1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.02.00 Import vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.03.00ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.03.00 Eksport vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.03.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida imtiyozlarni qoʻllash, shuningdek, ushbu loyihalar doirasida qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-599-son Qonuni 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha 2020-yil 1-iyulga qadar maʼqullangan, toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shuningdek, ularni olib kirishga qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinmasligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — XMI/XHMT) mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalar doirasida qarz Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan boʻlsa, tovarlarni olib kirish va tovarlarni (xizmatlarni) sotib olishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetidan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash uchun mablagʻ ajratilgunga qadar loyihani amalga oshirish (muvofiqlashtirish) guruhi yoki ijro agentligiga 120 kun muddatga qoʻshilgan qiymat soligʻini kechiktirib toʻlash huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMI/XHMTning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi toʻliq yoki qisman XMI/XHMTning mablagʻlari hisobidan sotib olinadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi toʻliq yoki qisman XMI/XHMTning mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoʻshilgan qiymat soligʻi qoplab berilishini nazarda tutuvchi elektron axborot tizimiga bir oy muddatda oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 28-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
167-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-apreldagi 167-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — XMI/XHMT) mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar (keyingi oʻrinlarda — loyiha) doirasida yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash hamda soliqqa tortish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh pudratchi — loyiha doirasida ishlarni bajaruvchi yuridik shaxs (Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish (muvofiqlashtirish) guruhi (keyingi oʻrinlarda — loyiha guruhi) — belgilangan tartibda loyihani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida loyiha tashabbuskori tomonidan tuziladigan boʻlinma (tashkilot);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) — loyihani amalga oshirish boʻyicha tashabbus bilan chiqqan davlat organlari, budjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha qatnashchilari — loyiha tashabbuskori (buyurtmachi), bosh pudratchi, subpudratchilar, loyiha guruhi va ijro agentligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro agentligi — loyihani amalga oshirish uchun masʼul tashkilot (tashkilotlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organlariga ijro agentligining loyiha qatnashchilari tomonidan import qilingan tovarlar HMI/HXMT mablagʻlariga xarid qilinganligi (yoki xarid qilinishi) hamda tovarlarning loyihada foydalanish uchun olib kirilganligi toʻgʻrisida tasdiqnomasi taqdim etiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda import qilingan tovarlardan loyiha doirasida foydalanilmagan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻi belgilangan tartibda undirib olinadi;
(3-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻliq yoki qisman HMI/HXMT mablagʻlaridan qoʻshilgan qiymat soligʻini (keyingi oʻrinlarda — QQS) qoplash uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-599-son Qonuni 6-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-iyulga qadar XMI/XHMT direktorlari kengashi tomonidan maʼqullangan loyihalar doirasida yuridik shaxslar (loyiha qatnashchilari) tomonidan yetkazib beruvchilardan (xizmatlarni koʻrsatuvchilardan) sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shuningdek, ularni olib kirishda qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz shartnomalarida imtiyoz mavjud yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, toʻliq yoki qisman XMI/XHMT tomonidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarga tatbiq qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-iyulga qadar XMI/XHMT direktorlari kengashi tomonidan maʼqullangan loyihalar boʻyicha soliq imtiyozi ushbu loyihalarni amalga oshirish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2020-yil 1-iyuldan keyin XMI/XHMT direktorlari kengashi tomonidan maʼqullangan loyihalar doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) mablagʻlari hisobidan qoplanadigan loyihalar boʻlganda, qarz oluvchilarga QQSni toʻlash uchun Davlat budjetidan ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda keltirilgan sxemalarga muvofiq mablagʻlar ajratiladi. Bunda loyiha doirasida sotib olingan (import qilingan) tovarlar (xizmatlar) qiymati KQS hisobga olinmagan holda HMI/HXMT mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanmaydigan loyihalar boʻlganda, QQS uchun toʻlovlar qarz oluvchilarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Loyihalar doirasida qarzdorlik Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan boʻlganda, tovarlarni olib kirish va tovarlar (xizmatlar)ni sotib olishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Loyihalar doirasida tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun import qilishda