23.02.2023 yildagi 77-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.02.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida xizmatlar sohasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarining turistik-rekratsion salohiyatini oshirish, xorijiy hamda mahalliy turistlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, xizmat va savdo obyektlarini infratuzilma bilan taʼminlash orqali aholining daromadini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) koʻmagida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Shahrisabz va Qamashi tumanlarining master-rejalarini ishlab chiqish boshlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq Shahrisabz va Qamashi tumanlaridagi koʻchmas mulk obyektlarining ommaviy savdolar orqali sotilishi (keyingi oʻrinlarda — Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlari) belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlari negizida zamonaviy xizmat koʻrsatish hamda turizm obyektlarini tashkil etishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan obyektlarni qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — “Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzuridagi buyurtmachi korxonalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasi bilan taʼminlash ishlari boʻyicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari buyurtmachi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini “E-AUKSION” elektron savdo platformasida auksion savdolari orqali sotishdan tushgan mablagʻlarni (baholash va sotish xarajatlari, Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi bundan mustasno) qarorga ilovadagi chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur mablagʻlar Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasida jamlangan holda, istisno tariqasida, qarorga ilovadagi chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga asosan “Oʻzmilliybank” AJ va tijorat banklari turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarda zamonaviy mehmonxona majmualari va dam olish zonalari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turizm ahamiyatidagi boshqa obyektlarni qurish uchun kreditlarni belgilangan tartibda ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mazkur qarorga ilovada keltirilgan obyektlarda qurilish, rekonstruksiya ishlarini amalga oshirishda loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi tashabbuskorlar tomonidan qurilishi, taʼmirlanishi hamda rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan obyektlarning ekologik talablarga muvofiqligi yuzasidan loyiha materiallarining ishlab chiqilishi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 23-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 77-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MANZILLI ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Oʻlchov birligi

Quvvati

Loyiha qiymati

(mln soʻm)

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash

Shahrisabz tumani

1.1.

“Shahrisabz-Miraki” (4K307) avtomobil yoʻlining 23 kilometrini joriy taʼmirlash (3 — 26 km)

km

23

6 500

2024-2025-yillar

Respublika budjeti mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi,

1.2.

“Miraki-Hisorak” (4K285) avtomobil yoʻlining 7 kilometrini toʻla taʼmirlash (7 — 14 km)

km

7

21 700

2024-2025-yillar

Respublika budjeti mablagʻlari

Qamashi tumani

1.3.

“Langar-Maydanak” “4R86” avtomobil yoʻlining 26 kilometrini joriy taʼmirlash (0 — 26 km)

km

26

3 000

2023-2024-yillar

Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

1.4.

“Langar-Maydanak” “4R86” avtomobil yoʻlining 28 kilometrini toʻla taʼmirlash (38 — 66 km)

km

28

112 600

2024-2025-yillar

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

1.5.

“Toʻqboy-Qoratepa” (4K290) avtomobil yoʻlining 7 kilometrini joriy taʼmirlash (0 — 7 km)

km

7

2 000

2023-yil

Respublika budjeti mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

1.6.

“Uchtut-Toʻqboy-Yangi qurilish” (4K295) avtomobil yoʻlining 1,5 kilometrini joriy taʼmirlash (11,5 — 13 km)

km

1,5

1 000

2023-yil

Respublika budjeti mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

1.7.

“Langar-Maydanak” (4R86) avtomobil yoʻlining 12 kilometrini joriy taʼmirlash (26 — 38 km)

km

12

9 000

2023-yil

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

1.8.

“Qiziltepa-Langar-Maydanak” (4R86) avtomobil yoʻlining 30-kilometridagi Langardaryo koʻprigini toʻla taʼmirlash

pm

30

1 200

2023-yil

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

II. Ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari infratuzilmasini rivojlantirish

Shahrisabz tumani

2.1.

“Miraki” MFYda 9,1 km oqova suv tarmoqlari va tozalash inshootini qurish

km/obyekt

9,1/1

11 700

2023-2024-yillar

Respublika budjeti mablagʻlari

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qamashi tumani

2.2.

“Maydanak” observatoriyasi va “Langarota” ziyoratgohida 5,2 km ichimlik suv tarmoqlari hamda 1 ta suv taqsimlash inshootini qurish

km/obyekt

5,2/1

5 200

2023-2024-yillar

Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi

III. Elektr tarmoqlari infratuzilmasini rivojlantirish

Shahrisabz tumani

3.1.

“Miraki” qoʻrgʻonida 2,5 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmogʻini va ikki transformatorli 2 ta transformator punktini yangilash

km/dona

2,5/2

577,5

2023-2024-yillar

Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Qamashi tumani

3.2.

“Qiziltepa-Maydanak” yoʻlida 2 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmogʻini va 4 ta transformator punktini yangilash

km/dona

2/4

530

2023-2024-yillar

Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi

3.3.

“Langar” MFYda 1,5 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmogʻini va 4 ta transformator punktini yangilash

km/dona

1,5/4

371

2023-2024-yillar

Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Loyiha-smeta hujjatlariga asosan ajratiladigan ishlar hajmi va ajratiladigan mablagʻlar miqdori qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2023-y., 09/23/77/0103-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)