Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2025 05.10.2022 yildagi 568-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli “ Energiya servis xizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining energiya samaradorligi oshirilishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoniga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarga Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan respublikada ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini (keyingi oʻrinlarida — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari) 3 yil mobaynida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish imkoniyati yaratilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid qilish xarajatlarining bir qismi Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari toʻgʻridan-toʻgʻri mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, yetkazib berish, oʻrnatish va ishga tushirish xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalar, mahalliy chakana savdo obyektlaridan, shu jumladan elektron tijorat vositalari orqali sotib olinganda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi yoki yakuniy chakana narxdan kompensatsiya miqdori chegirib tashlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil yakuniga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga uning asoslangan talabnomalariga muvofiq Davlat budjeti hisobidan 100 milliard soʻm ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar tomonidan respublikada ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 3 yil mobaynida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan jismoniy shaxslarga xarid qilish xarajatlarining bir qismini Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarga quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun, agar ularning quvvati 0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlsa — bazaviy hisoblash miqdorining 7 barobari miqdorida, 1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlsa — BHMning 10 barobari, 1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlsa — BHMning 15 barobari, 2 kVt va undan yuqori boʻlsa — BHMning 20 barobari miqdorida kompensatsiya toʻlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli 5 kVt va undan yuqori boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda BHMning 50 barobari miqdorida kompensatsiya berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv isitish hajmi 100 litr va 200 litr boʻlgan quyosh suv isitish qurilmalari uchun tegishlicha BHMning 5 va 7 barobari miqdorida kompensatsiya berilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilmalarni sotishda tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida aholi tomonidan tanlashda va uni erkin sotib olishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmaning yagona elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) yordamida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron kooperatsiya portalida roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻz mahsulot va xizmatlarini sotish boʻyicha takliflari Platformaga erkin joylashtiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki uning qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash uchun jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etiladigan arizalar barcha bosqichlarda Platforma orqali onlayn tarzda koʻrib chiqiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” MCHJ, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazi tomonidan Platformada ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi mahalliy korxonalarga xizmatlar toʻlov undirmasdan koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensansiya qilish yoki uning qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha hujjatlar Platforma orqali elektron koʻrinishda shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron kooperatsiya portalida roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish va yetkazib berishda elektron hisob-fakturalar Platforma orqali rasmiylashtiriladi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Platformaga xizmat koʻrsatish, uning faoliyatini takomillashtirib borish va doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash xarajatlari kompensatsiya qilishni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan Jamgʻarmaga qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Energetika vazirligi hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar hamda ularni amalga oshirish hisobiga erishilgan samaradorlik toʻgʻrisida har chorak yakunida Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Energetika vazirligi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 5-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
568-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 568-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini (keyingi oʻrinlarda — qurilma) yagona elektron platforma orqali ehtiyojlari uchun oʻz mablagʻi yoki tijorat banklari kreditlari hisobidan sotib olish va oʻrnatish uchun xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish yoki foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan xarid qilingan qurilmalar xarajatlarini Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlari hisobidan Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan qoplash, shuningdek, foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilingan qurilmalar uchun qoplab berilgan mablagʻlarni Jamgʻarmaga qaytarish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalari — atrof muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, energiyani qabul qilib olish, oʻzgartirish, toʻplash va (yoki) uzatish, shuningdek, hisobga olish boʻyicha texnologik asbob-uskunalar majmuasi, texnologik va (yoki) butlovchi asbob-uskunalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona elektron platforma — qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona elektron platforma (keyingi oʻrinlarda — Platforma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — qurilmani Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrnatish uchun ariza taqdim etgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafil — ariza beruvchi tomonidan foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilinganda, yozma shaklda tuziladigan kafillik shartnomasi asosida ariza beruvchining oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarishi uchun kafillik bergan shaxs mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri oldida ariza beruvchi bilan baravar hajmda solidar tartibda javobgar shaxs;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birgalikda toʻlovchi — tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida va tomon sifatida ishtirok etadigan hamda ariza beruvchining foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilinadigan qurilma toʻlovlarini toʻlashda yetmagan qismi boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri oldidagi majburiyatlari boʻyicha javobgar shaxs;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozni identifikatsiyalash — mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentlari/dilerlari tomonidan ariza beruvchi, birgalikda toʻlovchi va kafil maʼlumotlarini tekshirish maqsadida ular taqdim etgan hujjatlar, ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlar asosida aniqlash;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