QQSni toʻlash boʻyicha majburiyat loyiha guruhi yoki ijro agentligida yuzaga kelgan taqdirda, QQSni toʻlash uchun mablagʻlar Davlat budjetidan ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Davlat budjetidan QQSni toʻlash uchun mablagʻ ajratilgunga qadar loyiha guruhi yoki ijro agentligiga QQS toʻlanishini taʼminlamasdan hamda QQSni kechiktirib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun foizlar hisoblamasdan 120 kun muddatga qoʻshilgan qiymat soligʻini kechiktirib toʻlash huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun import qilishda QQSni toʻlashga Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishi uchun loyiha guruhi yoki ijro agentligi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza bojxona yuk deklaratsiyasining raqami koʻrsatilgan holda soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Soliq organi ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunida maʼlumotlarni, shu jumladan, bojxona yuk deklaratsiyasini soliq va bojxona organlari oʻrtasidagi oʻzaro elektron maʼlumot almashish tizimidan foydalangan holda tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish natijasiga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QQSni toʻlash uchun Davlat budjetidan mablagʻlarning toʻliq yoki qisman ajratilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani (keyingi oʻrinlarda — xulosa) kontragent QQSning budjetga yoʻnaltirganiga qarab rasmiylashtiradi va elektron shaklda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining elektron axborot tizimi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik) yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh pudratchining kontragenti unga toʻlab berilgan QQS summasini budjetga toʻlamagan taqdirda, soliq organlari kontragentlarning QQS qarzdorligi toʻgʻrisida xabarnomani soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda bir kun ichida bosh pudratchiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Gʻaznachilik soliq organining xulosasini olgan kundan boshlab uch ish kunida mablagʻlarni tovarlarni import qilishda QQSni toʻlash uchun arizada koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tovarlarni (xizmatlarni) sotib olishda ushbu tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchilar yoki bosh pudratchi loyiha guruhi yoxud ijro agentligiga loyiha doirasida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni QQSni hisobga olgan holda elektron hisobvaraq-fakturalar (yoki oʻrnini bosadigan hujjatlar) bilan tovarlar (xizmatlar) yetkazilgandan soʻng uch kundan kechiktirmay taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda agar birinchi bosqichda loyihani boshlash jarayonida loyiha guruhi yoki ijro agentligiga yoxud pudrat tashkilotiga boʻnak mablagʻlar ajratilgan taqdirda, ajratilgan mablagʻlarga QQS toʻlovlarini toʻlashga mablagʻ soʻrab ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda QQSni toʻlash uchun Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishi toʻgʻrisida shaxsiy kabineti orqali soliq organiga ariza yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻnak sifatida QQS toʻlashga berilgan mablagʻlar budjetga toʻliq toʻlanishiga loyiha guruhi yoki ijro agentligi javob beradi. Boʻnak sifatida berilgan mablagʻlar toʻliq budjetga yuborilgandan soʻng loyiha guruhi yoki ijro agentligi ularning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar) bilan maʼlumotlarni soliq organlariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Loyiha guruhi yoki ijro agentligi bosh pudratchi yoki tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchilar tomonidan ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq taqdim etilgan maʼlumotlarni asoslantirilganligini oʻrganib chiqadi va uch ish kunida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organiga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda QQSni toʻlash uchun Davlat budjetidan mablagʻlarning ajratilishi toʻgʻrisida ariza yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda QQSni toʻlash uchun Davlat budjeti mablagʻlarining ajratilishi yuzasidan taqdim qilingan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlik loyiha guruhi yoki ijro agentligi hamda bosh pudratchiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Soliq organi arizani ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan tartibda tekshirgan holda bir ish kunida Gʻaznachilikka yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda loyiha guruhi yoki ijro agentligi oʻz maʼmuriy ehtiyojlari uchun loyiha doirasida sotib olinadigan tovarlar boʻyicha toʻlangan QQSni qoplash uchun yuborilgan arizani taqdim qilishda ularning QQS soliq toʻlovchisi boʻlishi talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Gʻaznachilik soliq organining xulosasini olgan kundan boshlab uch ish kunida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha QQSni toʻlash uchun arizada koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu Nizom qoidalarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida qarz Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan loyihalar boʻlganda, tovarlarni olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Loyihani amalga oshirish guruhi yoki ijro agentligi (loyiha ishtirokchilari bilan shartnoma tuzgan)
Tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishi uchun loyihani amalga oshirish guruhi yoki ijro agentligi belgilangan shaklda arizani rasmiylashtiradi va soliq organiga shaxsiy kabinet orqali taqdim qiladi.
