mart

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzakov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

9.

Hududlarda hunarmandchilik faoliyatining har bir yo‘nalishini alohida yondashuvlar asosida rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, hunarmandchilikning yo‘qolib ketayotgan turlarini saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish bo‘yicha aniq choralarni belgilash.

Chora-tadbirlar dasturi

Har yili dekabr

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

“Hunarmand” uyushmasi faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish, jumladan Uyushma tomonidan hunarmandlarga xizmat ko‘rsatish, davlat tomonidan taqdim etilgan subsidiya, imtiyoz va boshqacha qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish;

sohani rivojlantirish dasturlari uchun jalb qilinadigan grant va texnik ko‘mak mablag‘larining prognozi hamda aniq yo‘nalishlarini belgilash;

hunarmandchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda keng targ‘ib qilish va sotish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

hunarmandchilik faoliyati uchun zarur xomashyo bazasini shakllantirish va rivojlantirish;

Uyushmaning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va shu orqali hunarmandlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini ko‘paytirish;

Uyushma raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, Uyushma ijro etuvchi apparati va hududiy bo‘linmalarining tuzilmalari hamda shtat birliklarini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-sentabr

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

11.

Davlat budjeti parametrlarida quyidagilarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutish:

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi buyurtmasi bo‘yicha — Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini moliyalashtirish;

Madaniy meros agentligi buyurtmasi bo‘yicha — davlat muzeylari ehtiyojidan kelib chiqib hunarmandlarning milliy qadriyatlarni aks ettirgan mualliflik asarlarini sotib olish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili Davlat budjetini shakllantirish jarayonida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kubdiyev),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Madaniy meros agentligi

(Abdikarimov)

12.

Xalqaro hunarmandchilik, badiiy san’at va dizayn institutini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, institutning vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

hunarmandchilik yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega kadrlarni tayyorlash, jumladan “usta-shogird” an’analari asosida dual ta’lim tizimini keng joriy qilish;

hunarmandchilikning an’anaviy turlarini saqlab qolgan holda, zamon talablariga moslashtirish va rivojlantirish;

hunarmandchilik hamda zamonaviy arxitektura, qurilish, dizayn, to‘qimachilik va boshqa sanoat sohalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlash;

usta-hunarmandlar tomonidan maktablarda amaliy saboq berish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga uslubiy ko‘maklashish.

Normativ-huquqiy hujjat loyiha�i

2023-yil 1-sentabr

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Abduraxmonov)

13.

Milliy matolar (xonatlas, adras, satin, a’lo baxmal) va kashtachilikdagi gul va naqshlarni milliy hunarmandchilik boyligi sifatida asrab-avaylash, himoya qilish va ushbu yo‘nalishdagi hunarmandchilik turlarini rivojlantirishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

milliy mato va kashtachilikda foydalaniladigan an’anaviy gul va naqshlarning yangilanib boruvchi reyestrini yuritish;

davlat va ommaviy tadbirlarda sahnalarni bezash, badiiy jamoalar liboslarini tayyorlash va xorijiy mehmonlarga sovg‘alar berishda faqat qo‘lda to‘qilgan milliy mato va hunarmandchilik mahsulotlaridan foydalanishni nazarda tutish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-sentabr

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

14.

Bolalarda milliy qadriyatlarga iftixor tuyg‘usini yanada oshirish, amaliy san’at va milliy hunarmandchilikka oid tushunchalarni erta yoshdan shakllantirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlarida kulolchilik hunari to‘g‘risidagi tushunchalarni aks ettirishni yo‘lga qo‘yish.

Idoraviy hujjat

2023-yil 1-avgust

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirli�i

(Shin),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

15.

Maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan bitiruvchilarga maktab davrini eslatadigan milliy hunarmandchilik mahsulotlari to‘plamini sovg‘a qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili may oyida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

16.

Hunarmandchilik faoliyatida zarur yog‘och xomashyo bazasini shakllantirish va tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun “Hunarmand” uyushmasi ta’sischiligida hunarmandchilik klasterini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-avgust

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

17.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-77-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida import o‘rnini bosuvchi qattiq turdagi yog‘och xomashyo bazasini yetishtirish uchun Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidan zaxirada bo‘lgan 300 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni hunarmandlarga ijaraga berish uchun belgilangan tartibda elektron tanlovlarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-avgust

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Voitov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

18.

Hunarmandchilik klasterini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan sakkiz yil muddatga, biryo‘la qaytarib berish sharti bilan 5 mlrd so‘m ssudaajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 yil 1-avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

19.

Xorijiy va mahalliy turistlarga hunarmandchilik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish maqsadida yirik mehmonxonalarda hunarmandchilik mahsulotlarini sotish shourumlarini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilonlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash.

Bunda, savdo pavilonlarini 2023-yil 1-oktabrga qadar ishga tushirish va “Hunarmand” uyushmasi hududiy boshqarmalariga tekin foydalanish huquqi bilan berishni nazarda tutish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-iyul

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

21.

Hududlarda kulolchilik mahsulotlarini keng ommaga targ‘ib etish hamda ularning milliy iftixor ramzi sifatida har bir xonadonga kirib borishini ta’minlash maqsadida har bir hududda kulolchilik sayillarini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili kamida 2 marotaba

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

22.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi barcha diplomatik vakolatxonalarida tashkil etiladigan shourum, ko‘rgazma zallari va savdo do‘konlariga hunarmandchilik mahsulotlarinamunalarini yetkazib berish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriligi

(Kudratov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

23.

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatini hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari ro‘yxatidan kelib chiqib takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

24.

“Hunarmandchilik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-oktabr

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “mazkur Farmonning 1-ilovasiga” so‘zlari “belgilangan tartibda tasdiqlangan hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari ro‘yxatiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
birinchi xatboshidagi “2022-yil 1-iyunga” so‘zlari “2023-yil 1-oktabrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi” so‘zlari “Hunarmand” uyushmasining hududiy boshqarmalariga tekin foydalanish huquqi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidan “Savdo-sanoat palatasi va” so‘zlari chiqarib tashlansin.