25.11.2022 yildagi 673-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, eksport faoliyatini sugʻurta qilish, sugʻurta xizmatlaridan foydalanishning davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari yaratildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyoti sugʻurta kompaniyalarining eksport qiluvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faolligini oshirish bilan bir qatorda asosiy eʼtiborini sugʻurta mukofoti uchun toʻlov summalarini oshirishga qaratayotganligini koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, amaldagi tartibda eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha sugʻurta shartnomalarining aniq turlari koʻrsatilmaganligi tadbirkorlik subyektlariga ushbu xizmatlardan foydalanishda noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport qiluvchilarni sugʻurta mexanizmlaridan foydalanishda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish hamda eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini qonunchilik hujjatlari bilan oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-avgustdagi 512-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadigan sugʻurta mukofotining miqdorini sugʻurta pulining 1 foizidan 0,5 foizigacha kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish mexanizmini haqiqatda foydalanilgan sugʻurta xizmatlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri faqat sugʻurta qildiruvchiga toʻlash tartibini belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 25-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
673-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-avgustdagi 512-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“garov sifatida sugʻurta xizmati — tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyati kafolati sifatida sugʻurta shartnomalari asosida sugʻurta himoyasi taqdim etilishi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sugʻurta shartnomasi — Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) eksport qilish bilan bogʻliq faoliyatni siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha yozma kelishuv”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Eksport qiluvchilar quyidagi sugʻurta shartnomalariga asosan garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurtalovchilarga toʻlab berilgan sugʻurta mukofotining 100 foizi, lekin sugʻurta pulining 0,5 foizidan ortiq boʻlmagan qismi Agentlik tomonidan kompensatsiya qilib beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligini sugʻurta qilish shartnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchining qisqa yoki uzoq muddatli debitor qarzdorligini sugʻurta qilish shartnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport faktoringini sugʻurta qilish shartnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchining aylanma mablagʻlarini toʻldirish krediti oʻz vaqtida qaytarilmasligidan sugʻurta qilish shartnomasi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurtalovchiga sugʻurta qildiruvchi tomonidan toʻlangan boʻlishi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sugʻurtalovchi tomonidan eksport qiluvchiga sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin sugʻurta polisi taqdim qilinishi va sugʻurta polisi taqdim qilingan sanada xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgan boʻlishi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 5-banddagi “sugʻurtalovchilar va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “sugʻurtalovchilar yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sugʻurta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisining nusxasi, toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi, xizmat koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 7-banddagi “Sugʻurta qildiruvchi yoki sugʻurtalovchilardan” soʻzlari “Sugʻurta qildiruvchidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 23-bandning uchinchi xatboshidagi “Sugʻurta qildiruvchi yoki sugʻurtalovchining” soʻzlari “Sugʻurta qildiruvchining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanilganda, Agentlik tomonidan sugʻurta mukofotini kompensatsiya qilish boʻyicha sugʻurta qildiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Sugʻurta qildiruvchi

Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etish:

ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq ariza;

eksport shartnomasi (invoys) yoki eksportoldi shartnomasi va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;

sugʻurta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisining nusxasi, toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi, xizmat koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi.

Sugʻurta qildiruvchining ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va xulosa berish:

hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, ularni eksport qiluvchilarga javob xati bilan yozma yoki elektron shaklda qaytarish;

3 ish kuni mobaynida

toʻliq taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha tegishli xulosa tayyorlash va eksport qiluvchilarni xabardor qilish.

7 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mablagʻ ajratish boʻyicha buyurtmanoma berish.

Har hafta yakuni boʻyicha keyingi haftaning birinchi ish kunida

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Kompensatsiya mablagʻlarini Agentlikning hisobvaragʻiga oʻtkazib berish.

3 ish kuni davomida

5-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Sugʻurta qildiruvchilarning hisobvaragʻiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib berish.

Mablagʻlar tushgan kundan boshlab 1 ish kuni davomida

.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“Oʻzbekiston Respublikasi
‎Investitsiyalar va tashqi savdo
‎ vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi direktori
‎ ___________ga __________________ dan

Ariza‎‎‎‎


‎________________________________________ (sugʻurta qildiruvchi nomi) foydalanilgan sugʻurta xizmatlari uchun toʻlangan sugʻurta mukofotini kompensatsiya qilib berish masalasini koʻrib chiqishingizni va tegishli kompensatsiya toʻlovini __________________________ bankidagi ____________________ hisobvaragʻiga oʻtkazib berishingizni soʻrayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:

1. Eksport shartnomasi (invoys) yoki eksportoldi shartnomasi va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;

2. Sugʻurta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisining nusxasi, toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi, xizmat koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi

‎‎______________ rahbari

_______________________‎‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎‎‎Bogʻlanish uchun tel.:+998 (___)____________

”.‎

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)