30.03.2023 yildagi PQ-104-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Gidroenergetika quvvatlarini yanada koʻpaytirish maqsadida Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzbekgidroenergo” AJning (keyingi oʻrinlarda — Jamiyat) 2028-yil yakuniga qadar gidroelektr stansiyalari umumiy quvvatini 5 507,8 MVtga yetkazish, shu jumladan umumiy quvvati 1600 MVt boʻlgan gidrotoʻplash elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish hisobiga qoʻshimcha 3 279,8 MVt quvvatlarni yaratish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kichik gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanishda zarur boʻlgan hamda 2023 — 2025-yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-son qarori talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi “Gidroenergetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-252-son qaroriga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan loyihalarga tatbiq etiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori tashkil qilingandan soʻng rostlovchi gidroelektrstansiyalar, shu jumladan gidrotoʻplash elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun toʻlov alohida tartib (quvvat uchun toʻlov) asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar Jamiyat tarkibidagi gidroelektrstansiyalar va u tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga oʻzaro bogʻliq boʻlgan va bevosita taʼsir qilishi mumkin boʻlgan hollarda Jamiyat davlat sherigi sifatida yoki xususiy investor bilan hamkorlikda ishtirok etishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat tarkibidagi “Suvsanoatmash” AJning tegishli aktivlarini belgilangan tartibda ommaviy savdolar orqali sotish hamda undan tushgan mablagʻlar va Jamiyatning oʻz mablagʻlari hisobidan xorijiy hamkorlarni jalb qilgan holda gidroelektrstansiyalar qurilmalarini ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Jamiyatning:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
istiqbolli loyihalar amalga oshiriladigan hududlarga olib boruvchi yoʻl va boshqa zarur infratuzilma obyektlarining qurilishini Jamiyat mablagʻlari hisobidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda, Jamiyat tomonidan mazkur hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida belgilangan pudrat tashkilotlarini jalb qilgan holda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat tizimidagi tashkilotlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻtkaziladigan davlat xaridlarida Jamiyat tizimidagi boshqa tashkilotlarning ishtirok etishiga ruxsat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan “Gidroproyekt” AJni Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladigan Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat va uning tizimidagi tashkilotlarga “MACLEC Technical Project Laboratory Pvt Ltd” kompaniyasi (Hindiston) bilan suvda suzib turuvchi qurilmalarni xarid qilish boʻyicha shartnomani toʻgʻridan-toʻgʻri tuzishga ruxsat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav kapitalida davlat ulushini oshirish hisobiga unga “Oʻzsuvloyiha” AJning davlatga tegishli aksiyalar paketini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Jamiyat bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda tegishli xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy tijorat banklari bilan istiqbolli loyihalarga moliyaviy manbalarni jalb qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzokaralar natijasiga koʻra, bir oy muddatda istiqbolli loyihalarning Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatiga kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
istiqbolli loyihalarga Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida boʻlmagan xorijiy kreditlarni jalb qilish uchun “Oʻzenergosotish” AJ mazkur loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 25 yildan kam boʻlmagan muddatda loyihada belgilangan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi bilan kelishilgan tarif boʻyicha kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini oladi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanmaguniga qadar, ushbu loyihalarga talab etiladigan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolati taqdim etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamiyat 2024-yil 1-fevralga qadar mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlarini jalb etgan holda potensial investorlar bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarning loyihaoldi hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, Jamiyat quyidagilarni nazarda tutuvchi sohani diversifikatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gidroelektrstansiyalar va suv omborlariga yondosh hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish orqali boʻsh turgan yer maydonlaridan yanada samarali foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-avgustdan boshlab respublika hududidagi daryo va kanallarda bosimsiz ishlaydigan innovatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali qoʻshimcha elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar gidroelektrstansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil sertifikat”ni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimdagi korxonalar ishlab chiqarish bazasida 2024-yil 1-yanvarga qadar quvvati 1 MVtgacha boʻlgan, 2025-yil 1-yanvarga qadar quvvati 15 MVtgacha boʻlgan gidroagregatlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quvvati 5 MVtdan yuqori boʻlgan gidroelektrstansiyalar va gidrotuplash elektr stansiyalarini qurishga