01.06.2023 yildagi PQ-177-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros agentligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros agentligining xususiy sektorga beriladigan funksiyalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Faoliyati tugatilgan Turizm va madaniy meros vazirligi huzurida boʻlgan davlat muassasasi shaklidagi quyidagi tashkilotlar Madaniy meros agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimiga oʻtkazilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros obyektlarini asrash va turizm hududlarining master-rejalari boʻyicha loyihalashtirish instituti Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti deb qayta nomlangan holda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilarning faoliyati tugatilib, ularning vakolat va funksiyalari Agentlikka oʻtkazilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika ishchi guruhi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, moddiy madaniy meros obyektlari va muzeylar sohasida davlat nazoratini kuchaytirish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshiruv oʻtkazishni kelishish uchun buyurtma vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan buyurtma berilgan kunda koʻrib chiqiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarni uning boshlanishi haqida tadbirkorlik subyektiga xabarnoma bermagan holda oʻtkazishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tegishli shartnomalarga asosan unda belgilab qoʻyilgan aniq muddatlar yoki holatlarda, biroq har chorakda kamida bir marta moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, saqlanishi hamda ulardan oqilona foydalanilishida jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan majburiy tartibda tekshiriladi hamda bunday tekshiruvlarning oʻtkazilishini vakolatli organ bilan kelishish talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) obodonlashtirish hamda zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatini olgan holda ijaraga beriladigan moddiy madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlar roʻyxatining faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan shakllantirilishi va taqdim etilishi tartibi bekor qilinib, ushbu takliflarni barcha tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etish tartibi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kengashi faoliyati va uning ijrochi direktori lavozimi tugatilib, Jamgʻarma raisi lavozimi joriy qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Jamgʻarma raisi YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi raisi hisoblanadi.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Jamgʻarma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka madaniy meros sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashadi, shuningdek, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, ishini samarali tashkil etish, ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar toʻliq bajarilishi boʻyicha tavsiyalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Agentlik direktori jamoatchilik asosida Jamgʻarma raisining oʻrinbosari hisoblanadi hamda u Agentlik faoliyatiga oid masalalarni Jamgʻarma raisi bilan bamaslahat holda olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlikning jami 216 ta boshqaruv shtat birligidan 10 ta shtat birligi Jamgʻarmaga oʻtkazilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, shuningdek, arxeologiya ishlari uchun Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar doirasida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini restavratsiya va tiklash hamda raqamlashtirish ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining har yillik manzilli roʻyxati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning hisob-kitoblariga asosan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjeti manbalari hisobidan mablagʻ ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yildan boshlab Davlat budjetidan madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish va ularning muhofazasini taʼminlash, ularni restavratsiya qilish va tiklash, shuningdek, arxeologiya ishlar uchun ajratiladigan mablagʻlarning yil davomida foydalanilmagan qismi Agentlik huzuridagi Madaniy meros jamgʻarmasiga budjet trancferi sifatida ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tizimidagi muzey direktorlariga Agentlik bilan kelishilgan holda, ularga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida, iqtisod qilingan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan muzey xodimlariga qoʻshimcha oylik ragʻbatlantirish ustamalari belgilash vakolati beriladi. Bunda, ragʻbatlantirish miqdori Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat muzeylari xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish tartibiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlikka, istisno tariqasida, Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi, Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti va Yahyo Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlar va arxeologik tadqiqotlar uchun cheklanmagan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilgan shartnomalar boʻyicha bajariladigan pudrat ishlari uchun 50 foiz avans toʻlashga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bino va inshootlar tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqarish huquqi asosida Jamgʻarmaga berilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) binoga quyidagilar tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat va turizm vazirligi Jamgʻarma bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu bandda koʻrsatilgan manzildagi obyektni topshirish-qabul qilish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Agentlik bilan birgalikda binoni saqlash va undan samarali foydalanish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlik Jamgʻarma va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi va Madaniy meros agentligi direktori belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-177-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-177-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) moddiy madaniy meros va muzeylar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) moddiy madaniy meros obyektlari, madaniy boyliklar, muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, ularning davlat hisobini yuritish hamda sohada taʼsirchan davlat nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) moddiy madaniy meros va muzeylar sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ularga oid maʼlumotlarning barcha uchun ochiq boʻlishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) madaniy merosimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish va ularni keng ommalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muzeylashtirish, monetizatsiya qilish, mablagʻlar hisobini yuritish va ularning maqsadli sarflanishini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) ilmiy-tarixiy yondashuv asosida moddiy madaniy meros obyektlari, madaniy boyliklar, muzey ashyolari va kolleksiyalarini restavratsiya-tiklash, asrashga doir ishlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) ilgʻor xorijiy tajribalar asosida muzeylarni kompleks rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-177-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros agentligining tashkiliy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Madaniy meros agentligi

