ILOVA
|
T/r |
Amalga oshiriladigan tadbir |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoni bilan qayta tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar reja-grafigini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2022-yil 25-dekabr |
Vazirlar Mahkamasi |
|
2. |
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari va uning oʻrinbosarlari vakolat doirasi hamda respublika va hududiy darajadagi boʻlinmalarning vazifa va funksiyalarini aniq chegaralash, shuningdek, hududlar kesimida faoliyat samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ish koʻrsatkichlarini (indikatorlari) belgilash tartibini nazarda tutuvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tartibga soluvchi namunaviy nizomni tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2022-yil 25-dekabr |
Vazirlar Mahkamasi |
|
3. |
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash. Bunda, loyihada ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shu jumladan, hududiy boʻlinmalar kesimida har birining maqomini belgilash hamda ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatishning aniq tartibi va bir-biridan farqlovchi mezonlar nazarda tutilishi lozim. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-fevral |
Vazirlar Mahkamasi |
|
4. |
Ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmasida tashkil etilishi majburiy boʻlgan boʻlinma va lavozimlar roʻyxati, ularga nisbatan qoʻllaniladigan mezonlar, rahbar va ijrochi xodimlar oʻrtasidagi nisbat boʻyicha meʼyorlarni belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2023-yil 1-mart |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi |
|
5. |
Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan boshqariladigan bozor iqtisodiyoti tarmoqlariga xususiy sektorni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shu jumladan xususiy sektorning tegishli sohada faoliyat yuritishi uchun ochiq va sodda qoidalarni oʻrnatish boʻyicha takliflarni kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2023-yil 1-fevral |
Vazirlar Mahkamasi |
|
6. |
Ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarini xatlovdan oʻtkazish va ularning yagona reyestrini shakllantirish ishlarini yakunlab, reyestr yuritish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritish. Bunda, reyestrga kiritilgan har bir funksiya boʻyicha ularni respublika, viloyat va tuman (shahar) kesimida amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlash holati aks ettirilishi lozim. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2023-yil 1-mart |
Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari yagona reyestridagi maʼlumotlarni elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini ishga tushirish. |
Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-mart |
Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
8. |
Ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkiliy tuzilmalari shakllarining aniq roʻyxatini belgilab, ularning shtat birliklari uchun normativlarni belgilash boʻyicha uslubiyatni ishlab chiqish. Bunda, ijro etuvchi hokimiyat organi markaziy apparati namunaviy tuzilmalari va ularning shtat birliklari uchun normativlarni belgilash hamda markaziy apparat shtat birliklarini shakllantirish uchun minimal talablar nazarda tutilishi lozim. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-fevral |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
9. |
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari (hududiy boʻlinma rahbari) tomonidan har yil boshida harakatlar dasturi (hududiy rivojlanish dasturi) va erishilishi rejalashtirilayotgan maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqish hamda yil yakunida ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni jamoatchilikka taqdim qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-yanvar |
Vazirlar Mahkamasi |
|
10. |
Adliya vazirligi tizimida sinov tariqasida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha sinov natijalariga koʻra barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida buyruq, qaror va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilishni joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-iyun |
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
11. |
