10.01.2023 yildagi PF-2-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘nggi yillarda mamlakatimizda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish, soha korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi to‘liq va ip kalavaning 45 foizi qayta ishlanmoqda, shuningdek, sohaning yillik eksport salohiyati 3,2 milliard dollardan oshdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi, xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan aralash turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga xarajatlarning kamaytirilishi ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi besh yilda paxta tolasini chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,1 baravarga va eksport ko‘rsatkichini 2,6 baravarga oshirishni ta’minlash hamda gilam va uy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini davlat tomonidan keng miqyosda qo‘llab-quvvatlash orqali 2023-yil yakuni bilan sohaning eksport salohiyatini 5 milliard AQSH dollariga yetkazish, tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini 65 foizdan 81 foizga oshirish, 35 mingta bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish, jumladan ijtimoiy daftarlarga kirgan aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatidagi mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarni uzluksiz, jumladan revolver kreditlash asosida aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga, uning buyurtmasiga asosan 2023-yilda 100 million AQSH dollari va 2024-yilda 150 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar 2030-yil 31-dekabrga qadar qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada ajratiladi;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarida, ularning buyurtmasiga asosan 50 million AQSH dollari miqdorida, 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada va qolgan davr uchun yillik 5 foiz stavkada quyidagi mezonlar bo‘yicha gazlama, gilamchilik, bo‘yash-pardozlash, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga kredit liniyalari ochiladi:
(2-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PF-155-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 06/23/155/0666-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot umumiy hajmining 50 foizi miqdorida eksportni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z mablag‘lari, shu jumladan bino-inshootlar, aylanma mablag‘ ishtirokini kamida 30 foiz qilib belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud emasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport majburiyati korxona tomonidan bajarilmagan taqdirda, kredit bo‘yicha imtiyozli davrda hisoblangan foiz stavkalari yillik 5 foiz stavkada qayta hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 2 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatiladi;
(2-band “a” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2023-y., 06/23/98/0400-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish yakunlaridan kelib chiqib, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi xulosasi asosida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 2024-yilda qo‘shimcha 100 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tijorat banklari tomonidan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini revolver kreditlash orqali aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga 1 trillion so‘m miqdorida 24 oyga, jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 foizdan oshmagan bank marjasini qo‘llagan holda kreditlar ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga elektr energiyasi iste’moli uchun bir oylik oldindan to‘lov talabi bekor qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hisobidan savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan mahsulotlar realizatsiyasi hajmidan kelib chiqqan holda 3 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 5 million AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lganda — 1 million AQSH dollarigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 5 million AQSH dollari ekvivalentidan 10 million AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lganda — 2 million AQSH dollarigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 10 million AQSH dollari ekvivalentidan 15 million AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lganda — 3 million AQSH dollarigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 15 million AQSH dollari ekvivalentidan 20 million AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lganda — 4 million AQSH dollarigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 20 million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lganda — 5 million AQSH dollarigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 3 yil muddatgacha berilgan kreditlarning ma’lum bir qismi belgilangan muddatlarda so‘ndirilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga kreditning so‘ndirilgan qismiga mutanosib ravishda qo‘shimcha kreditlar ajratiladi;
(2-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tashqi bozorlarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan yirik savdo omborlarini ijaraga olish xarajatlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi bir oy muddatda yirik savdo omborlarini ijaraga olish xarajatlarini qoplash tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksportni rag‘batlantirish agentligi buyurtmasiga asosan ushbu Farmonning 2-bandi “g” va “e” kichik bandlaridagi hamda 5-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi xarajatlarni qoplash uchun respublika budjetidan qo‘shimcha 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilishini ta’minlasin hamda kelgusi yillarda budjet parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son — 2023-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda fermer xo‘jaliklariga 2022-yil hosili uchun hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya qo‘llamaslik yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda soha korxonalarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun 2023-yil 1-aprelga qadar 2 yil muddatga 500 million AQSH dollari miqdorida xorijiy moliyaviy tashkilotlar mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta tolasi ta’minoti asosida bosqichma-bosqich 700 million AQSH dollari miqdorida muqobil moliyalashtirish manbalari hamda xorijiy moliya tashkilotlari mablag‘larini jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olti oy muddatda mahalliy korxonalar mahsulotiga xalqaro sertifikatlarni taqdim etuvchi kamida uchta yirik xorijiy kompaniyalarning vakolatxonasini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taniqli brendlar vakillarining respublikada har yili o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarni Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda tajriba tariqasida Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Yevropa davlatlarida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining savdo uyi (vakolatxona)ni tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan xorijda savdo uyi va do‘konini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 100 ming AQSH dollarigacha mablag‘ni chet elga o‘tkazishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yil yakuniga qadar Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida to‘qimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hamda Toshkent viloyatida to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ mazkur Farmonga 1-ilovada nazarda tutilgan kichik sanoat zonalarida elektr energiyasi, tabiiy gaz, oqova suv tarmoqlari, markazlashgan suv tozalash inshootlari va boshqa infratuzilmalar barpo etilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyatida to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark tashkil qilish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Toshkent viloyati hokimligiga industrial texnopark faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. 2026-yil 1-oktabrga qadar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojidan ozod qilinadigan ayrim tovarlar ro‘yxati 1a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son — 2023-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish loyiha ofisi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zpaxtasanoat” AJ balansidagi bo‘sh turgan paxta terminallari negizida to‘qimachilikka ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish hamda importdan keltiriladigan xomashyo omborlari sifatida ishlatish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining ijtimoiy daftarlarga kirgan aholiga berilayotgan imtiyozlarni 3 oy muddatga saqlab qolish sharti bilan ularni soha korxonalariga ishga joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-aprelga qadar talab yuqori bo‘lgan professional kasblar (tikuvchi, bichuvchi, yigiruvchi, mexanik) yo‘nalishida dual ta’lim tizimida mutaxassislar tayyorlash va xorijiy (Germaniya, Turkiya) ta’lim dasturlarini joriy qilish bo‘yicha pilot loyihalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Namangan viloyatlarida amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-avgustga qadar Turkiyaning nufuzli to‘qimachilik instituti bilan hamkorlikda Andijon viloyatida zamonaviy innovatsion texnologiyalar institutini tashkil etish va xorijiy ta’lim dasturlarini joriy etish yuzasidan tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023/2024 o‘quv yilidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Turkiya, Germaniya va boshqa davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda to‘qimachilik sanoatida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni (muhandis, texnolog, dizayner, marketolog) tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqib, joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar berish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘larni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil hosilidan boshlab, paxta xomashyosiga hisoblanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovining fermer xo‘jaliklari va paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun maqbul va shaffof mexanizmini joriy qilish yuzasidan aniq hisob-kitoblar asosida qo‘shimcha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 10-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida to‘qimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hamda Toshkent viloyatida to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HUDUDLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hudud nomi

Tuman nomi

Mahalla nomi

Kontur

Yer maydoni

(ga)

1.

Andijon viloyati

Paxtaobod tumani

Do‘stlik massivi “Hayotbaxsh” MFY

266, 267, 268, 269, 270, 271, 272, 273, 274, 275, 276, 277, 278, 279, 280, 282, 283, 285, 286

55

2.

Qashqadaryo viloyati

Koson tumani

“Do‘stlik” MFY

61, 62, 63, 64, 65, 66, 138, 140 13009q

27,4

“Gulbog‘” MFY

2011, 2013q

2,6

3.

Namangan viloyati

Chortoq tumani

“O‘rikzor” MFY

363, 146, 459, 364, 365, 369, 368, 370, 378, 377, 376, 379, 380, 384, 383, 382, 381, 149, 135, 145, 386, 387, 388, 385, 389

106,1

4.

Toshkent viloyati

Yuqori Chirchiq tumani

“Qursoy” va “Nurli zamin” MFY

4185, 4186, 4187, 4188, 4189, 4190, 4191-k, 4023 qk

69

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Savdo-sanoat palatasi tomonidan Andijon va Namangan viloyatidagi to‘qimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari direksiyalari funksiyalari Toshkent viloyatida to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark direksiyasiga yuklatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Andijon va Namangan viloyatidagi to‘qimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hududiga kiritilishi nazarda tutilgan bo‘sh yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun baholangan qiymatda 10 yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan 49 yilga Savdo-sanoat palatasi muassisligidagi direksiyaga ijaraga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ushbu yer uchastkalarida direksiya tomonidan quriladigan obyektlar yer uchun to‘lov to‘liq to‘langunga qadar tadbirkorlarga cheklovlarsiz realizatsiya qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Namangan viloyati kichik sanoat zonasi yer uchastkalari belgilangan tartibda sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-son Farmoniga
1a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-oktabrga qadar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojidan ozod qilinadigan ayrim tovarlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

TIF TN kodi

Tovar nomi

1.

