Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
NOGIRONLAR VA PENSIONERLARNI SANATORIYA-KURORT YOʻLLANMALARI BILAN BEPUL TAʼMINLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-iyulda 1489-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 15-martdagi 15, 29-sonli “Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2356, 27.04.2012-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunini, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning 1994-yil 15-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, nogironlari, boshqa davlatlar hududida olib borilgan jangovar harakat qatnashchilari, halok boʻlgan harbiy xizmatchi oilalari imtiyozlarni hamda kafolatlarni oʻzaro tan olish” Bitimining ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilovada* keltirilgan Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan bepul taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining 1999-yil 12-yanvardagi “Sanatoriya-kurort va dam olish uylariga beriladigan yoʻllanmalarni rejalashtirish, taqsimlash, saqlash va hisobini olib borish haqida”gi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 4-son buyrugʻi bekor qilinsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-may,
99-son
Moliya vaziri S. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-may,
44-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 196-modda; 2010-y., 42-43-son, 370-modda)