qaratilgan loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Jamiyatda quyidagilarni nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillari joriy etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish va 2025-yilga qadar ESG reytingini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat tizimida korporativ va strategik maslahatchi xizmatini tashkil etish, shuningdek, kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil aʼzolar sonini 4 nafarga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-sentabrdan boshlab ekologik standartlarga muvofiq axborotlarni oshkor etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-iyuldan boshlab sohadagi yetakchi chet el kompaniyalari bilan “benchmarking” usulida taqqoslash orqali Jamiyatning operatsion samaradorligini oshirib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilansinki, 2024-yil yakuniga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi “Gidroenergetika sohasini raqamli transformatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gidroelektrstansiyalar va suv omborlarini yagona himoyalangan korporativ tarmoqqa birlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarining nazorat-oʻlchov qurilmalarini avtomatlashtirish hamda ulardagi maʼlumotlarni olish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlariga keladigan suv hajmi prognozining aniqlik darajasini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar va dasturiy taʼminotlarni oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gidroelektrstansiyalar va suv omborlaridagi dispetcherlik punktlarida vaziyatni real vaqt rejimida kuzatib borish va baholash tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gidroelektrstansiyalar va suv omborlarining xavfsiz faoliyatini taʼminlash va gidrotexnik inshootlarning holatini onlayn monitoring qilib borishga qaratilgan Vaziyatlarni monitoring va tahlil qilish markazini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamiyat bir oy muddatda Energetika vazirligi bilan kelishilgan holda mazkur qarordan kelib chiqib, gidroenergetika sohasini isloh qilish strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni Jamiyatning kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi va Kadastr agentligining gidroenergetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 6-ilovaga muvofiq jami 89,64 gektar, shundan 82,96 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda gidroelektrstansiyalar qurilishi belgilangan yer uchastkalarining amaldagi yerdan foydalanuvchilardan belgilangan tartibda davlat zaxirasiga qaytarilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkalari, shu jumladan belgilangan tartibda zaxiraga olingan yer uchastkalari Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Energetika vazirligi bilan birgalikda investitsiya loyihalari doirasida vaqtincha foydalaniladigan yer uchastkalariga qurilish davrida oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Energetika vazirligi ajratilgan yer uchastkalari Yer kodeksining 241-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda Jamiyatga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Belgilansinki, Jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari undirilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kesilishiga moratoriy joriy etilgan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari mavjud boʻlganda, ular Jamiyat mablagʻlari hisobidan koʻchiriladi, koʻchirish imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda, har birining oʻrniga oʻntadan kam boʻlmagan daraxtlar kompensatsiya sifatida ekib beriladi, koʻchirilgan va yangi ekilgan daraxtlar kamida 5 yil parvarishlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. 2023-yil 1-maydan boshlab quvvati 5 MVtgacha boʻlgan mikro va kichik gidroelektrstansiyalar qurish uchun yer uchastkalarini xususiy investorlarga ajratishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikro va kichik gidroelektrstansiyalar qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari haqidagi maʼlumotlar Energetika vazirligi, Jamiyat, tashabbuskor tadbirkorlar — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ochiq portaliga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron onlayn-auksionga chiqarish uchun yer uchastkalarini tanlash materiallari qonunchilikda belgilangan tartibda tayyorlanadi va vakolatli organlar bilan kelishiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlangan yer uchastkalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan elektron onlayn-auksionga faqat ijara huquqi bilan mikro va kichik gidroelektrstansiyalar qurish uchun chiqariladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron onlayn-auksion gʻolibi tuman (shahar) hokimi bilan yer uchastkasi ijarasi shartnomasini tuzish, vakolatli organ bilan esa ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-son qaroriga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov hamda “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi A.A. Sanginov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 30-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-104-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son )
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son )
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son )
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-104-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan foydalanishda zarur boʻlgan hamda 2023 — 2025-yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