Davlat boshqaruvi apparatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni maqbullashtirish, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, budjet mablagʻlarining sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Bunda: hududlarga xizmat safarlarini qisqartirgan holda joylardagi muammolarni aniqlash uchun “onlayn qabul”, “virtual tashrif” kabi hududlar bilan ishlashning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan masofaviy usullarini qoʻllash tizimini joriy etish; respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini avtotransport vositalari bilan taʼminlash meʼyorlarini rahbar kadrlarning soni qisqartirilishini inobatga olgan holda maqbullashtirish; ijro etuvchi hokimiyat organlari uchun energiya va boshqa resurslarning sarflanishini bosqichma-bosqich, shu jumladan tejamkor texnologiyalarni joriy etish hisobidan kamaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni har yili belgilash hamda ajratiladigan budjet mablagʻlarini ularga qarab maqbullashtirish amaliyotini joriy etish; bino va inshootlarni qurish, taʼmirlash va jihozlash (qayta jihozlash), rasmiy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha maksimal narxlarni ichiga oluvchi meʼyorlarni belgilash, ushbu maqsadlarga sarflangan mablagʻlar yuzasidan hisobotlarni eʼlon qilib borish tartibini joriy etish; nazorat tadbirlarini oʻtkazishning muqobil shakllari joriy etilishini va ularda jamoatchilik vakillarining ishtirokini taʼminlaydigan tizimni yoʻlga qoʻyish orqali barcha nazorat tadbirlari va obyektlari haqidagi maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2023-yil 1-mart |
Vazirlar Mahkamasi |
|
12. |
Vazirlik va idoralar hamda ular tizimiga kiradigan tashkilotlarga tegishli boʻlgan boʻsh turgan binolar, inshootlar va yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalarini bitta maʼmuriy binoga joylashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-fevral |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
13. |
Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tartibga solish hamda ularning huquqiy maqomini aniq belgilash, idoralararo kollegial organlarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni oʻrnatish hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotganlarini tugatish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-fevral |
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
14. |
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar (davlat unitar korxonasi, aksionerlik jamiyati, masʼuliyati cheklangan jamiyat va boshqa) faoliyatini yanada takomillashtirish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish: xususiy sektor samarali faoliyat yuritayotgan yoki faoliyat yuritish imkoni mavjud boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda mavjud davlat unitar korxonalarini xatlovdan oʻtkazish; davlat unitar korxonalari tomonidan davlat funksiyalarini amalga oshirish nuqtai nazaridan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat unitar korxonalarining taʼsis hujjatlarini tahlil qilish; davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (davlat unitar korxonalari, aksionerlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa) davlat funksiyalari, shu jumladan davlat tekshiruvi va nazorati funksiyalarini yuklashni taqiqlash; davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kuzatuv kengashlari aʼzoligiga ular faoliyatini tartibga soluvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (regulator) vakillarini kiritishga yoʻl qoʻymaslik; ijro etuvchi hokimiyat organlarining masʼuliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil qilish va ularning ulushdori boʻlishini taqiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-mart |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi |
|
15. |
Ijro etuvchi hokimiyat organlarining mavjud shtat birliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning shaffofligini taʼminlash. Bunda, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarning shtat birliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni barcha uchun ochiq eʼlon qilib borish imkoniyatlarini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-fevral |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
16. |
Ayrim respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy boʻlinmalari faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, shuningdek, davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni yanada kengroq jalb etish orqali ularning shtat birliklarini maqbullashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-mart |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
17. |
Ayrim respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy boʻlinmalarini tegishincha mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʻtkazish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-mart |
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
18. |
Ayrim respublika ijro etuvchi hokimiyati organlarining Toshkent shahridagi tuman boʻlinmalarini ularning vazifa va funksiyalarini Toshkent shahri (bosh) boshqarmalariga oʻtkazgan holda tugatish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-mart |
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
19. |