Ilmiy-ekspert kengash

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros boshqarmalari

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi,

Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

tarixi va madaniyati davlat muzeyi,

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi,

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti

tarixi davlat muzeyi,

Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyi,

Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlari tarixi va madaniyati davlat muzeylari,

Termiz arxeologiya muzeyi,

Angren shahar tarixi muzeyi,

Chirchiq shahar tarixi muzeyi,

Olmaliq shahar oʻlkashunoslik muzeyi,

Oqqoʻrgʻon tumani oʻlkashunoslik muzey-memoriali, “Ipak yoʻli” davlat muzeyi

“Buxoro”, “Shahrisabz”, “Samarqand”, “Termiz”, “Qoʻqon”, “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonalari

Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti

Abdulla Qahhor uy-muzeyi,

Abdulla Qodiriy uy-muzeyi,

Abdulla Qodiriy memorial muzeyi,

Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi,

Oybek uy-muzeyi,

Sergey Borodin uy-muzeyi,

Sergey Yesenin memorial muzeyi,

Tamaraxonim uy-muzeyi,

Toʻra Sulaymon uy-muzeyi,

Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi,

Yunus Rajabiy uy-muzeyi,

Oʻrol Tansiqboyev uy-muzeyi,

Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi

Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi va uning mintaqaviy markazlari

Registon ansamblini taʼmirlash va undan foydalanish direksiyasi,

“Oʻzbek — Turkman doʻstlik uyi”

va “Ulli hovli” majmuasi” direksiyasi,

Abu Muin Nasafiy majmuasini boshqarish va obodonlashtirish direksiyasi

“Moziydan sado” jurnali tahririyati

Ya. Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti

(“Arxeologik topilmalar fondi” noyob ilmiy obyekti bilan)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2026-y., 07/26/153/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-177-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros agentligining xususiy sektorga beriladigan funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Funksiyalar

Amalga oshirish muddati

1.

Restavratorlar malakasini oshirish uchun oʻquv kurslarini tashkil etish.

2023-yil oktabr

2.

Muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

3.

Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari qoʻriqlanadigan tegralarining loyihalarini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-177-son qarorga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻL XARITASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Madaniy meros agentligining markaziy apparati tuzilmasi va hududiy boshqarmalarining tuzilmalari, shtat jadvali hamda nizomlarini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul

Madaniy meros agentligi

2.

Madaniy meros sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, madaniy meros obyektlari, muzeylar va muzey-qoʻriqxonalarda aholi uchun tezkor qayta aloqa tizimi (telegram bot, qisqa raqam, elektron portal)ni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul

Madaniy meros jamgʻarmasi

Madaniy meros agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3.

Madaniy meros agentligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2023-yil 1-avgust

Madaniy meros agentligi

4.

Madaniy meros sohasida raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni qayta koʻrib chiqish, raqamli resurslarni optimallashtirish va maqsadga muvofiqligi boʻyicha xulosa berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-sentabr

Madaniy meros sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,

Madaniy meros jamgʻarmasi

Madaniy meros agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

5.

Viloyat, tuman va shaharlar bosh rejalarining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga oid talablarga muvofiqligi yuzasidan audit oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-sentabrdan boshlab reja asosida

Madaniy meros agentligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.

Restavratsiya mavsumining qisqaligini inobatga olib, Madaniy meros agentligining Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi, Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti hamda Ya. Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalari Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan unga soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddatda koʻrib chiqilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun oyidan boshlab, doimiy

Ushbu bandda belgilangan maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi,

Madaniy meros agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

7.