Soliqni toʻlash majburiyati yuzaga kelganda
2-bosqich
Soliq organi
Soliq organi ariza kelib tushgan kundan boshlab maʼlumotlarni, shu jumladan, bojxona yuk deklaratsiyasini soliq va bojxona organlari oʻrtasidagi oʻzaro elektron maʼlumot almashish tizimidan foydalangan holda tekshiradi.
Uch ish kunida
3-bosqich
Soliq organi
Tekshirish natijalariga koʻra arizani Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yuboradi.
Tekshirish muddati davomida
4-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi
Soliq organining xulosasini olgan kundan boshlab mablagʻlarni tovarlarni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash uchun arizada koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Uch ish kunida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida qarz Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan loyihalar boʻlganda, tovarlar (xizmatlar)ni sotib olishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Loyihani amalga oshirish guruhi yoki ijro agentligiga tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchilar (shu jumladan, bosh pudratchi)
Tovarlarni (xizmatlarni) sotib olishda loyihani amalga oshirish guruhi yoki ijro agentligiga loyiha doirasida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) hajmlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda elektron hisobvaraq-fakturalar (yoki oʻrnini bosadigan hujjatlar) bilan taqdim etadi.
Hisobot oyi yakunlanganidan keyin uch kundan kechiktirmay
2-bosqich
Loyihani amalga oshirish guruhi yoki ijro agentligi (loyiha ishtirokchilari bilan shartnoma tuzgan)
Bosh pudratchi yoki tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlar asoslantirilganligini oʻrganib chiqadi va soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organiga belgilangan shaklda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash uchun Davlat budjetidan mablagʻlarning ajratilishi toʻgʻrisida arizani yuboradi.
Uch ish kunida
3-bosqich
Soliq organi
Tekshirish natijalariga koʻra arizani Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yuboradi.
Tekshirish muddati davomida
4-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi
Soliq organining xulosasini olgan kundan boshlab sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha QQSni toʻlash uchun arizada koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Uch ish kunida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida qarz Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan loyihalar boʻlganda, tovarlarni olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ARIZA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davr (oy/chorak)
soʻm
T/r
Moliyalashtirish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat raqami va sanasi
Tashkilot nomi
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
Bojxona yuk deklaratsiyasi raqami
Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi
Bojxona qoʻmitasi hisobvaragʻi
MFO
Bank nomi
1.
2.
...
Loyihani amalga oshirish guruhi/
ijro agentligi rahbari
______________________________
202__ yil “___” ___________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻliq yoki qisman XMI/XHMT mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida qarz Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan loyihalar boʻlganda, tovarlar (xizmatlar)ni sotib olishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ARIZA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davr (oy/chorak)
soʻm
T/r
Moliyalashtirish amalga oshirish asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat raqami va sanasi
Tashkilot nomi
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
Bajarilgan ishlar hajmi
Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi
Tashkilotning bank hisobvaragʻi
MFO
Bank nomi
1.
2.
...
Loyihani amalga oshirish guruhi/
ijro agentligi rahbari
______________________________
202__ yil “___” ___________
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2023-y., 09/23/167/0231-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)