10.04.2023 yildagi PQ-118-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash, ushbu obyektlarga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish hamda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Andijon viloyatining Bo‘ston tumanidagi 69 ta ijtimoiy soha obyektini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda tegishli ijtimoiy sohaga mas’ul vazirlik va idoralar 2023 — 2026-yillarda respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan davlat ijtimoiy soha obyektlarini ekologik toza yoqilg‘i turlariga (elektr energiyasi, quyosh suv isitish qurilmalari, quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlariga (issiqlik nasoslari va shu kabilar) o‘tkazish orqali kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, qozonxonalarni modernizatsiya qilish hamda muassasalarning issiqlik tizimini ta’mirlash va belgilangan me’yorlarda ishlashini ta’minlashni davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich joriy etish choralarini ko‘rsin. Bunda:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 5 722 ta davlat ijtimoiy soha obyektining issiqlik ta’minoti tizimlarini xususiy sektor ishtirokida modernizatsiya qilish va boshqarish tizimi joriy qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy soha obyektlarida mavjud isitish tizimlarining joriy holatidan kelib chiqib, 2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining barcha tuman (shahar)larida hamda boshqa viloyatlarning 2-ilovaga muvofiq tuman (shahar) larida davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlari boshlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni imzolash rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Respublika ishchi guruhi) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari uchun talab etiladigan ko‘mir va boshqa yoqilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlashga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda tuman (shahar) hokimliklari va jalb qilingan xususiy sheriklar tomonidan bajarilgan ishlar natijadorligini o‘rganish va muntazam monitoring qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilishda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) hokimliklarining loyihalar ijrosi yuzasidan axborotlarini qabul qilish va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tahliliy materiallarni kiritib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorda ko‘rsatilgan topshiriqlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qilib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tanlab olingan xususiy sheriklar bilan birga 2-ilovada belgilangan hududlar bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda tuman (shahar)lardagi davlat ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish choralarini ko‘rsin. Bunda xususiy sheriklar tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, davlat sheriklari tomonidan tuzilgan ishchi guruh muhokamasiga taqdim etiladi hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish xarajatlari hududlarning mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan modernizatsiya mablag‘lari bilan birga moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherikka ijtimoiy soha muassasalarining foydalanilmayotgan, bo‘sh turgan bino va inshootlarini foydalanish uchun vaqtinchalik ijaraga berish yoki omborxona qurilishi uchun yer uchastkasini (yer maydoniga egalik qilish huquqi berilmagan holda) ajratish choralarini ko‘rsin. Bunda yer va mulkni ijaraga berish qoidalari, ijara to‘lovlarini amalga oshirish tartibi, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari, ijaraga berilgan mol-mulklarning ro‘yxati hamda ularni nazorat qilish tartibi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yil 1-iyulga qadar tuman (shahar)larda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihalarining (keyingi o‘rinlarda — Loyihalar) konsepsiyalarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yil 1-avgustdan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlarini boshlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sheriklari bir hafta muddatda qonunchilikda belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini o‘rganib chiqish bo‘yicha tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruh tarkibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ma’qullanib, davlat ekspertizasidan o‘tkazilgandan so‘ng, modernizatsiya ishlari boshlanishiga ruxsat beriladi hamda mazkur ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha xususiy sherik javobgar hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Loyihalarni amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sherigi etib — tuman (shahar) hokimliklari hamda tegishli ijtimoiy sohaga mas’ul vazirlik va idoralar hududiy organlari belgilansin. Bunda tuman(shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlari rahbarlari (tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi va h.k.) davlat sherigining huquq va majburiyatlari bajarilishiga mas’ul etib belgilansin;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sheriklar — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq tender o‘tkazish va (yoki) Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining qarorlari asosida eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali aniqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qo‘yilsinki, Loyihalarni amalga oshirishda quyidagi vazifa va majburiyatlar bajarilishi ta’minlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat sheriklari tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini xatlovdan o‘tkazish va davlat ekspertizasidan o‘tkazishni ta’minlash;
(7-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda ekologik toza yoqilg‘i turlari (elektr energiyasi, quyosh suv isitish qurilmalari, quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlari (issiqlik nasoslari va shu kabilar) orqali ishlaydigan energiya tejamkor qozonlarni o‘rnatish va obyektlardagi ichki issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilishni nazarda tutish;
(7-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalar bo‘yicha konsepsiyalarni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalarni amalga oshirish uchun tenderlarni tashkil qilish hamda xususiy sheriklarni shaffof va ochiq shartlarda tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jalb qilingan xususiy sheriklar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularga isitish obyektlari va tizimlarini davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda belgilangan muddatda vaqtinchalik bepul foydalanishga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablag‘larning davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda belgilangan muddatlarda va miqdorlarda yo‘naltirib borilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sheriklar tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar sifatini doimiy nazorat qilib borish, natijasi bo‘yicha har chorakda Respublika ishchi guruhiga axborot berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sheriklar tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda belgilangan shartlar bajarilmagan taqdirda bitimni bir tomonlama bekor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-oktabrga qadar ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hisobi va nazoratining onlayn tizimlari hamda issiqlik energiyasi hisoblagichlari o‘rnatilishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