3923100000,

3923409000,

3923900000

Plastmassadan tayyorlangan tovarlarni tashish yoki qadoqlash uchun tovarlar

2.

4010120000,

4010190000,

4010310000,

4010320000,

4010330000,

4010340000,

4010350000,

4010360000,

4010390000

Lentalar, remenlar yoki beltinglar

3.

8415830000

Dvigatelli ventilyator hamda havo harorati va namligini o‘zgartirish uchun asboblar bilan jihozlangan havoni konditsionerlash qurilmalari, shu jumladan, namlikni alohida nazorat qilib bo‘lmaydigan konditsionerlar: – – ichiga sovutish qurilmasi o‘rnatilmaganlar

4.

8716800000

Tirkamalar va yarim tirkamalar; boshqa o‘ziyurar bo‘lmagan transport vositalari; ularning qismlari:– boshqa transport vositalari– – boshqalar:– – – boshqalar:– – – – muqaddam foydalanishda bo‘lgan (ishlatilgan):– – – – – boshqalar:– – – – – – boshqalar:– – – – – – – boshqalar

(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son — 2023-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4453-son qarorining 2-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b” kichik banddagi “2023-yil” so‘zlari “2024-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“v” kichik banddagi “5 foizi” so‘zlari “10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5989-son Farmonining 8-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a” kichik bandning birinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 300 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari mablag‘lari,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b” kichik banddagi “2023-yil” so‘zlari “2024-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2-son qarori 1-bandi “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi “shu jumladan 3 oylik imtiyozli davr bilan” so‘zlaridan keyin “(2022-yil paxta hosili uchun 9 oylik imtiyozli davr bilan)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-53-son Farmonining 3-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “1-fevraldan” so‘zlari “1-martdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a” kichik banddagi “25 foizi” so‘zlari “20 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-228-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qo‘llanilmaydi. Ushbu norma 2022-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan holatlarga ham tatbiq etiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-268-son Farmoni 1-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2024-yil 1-yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Marokash, Shimoliy va Janubiy Amerika, Arab, Koreya va Yaponiya davlatlariga gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 25-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eksport shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar uchinchi shaxslar, ya’ni eksport shartnomasi bo‘yicha invoys (hisob-faktura) asosida yetkazib beruvchining pullik huquqlarini berish asosida debitorlik qarzlarini sotib olgan yoki yetkazib beruvchiga eksportoldi moliyalashtirishni amalga oshirgan moliya agentlari (investorlar) tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, uchinchi shaxs-investorlar tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy xizmat uchun ushlab qolinadigan mukofotlash haqi miqdori tegishli eksport kontraktlari bo‘yicha debitorlik qarzi hisoblanmaydi. Bunday hollarda tegishli eksport kontraktlaridan tushadigan valyuta miqdori uchinchi shaxs-investorlarning mukofotlash haqi miqdorida kamaytiriladi va yetkazib beruvchilar balansining xarajatlar qismida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mavjud eksport kontrakti bo‘yicha debitorlik qarzdorligini sotib olish to‘g‘risidagi shartnoma Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSOYAEAT)da ro‘yxat olinmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandi to‘qqizinchi xatboshisi “100 kvadrat metrgacha” so‘zlaridan keyin “(omborxonalar uchun 500 kvadrat metrgacha)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 44-bandi quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
““Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarmoqlarida ishga joylashgan taqdirda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan xotin-qizlar yuqoridagi daftardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar uch oy muddatga saqlab qolinadi. Bunda, imtiyoz va preferensiyalarning uch oylik amal qilish muddati xotin-qizlar ishga kirgan kundan boshlab hisoblanadi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son, 19.06.2023-y., 06/23/98/0400-son; 04.09.2023-y., 06/23/155/0666-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/2023-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son; 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son; 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)