06.10.2022 yildagi PQ-387-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash, mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish hisobiga aholi daromadini oshirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni moddiy resurslar (xizmatlar) bilan uzluksiz taʼminlash hamda yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Qishloq xoʻjaligida xizmatlar agentligi) meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 12 oy muddatga, shu jumladan 11 oylik imtiyozli davr bilan qoʻshimcha 200 milliard soʻm budjet ssudasini yillik 10 foiz stavkada ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytarilgan mablagʻlar hisobidan yil davomida Qishloq xoʻjaligida xizmatlar agentligining buyurtmanomalari asosida qoʻshimcha budjet ssudasi ajratib borilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin. Bunda, ajratilgan budjet ssudasi boʻyicha qarzdorlikning jami summasi mazkur qaror doirasida 200 milliard soʻmdan oshib ketmasligi kerakligi belgilab qoʻyilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2023-y., 07/23/96/0152-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning 1-bandida belgilangan mablagʻlar Qishloq xoʻjaligida xizmatlar agentligi tomonidan tijorat banklariga resurs sifatida yoʻnaltirilgan holda, Qishloq xoʻjaligida xizmatlar agentligining loyiha ofislari rahbarlarining hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining tavsiyasiga koʻra:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2023-y., 07/23/96/0152-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi korxonalariga — meva, uzum, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, dukkakli va moyli ekinlar (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi ekinlari) yetishtirishga urugʻlik, oʻgʻit, yoqilgʻi, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari yetkazib berish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga — yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini xarid qilishda talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun kreditlar 150 million soʻmgacha garovsiz beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlari yillik 14 foiz (shundan 3 foizi bank marjasi) miqdorida belgilanib, kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratiladigan kredit mablagʻlarining 50 foizigacha boʻlgan qismi qarz oluvchi talabiga asosan naqd pulda taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratiladigan kreditlar boʻyicha Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari garov taʼminoti sifatida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini qoʻllab-quvvatlash maqsadlari uchun Qishloq xoʻjaligida xizmatlar agentligiga zarur boʻlgan mablagʻlarning olti oy oldin ajratib borilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2023-y., 07/23/96/0152-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) kredit mablagʻlarining qaytmaslik xatarini sugʻurta qilish boʻyicha yoki hosilni xavf-xatardan sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiruvchilarga ajratiladigan kreditlar boʻyicha garov taʼminoti sifatida qabul qilinib, kreditlarni soʻndirishga yoʻnaltirilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiruvchilarga hosilni xavf-xatardan sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi 2023-yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiruvchilarga hosilni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash maqsadlari uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. Haitov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilda qoʻshimcha ajratilayotgan 20 ming gektar va 2023-yilda beriladigan 95 169 gektar ekin maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlar hisobidan importni qisqartirishga shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-2023-yillarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladigan maydonlar kamida 300 ming gektarga yetkazilishini taʼminlasin. Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun moʻljallangan yerlarga ekinlarni joylashtirish Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilab beriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Haitov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hosildor urugʻ va koʻchat navlarini, oʻgʻit va oʻsimliklar himoyasi vositalarini joylarga yetkazib, dala yarmarkalarini oʻtkazish hamda ekinlarni yer maydonlarida “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kafolatli xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Multimedia markazi meva-sabzavotchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuq va natijalar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida quyidagi vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
media mahsulotlar (rolik, koʻrsatuv, reportaj, intervyu va turli slaydlar) orqali meva-sabzavotchilik sohasida fermer, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalari hamda aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini qishloq xoʻjaligi sohasida tadbirkorlikka qiziqtirish, yerdan va resurslardan unumli foydalanish orqali oʻz daromadini oshirishga oʻrgatuvchi telekoʻrsatuvlar tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini qishloq xoʻjaligi sohasida roʻy berayotgan yangiliklar, ijobiy tajribalar, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlayotgan talablar va oʻzgarishlar toʻgʻrisida keng xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi sohasida jahondagi ilgʻor tajribalarni respublika hududida ommalashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bosh Vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2 yil muddatga, shu jumladan 12 oylik imtiyozli davr bilan 10 million AQSH dollari miqdorida yillik 2 foiz stavkada mablagʻ ajratsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/435/1063)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Haitov) bilan birgalikda har bir hududda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha taqdimotlar va seminarlar oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov) bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Hisob palatasi (B. Turabov) Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi bilan birgalikda mazkur qarorda nazarda tutilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishi va maqsadli sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov, Qishloq xoʻjaligida xizmatlar agentligi direktori X.M. Karimov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.M. Ubaydullayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2023-y., 07/23/96/0152-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 6-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-387-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-oktabrdagi PQ-387-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-52-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “1,7 trln soʻm” soʻzlari “1,4 trln soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-225-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi “qarzdorlikning jami summasi” soʻzlaridan keyin “mazkur qaror doirasida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2022-y., 07/22/387/0906-son; 03.12.2022-y., 07/22/435/1063; 16.03.2023-y., 07/23/96/0152-son; 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)