24.05.2023 yildagi O‘RQ-844-son
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan davlat organlari hamda tashkilotlar alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash bo‘yicha faoliyatda qonunchilikka muvofiq ishtirok etadi.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilgan jamoat joylarida joylashgan xonalarni ushbu xonalarda keyinchalik tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilgan jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini ushbu joylarda keyinchalik iste’mol qilish (ulardan foydalanish) uchun berish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida belgilangan taqiqlar tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanishga oid qismi bo‘yicha — tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga mos keladigan va ventilatsiya tizimlari bilan jihozlangan, ushbu Qonun 24-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilgan jamoat joylariga taalluqli bo‘lmagan alohida ajratilgan binolar, inshootlar va obyektlarda;
 LexUZ sharhi
alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilayotgan, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanayotgan shaxslarni ushbu Qonun 24-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jamoat joylarida ular iste’mol qilinishiga (foydalanilmasligiga) yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirishi, huquqbuzarlik davom ettirilgan taqdirda esa ichki ishlar organlariga xabar berishi;
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan talab shaffof polietilen plyonkadan tayyorlangan tamaki mahsulotlarining bloklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan taqiq O‘zbekiston Respublikasi hududida nosvoyni ishlab chiqarishga va realizatsiya qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonun 36-moddasining uchinchi — sakkizinchi qismlari, 37-moddasining ikkinchi qismi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran to‘qqiz oy o‘tgach amalga kiritiladi. Bunda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari ushbu Qonun 36-moddasining uchinchi — sakkizinchi qismlarida ko‘rsatilgan talablar amalga kiritilguniga qadar amal qiladi.