TIF TN kodi

Mahsulot nomi

Ibosqich. 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladigan kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar

1.

7305 31 000 0

Suv keluvchi quvur

2.

8481 80 990 7

Suv toʻsuvchi qurilma

3.

7308 90 980 9

Chiqindilarni ushlab qoluvchi panjara

4.

8410 11 000 0

Spiral kamerasi

5.

8428 90 900 0

Vintli koʻtaruvchi qurilma

6.

7305 31 000 0

Chiquvchi konus quvuri

7.

8410 11 000 0

Gidravlik turbina (quvvati 1 MVtgacha)

II bosqich. Kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan foydalanishda zarur boʻlgan hamda 2024-2025-yillarda xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jalb etgan holda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar

8.

8501 62 000 0

Pastki krestovina

9.

8501 62 000 0

Yuqori krestovina

10.

8410 11000 0

Kompensator

11.

8501 62 000 0

Tok halqasi (Stator)

12.

8410 11000 0

Turbina vali

13.

8410 11 000 0

Qayta tiklash qopqogʻi

14.

8410 12 000 0

8410 13 000 0

Gidravlik turbina (quvvati 1 MVtdan yuqori)

15.

8410 11 000 0

Yoʻnaltiruvchi apparat kuragi

16.

8410 11 000 0

TVS flanetslar

Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son )
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-104-son qaroriga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gidroenergetika sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar nomi

Yerdan foydalanuvchi

Kontur raqami

Jami yer maydoni, ga

shundan

Tuproq ball boniteti

sugʻoriladigan yerlar, ga

Lalmi, yaylov va boshqa yerlar, ga

HAMMASI

89,64

82,96

6,68

“Namangan viloyati Katta Andijon kanalida gidroelektr stansiyalar kaskadi qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun

Uchqoʻrgʻon tumani

1.

M. Xamzaobod massivi

“Xolmirza xoji ota” fermer xoʻjaligi

2138k

1,15

1,14

0,01

81

2.

M. Xamzaobod massivi

“Istiqbolli tegirmon” fermer xoʻjaligi

2142k, 2143k

3,24

3,08

0,16

81

3.

M. Xamzaobod massivi

“Nurli istiqbol sari” fermer xoʻjaligi

2145k

10,21

9,86

0,35

81

4.

M. Xamzaobod massivi

Tuman hokimligi zaxirasi

2136k, 2148k

0,13

0,13

5.

M. Xamzaobod massivi

“Agro-Pilla” MCHJ

2134k

0,78

0,70

0,08

81

6.

M. Xamzaobod massivi

Fuqaro Alimboyeva Onaxon dala shiyponi

2136k

0,14

0,01

0,1350

81

7.

M. Xamzaobod massivi

Katta Andijon kanali

(Fargʻona birlashgan dispetcherlik markazi)

2141k

1,14

0,38

0,76

73,7

8.

Porloq Yulduz massivi

“Samandar Sevinchoy Farangiz” fermer xoʻjaligi

1842k

9,41

9,35

0,06

81,2

9.

Porloq Yulduz massivi

“Iminjon Muxarrambonu” fermer xoʻjaligi

1858k

5,37

5,29

0,08

67,7

10.

Porloq Yulduz massivi

“Xomidjon Dilshod Umrixon” fermer xoʻjaligi

1902k

5,19

5,14

0,05

68,4

11.

Porloq Yulduz massivi

Tuman hokimligi zaxirasi

1919k

0,06

0,06

12.

Porloq Yulduz massivi

Dehqon xoʻjaliklari

1858k, 1919k

4,14

4,14

71,3

13.

Porloq Yulduz massivi

“Agro-Pilla” MCHJ

1840k, 1841k

1,67

1,61

0,06

68,4

14.

Porloq Yulduz massivi

Katta Andijon Kanali

(Fargʻona birlashgan dispetcherlik markazi)

1772k, 1821k

1,05

0,43

0,63

73,6

15.

U. Madadkor massivi

“Qoʻgʻay Oʻlmas tekstil” fermer xoʻjaligi

1648k

0,91

0,88

0,03

81

16.

