Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023 30.11.2022 yildagi 683-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 7-iyuldagi 426-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 29-sentabrdagi PQ-384-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 22-fevraldagi 85-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” 2022-yil 26-oktabrdagi 618-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 7-iyuldagi 426-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev oʻn kun muddatda Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 30-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
683-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 683-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 7-iyuldagi 426-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qarorga 1-ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 4-band “oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash” soʻzlaridan keyin “dorivor oʻsimliklar yetishtirishni kengaytirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 10-bandning a) kichik bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigirma oltinchi xatboshidagi “2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qaroriga” soʻzlari “2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son hamda “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qarorlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oʻttiz ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor oʻsimliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash orqali qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-maydagi PF-139-son Farmoni va “Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son qaroriga muvofiq dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va ularning xomashyo bazasidan samarali foydalanishni tashkil qilish”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qarorga 2-ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-band “narx-navolarining barqarorligini taʼminlash” soʻzlaridan keyin “dorivor oʻsimliklar yetishtirishni kengaytirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 7-band quyidagi mazmundagi “i1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“i1) dorivor oʻsimliklarni yetishtirishni kengaytirish, dorivor oʻsimliklar yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish, dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor oʻsimliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun mos boʻlgan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga qoʻyib borish ishlarini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor oʻsimliklar bozori konyunkturasini oʻrganishni tashkillashtirish, aholini dorivor oʻsimliklar mahsulotlari bilan taʼminlanganlik holatini tizimli tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor oʻsimliklarga oid ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish ishlarini tashkil etish, dorivor oʻsimlikshunoslik tarmogʻiga ilgʻor xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor oʻsimliklarning sertifikatlangan urugʻchiligini tashkil etish, ularni yetishtirish agrotexnologiyasini yaratish sohalarini rivojlantirish va dorivor oʻsimliklar yetishtirishning monitoringini hamda tahlilini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor oʻsimliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash orqali qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-maydagi PF-139-son Farmoniga muvofiq dorivor oʻsimliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor oʻsimliklarni keng qoʻllash, dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son qaroriga muvofiq dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish, dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor oʻsimliklarni yetishtirishda ilm-fan va ishlab chiqarish korxonalarining kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Dorivor oʻsimliklarni yetishtirishni kengaytirish, dorivor oʻsimliklar yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2022-y., 09/22/683/1055-son)