19.12.2022 yildagi 2776-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 19.12.2022 yildagi 2776-IV-son
Дата вступления в силу
19.12.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt qoidalarini bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Uchinchi davriy maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMT Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha qoʻmitasining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan 2022 — 2026-yillarga moʻljallagan Milliy harakatlar rejasi haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt qoidalarini bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Uchinchi davriy maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMT Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha qoʻmitasining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan 2022 — 2026-yillarga moʻljallagan Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt qoidalarini bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Uchinchi davriy maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMT Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha qoʻmitasining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan 2022 — 2026-yillarga moʻljallagan Milliy harakatlar rejasi (bundan buyon matnda Milliy harakatlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Milliy harakatlar rejasining ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi boʻyicha Parlament komissiyasi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan birgalikda Milliy harakatlar rejasining amalga oshirilishi yuzasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam monitoring olib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga taklif va tavsiyalarni kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda tegishli bandlarning ijro etilishi holati yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotini eshitsin va tanqidiy muhokama qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy ravishda aniq koʻrsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumlashtirilgan maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Milliy harakatlar rejasida belgilangan masʼul ijrochilar oʻzlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning beshinchi sanasiga qadar Inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi boʻyicha Parlament komissiyasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalarning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerning birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2022-yil 19-dekabr,

2776-IV-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA

KQ-441-IV-son