1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish muddati | Masʼullar | Bajarilgan ishlarning pirovard natijasi |
| I. Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilishga oid tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar | ||||
| 1. | Antidoping nazoratining samarali tizimini, sportda taqiqlangan dori vositalari va boshqa moddalar qoʻllanishini nazorat qilish dasturlari va uslublari, shuningdek, sportchilar va sport tashkilotlari uchun intizomiy reglamentni ishlab chiqish va joriy etish. | 2023-yil yakuniga qadar | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | Farmakologik taʼsirga ega taqiqlangan dori preparatlari va boshqa moddalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining doimiy yangilab borilishi taʼminlanadi. Sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish borasida xalqaro hamkorlik amalga oshiriladi. |
| 2. | Doping-testlar va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, Butunjahon dopingga qarshi kurashish agentligining respublika sportchilari haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS tizimi) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllash. | Reja asosida 2023-2024-yillar davomida | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | ADAMS maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti onlayn tizimini qoʻllash orqali sportchilarning doimiy nazorati va boshqaruvi taʼminlanadi. |
| 3. | Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada kuchaytirish va ish uslubini takomillashtirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqish. Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish va bu borada samarali ish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha agentlik tuzilmasi va nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda lavozim yoʻriqnomalari va vazifalar taqsimotini puxta ishlab chiqib, tasdiqlash. | 2023-yil may | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | Milliy antidoping agentligi faoliyati yanada takomillashtiriladi. |
| 4. | Milliy antidoping agentligiga oid normativ- huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish hamda Butunjahon antidoping kodeksiga hamohang boʻlgan milliy antidoping qoidalarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish. | 2023-yil oktabr | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | Milliy antidoping qonunchiligi asosida agentlik va sport tashkilotlari faoliyati boʻyicha sohaga oid meʼyoriy hujjatlar tizimlashtiriladi. |
| 5. | Hukumat qarorlarini xatlovdan oʻtkazish. Zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil iyun | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | Tegishli Hukumat qarorlarini xatlovdan oʻtkazib, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtiriladi. |
| II. Milliy antidoping agentligida korrupsiyaning oldini olish, uning rivojlanish sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish | ||||
| 6. | Milliy antidoping agentligida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaning oldini olish, agentlikda mavzuli audio-, videoroliklar, bannerlar, axborot-targʻibot materiallari va boshqa vositalardan foydalangan holda korrupsiya omillarini bartaraf etish. | 2023-yil yakuniga qadar | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | Korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida agentlik xodimlarining bilimlarini oshirishga qaratilgan maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, xususan, mavzuli audio-, videoroliklar, bannerlar, plakatlar va innovatsion axborot-targʻibot materiallaridan foydalangan holda xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni, korrupsiyaga qarshi kurashishda aniq xulqni shakllantirishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari oʻtkaziladi. |
| 7. | Xodimlarni ishga qabul qilishda ular tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash. | 2023-yil yakuniga qadar | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | Xodimlar bilan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvga asosan, poraxoʻrlik va tovlamachilikning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish tizimi samarali tashkil etilishi taʼminlanadi. |
| 8. | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Milliy antidoping agentligini malakali, chuqur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, oʻz vazifalarini sidqidildan va masʼuliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan toʻldirish. | 2023-yil yakuniga qadar | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari O. Xasanov | Agentlik malakali kadrlar bilan butlanadi va vazifalar ijrosi samarali tashkil etiladi. |
| III. Antidoping sohasini raqamlashtirish orqali doping qoidabuzarliklarini kamaytirish | ||||