(7-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xususiy sheriklar tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ijtimoiy soha obyektlarining ichki qismlarida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati davomida issiqlik haroratini lozim darajada ta’minlash. Bunda 2025-yil 1-oktabrga qadar ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hisobi va nazoratining onlayn tizimlarini hamda yetkazib berilgan issiqlik miqdoriga aniqlik kiritish maqsadida issiqlik energiyasi hisoblagichlarini o‘z mablag‘lari hisobidan o‘rnatish;
(7-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
issiqlik energiyasi yo‘qotishlarini 30 foizga kamaytirish;
(7-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soha obyektlariga zamonaviy energiya tejamkor qozonlarni o‘rnatish;
(7-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rnatiladigan isitish qozonlarining sifatini kafolatlash va muddatidan oldin yaroqsiz holatga kelgan isitish qozonlarini o‘z mablag‘lari hisobidan yangilash. Bunday hollarda Davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soha obyektlarini isitish bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘z zimmasiga olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda davlat ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va ta’mirlash hamda yetkazib berilgan issiqlik ta’minoti uchun Davlat budjetidan mablag‘lar ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi doimiy ravishda DXSH loyihalari doirasida yetkaziladigan issiqlik energiyasi uchun narxlarni (tariflarni) hududiy narxlarni tartibga soluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda deklaratsiya qilish uchun tegishli hisob-kitoblarni kiritib borsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga xususiy sheriklarning eng maqbul takliflarini tanlab olishda quyidagi talablarga e’tibor qaratish tavsiya etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sheriklar mablag‘larining ulushi kamida 50 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasining uzoq hududlarda (tuman (shahar) markazidan kamida 30 km) joylashgan kichik va ayrim obyektlar uchun kamida 30 foiz va undan yuqori bo‘lishi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sheriklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun xarajatlar miqdori mahalliy budjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larga nisbatan kam bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sheriklarning soliq to‘lovchi sifatida ishonchli bo‘lishi va oxirgi yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 3 mlrd so‘mdan kam bo‘lmasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalar har bir ijtimoiy soha obyekti bo‘yicha alohida lotga ajratgan holda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar)lardagi mavjud ijtimoiy soha obyektlarining sonidan, muassasalarning olis hududlarda joylashuvidan hamda tashabbuskor xususiy tadbirkorlik subyektlarining takliflaridan kelib chiqib, Respublika ishchi guruhi bilan kelishuvga ko‘ra ikki va undan ortiq loyihalarni birlashtirgan holda lotlarga ajratishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2023-yilda respublika bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida davlat ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish uchun jami 500 mlrd so‘m ajratsin hamda davlat-xususiy sheriklik bitimi rasmiylashtirilishiga qarab moliyalashtirib borilishini ta’minlasin.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ushbu xarajatlar 2023-yilda Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan mablag‘larni qayta taqsimlash hamda respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan (import qilinadigan), respublikada ishlab chiqarilmaydigan tovarlar 2025-yilning 1-yanvariga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), “O‘zeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda olib kelinadigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatini shakllantirsin hamda belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh (D. Sultanov) mahalliy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda ikki xil, jumladan qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan isitish qozonlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda sohadagi mavjud korxonalar bazasida energiya tejovchi va xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan isitish qozonlari (har xil yoqilg‘ida ishlaydigan) ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxatini shakllantirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Respublika ishchi guruhi (Sh. Kudbiyev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan tuman hamda shahar hokimliklari bilan birgalikda o‘z tasarrufidagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti tizimi modernizatsiya qilingandan so‘ng yechib olinadigan va foydalanishga yaroqli bo‘lgan isitish qozonlari ehtiyoji mavjud bo‘lgan budjet tashkilotlariga beg‘araz o‘tkazib berilishini tashkillashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Energetika vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar doirasida ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Loyihalarni amalga oshirish uchun Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazorat tadbirlari har yili o‘tkazilishini ta’minlasin.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, davlat sherigi va xususiy sherik Loyihalar uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishi uchun davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tegishli soha vazirliklari davlat sheriklari bilan birgalikda Loyihalar bo‘yicha tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarda belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishi va bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda davlat sheriklari monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklar uchun bitimni bekor qilishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rsin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) tegishli tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida turli uchrashuvlar, tematik davra suhbatlari tashkil etsin hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi namunaviy bitim loyihasini ishlab chiqib, barcha tuman (shahar) hokimliklariga taqdim qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qo‘chqorov zimmalariga yuklansin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 10-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-118-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-118-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarishni joriy etish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Muddati

Mas’ul vazirlik va idoralar

1.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarini xatlovdan o‘tkazish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

1. Ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarini xatlovdan o‘tkazish.

2023-yil aprel

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

Namangan viloyati hokimligi

(Abdurazakov),

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Zakirov)

2. Issiqlik ta’minoti tizimlarini xatlovdan o‘tkazish orqali nuqsonlar to‘g‘risida dalolatnomalarni rasmiylashtirish.

2023-yil may

3. Har bir obyektning loyiha-smeta hujjatini ishlab chiqib, davlat ekspertizasidan o‘tkazish.

2023-yil iyun

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarning tuman (shahar)laridagi ijtimoiy soha obyektlarida mavjud isitish tizimlarini xatlovdan o‘tkazish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

1. Ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarini xatlovdan o‘tkazish.

2023-yil aprel

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Zakirov)

2. Mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holatidan kelib chiqib, 2023-yilda modernizatsiya qilinadigan obyektlar ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil may

3. Har bir obyektni xatlovdan o‘tkazib, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish.

2023-yil iyun

3.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarning ayrim hududlaridagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasining konsepsiyalarini tasdiqlash.

1. Loyiha konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqish.

2023-yil iyun

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

Namangan viloyati hokimligi

(Abdurazakov),

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

2. Loyiha konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish va tasdiqlash.

2023-yil iyul

4.

Maslahat xizmatini ko‘rsatish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish va moliyalashtirish.

Zaruratga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

5.

Ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash.

1. Har bir tuman (shahar) kesimida tender komissiyalari tarkibini shakllantirish.

2023-yil may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

2023-yil may

6.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hamda respublikaning ayrim hududlaridagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish.

1. Tenderni e’lon qilish, tender takliflarini baholash va tender g‘olibini aniqlash.

2023-yil sentabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Tender g‘olibi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni rasmiylashtirish.

2023-yil oktabr

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-118-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar nomi

Ijtimoiy soha obyektlari soni

shundan, sohalar kesimida

umumta’lim maktablari

maktabgacha ta’lim tashkilotlari

sog‘liqni saqlash muassasalari

madaniyat, musiqa va sport muassasalari

Hammasi

13 376

6 479

4 031

2 117

749

jumladan:

I.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1 554

758

447

222

127

1.

Nukus shahri

187

60

59

39

29

2.

Amudaryo tumani

164

87

51

16

10

3.

Beruniy tumani

149

73

53

13

10

4.

Qorao‘zak tumani

66

34

16

10

6

5.

Kegeyli tumani

73

40

16

12

5

6.

Qo‘ng‘irot tumani

103

51

32

14

6

7.

Qonliko‘l tumani

51

25

13

9

4

8.

Mo‘ynoq tumani

49

19

18

8

4

9.

Taxtako‘pir tumani

54

25

16

8

5

10.

To‘rtko‘l tumani

128

69

33

19

7

11.

Xo‘jayli tumani

86

45

24

11

6

12.

Chimboy tumani

99

50

30

13

6

13.

Shumanay tumani

60

35

12

9

4

14.

Ellikqal’a tumani

134

73

34

15

12

15.

Nukus tumani

64

33

16

11

4

16.

Taxiatosh tumani

54

24

16

8

6

17.

