23.03.2023 yildagi 121-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan maqsadli va manzilli dasturlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul vazirlik va idoralar

I. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini rivojlantirish

1.

Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va probatsiya faoliyatini uyg‘unlashtirish (Strategiyaning 3.3-bandi).

Bunda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali probatsiya xizmati faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish:

probatsiya xizmati boshliqlariga jamoat xavfsizligi xizmati (departamenti) “boshlig‘i o‘rinbosari”, hududiy probatsiya bo‘limlariga “boshqarma” maqomini berish, tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarini “probatsiya ofisi”ga aylantirish orqali ushbu xizmatning nufuzini oshirish;

probatsiya xizmati xodimlariga maxsus malaka darajasini berish tartibini joriy etish;

Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni qayta ko‘rib chiqish;

probatsiya xizmatiga mutaxassislarni, shu jumladan, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ishga jalb qilish metodikasini, shuningdek, probatsiya xizmati faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (Key Performance Indicators) bo‘yicha baholash tartibini joriy etish;

oliy ta’lim tashkilotlarida psixologiya ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar (magistrlar)ning probatsiya xizmatida amaliyot o‘tash metodikasini, barcha hududlarda va yil davomida grafik asosida amaliyot o‘tkazilishini nazarda tutgan holda tasdiqlash;

ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, probatsiya xizmatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish;

uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi hamda ishni sudga qadar yuritish va sud jarayonidagi probatsiya institutlarini uyg‘unlashtirish;

jazoni ijro etish muassasalarining mahkumlarni ozodlikka tayyorlash, ijtimoiy moslashtirishga mas’ul bo‘linmalari faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, ularning faoliyatini probatsiya xizmati faoliyati bilan uyg‘unlashtirish.

Idoraviy normativ hujjat, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini keskin kamaytirish (Strategiyaning 3.7-bandi).

Bunda:

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar, amaliy chora-tadbirlar ilmiy-tadqiqot loyihasi

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

mas’ul davlat organlari tomonidan probatsiya faoliyati sohasidagi majburiyatlarining bajarilish holatini nazorat qilish imkonini beradigan “Probatsiya nazorati dasturiy ta’minotini ishlab chiqish” deb nomlangan maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish choralarini belgilash;

2023-yil aprel

probatsiya nazoratidagi shaxslarni ish bilan ta’minlash maqsadida sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat-xususiy sherikligi asosida probatsiya xizmatining ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish;

2023-yil iyun

probatsiya faoliyatidagi majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan mas’ul shaxslarga nisbatan probatsiya xizmati tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

2023-yil avgust

hokimliklar huzuridagi ijtimoiy ko‘nikma markazlarining bo‘ysunuvi va hisobdorligi tartibini qayta ko‘rib chiqish orqali probatsiya nazoratidagi shaxslarni boshpana bilan ta’minlash, ularga moddiy yordam ko‘rsatish faoliyatini takomillashtirish nazarda tutiladi.

2023-yil sentyabr

3.

Jamoat xavfsizligiga xavflarning holati va darajalarini belgilovchi mezonlarni va asosiy ko‘rsatkichlarni (indikatorlarni) ishlab chiqish hamda joriy etish (Strategiyaning 8-bandi).

Bunda:

jamiyat manfaatlarini asosiy mezon sifatida belgilagan holda, jamoat xavfsizligining ta’minlanganligi darajasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish;

jamoat xavfsizli�ining ta’minlanganligi holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash, vakolatli idoralarga kiritish tartibini belgilash;

jamoat xavfsizligining ta’minlanganligi holatini tizimli ravishda monitoring qilish va baholab borish uchun Jamoat xavfsizligi bo‘yicha respublika ekspert kengashini tuzish;

ilmiy ishlanmalarning jamoat xavfsizligi sohasiga joriy etilishi ko‘rsatkichini ustuvor indikatorlar qatoriga kiritgan holda Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash mezonlarini takomillashtirish;

jamoat xavfsizligi bo‘yicha tashabbus indeksini (i-indeks) yuritish metodikasini tasdiqlash nazarda tutiladi.

Idoraviy normativ hujjat, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarga o‘rnatiladigan cheklovlar, shuningdek, ularning zimmasiga yuklanadigan majburiyatlar doirasini va ularga rioya etilishini ta’minlash mexanizmlarini aniq belgilash (Strategiyaning 10-bandi). Bunda:

profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirishda ma’muriy majburlov tizimidan voz kechgan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan subyektlar mas’uliyatini kuchaytirish;

ushbu toifadagi shaxslarga o‘rnatiladigan cheklovlar va majburiyatlarni qayta ko‘rib chiqish va aniq ro‘yxatini tasdiqlash;

o‘rnatilgan cheklovlar va majburiyatlarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari va tashkilotlarini belgilash;

ushbu sohadagi faoliyatni tashkil etish va hamkorlikda ishlash mexanizmlarini tartibga solish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat

2023-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning uslubiy asoslarini rivojlantirish

5.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish bo‘yicha 14 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) “Hudud metodikasi”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish (Strategiyaning 27-bandi).