| 9. | Sohani raqamlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻnalishlar kesimida yagona axborot tizimini ishga tushirish. Jumladan: doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimini joriy etish; sportchilar uchun antidoping taʼlim elektron platformasini yaratish; Butunjahon antidoping agentligi tomonidan tavsiya qilingan sportda taqiqlangan moddalar va boshqa uslublar boʻyicha yillik roʻyxat ishlab chiqish va Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasini joriy qilish. Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasini bosqichma-bosqich joriy etish va axborot tizimlarini toʻliq ishga tushirish. | 2023-yil yakuniga qadar | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov | Sportchilar oʻrtasida dopingga qarshi kurashish jarayonlari kuchaytiriladi va shaffoflik hamda tezkorlik taʼminlanib, yagona elektron tizim yoʻlga qoʻyiladi. |
| 10. | Butunjahon antidoping agentligining xalqaro doping ofitser tayyorlash kursida Milliy antidoping agentligi mutaxassislarini oʻqitib xalqaro toifadagi doping ofitserlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. | 2023-yil iyul | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | Yurtimizda va xorijda oʻtkaziladigan musobaqalarda doping-sinamalarni olish huquqiga ega boʻlgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (ITA — International Testing Agency) oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi. |
| 11. | Sportchilarda doping va doping oqibatlari haqida tasavvurga ega boʻlishi uchun taʼlim elektron platformasini yaratish hamda oʻquv kurslari yakunida maxsus testlarni oʻtkazgan holda onlayn QR-kodli sertifikatlashni yoʻlga qoʻyish. | 2023-yil yakuniga qadar | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | Joylarda 20 mingdan ziyod sportchi va mutaxassislarning antidoping qoidalari boʻyicha bilim saviyasi oshiriladi. Taqiqlangan moddalar haqida maʼlumotga ega boʻlishi va dopingga qarshi kurashish, bu borada oʻz huquq va majburiyatlarini bilish hamda trener va tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish boʻyicha dastur va uning mobil ilovasi yaratiladi. |
| 12. | 2023-yil yakuniga qadar | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov, Yoshlar siyosati va sport vaziri A. Ikramov | Mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilinishi bilan yiliga 2,5 ming nafar trenerlar va tibbiyot xodimlarining bilimi oshiriladi. Malaka oshirish kurslarining sayyor holda oʻtkazilishi tinglovchilar uchun qulayliklar yaratadi. | |
| 13. | Sportchi va trenerlarning dopingga qarshi kurashish va doping profilaktikasi boʻyicha savodxonligini oshirish maqsadida 2023-yilgi kalendar reja asosida taʼlim tadbirlarini oʻtkazish. | 2023-yil yakuniga qadar | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hamda sport tashkilotlaridagi 15 ming nafar sportchi va trenerlar qamrab olinadi. |
| 14. | Butunjahon antidoping agentligining “ADeL” elektron oʻquv platformasi asosida oʻzbek tilida antidoping qoidalari boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. | 2023-yil yakuniga qadar | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | Oʻzbek tilida 20 ta antidoping elektron oʻquv dasturlarini ishlab chiqish orqali tizimga kiritilayotgan yangilik va qoʻshimchalar mutaxassislar eʼtiboriga yetkaziladi. |
| 15. | Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hamda sport tashkilotlarining binolarida profilaktik targʻibot bannerlarini oʻrnatish (yangilash) hamda antidoping burchaklarni tashkil qilish. | 2023-yil iyul | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov, Yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Sh. Maxmudov | Respublikadagi sport-taʼlim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va sport klublarida antidoping qoidabuzarliklar haqida aholi xabardorligi oshiriladi. |
| IV. Sportda antidoping sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash | ||||
| 16. | Antidoping nazorati sohasida ilgʻor uslublar va texnologiyalarni oʻzaro almashish hamda ularni joriy qilish maqsadida yetakchi xorijiy tashkilotlar ishtirokida xalqaro konferensiya tashkil qilish va oʻtkazish. 2023-yil sentabr oyida Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOKA) boshqaruvining navbatdagi yigʻilishini Toshkent shahrida oʻtkazish. Milliy antidoping agentliklari faoliyatini rivojlantirishga bagʻishlangan trening sessiyasi oʻtkazish. | 2023-yil sentabr-oktabr | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov, Tashqi ishlar vaziri B. Saidov | Antidoping nazorati sohasida xalqaro hamkorlik kengaytiriladi va mustahkamlanadi. |
| 17. | Xalqaro test agentligi (ITA) bilan ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish. | 2023-yil iyul | Milliy antidoping agentligi direktori A. Sadikov | Xalqaro test agentligi (ITA) bilan aloqalar rivojlantiriladi, shuningdek, antidoping sohasidagi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik kengaytiriladi. |
4-ILOVA