Statistik maʼlumotlarni olish davrini 5 kundan 1 daqiqaga qisqartirish, statistik maʼlumotlarni shakllantirish va axborot almashinuvi jarayonida qogʻoz sarfidan toʻliq voz kechish hamda yigʻma maʼlumotlarni eʼlon qilish vaqtini ikki baravarga tezlashtirish imkonini beruvchi “Statistika integrallashgan axborot tizimi”ni ishga tushirish va mavjud axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. |
Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-fevral |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
20. |
Davlat organlarida avtomatlashtirilgan ish joyi boʻyicha yagona platformani ishlab chiqish. Bunda, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xodimlari oʻz faoliyatiga oid hujjatlar bilan tanishish, majlislarda va yigʻilishlarda ishtirok etish, nazorat hujjatlarini va topshiriqlarini bajarish, uchrashuvlar tashkil etishni rejalashtirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi. |
Axborot tizimi |
2023-yil 1-mart |
Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
21. |
Davlat organlarida masofaviy ishni tashkil etish va moslashuvchan ish tizimini takomillashtirish: davlat xizmatchilari faoliyatini masofaviy tashkil etish boʻyicha tartib ishlab chiqish; davlat xizmatchilarining masofadan turib amalga oshirishi mumkin boʻlgan funksiyalari roʻyxatini belgilash; masofaviy ishni tashkil etishda axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha maxsus dasturiy taʼminot (platforma) ishlab chiqish; davlat fuqarolik xizmati lavozimlarning ayrim toifalari uchun (masalan, tahlil va hisobotlar bilan shugʻullanadigan) ish vaqtini belgilashda vaqtbaydan ishbay tizimiga oʻtkazish asoslarini belgilash; ish beruvchi bilan kelishilgan holda ish vaqtining moslashuvchan tizimini joriy etish (yaʼni, 10.00 dan 19.00 gacha va h.k). |
Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-fevral |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
22. |
Davlat ishtirokidagi korxonalarning yil yakuni boʻyicha moliyaviy natijadorlikka erishganligi va amalga oshirgan ishlari yuzasidan jamoatchilikka hisobotini eʼlon qilish tartibini belgilash. Bunda: korxonalar oldiga qoʻyilgan maqsadlar ijrosi boʻyicha maʼlumotlar; korxonalar faoliyatining asosiy moliyaviy va nomoliyaviy koʻrsatkichlarga erishish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; homiylik, xayriya va boshqa ijtimoiy maqsadlarga mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qarorlar hamda qaror qabul qilishdan kutilayotgan natijalar haqidagi maʼlumotlar nazarda tutiladi. |
Normativ- huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-mart |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi |
|
23. |
Davlat boshqaruvida ortiqcha byurokratik toʻsiqlar, murakkablashgan tartibotlar va eskirgan yondashuvlarni bartaraf etish. Jumladan: davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq munosabatlarda shartnomani yozma shaklda tuzish boʻyicha talablarni qisqartirish; ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda ortiqcha boʻgʻin sifatida ariza berish tartibotlarini qisqartirish hamda soddalashtirilgan murojaat shakllarini joriy qilish; fuqarolar orasida keng foydalanilayotgan xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida oʻzaro bogʻlangan holda koʻrsatish orqali ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish; davlat xizmatlarini koʻrsatishda fuqarolar uchun noqulayliklar tugʻdirayotgan mavjud tartibotlarni maqbullashtirish; davlat organlarida onlayn navbatlar ishlashining yagona tartibini va unga amal qilinishi ustidan nazorat mexanizmini joriy qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-aprel |
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
24. |
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida hisobotlarni toʻldirish va taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish. Bunda: mavjud topshiriq va hisobotlarni xatlovdan oʻtkazish; aniqlangan bir xil mazmundagi topshiriq va hisobotlarni birlashtirish; hisobot berish tizimini unifikatsiya qilish va ularni elektron koʻrinishga oʻtkazish orqali avtomatlashtirish; bir xil mazmundagi va bir-birini takrorlovchi hamda hozirgi kunda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va yigʻilish bayonlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan doimiy nazoratdagi topshiriq va koʻrsatmalarni bekor qilish; topshiriqlarni faqatgina markazlashgan tartibda elektron tizimda roʻyxatga olish va ularning ijrosini nazorat qilish imkoniyatini yaratish; mavjud topshiriqlar boʻyicha hisobotlarning shakllantirilishini avtomatlashtirish hamda statistik maʼlumotlar almashinuvini raqamlashtirish choralarini koʻrishga oid tadbirlar (hisobotlarni ushbu tizimdan tashqari berishni man qilish) nazarda tutilishi lozim. |
Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-aprel |
Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |