12.10.2022 yildagi PQ-392-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat ishlab chiqarishida xom ashyo uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy yilning 22-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini yanada soddalashtirish, sanoat korxonalarining xom ashyo ta’minotini yaxshilash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2025-yil 1-yanvarga qadar 1-ilovaga muvofiq xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qo‘llanilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash talabi bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga 2-ilovaga muvofiq texnologik asbob-uskunalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asbob-uskunalar (qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar) sotib olish (sotish) bo‘yicha shartnomada (kontraktda) ularni montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni o‘qitish xizmatlari va boshqa shu kabi xizmatlar qiymati alohida ko‘rsatilmagan hollarda norezidentning soliq solinadigan daromadini ushbu xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblash to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur turdagi shartnomalar (kontraktlar) bo‘yicha montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni o‘qitish xizmatlari va boshqa shu kabi xizmatlar ko‘rsatganlik uchun norezidentning soliq solinadigan daromadini shartnoma obyekti qiymatining 20 foiziga teng deb hisoblashning amaldagi tartibini bekor qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band talablaridan kelib chiqib, Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga kiritilgan, biroq ishlab chiqarilganiga uch yildan ko‘p bo‘lgan ayrim texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatini faqat bojxona bojidan ozod qilish sharti bilan tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlik sertifikatini taqdim etmagan holda, uni bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida o‘rnatilgan tartibda olish sharti bilan, o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mahsulotlarning bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladigan holatlar ro‘yxatini (import qiluvchining kafolat xati asosida) tasdiqlash vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 12-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-392-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-392-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-yanvarga qadar import bojxona boji nol stavkada qo‘llaniladigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI

T/r

Xom ashyo va yarim tayyor mahsulot nomi

TIF TN kodi

1.

Himoyalangan tuproq uchun o‘simliklar, tomir otgan qalamchalar va yosh o‘simliklar, kaktuslardan tashqari

0602 90 700 0

2.

Himoyalangan tuproq uchun o‘simliklar, gul yoki g‘unchali gullaydigan o‘simliklar, kaktuslardan tashqari

0602 90 910 0

3.

Himoyalangan tuproq uchun boshqa o‘simliklar

0602 90 990 0

4.

Shakarni rafinadlash yoki ajratib olish natijasida olingan melassa

1703

5.

Qayta ishlanmagan yoki dag‘al bo‘laklangan marmar va travertin yoki ohaktoshli tuf

2515 11 000 0

6.

Boshqa rang beruvchi moddalar; 3203, 3204 yoki 3205-tovar pozitsiyalaridagi preparatlardan farqlanuvchi, ushbu guruhning 3-izohida ko‘rsatilgan preparatlar; kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq bo‘lgan, lyuminoforlar sifatida ishlatiladigan noorganik mahsulotlar: titan dioksidi asosida tayyorlangan boshqa pigmentlar va preparatlar

3206 19 000 0

7.

Konsentratsiyalangan yoki konsentratsiyalanmagan, qattiq yoki qattiq bo‘lmagan boshqa siyohlar

3215 90 000 0

8.

Birlamchi shakldagi etilen polimerlari

3901

9.

Birlamchi shakllardagi propilen va boshqa olefinlarning polimerlari

3902

10.

Plastmassadan qilingan boshqa katushkalar, shpulkalar, bobinalar va shunga o‘xshash buyumlar

3923 40 900 0

11.

Yuklama indeksi 121 dan yuqori bo‘lgan, avtobuslar yoki yuk tashish uchun belgilangan motorli transport vositalari uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar

4011 20 900 0

12.

Havo kemalarida foydalanish uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar

4011 30 000 0

13.

Qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi transport vositalari va mashinalari uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar (9.00-16, 6.50-16 va 260/95-16 o‘lchamli turlaridan tashqari)

4011 70 000 0

14.