Respublika bolalar kutubxonasini uning amaldagi moliyalashtirish manbalari, shtat birliklari va moddiy-texnika bazasini saqlab qolgan holda Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tizimiga oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

8.

Madaniy meros obyektlarini kino va seriallar tasvirga olish uchun lokatsiyalar sifatida hamda ularning tasvirlaridan pochta markalari va pochta varaqalarida foydalanish orqali keng targʻib qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr oyidan boshlab, muntazam

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

9.

Oʻzbekiston bilan YUNESKOning hamkorligini rivojlantirish va Milliy komissiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-noyabr

Madaniy meros agentligi,

YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Tashqi ishlar vazirligi

10.

Oʻzbekiston muzeylari uyushmasini tuzish va Xalqaro muzeylar kengashi (ICOM)da milliy komissiya maqomini olishga koʻmaklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-noyabr

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 237-bandiga muvofiq, 2024-yilda Ijodiy iqtisodiyot boʻyicha IV Butunjahon konferensiyasini (WCCE) oʻtkazish ishlarini jadallashtirish.

Bunda:

Toshkent shahrida Fransuz madaniyat markazi, Zamonaviy sanʼat markazi va 2 ta art-rezidensiyani ochish;

xalqaro jamoatchilik uchun Oʻzbekiston ijodiy iqtisodiyotini birlashtiruvchi platforma sifatida Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi yangi binosi loyihasining taqdimotini oʻtkazish;

madaniyat va tadbirkorlik faoliyatining namunasi sifatida Abulqosim madrasasida ijodiy iqtisodiyot klasterini yaratish;

ushbu bandda qayd etilgan obyektlarda tegishli qurilish-montaj ishlarini yakunlash choralarini koʻrishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2024-yil noyabr

Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Madaniy meros agentligi

12.

Madaniy meros sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar grantlarini jalb qilish, restavratsiya va saqlash boʻyicha malaka oshirish tadbirlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr oyidan boshlab, muntazam

Madaniy meros jamgʻarmasi, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniy meros agentligi

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 238-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston tarixining tarixiy jang sanʼatini ilmiy oʻrganish va namoyish qilish orqali mamlakatning turistik salohiyatini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni tarixiy-ilmiy, amaliy va aniq moliyalashtirish manbalari nuqtai nazaridan takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-dekabr

Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Madaniy meros agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

14.

Davlat budjetidan madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish va ularning muhofazasini taʼminlash, ularni restavratsiya qilish va tiklash, shuningdek, arxeologiya ishlar uchun Madaniy meros agentligiga ajratiladigan mablagʻlarning yil davomida foydalanilmagan qismi har yili 20-dekabrga qadar Agentlik huzuridagi Madaniy meros jamgʻarmasiga oʻtkazilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yildan boshlab, har yili 20-dekabrga qadar

Madaniy meros agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

15.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat muzeylarida saqlanayotgan, koʻrgazma uchun chet ellarga olib chiqilmaydigan noyob osori-atiqalarning yangilangan roʻyxatini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2024-yil 1-mart

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

16.

Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlari atrofini obodonlashtirish, tozaligini saqlash, sanitar-gigiyenik shoxobchalarni tashkil qilish boʻyicha yagona minimal talablarni belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil 1-aprel

Madaniy meros agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

17.

Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarida inklyuziv sharoitlarni yaratish boʻyicha yagona minimal talablarni belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil 1-aprel

Madaniy meros agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

18.

Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlari davlat reyestrini tasdiqlash.

Bunda, obyektning toʻliq nomi, davri, toifasi, manzili, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqini nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2024-yil 1-aprel

Madaniy meros agentligi,

Kadastr agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Fanlar akademiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

19.

Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlariga virtual tur (360 darajadagi media materiallar) qilish imkonini yaratish va targʻib qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

20.

Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda muzeylar sohasini rivojlantirish strategiyasini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2024-yil 1-noyabr

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

21.

Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish strategiyasini tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2024-yil 1-noyabr

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

22.

Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining elektron pasporti va davlat kadastrini toʻliq shakllantirish hamda ularni Madaniy meros portaliga joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-dekabr

Madaniy meros sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,

Madaniy meros jamgʻarmasi

Madaniy meros agentligi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2023-y., 07/23/177/0326-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son; 22.04.2026-y., 07/26/153/0401-son)