U. Madadkor massivi

Tuman hokimligi zaxirasi

1646k

0,07

0,07

17.

U. Madadkor massivi

Aholi tomorqasi va dehqon xoʻjaligi yerlari

1646k

0,16

0,16

81

18.

U. Madadkor massivi

Norin Haqqulobod ITB xizmat uyi

(Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi)

1647k, 1647k

0,34

0,16

0,18

81

19.

U. Madadkor massivi

Norin Haqqulobod ITB suv koʻtarish inshooti

(Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi)

1646k

0,10

0,10

81

20.

Porloq Yulduz massivi

“Xorunxon moʻl hosili” fermer xoʻjaligi

1978k, 1979k, 1980k, 1981k

2,84

2,72

0,12

71,3

21.

Porloq Yulduz massivi

Dehqon xoʻjaliklari

1978k

0,10

0,10

68,4

Tuman boʻyicha jami

48,19

45,23

2,96

Norin tumani

22.

Boʻston massivi

“Qizil tov imkoniyatlari (Isaqov Iskandar)” fermer xoʻjaligi

1582k, 1592k, 1594k

7,06

6,87

0,19

77,7

23.

Boʻston massivi

“Toshloqlik Muhammaddiyor” fermer xoʻjaligi

1569k, 1576k, 1578k, 1708k

9,81

9,66

0,15

77,6

24.

Boʻston massivi

Katta Andijon kanali va qirgʻoq mintaqasi

(Fargʻona birlashgan dispetcherlik markazi)

1567k, 1568k

0,36

0,24

0,12

76

25.

Boʻston massivi

“Akramjon Mamatov” fermer xoʻjaligi

1679k, 1680k, 1687k, 1689k

6,15

5,97

0,18

70,9

26.

Boʻston massivi

“Otajon ota saxovati” fermer xoʻjaligi

1675k

4,32

4,28

0,04

76,5

27.

Boʻston massivi

“Toshloq grand” fermer xoʻjaligi

1718k

0,02

0,02

71

28.

Boʻston massivi

Fuqaro Nazarov Ibroximjon

(bogʻdorchilik)

1690k

0,004

0,004

76

29.

Boʻston massivi

Fuqaro Otaboyev Pirnazar

(terakchilik)

1690k

0,024

0,024

76

30.

Boʻston massivi

Aholi tomorqasi va dehqon xoʻjaligi yerlari

1690k

0,214

0,214

76

31.

Boʻston massivi

Katta Andijon kanali va qirgʻoq mintaqasi

(Fargʻona birlashgan dispetcherlik markazi)

1676k, 1677k, 1678k

2,93

1,29

1,64

71

32.

Xoʻjaobod massivi

“Akram ota Bekzoda” fermer xoʻjaligi

1810k

0,20

0,18

0,02

76,5

33.

Xoʻjaobod massivi

“Gulhayo Sharifjon qizi” fermer xoʻjaligi

1812k, 1820 k

2,58

2,55

0,03

72,6

34.

Xoʻjaobod massivi

Tuman hokimligi zaxirasi

1809k, 1811k, 1821k

0,80

0,80

35.

Xoʻjaobod massivi

Aholi tomorqasi va dehqon xoʻjaligi yerlari

1811k

2,50

2,50

75

36.

Xoʻjaobod massivi

Katta Andijon kanali

(Fargʻona birlashgan dispetcherlik markazi)

1822k

0,52

0,43

0,09

72,7

Tuman boʻyicha jami

37,49

34,23

3,26

Viloyat boʻyicha jami

85,68

79,46

6,22

“Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Zarchob-3 gidroelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun

Sariosiyo tumani

1.

G. Xidirov massivi

Tuman hokimligi zaxirasi

379k, 392k, 393k, 394k

3,96

3,50

0,46

Tuman boʻyicha jami

3,96

3,50

0,46

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-104-son qaroriga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “3 416 MVt” soʻzlari “5 507,8 MVt” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2-band hamda qarorga 1 — 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2023-y., 07/23/104/0182-son; 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son; 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)