Kompleks sintetik iplardan gazlamalar, shu jumladan, 5404-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar

5407 20 190 0,

5407 20 900 0,

5407 30 000 0,

5407 43 000 0,

5407 44 000 0,

5407 51 000 0,

5407 53 000 0,

5407 54 000 0,

5407 71 000 0,

5407 81 000 0,

5407 91 000 0

15.

Sun’iy kompleks iplardan gazlamalar, shu jumladan, 5405-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar

5408 10 000 0,

5408 21 000 0,

5408 22 100 0,

5408 32 000 0,

5408 33 000 0

16.

Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% yoki undan ortiq bo‘lgan sintetik tolalardan gazlamalar

5512 11 000 0,

5512 19 100 0,

5512 91 000 0

17.

Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% dan kam, asosan yoki faqat paxta tolalari bilan aralashtirilgan, yuza zichligi 170 g/m² dan ortiq bo‘lmagan sintetik tolalardan gazlamalar

5513 11 900 0,

5513 12 000 0,

5513 13 000 0,

5513 19 000 0,

5513 23 100 0,

5513 23 900 0,

5513 31 000 0

18.

Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% dan kam, asosan yoki faqat paxta tolalari bilan aralashtirilgan, yuza zichligi 170 g/m² dan ortiq bo‘lgan sintetik tolalardan gazlamalar

5514 12 000 0,

5514 19 100 0,

5514 19 900 0,

5514 23 000 0,

5514 30 500 0,

5514 43 000 0

19.

Sintetik tolalardan boshqa gazlamalar

5515 11 300 0,

5515 12 300 0,

5515 13 190 0,

5515 19 900 0

20.

Sun’iy tolalardan gazlamalar

5516 12 000 0,

5516 21 000 0,

5516 24 000 0

21.

Poliuretan qoplamali yoki dublirlangan, shimdirilgan, 5902-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tashqari to‘qimachilik materiallari

5903 20 100 0,

5903 20 900 0

22.

Zargarlik sohasida ishlatiladigan plitalar, listlar, plyonkalar, lentalar, tasmalar va boshqa tekis shakllar

3919 10 800 0,

3921 90 900 0

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son — 22-pozitsiya 2024-yil 1-oktabrdan e’tiboran kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-392-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga kiritilayotgan texnologik asbob-uskunalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

TIF TN kodlari

TIF TN bo‘yicha nomi

1.

8426120000

G‘ildirakli, harakatlanadigan ko‘tarma fermalar va portal yuk ortkichlar

2.

8426200000

Minora kranlari

3.

8428208001

To‘qimachilik tolalarini transportirovka qilish uchun pnevmatik ko‘targichlar va konveyrlar

4.

8428208009

Boshqa pnevmatik ko‘targich va konveyerlar

5.

8428320000

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa kovshli elevator va konveyerlar

6.

8428330000

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa tasmali elevator va konveyerlar

7.

8428392000

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa rolikli konveyerlar

8.

8428399009

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa elevatorlar va konveyerlar

9.

8472300000

Pochta jo‘natmalarini saralash, taxlash yoki konvertlarga joylash yoki o‘rab bog‘lash uchun mashinalar, pochta jo‘natmalarini ochish, yopish yoki muhrlash uchun mashinalar hamda pochta markalarini yopishtirish yoki hisobdan chiqarish uchun mashinalar

10.

8478100000

Tamaki tayoqchalari (stiklari)ni ishlab chiqarish uchun uskuna

11.

8501630000

O‘zgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 375 kVA dan 750 kVA gacha)

12.

8501640000

O‘zgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 750 kVA dan yuqori)

13.

8515190000

Yuqori haroratli payvandlash uchun boshqa mashina va apparatlar

14.

8704109000

Yo‘lsiz sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan, elektromexanik transmissiyaga ega (dizel va elektr dvigatellari o‘rnatilgan) yuk ko‘tarish quvvati 50 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk mashinasi (avtomobil-samosval)

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 07/22/392/0910-son; 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son; 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)