Bo‘zatov tumani

33

15

8

7

3

II.

Andijon viloyati

1 642

774

533

268

67

1.

Andijon shahri

161

58

57

38

8

2.

Xonobod shahri

25

8

9

5

3

3.

Andijon tumani

119

59

33

23

4

4.

Asaka tumani

152

71

50

25

6

5.

Baliqchi tumani

123

63

36

20

4

6.

Buloqboshi tumani

80

37

24

14

5

7.

Jalaquduq tumani

113

57

35

16

5

8.

Izboskan tumani

130

54

49

24

3

9.

Marhamat tumani

99

47

31

17

4

10.

Oltinko‘l tumani

101

56

27

15

3

11.

Paxtaobod tumani

108

52

35

16

5

12.

Ulug‘nor tumani

64

31

18

11

4

13.

Qo‘rg‘ontepa tumani

132

66

44

16

6

14.

Shahrixon tumani

153

75

57

17

4

15.

Xo‘jaobod tumani

82

40

28

11

3

III.

Qashqadaryo viloyati

2 090

1 194

417

348

131

1.

Qarshi shahri

147

47

40

42

18

2.

Qarshi tumani

126

69

27

23

7

3.

Mirishkor tumani

91

43

20

21

7

4.

G‘uzor tumani

134

76

30

21

7

5.

Dehqonobod tumani

147

103

11

26

7

6.

Qamashi tumani

148

96

23

18

11

7.

Koson tumani

176

101

43

22

10

8.

Kitob tumani

155

95

28

24

8

9.

Muborak tumani

71

33

19

14

5

10.

Nishon tumani

93

42

24

20

7

11.

Kasbi tumani

117

60

29

19

9

12.

Chiroqchi tumani

168

125

18

19

6

13.

Shahrisabz tumani

161

83

39

29

10

14.

Yakkabog‘ tumani

160

100

29

24

7

15.

Shahrisabz shahri

75

23

33

11

8

16.

Ko‘kdala tumani

121

98

4

15

4

IV.

Namangan viloyati

1 625

716

603

246

60

1.

Namangan shahri

119

55

34

25

5

2.

Davlatobod tumani

67

23

25

10

9

3.

Yangi Namangan tumani

57

23

21

12

1

4.

Kosonsoy tumani

118

57

39

18

4

5.

Mingbuloq tumani

122

49

57

12

4

6.

Namangan tumani

89

36

36

13

4

7.

Norin tumani

115

45

52

15

3

8.

Pop tumani

159

73

53

28

5

9.

To‘raqo‘rg‘on tumani

127

62

43

18

4

10.

Uychi tumani

116

46

50

16

4

11.

Uchqo‘rg‘on tumani

121

49

48

20

4

12.

Chortoq tumani

117

56

37

21

3

13.

Chust tumani

162

77

63

18

4

14.

Yangiqo‘rg‘on tumani

136

65

45

20

6

V.

Farg‘ona viloyati

2 455

1016

909

401

129

1.

Farg‘ona shahri

185

52

65

42

26

2.

Qo‘qon shahri

136

50

48

30

8

3.

Quvasoy shahri

75

33

23

12

7

4.

Marg‘ilon shahri

96

39

35

15

7

5.

Bag‘dod tumani

154

64

59

23

8

6.

Beshariq tumani

155

64

67

15

9

7.

Buvayda tumani

123

58

43

16

6

8.

Dang‘ara tumani

132

46

61

18

7

9.

Yozyovon tumani

86

42

27

14

3

10.

Quva tumani

161

70

61

23

7

11.

Qo‘shtepa tumani

120

52

39

24

5

12.

Oltiariq tumani

123

49

44

27

3

13.

Rishton tumani

155

70

64

17

4

14.

So‘x tumani

82

35

28

14

5

15.

Toshloq tumani

103

53

29

18

3

16.

O‘zbekiston tumani

170

74

64

24

8

17.

Uchko‘prik tumani

129

60

42

24

3

18.

Farg‘ona tumani

157

65

56

29

7

19.

Furqat tumani

113

40

54

16

3

VI.

Buxoro viloyati

526

228

172

97

29

1.

Buxoro tumani

121

55

38

23

5

2.

Vobkent tumani

102

44

34

20

4

3.

Romitan tumani

105

44

34

21

6

4.

Kogon tumani

55

26

14

11

4

5.

