25.01.2023 yildagi PQ-20-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon tarixida oʻchmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda maʼlum va mashhurdir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida oʻringa ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mustaqillik davrida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatini har tomonlama chuqur oʻrganish, uning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targʻib qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, shoir tugʻilgan kun — 14-fevral sanasi har yili mamlakatimiz boʻylab adabiyot va ilm-maʼrifat bayrami sifatida nishonlanmoqda. Boburshunoslik sohasida koʻplab tadqiqotlar, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar muntazam oʻtkazilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda Toshkent va Andijon shaharlarida Bobur Mirzoning muazzam haykallari oʻrnatilgani, uning tugʻilib oʻsgan yurti — Andijon shahrida Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi va uning tasarrufidagi “Bobur va jahon madaniyati” kitob muzeyi faoliyat koʻrsatayotgani, “Bobur ensiklopediyasi”, “Bobur kulliyoti”, “Babur. Baburidi. Bibliografiya” deb nomlangan salmoqli asarlarning nashrdan chiqarilgani, “Bobur va dunyo” jurnalining tashkil qilingani madaniy hayotimizda katta voqea sifatida eʼtirof etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jonajon Vatanimiz milliy rivojlanishning yangi bosqichiga — Uchinchi Renessans davriga qadam qoʻyayotgan, hayotimizning barcha jabhalarida tub oʻzgarishlar yuz berayotgan bugungi kunda Bobur Mirzoning bebaho merosini chuqur oʻrganish va ommalashtirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyuk ajdodimiz asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini, uning yosh avlodimiz intellektual va maʼnaviy salohiyatini oshirish, farzandlarimizni shu asosda Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalash borasidagi ulkan oʻrni va taʼsirini inobatga olib, Bobur Mirzoning ilmiy va ijodiy merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada chuqur oʻrganish va targʻib etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Madaniyat va turizm vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi hamda jamoatchilik vakillarining 2023-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tuzilsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkiliy qoʻmita (A.N. Aripov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini nishonlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin. Ushbu dasturda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizdagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bogʻliq obida va qadamjolarni, jumladan yodgorlik majmualarini taʼmirlash va ularning hududlarini obodonlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bobur Mirzo merosiga mansub qoʻlyozma, qadimiy kitoblar, sanʼat asarlari va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish, ularni ishonchli darajada saqlash uchun zarur sharoit yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ilmiy-ijodiy merosi hamda u yashagan davrga oid noyob qoʻlyozma asarlar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularning nusxalarini Oʻzbekistonga olib kelish va tadqiq qilishni davom ettirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy merosini, davlatchilik va sarkardalik faoliyatini keng oʻrganish maqsadida xalqaro miqyosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini eʼlon qilish, yangi ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan yuqori sifatli media mahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratish, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari, Oʻzbek milliy madaniy markazlari, vatandoshlar jamiyatlarida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini keng oʻrganish va targʻib qilishga bagʻishlangan maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Madaniyat va turizm vazirligi Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi etib belgilansin va mazkur qarorda belgilangan vazifalar boʻyicha vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashkiliy qoʻmita quyidagi tadbirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Andijon viloyati hokimligi tomonidan Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda Andijon shahrida “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Toshkent shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy anjuman;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros agentligi va Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan Andijon shahridagi “Bobur va jahon madaniyati” kitob muzeyida Boburning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan asarlarning qoʻlyozma va nashr nusxalarining koʻrgazmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Badiiy akademiya va “Hunarmand” uyushmasi tomonidan mavzuga bagʻishlangan tasviriy sanʼat asarlari, miniaturalar, xalq amaliy sanʼati namunalari koʻrgazmalari yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Zahiriddin Muhammad Boburning ibratli hayoti va boy merosini aholi orasida keng targʻib qilish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Madaniyat va turizm vazirligi Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targʻibot dasturini amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va asarlari asosida yangi spektakllar yaratish, shoir gʻazallari bilan ijro etiladigan eng yaxshi qoʻshiqlar tanlovlari hamda “Nazm va navo” maqom kechalarini tashkil etishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat buyurtmasi asosida Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bagʻishlab suratga olinayotgan “Yoʻlbarsning tugʻilishi” badiiy filmini yakuniga yetkazish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi 2023-2024-yillarda bolalar uchun Bobur Mirzo haqidagi spektakl va koʻp qismli multiplikatsion filmni yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tashkiliy qoʻmita Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir “Bobur ensiklopediyasi”ning toʻldirilgan uchinchi nashri, “Bobur” kitob-albomi, shuningdek, Bobur asarlari lugʻati, Bobur devonining mukammal nashrini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Boburnoma” asarining zamonaviy oʻzbek va qoraqalpoq tillariga tabdilini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Boburga armugʻon” rukni ostida shoir asarlari, uning hayoti va ijodi haqidagi ilmiy va ommabop kitoblar turkumini tayyorlash va chop qilish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning 6-bandida belgilangan adabiyotlarni tayyorlash bilan bogʻliq ishlar uchun davlat ilmiy dasturlari doirasida maqsadli mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalar hamda tadqiqotchilar oʻrtasida Bobur Mirzo hayoti va ijodiga bagʻishlangan yangi ilmiy-publitsistik hamda badiiy asarlar tanlovini oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bobur Mirzo hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan asarlarning oʻzbek tilidan xorijiy tillarga hamda xorijiy tillardan oʻzbek tiliga bosqichma-bosqich tarjima qilinishi va chop etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yoʻnalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil davomida quyidagi vazifalarni oʻz ichiga olgan “Bobur va yoshlar” maxsus dasturini amalga oshirsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Bobur asarlarining bilimdonlari” tanlovi va “Boburni anglash” mavzusida insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy axborot va targʻibot texnologiyalari asosida Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini yoshlar oʻrtasida keng ommalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Andijon viloyati hokimligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan oʻzbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasini yaratsin. Bunda, mazkur platformaning kelgusida samarali yuritilishi Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy merosiga bagʻishlangan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, kitoblar taqdimotlari hamda boshqa tadbirlarni tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari, tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 25-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-20-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi

O. Abduraxmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

O. Nazarbekov

madaniyat va turizm vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

I. Abdurahmonov

oliy taʼlim, fan va innovatsiya vaziri

X. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

B. Saidov

tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi

B. Rahmonov

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi

Sh. Abdurahmonov

Andijon viloyati hokimi

A. Saʼdullayev

yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori

A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

G. Umerova

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori

B. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

A. Nuridinov

Badiiy akademiya raisi

B. Abdukarimov

Madaniy meros agentligi direktori

M. Hojimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

A. Xadjayev

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

S. Turdiyev

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

K. Karimov

Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

Z. Mashrabov

Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi raisi

N. Mahmudov

Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Sh. Sirojiddinov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori

H. Boltaboyev

“Bobur ensiklopediyasi” bosh muharriri, Oʻzbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri

A. Madraimov

Amir Temur va temuriylar davlat muzeyi katta ilmiy xodimi

V. Rahmonov

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Q. Kenjayev

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, boburshunos adib

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga shu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2023-y., 07/23/20/0055-son)