Bunda Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazida maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish doirasida:

ommaviy tartibsizliklarning oldini olish va bartaraf etish metodikasini ishlab chiqish;

ushbu metodikaga asoslangan holda, hududlarning kriminogen vaziyati (noroziliklarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, tibbiy, etnik, demografik, geografik, ekologik va tashkiliy omillari), kriminologik xususiyatlari (noroziliklarning holati, darajasi, tuzilishi, geografiyasi, yo‘nalishi, subyektlarning tavsifi, taktikasi), jamoat xavfsizligini ta’minlash subyektlari faoliyatining samaradorligi (miqdori, joylashuvi, kompetensiyasi, moddiy-texnik ta’minoti, taktikasi) va xulosalar (xulosa, prognoz, takliflar)ni aks ettirgan holda 14 ta “hudud metodikasi”ni tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish nazarda tutiladi.

Ilmiy-tadqiqot loyhasi

2023-yil may — 2025-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov)

6.

Jamoat xavfsizligi muammolarini o‘rganish, ilmiy tadqiq qilish borasida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi va Jamoat xavfsizligi universitetini tayanch metodik bazaga aylantirish (Strategiyaning 44-bandi).

Bunda:

Markazni jamoat xavfsizligi sohasini strategik, ilmiy va ekspert-huquqiy (metodologik) ta’minlovchi tayanch ilmiy tashkilot, Universitetni jamoat xavfsizligi sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ushbu sohani uslubiy va konsultativ ta’minlovchi tayanch oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida belgilash;

Markazni islohot va tadqiqot instituti darajasiga ko‘tarish, unga yuridik shaxs maqomini berish, uni tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy, kadrlar, moliyaviy, moddiy-texnik ta’minlash faoliyatini Jamoat xavfsizligi universiteti tajribasi asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy tashkilot lavozimlarini jamlashning tezkor va soddalashtirilgan tartibini belgilash;

Markazning Ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, jamoat xavfsizligi bo‘yicha ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish ko‘lamini kengaytirish (laboratoriya faoliyatini ishlab chiqarish, sotish va xizmatlar ko‘rsatishi hisobidan moliyalashtirish);

Markaz bazasida Jamoat xavfsizligi kutubxonasini tashkil etish hamda Amaliy tadqiqotlar ofisini Jinoyatchilikka qarshi kurashish muammolarini o‘rganish markaziga aylantirish (mavjud baza, shtat va pul ta’minoti doirasida);

Markazda xorijiy davlatlar jamoat xavfsizligi politsiyasining xizmat kiyimi, elektromobil xizmat mashinasi va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda qo‘llaniladigan maxsus vositalarini sinovdan o‘tkazish amaliyotini joriy etish (Jamoat xavfsizligi departamenti tizimidagi jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan);

Markazda ishlab chiqilgan elektron kuzatuv vositasi ilmiy ishlanmasini konvoy ostidagi, uy qamog‘idagi, ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan va manzil koloniyada saqlanayotgan shaxslarda sinovdan o‘tkazish, elektron kuzatuv vositasini qo‘llashning mexanizmlarini ishlab chiqish;

jamoat xa�fsizligi sohasini ilmiy ta’minlash bo‘yicha ilmiy asarlar (maqola, monografiya, darslik, metodika) yaratgan shaxslarga mualliflik haqini to‘lash tartibini belgilash;

tayanch ilmiy tashkilotning jamoat xavfsizligi sohasi bo‘yicha xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan ilmiy hamkorligini kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;

tayanch ilmiy tashkilotda jamoat xavfsizligi fanlarining dolzarb mavzulari, sohadagi islohotlar mohiyati bo‘yicha mahorat darslarini tizimli ravishda o‘tkazish nazarda tutiladi.

Qo‘shma qaror, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslarini rivojlantirish

7.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida bajariladigan dissertatsion tadqiqotlar mavzularini shakllantirishda jamoat xavfsizligini ta’minlash amaliyotidagi dolzarb muammolarning yechimlariga yo‘naltirilgan masalalarga ustuvor ahamiyat qaratish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish (Strategiyaning 37-bandi). Bunda:

jamoat xavfsizligi sohasiga doir mavzularda magistrlik, falsafa doktori va fan doktori dissertatsiyalarining davlat buyurtmasi asosida bajarilishi tartibini joriy etish;

Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazini belgilangan umumiy tartib asosida fuqarolar hisobidan jamoat xavfsizligi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy kadrlar tayyorlashga, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini idoraviy tartib asosida xodimlar hisobidan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga doir ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirgan holda ichki ishlar organlari tizimida oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish;

ilmiy ishlanmalarni jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish amaliyotiga joriy etish uchun mas’ul muassasalarni belgilash;

yopiq mavzular bo‘yicha (davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni qamrab oluvchi) dissertatsiya ishlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, ilmiy natijalarini e’lon qilish va amaliyotga joriy qilish, himoyasini tashkil etish kabi ilmiy daraja berishning barcha jarayon�arini belgilash nazarda tutiladi.