skoring tizimi — “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi hamda boshqa tashqi tizimlarga integratsiya qilingan holda avtomatik maʼlumot almashish orqali ariza beruvchi, birgalikda toʻlovchi va kafilning daromadlari, kredit yuklamasi, kredit tarixi va boshqa shu kabi omillarga taalluqli maʼlumotlarni onlayn olish imkonini beruvchi tizim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompensatsiya — qurilmani sotib olish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileriga Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan Jamgʻarma orqali toʻlab berish;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash — qurilma qiymatini 36 oygacha muddat davomida foizsiz teng miqdorda toʻlash sharti bilan toʻlovlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QR-kodli chek — sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar) uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi fiskal belgili chek;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchilar — Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va Elektron kooperatsiya portalida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo agenti/diler — mahalliy ishlab chiqaruvchining mahsulotlarini chakana yoʻl bilan yoki kichik partiyalarda sotish, oʻrnatish va servis xizmati koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti;
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilmani yetkazib beruvchi — marketpleys tizimida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtib, ariza beruvchi tomonidan tanlangan qurilmalarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish va oʻrnatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentlari/dilerlari;
(2-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
marketpleys tizimi — Platformada qurilmalarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish xizmatlarini taklif qilish hamda ariza beruvchi tomonidan qurilmalar yetkazib beruvchilarini mustaqil tanlash imkoniyatini beradigan elektron savdo maydoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nohalol taʼminotchilar reyestri — ushbu Nizomning 6-bobida belgilangan talablar asosida Platformaning marketpleys tizimidan chetlatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Platforma faoliyati davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy maʼlumotlar bazalari va identifikatsiyalash tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan axborot tizimlarini integratsiya qilish mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agent/dilerlarining axborot tizimlari bilan tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ariza beruvchi, mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dilerlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari va Platforma foydalanuvchilari hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ariza beruvchi uning yoki oʻzi yashayotgan uy-joyda roʻyxatda turgan oila aʼzolarining nomida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi uy-joylari yoki boshqa bino-inshootlari uchun qurilmalarni oʻrnatish boʻyicha murojaat etishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-iyuldagi 294-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchi uy-joy, bino-inshoot yoki yer uchastkasiga qurilmalarni oʻz ehtiyojidan kelib chiqib oʻrnatishi mumkin. Bunda oʻrnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi boʻyicha kompensatsiyalar mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerlarga ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan shartlar asosida Jamgʻarma tomonidan qoplanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza beruvchi tomonidan qurilma xarajatlari uchun toʻlovlar kompensatsiya qilinadigan qismi chegirib tashlangan holda amalga oshiriladi. Qurilmalar xarajatlarining kompensatsiya qilinadigan qismi Jamgʻarma tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerlarga toʻlab beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning savdo agentlari/dilerlari arizasiga asosan Jamgʻarma tomonidan Elektron kooperatsiya portalida roʻyxatdan oʻtganligiga qarab Platformaga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning savdo agentlari/dilerlari bilan Jamgʻarma oʻrtasida jismoniy shaxslar tomonidan toʻliq qiymatda xarid qilingan qurilma xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan xarid qilingan qurilma xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun mablagʻlar ajratish boʻyicha shartnomalar imzolanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qurilmani sotib olish tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish Platformaning marketpleys tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning savdo agentlari/dilerlarining oʻz mahsulot va xizmatlarini sotish boʻyicha takliflari ular tomondan Platformaning marketpleys tizimida erkin joylashtiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agent/dilerlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar ariza beruvchilar tomonidan baholanadi va ularning reytingi avtomatik ravishda shakllantiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari/dilerlari oʻz majburiyatlarini vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan Jamgʻarma tomonidan Platforma orqali monitoring amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga koʻra mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning savdo agentlari/dilerlari tomonidan Platformaning marketpleys tizimidagi oʻz xizmatlarini taklif etish imkoniyati har chorakda oʻrganib boriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qurilma xarajatlarining bir qismiga kompensatsiya ajratish, shuningdek, foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash uchun xarid qilingan qurilma xarajatlari mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerlarga Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida toʻlab beriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Qurilmani sotib olish va uni oʻrnatish xarajatlarini kompensatsiya qilish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qurilmani sotib olish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki ushbu xarajatlarni foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan Jamgʻarma orqali quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qurilma muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qurilmadan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qurilmani oʻrnatish Platforma orqali rasmiylashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) sotib olingan va oʻrnatilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari uchun bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) kelib chiqib quyidagi miqdorda kompensatsiya belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

0,5 kVtdan 1 kVtgacha

7 barobar;

1 kVt va undan 1,5 kVtgacha

10 barobar;

1,5 kVt va undan 2 kVtgacha

15 barobar;

2 kVt va undan yuqori

20 barobar;

5 kVt va undan yuqori*

50 barobar;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* faqat yangi yerlarni oʻzlashtirishdagi tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlaganda kompensatsiya beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) sotib olingan va oʻrnatilgan quyosh suv isitish qurilmalari uchun bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) kelib chiqib quyidagi miqdorda kompensatsiya belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

suv isitish hajmi 100 litr

5 barobar;

suv isitish hajmi 200 litr

7 barobar.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar tomonidan qancha miqdorda qurilmalar xarid qilinishidan qatʼiy nazar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari uchun kompensatsiyalarning maksimal miqdori BHMning 50 barobaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv isitish qurilmalari uchun kompensatsiyalarning maksimal miqdori BHMning 7 barobaridan oshib ketmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash 20 kVtgacha boʻlgan quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari hamda 200 litr va undan past boʻlgan hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari uchun amalga oshiriladi.
(14-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri hamda ariza beruvchi va birgalikda toʻlovchi hamda kafilning muvofiqlik mezonlari
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning savdo agentlari/dilerlari quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oxirgi moliyaviy yil yakuniga koʻra faoliyatini zarar bilan yakunlanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti oldida (soliqlar, bojlar, yigʻimlar va boshqalar) qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qurilmar xarajatlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha ariza beruvchilar, shuningdek, kafil va birgalikda toʻlovchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sotib olinadigan qurilma qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan (ayollar 55 yosh) oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, sotib olingan qurilma qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qarz yuki koʻrsatkichi 50 foizdan yuqori boʻlmasligi (qarz yuki yuklamasi mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining ixtiyoriga koʻra oʻzgartirilishi mumkin). Qarz yuki koʻrsatkichi hisob-kitoblarida ariza beruvchi va birgalikda toʻlovchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda — ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi;
(16-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) sotib olingan qurilma qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlashni koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha 30 kun muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ariza beruvchilarning murojaatini koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Jamgʻarma qurilmani xarid qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish yoki foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan qurilmani xarid qilish uchun Platforma orqali ariza beruvchining tomonidan murojaatini onlayn tarzda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ariza beruvchi barcha bosqichlarda Platformada onlayn koʻrib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida unga Platforma orqali (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) maʼlumot berib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ariza beruvchi Platforma va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki Davlat xizmatlari markazi operatori koʻmagida Platformada joylashtirilgan qurilmalar bilan tanishib, oʻziga maʼqul boʻlgan qurilmani tanlaydi va murojaat arizasini qoldiradi. Ariza beruvchi Platforma orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri koʻmagida arizani qoldirishi mumkin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ariza beruvchi, birgalikda toʻlovchi va kafil Platforma orqali belgilangan mezonlar asosida skoring baholash maʼlumotlariga koʻra bir kun muddatda avtomatlashtirilgan holda arizasi Jamgʻarma tomonidan koʻrib chiqiladi. Bunda fuqarolarni skoring baholash (ariza beruvchini identifikatsiya qilish, budjet, soliq, kommunal, kredit va boshqa toʻlovlardan qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi, shuningdek, kredit tarixi va boshqalar) belgilangan muvofiqlik mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Platformada mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning savdo agentlari/dilerlari foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qurilmalarni sotish va oʻrnatilgan qurilmalar uchun toʻlov jadvaliga muvofiq undirish boʻyicha ishlarni uch tomonlama (Jamgʻarma, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va tijorat banki) tuziladigan shartnoma asosida tijorat banklari bilan birgalikda tashkil etishlari yoki tijorat banklari mustaqil ravishda oʻzlari amalga oshirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchidan foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan qurilmalar boʻyicha muddatli toʻlov qaytarilishining taʼminoti sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchi va ularning savdo agentlarining/dilerlarining ixtiyoriga koʻra mulk garovi, sugʻurta kompaniyasining muddatli toʻlovni qaytara olmaslik xatarini sugʻurta qilingani toʻgʻrisidagi sugʻurta polisini taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza beruvchi tomonidan qurilmani xarid qilishdan oldin ushbu bandning birinchi xatboshisidagi talablar asosida tijorat banki ariza beruvchi, birgalikda toʻlovchi va kafilni skoring baholaydi hamda skoring natijalariga asosan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qurilmani oʻrnatish yoki oʻrnatishni rad etish toʻgʻrisida mahalliy ishlab chiqaruvchiga yoki uning savdo agentiga/dileriga maʼlumot taqdim etadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Quyidagi hollarda ariza beruvchining arizasi Platforma tomonidan skoring baholash maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining Platformada koʻrib chiqish jarayonida arizasi mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18 yoshga toʻlmagan yoki 60 yoshdan (ayollar 55 yosh) oshgan fuqaro nomidan ariza berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining bank kreditlari boʻyicha 30 kun muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
salbiy kredit tarixiga ega boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining soliq organlari, majburiy ijro byurosi organlari va boshqa toʻlovlardan qarzdorligi mavjud boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ariza beruvchi foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilinadigan qurilmalar toʻlovlari uchun boshqa jismoniy shaxsni kafil va birgalikda toʻlovchi sifatida qabul qilishi mumkin. Bunda ushbu jismoniy shaxs Nizomning 20-bandi talablariga muvofiq skoring baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻrnatilgan qurilma xarajatlari toʻlovini toʻliq amalga oshiradigan jismoniy shaxslarga ushbu Nizom 21-bandining 4 — 6-xatboshlari talablari tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Skoring baholash natijasi mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileriga elektron maʼlumot sifatida kelib tushadi, shuningdek, bu haqda ariza beruvchining telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ariza beruvchi (qurilma xarajatlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha) tomonidan tijorat bankida doimiy pul mablagʻlari kirim boʻladigan toʻlov kartasi rekvizitlari Platformaga kiritadi. Shuningdek, ariza beruvchining majburiyatlari boʻyicha birgalikda toʻlovchi yoki kafil zarur boʻlganda, ularga tegishli boʻlgan toʻlov kartasi rekvizitlari xam Platformaga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining masʼul xodimi ariza beruvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, sotib olinadigan qurilmani oʻrnatish boʻyicha shart-sharoitlari va qancha quvvatdagi qurilmani oʻrnatish imkoniyati mavjudligini oʻrganib, natijasi boʻyicha video va foto hisobot ilova qilgan holda, tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻn ish kuni mobaynida Platformaga joylashtiradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining masʼul xodimi tavsiyanoma berishdan avval qurilmani oʻrnatish bilan bogʻliq boʻlgan vaziyatlarni inobatga olgan holda, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda sohaga masʼul tashkilotlarning xulosasini (texnik shartlari) olish vakolatiga ega boʻlib, olingan maʼlumotlarga muvofiq qurilmani oʻrnatilishi toʻgʻrisida tavsiyanoma rasmiylashtiradi yoki tavsiyanoma berishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining Platforma orqali yuborgan soʻroviga ushbu bandda koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan besh ish kuni mobaynida xulosasi berilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiyanoma berish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining masʼul xodimi tomonidan tegishli tashkilotlarning xulosasini olish zarur boʻlganda, qaror qabul qilish tegishli muddatga uzaytiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilmani oʻrnatish uchun shart-sharoit mavjud boʻlmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-iyuldagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka zid boʻlgan boshqa holatlar aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining masʼul xodimi tomonidan qurilmani oʻrnatish boʻyicha tavsiyanoma beriladi yoki qurilma oʻrnatish rad etilganda uning sabablari koʻrsatilishi zarur, shuningdek, ariza beruvchiga SMS-xabar orqali bu haqda maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan qurilmaning oʻrnatilishi yuzasidan berilgan tavsiyanoma masʼul xodim tomonidan Platformaga joylashtiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va ariza beruvchi oʻrtasida elektron oldi-sotdi shartnomasi Platformada rasmiylashtiriladi, SMS-xabar orqali yuborilgan kod yordamida tuziladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Elektron shartnoma imzolangan sanadan boshlab oʻn ish kunida mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan qurilma ariza beruvchiga oʻrnatib, ishga tushirib berilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi oʻrnatilgan qurilma ishga tushganligini qabul qilib, qoniqish hosil qilgandan soʻng Platformada avtomatik tarzda shakllantirilgan elektron hisobvaraq-fakturani imzolaydi va mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri ariza beruvchi bilan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtiradi hamda oʻrnatilgan qurilmaning seriya raqamlari boʻyicha foto va video hisobot mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan tayyorlanib, Platforma orqali Jamgʻarmaga yuboriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Platformada joylashtirilgan hisobvaraq-faktura, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, foto va video hisobotga asosan uning bahosi, miqdori, quvvati, sifati va boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha marketpleysda koʻrsatilgan talablarga mos kelishi yoki kelmasligi, yaʼni Jamgʻarma tomonidan qurilma qiymati toʻlovini amalga oshirishi yoki toʻlovni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisida uch ish kunida rasmiylashtirilgan elektron maʼlumotnomani Platformaga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri oʻn ish kuni ichida hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etgan holda, Jamgʻarmaga qaytadan taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos boʻlgan kamchiliklar mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan belgilangan muddat ichida bartaraf etilib, Jamgʻarmaga taqdim qilinganda, hujjatlarni koʻrib chiqish ariza beruvchining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Platforma orqali tuzilgan shartnoma asosida qurilma ariza beruvchi tomonidan qabul qilib olingandan soʻng, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining murojaati kelib tushgan sanadan eʼtiboran besh ish kunidan oshmagan muddatda Jamgʻarma tomonidan qurilma uchun toʻlovlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 20-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablar asosida mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tijorat banki bilan belgilangan ishlarni tashkil etsa, foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan jismoniy shaxslarga oʻrnatilgan qurilmalar summasini tijorat banki oʻz mablagʻlari hisobidan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileriga qoplab beradi. Mazkur qoplab berilgan pul mablagʻlarini tijorat banki ushbu Nizomning 43-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan roʻyxatga muvofiq tomonlar oʻrtasida imzolanadigan kelishuv shartlarida yillik 5 foizgacha vositachilik haqi (marja) bilan birga Jamgʻarma tomonidan besh ish kuni ichida tijorat bankining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Platforma marketpleys tizimining ishlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Platformaning marketpleys tizimida tovar va xizmatlarni sotish istagi boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki ularning savdo agentlari/dilerlari uchun ochiq elektron savdo maydoni hisoblanadi. Bunda mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki ularning savdo agentlari/dilerlari Platforma orqali marketpleys tizimiga kirib, oʻz qurilmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mustaqil ravishda joylashtirishi hamda tizimning imkoniyatlaridan erkin foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Platformada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ehtiyot qismlarini, shuningdek, zamonaviy energiya tejovchi romlar va qurilish izolyatsiya materiallari hamda koʻmir, torf va daraxt xom ashyosidan tayyorlangan briket va pelletlar xarid qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining Energetika ekspertizasi va energetik servis xizmatlarini koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektlariga marketpleys tizimiga tovar va xizmatlarni pulli shartnoma asosida kiritilishiga ruxsat etiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Platformaning marketpleys tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilari va uning savdo agentlari/dilerlari undan foydalanish tartibi va shartlari bilan tanishganligi hamda ushbu shartlarga rozi ekanligi toʻgʻrisida elektron shakldagi ommaviy ofertani (shartnoma tuzish haqida taklif) akseptlash (taklifni qabul qilishi) orqali ishtirok etadi va shunga asosan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentida/dilerida Platforma marketpleys tizimidan foydalanish imkoni mavjud boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentidan/dileridan oʻz tovar va xizmatlarini marketpleys tizimiga joylashtirganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan ariza beruvchiga marketpleys tizimida tanlagan qurilmalar shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda yetkazib berilishi va oʻrnatilishi lozim.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dilerini Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish tartibi
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Jamgʻarma quyidagi hollarda mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentini/dilerini Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatadi va Nohalol taʼminotchilar reyestriga kiritadi:
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va ariza beruvchi oʻzaro kelishgan holda mablagʻni maqsadsiz ishlatganligi aniqlanganda;
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan oʻn va undan ortiq shartnoma boʻyicha qurilmalar yetkazib berilmaganligi va oʻrnatilmaganligi aniqlangan taqdirda;
(38-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yil yakuni bilan moliyaviy hisobotlar asosida oʻtkazilgan tahlillar natijasiga koʻra iqtisodiy koʻrsatkichlarning salbiy oʻzgarishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari joriy etilgan boʻlsa;
(38-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri orqali taklif etilayotgan qurilmalar malakaviy, texnik va tijorat talablariga javob bermasa;
(38-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlash va (yoki) qurilmani tanlash (yetkazib berish va oʻrnatish) jarayonida ariza beruvchilar tomonidan biror-bir xatti-harakatning sodir etilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-tamoyilining qoʻllanilishiga taʼsir oʻtkazish maqsadida:
(38-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileri yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash toʻgʻrisidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
(38-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarsa.
(38-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Jamgʻarma tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatilganda, avtomatik ravishda Platformaning marketpleys tizimidagi Nohalol taʼminotchilar reyestriga jamoatchilik uchun eʼlon joylashtiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Nohalol taʼminotchilar reyestriga kiritilgan taʼminotchining bir yil davomida marketpleys tizimida ishtirok etishi mumkin emas, ushbu muddat tugagandan keyin taʼminotchi Nohalol taʼminotchilar reyestridan chiqarilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Boʻlib-boʻlib amalga oshiriladigan toʻlovlar monitoringini olib borish va mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan Jamgʻarmaga mablagʻlarni qaytarish tartibi
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Ariza beruvchining qurilma uchun foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlanadigan mablagʻlar hisob-kitobini yuritish va Jamgʻarmaga qaytarilishini taʼminlash maqsadida Jamgʻarma va mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri talabi bilan tijorat banki filiali tomonidan alohida maxsus hisobraqam ochiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Toʻlovlarni qaytarish tartibi mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va/yoki tijorat banki bilan ariza beruvchi oʻrtasidagi boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisida tuzilgan elektron shartnomasi va qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri bir oy davomida ariza beruvchiga oʻrnatilgan qurilma boʻyicha roʻyxatni tuzib, ushbu roʻyxatga muvofiq mablagʻlarni qaytarish jadvalini tomonlar oʻrtasida imzolanishi uchun Jamgʻarmaga keyingi oyda taqdim etadi. Tomonlar oʻrtasida imzolanadigan toʻlovlarni qaytarish jadvalida Jamgʻarmaga toʻlovlarni qaytarishning aniq sanasi belgilab qoʻyilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza beruvchiga oʻrnatilgan qurilma toʻlovlari tijorat banki orqali Jamgʻarmaga qaytarilsa, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri oʻrnatilgan qurilma boʻyicha roʻyxatni tijorat bankiga takdim etadi. Oʻz navbatida, tijorat banki ushbu roʻyxatga muvofiq mablagʻlarni qaytarish jadvalini tomonlar oʻrtasida imzolanishi uchun Jamgʻarmaga takdim etadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ariza beruvchi tomonidan 36 oy davomida teng miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri yoki tijorat banki va ariza beruvchi oʻrtasida imzolangan shartnomada belgilanadi. Bunda har oylik toʻlovlar shartnomaga ilova qilingan toʻlovlarni qaytarish jadvalida belgilangan muddatlarda undiriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Ariza beruvchi tomonidan hisobot oyida mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining maxsus hisobraqamiga yoki tijorat bankining tegishli hisobraqamiga toʻlangan har oylik toʻlovlar tomonlar oʻrtasida imzolangan toʻlovlarni qaytarish jadvallarida belgilangan sanadan kechiktirmasdan Jamgʻarma hisobraqamiga oʻtkazib berilishi shart.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Har chorak yakunida ariza beruvchi tomonidan toʻlangan toʻlovlar mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri yoki tijorat banki tomonidan Jamgʻarmaga oʻtkazib borilganligi toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida solishtirma dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaga asosan oʻz vaqtida oʻtkazilmagan toʻlovlar boʻyicha Jamgʻarma tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining asosiy hisobraqamiga yoki tijorat bankining korrespondentlik hisobvaragʻiga qoʻyilgan toʻlov talabnomasi asosida undiriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri boʻlib-boʻlib toʻlashdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri masʼul xodimi har oylik toʻlovlarning toʻlanishi hamda qurilmaning but saqlanishini nazorat qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 20-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablar asosida mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tijorat banki bilan ishlarni tashkil etsa, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri qurilmaning but saqlanishini, tijorat banki esa har oylik toʻlovlarning toʻlanishini nazorat qilib boradi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Qurilmani belgilangan maqsadda foydalanmaganlik va but saqlanmaganligi uchun ariza beruvchiga nisbatan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan qoʻllaniladigan choralar shartnomada belgilangan boʻlishi kerak.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Ariza beruvchi tomonidan toʻlovlar belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va/yoki tijorat banki masʼul xodimi ariza beruvchi bilan shaxsan uchrashib, majburiyati bajarilmayotgani sababini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan toʻlovlarning qaytarilishini taʼminlash chorasini koʻrishni talab qiladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Ariza beruvchi tomonidan toʻlovlarni shartnoma va unga ilova qilingan toʻlovlarni qaytarish jadvali boʻyicha majburiyatlarni muntazam ravishda ketma-ket uch oy davomida buzgan taqdirda shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileri belgilangan tartibda undiruvni amaldagi qonunchilik doirasida taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va/yoki tijorat banki ariza beruvchi tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlanadigan mablagʻ qaytarilishini taʼminlashi, aks holda qaytarilmagan toʻlovlar boʻyicha oʻzining pul mablagʻlari va mol-mulklari bilan Jamgʻarma oldida javobgar boʻladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Davlat soliq qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Platformaning marketpleys tizimidagi savdo maydoni orqali maʼlum bir davr mobaynida katta miqdorda tovar aylanmasini amalga oshirgan mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dilerida haqiqatda tovarlarning mavjudligi doimiy tahlil qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda har oyda ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileri boʻyicha Markaziy bank va Davlat soliq qoʻmitasi oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Jamgʻarma Platformasi marketpleys tizimida ishtirok etadigan mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileriga qoʻyiladigan talablarni belgilash hamda ularga oʻzgartirish kiritish vakolatiga ega.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Jamgʻarma tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileriga ajratilgan mablagʻlar maqsadli ishlatilishini oʻrganish maqsadida ariza beruvchiga oʻrnatilgan qurilma mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileri bilan birgalikda joyiga chiqqan holda monitoring qilinishi mumkin.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ariza beruvchi oʻrnatilgan qurilmadan texnik talablarga rioya etgan holda foydalanishi, yongin xavfsizligi va texnogen holatlarga yoʻl qoʻymasligi boʻyicha belgilangan yoʻriqnomalarga rioya etilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmasini xarid qilish xarajatlarini bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari xarajatlarining bir qismiga kompensatsiya ajratish, shuningdek, boʻlib-boʻlib toʻlash uchun xarid qilingan qurilmalar xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi tomonidan qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

Ariza beruvchi

1. Qurilmani oʻrnatish uchun arizalar onlayn tarzda Yagona elektron platforma orqali ariza beruvchi mustaqil ravishda yoki mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerilar koʻmagi bilan va/yoki Yagona davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazi orqali taqdim etiladi.

2. Muvofiqlik mezonlari asosida skoring baholash avtomatlashtirilgan holda bir kun muddatda amalga oshiriladi.

3. Skoring baholash maʼlumotlariga koʻra muvofiqlik mezonlariga toʻgʻri kelganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida ariza beruvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi.

4. Shuningdek, arizani koʻrib chiqish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileriga elektron maʼlumot kelib tushadi.

Zarurat boʻlganda

II bosqich

Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri

1. Joyiga chiqqan holda qurilmani oʻrnatish mumkinligi oʻrganiladi.

5 ish kunida

2. Oʻrganish natijasiga koʻra tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi xulosa tayyorlanib, Platformaga joylashtiriladi.

3. Zaruratdan kelib chiqib, tegishli organ yoki tashkilotlarning texnik shartlar boʻyicha xulosalari olinishi mumkin.

Texnik shartlar boʻyicha xulosalar olinishini hisobiga muddat uzaytirilishi mumkin

III bosqich

Ariza beruvchi, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri

Tavsiyanomaga asosan ariza mazmunidan kelib chiqqan holda, tomonlar oʻrtasidagi oʻrnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shartnomasi Platformada avtomatik tarzda tayyorlanadi va tasdiqlash uchun ariza beruvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi.

Onlayn

IV bosqich

Ariza beruvchi

1. Marketpleysdan qurilmalar tanlanadi.

2. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri oʻrtasida elektron oldi-sotdi shartnomasi avtomatik tarzda rasmiylashtirilib, SMS-xabar orqali yuborilgan kod yordamida imzolanadi.

Onlayn

V bosqich

Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri

1. Elektron shartnomaga muvofiq qurilmalar ariza beruvchiga yetkazilib, oʻrnatib beriladi.

2. Oʻrnatilgan qurilmalar boʻyicha Platforma orqali hujjatlar Jamgʻarmaga taqdim etiladi.

10 ish kunida

VI bosqich

Jamgʻarma

1. Platformada joylashtirilgan hujjatlarga asosan oʻrnatilgan qurilmalar boʻyicha marketpleysda koʻrsatilgan talablarga mosligi tekshirilib, elektron maʼlumotnoma rasmiylashtiradi va Platformaga joylashtiradi.

2. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda nomutanosiblik, xato va kamchilik aniqlanganda, oʻrnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha xarajatlari mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri toʻliq qoplab berilishi rad etiladi va mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri Platforma orqali xabardor qilinadi.

3 ish kunida

VII bosqich

Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri

Hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etib, Jamgʻarmaga qaytadan taqdim etishi mumkin.

10 ish kunida

VIII bosqich

Jamgʻarma

Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileriga oʻrnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha oʻrnatilgan qurilmalar xarajatlari toʻliq qoplash boʻyicha murojaati ijobiy xulosa berilgan elektron maʼlumotga asosan uning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tijorat banki bilan ishlarni birgalikda tashkil qilgan holatda, oʻrnatilgan qurilmalar xarajatlarini toʻliq qoplash boʻyicha murojaatiga asosan tijorat bankining tegishli hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.

10 ish kunida

5 ish kunida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2022-y., 09/22/568/0898-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)