Qorovulbozor tumani

30

10

9

7

4

6.

Peshku tumani

113

49

43

15

6

VII.

Jizzax viloyati

327

191

70

45

21

1.

Arnasoy tumani

43

22

11

6

4

2.

Do‘stlik tumani

50

21

18

6

5

3.

Zarbdor tumani

60

35

13

9

3

4.

G‘allaorol tumani

131

92

16

18

5

5.

Zafarobod tumani

43

21

12

6

4

VIII.

Navoiy viloyati

220

104

51

55

10

1.

G‘ozg‘on shahri

10

3

4

2

1

2.

Navbahor tumani

78

37

17

21

3

3.

Tomdi tumani

36

17

8

8

3

4.

Konimex tumani

70

37

15

15

3

5.

Uchquduq tumani

26

10

7

9

IX.

Samarqand viloyati

871

442

273

100

56

1.

Jomboy tumani

116

56

34

18

8

2.

Narpay tumani

147

70

57

12

8

3.

Tayloq tumani

128

61

44

15

8

4.

Kattaqo‘rg‘on tumani

198

105

64

19

10

5.

Samarqand tumani

124

53

42

18

11

6.

Ishtixon tumani

158

97

32

18

11

X.

Surxondaryo viloyati

556

296

145

90

25

1.

Angor tumani

88

47

24

13

4

2.

Bandixon tumani

73

43

13

14

3

3.

Muzrabot tumani

104

58

23

18

5

4.

Jarqo‘rg‘on tumani

134

67

46

15

6

5.

Qiziriq tumani

90

49

22

15

4

6.

Termiz tumani

67

32

17

15

3

XI.

Sirdaryo viloyati

663

308

198

118

39

1.

Guliston tumani

68

32

21

12

3

2.

Sayxunobod tumani

73

41

15

14

3

3.

Mirzaobod tumani

72

34

20

15

3

4.

Guliston shahri

48

18

20

6

4

5.

Shirin shahri

16

4

6

3

3

6.

Yangiyer shahri

29

11

12

3

3

7.

Boyovut tumani

114

55

34

21

4

8.

Sardoba tumani

47

21

14

9

3

9.

Xovos tumani

66

31

16

14

5

10.

Oqoltin tumani

39

18

10

8

3

11.

Sirdaryo tumani

91

43

30

13

5

XII.

Toshkent viloyati

576

318

144

88

26

1.

Bo‘ka tumani

93

54

20

16

3

2.

Bekobod tumani

100

53

26

18

3

3.

Parkent tumani

95

54

20

15

6

4.

Piskent tumani

80

42

21

13

4

5.

Bo‘stonliq tuman

102

55

28

14

5

6.

Ohangaron tumani

106

60

29

12

5

XIII.

Xorazm viloyati

251

114

69

39

29

1.

Xiva tumani

84

42

18

14

10

2.

Yangibozor tumani

83

33

29

12

9

3.

Yangiariq tumani

84

39

22

13

10

XIV.

Toshkent shahri

20

20

1.

Bektemir tumani

4

4

2.

Mirzo Ulug‘bek tumani

2

2

3.

Sergeli tumani

6

6

4.

Yangihayot tumani

5

5

5.

Yashnobod tumani

3

3

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlari imzolanadigan davlat ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha hududlar ro‘yxati va sohalar kesimida obyektlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi yig‘ilish bayonnomalari bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-118-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Sh. Kudbiyev

iqtisodiyot va moliya vaziri, Ishchi guruh rahbari

2.

D. Sultanov

iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

Ishchi guruh a’zolari

3.

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

4.

O. Jo‘rayeva

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari

5.

A. Qobilov

tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari

6.

A. Jumanazarov

energetika vazirining o‘rinbosari

7.

T. Komilov

maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari

8.

O. Fazilkarimov

sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari

9.

N. Sabirov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijtimoiy sohalar iqtisodiyot va moliyasi departamenti direktori o‘rinbosari

10.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari va viloyatlar hokimlari o‘rinbosarlari, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari boshliqlari, soliq boshqarmalari boshliqlari, tegishli ijtimoiy soha boshqarmalari boshliqlari

11.

Z. Bozorov

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va davlat funksiyalarini qisqartirish departamenti direktori o‘rinbosari, Ishchi guruh kotibi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/118/0204-son; 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son; 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)