Qo‘shma qaror, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi va Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi muammolarni hal qilish yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlash (Strategiyaning 47-bandi).

Bunda quyidagi maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish nazarda tutiladi:

Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazida “Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslarni masofaviy nazorat qilish apparat-dasturiy kompleksini yaratish” deb nomlangan maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi;

Jamoat xavfsizligi universitetida “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida foydalanish uchun innovatsion profayling texnologiyasini ishlab chiqish” deb nomlangan maqsadli innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi.

Ilmiy-tadqiqot loyihasi

2023-yil may — 2025-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov)

IV. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy asoslarini rivojlantirish

9.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari xodimlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasiga doir imtiyozlardan foydalanishida inson omilini cheklaydigan avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish (Strategiyaning 57-bandi).

Bunda:

Koreya Respublikasi tajribasini (Koreya milliy politsiya universiteti “Ye-saram” davlat elektron platformasi) o‘rgangan holda, xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish kafolatlaridan foydalanish bo‘yicha “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimining “Ijtimoiy-huquqiy himoya” modulini yaratish;

ijtimoiy-huquqiy himoya qilish kafolatlaridan foydalanish borasidagi barcha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimining “Ijtimoiy-huquqiy himoya” moduli orqali amalga oshirish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning asl omillarini “ilmiy diagnoz” asosida aniqlash va “ilmiy diagnoz xulosasi” bilan “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimi orqali rasmiylashtirish tartibini joriy qilish (Strategiyaning 45-bandi). Bunda:

jinoyatlarning omillarini “ilmiy diagnoz” asosida aniqlash metodikasini ishlab chiqish;

jinoyatning omillarini bartaraf etish haqidagi taqdimnomalarni, jinoyatning omillarini aniqlash tadbirlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilganligini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosalarini, jinoyatlarning omillari haqidagi “ilmiy diagnoz” xulosalarini “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimining “Huquqbuzarliklar omillari” modulida rasmiylashtirish nazarda tutiladi.

Idoraviy normativ hujjat, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Hududiy ichki ishlar organlarining ma’muriy binolarini qo‘riqlashni Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi tizimini joriy etish (Strategiyaning 58-bandi).

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

V. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning shakl va usullarini rivojlantirish

12.

Sodir etilgan jinoyatlarning asl omillarini aniqlash va bartaraf etishda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning vakolat doirasini aniq belgilash (Strategiyaning 67-bandi).

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev)

13.

Ma’muriy nazorat va profilaktik hisob institutlari negizida profilaktik nazorat institutini joriy qilish (Strategiyaning 79-bandi).

Bunda:

ma’muriy nazorat va profilaktik hisob institutlarini bekor qilish;

profilaktik nazorat institutini kiritish;

profilaktik nazoratdagi shaxslarga belgilanadigan majburiyatlar va cheklovlar, ularni qisman va to‘liq qo‘llash asoslarini belgilash nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat

2023-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov)

VI. Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini raqamlashtirish

14.

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlaridan jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan bo‘linmalarning axborot tizimlari (probatsiyaning markazlashgan elektron tizimi, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimi) bazasida “E-jamoat xavfsizligi” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga to‘liq tatbiq etish (Strategiyaning 92-bandi).

Bunda:

“E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimi ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining axborot tizimlari (probatsiyaning markazlashgan elektron tizimi, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimi) bazasida yaratiladi;

ushbu axborot tizimiga jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subyektlarning zarur axborot tizimlari integratsiya qilinadi.

Qo‘shma qaror, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Jamoat tartibini buzgan, qayta jinoyat sodir etgan shaxslarning yagona elektron ro‘yxatini yuritish va axborot tizimi orqali davriy monitoring qilib borish tartibini yo‘lga qo‘yish (Strategiyaning 93-bandi). Bunda:

jamiyat manfaatlariga qarshi ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyatlar ro‘yxatini shakllantirish;

jamiyat manfaatlariga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslarning ro‘yxatini “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimida yuritish;

qayta jinoyat sodir etgan shaxslarning ro‘yxatini “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimida yuritish;

ushbu shaxslarning ro‘yxatini davriy monitoring qilib borish, uch martadan ortiq jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan profilaktik nazoratdagi shaxslarga belgilanadigan majburiyatlar va cheklovlarni to‘liq qo‘llash mexanizmlari belgilanadi.

Qo‘shma qaror, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar